2-mavzu. O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi arafasidagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy ahvoli Mavzuning maqsadi


Download 18.58 Kb.
Sana19.11.2020
Hajmi18.58 Kb.
#147541
Bog'liq
MbDc1Z2WmpBoRq30Kt9idSN0lrndKXRz


2-mavzu. O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi arafasidagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy ahvoli
Mavzuning maqsadi: O‘zbekiston xom ashyo etkazib beruvchi hududligicha qolib ketganligi,Ishlab chiqarishga e’tibor qaratilmaganligi,Paxta yakkahokimligi o‘rnatilishi,Sobiq sovet davlatining markaziga xom ashyoni ko‘proq etkazib berish maqsadida cho‘l zonalariga ham paxta ekila boshlaganligi,bu esa Markaziy Osiyoda ekologik muammolarni, birinchi navbatda Orol fojeasini keltirib chiqarganligi, iqtisodiy inqiroz, “Paxta ishi”, onalar va bolalar o’limi, ijtimoiy-iqtisodiy turg’unlik, ishsizlik, Farg’ona voqealari, davlat tili, Mustaqillik Deklaratsiyasi, Prezidentlik lavozimi, avgust voqealari, mustaqillikning e’lon qilinishi.
Darsning davomiyligi - 2 soat
Talaba nimani bilishi kerak:

- Sovet davrida O‘zbekiston xom ashyo etkazib beruvchi hududligicha qolib ketganligini,. Ishlab chiqarishga e’tibor qaratilmaganligini;

- Paxta yakkahokimligi o‘rnatilishini, Sobiq sovet davlatining markaziga xom ashyoni ko‘proq etkazib berish maqsadida cho‘l zonalariga ham paxta ekila boshlanganligi,bu esa Markaziy Osiyoda ekologik muammolarni, birinchi navbatda Orol fojeasini keltirib chiqarganligini;

-Xalq boqimandachilik va befarqlikka o‘rgatilganligi,Milliy g‘urur tushunchalariga zarba etganligi,xalq ijodkorligiga yo‘l qo‘yilmaganligini;

- O‘zbek xalqi ham sovet davlatida yashovchi boshqa xalqlar qatorida iskanjada ushlanib, dunyo miqyosida ro‘y berayotgan taraqqiyot va integratsiyadan uzib qo‘yilganligi,O‘zbek xalqining tarixi, buyuk ajdodlari hayotining xolisona o‘rganilishiga ataylab to‘siqlar o‘rnatilganligini;

- Turg‘unlik yillarida O‘zbekistonda xalqni chalg‘itish maqsadida “paxta ishi”, “o‘zbeklar ishi” degan bahonalar o‘ylab topilganligi,natijada, 80 -yillarning o‘rtalaridan O‘zbekistonda qonunsizlik, yashirin qatag‘onlik harakatlari kuchayganligini;

- Farg’ona voqealari, davlat tili, Mustaqillik Deklaratsiyasi, Prezidentlik lavozimi, avgust voqealari, mustaqillikning e’lon qilinishini.


Nazorat uchun savollar:

1.XX asr 80-yillar oxirlarida O’zbekiston iqtisodiyotining ahvoli qanday edi?

2. XX asr 80-yillar oxirlarida O’zbekistonda qanday ijtimoiy muammolar mavjud edi?

3.Farg’ona voqeasi kelib chiqishi sabablari nima edi?

4.Islom Karimov qachon O’zbekiston SSR rahbarligiga saylangan edi?

5”Mustaqillik to’g’risida”gi Deklaratsiya qachon qabul qilingan edi?

6. “Davlat tili to’g’risida”gi Qonun qachon qabul qilingan edi?

7. 1991-yil avgust voqealari haqida ma’lumot bering?

8. O’zbekiston Respublikasining mustaqilligi e’lon qilinishining tarixiy ahamiyati haqida fikringizni bayon qiling?

9.Farg’ona voqealarining kelib chiqishi haqida so’zlab bering.

10. O’zbekistonning mustaqillik sari tashlagan qadamlari to’g’risida gapiring.

Talabalar savollarga va testga sharoitingizdan kelib chiqib javob yozib tizimga joylang .

Test

1.1983-1989 yillarda T.Gdlyan va Ivanovlar rahbarligida tuzilgan tergov guruhlari respublika huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda O‘zbekistonda paxta etishtirishda qo‘shib yozish bilan bog‘liq nechta tergov ishlari olib bordilar? A.800 dan oshiq B. 700 dan oshiq S.750 dan oshiq D.780 dan oshiq



2. “Paxta ishi” bo‘yicha 5 ming kishi qamoqa olindi, ularning qanchasi rahbar xodimlar edilar? A.600 dan oshig’i B.700 dan oshig‘I S.500 dan oshig‘I D.550 dan oshig‘i

3. 1981-1985 yillarda O’zbekistonda yalpi ijtimoiy mahsulot 3,4% ortgan bo‘lsa, 1986-1990 yillarda bu qanchani tashkil etd A.2,2% B.3,2% S. 1,2% S. 2,8%

4.1989— yilning may-iyun oylarida Farg'ona fojiali voqealari qaysi hududda boshlangan edi? A.Quvasoy B.Qo’qon S.Marg’ilon D.Toshloq

5. Birinchi Prezidentimiz I.Karimovning quyidagi asarlaridan qaysi biri 2011-yilda nashr qilingan edi? A.O’zbekiston – mustaqillikka erishish ostonasida B.Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir S.O’zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo’lmaydi D.Tarixiy xotirasiz - kelajak yo’q

6. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” asarida I.Karimovning jurnallarga bergan intervyulari, Oliy Kengash Qonunlari, Farmonlar, Qarorlar, I.Karimovning so’zlagan nutqlaridan iborat jami nechta manba mavjud? A.35 B.40 S.30 D.34

7. “Farg’ona voqealari” ga qaysi ikki xalq o’zaro nizolari sabab bo’lgan? A.o’zbek va mesxeti turk B. o’zbek va qirg’iz S. ozarboyjon va arman D. o’zbek va rus

8. 1989-yilda Farg'onaga shoshilinch ravishda SSSR ichki ishlar vaziriigi ichki qo'shinlarining nechchi kishilik bo'linmasi keltirildi A. 13 ming B.14 ming D.15 ming S.12 ming

9. Farg’onadagi ommaviy tus olgan tartibsizlik, ur-yiqitlar natijasida jami nechchi kishi halok bo'ldi? A.103 B.110 S. 101 D. 105

10. Islom Karimov qachon O‘zbekiston rahbarligiga sayland A. 1989 yil 23 iyunda B. 1989 yil 24 iyunda S. 1989 yil 23 iyulda D. 1989 yil 24 iyunda

11. Islom Karimov respublika rahbarligiga kelishidan oldin bu lavozimni egallab turgan edi? A.R.Nishonov B Sh.Rashidov S. I.Usmonxujayev D. U.Yusupov

12. Qaysi sanada O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining tomonidan «Davlat tili haqida»gi Qonun qabul qilindi? A.1989 yil 21 oktyabrda B. 1989 yil 27 oktyabrda S. 1990 yil 21 oktyabrda D. 1989 yil 22 oktyabrda

13. Qaysi yig’ilishda Islom Karimov tomonidan avvalo respublika va o‘zbeklar boshiga yog‘ilayotgan malomat toshlariga chek qo‘yish, “Paxta ishi”, “O‘zbeklar ishi” degan uydirmalarni bas qilish, Moskva matbuotida o‘zbeklarning milliy nafsoniyatiga tegadigan chiqishlarni to‘xtatish zarurligi uqtirildi? A.O‘zbekiston Oliy Kengashi 1989 yil 25 noyabrda bo‘lgan yig’ilishd B. O‘zbekiston Oliy Kengashi 1989 yil 21 oktyabrda bo‘lgan yig’ilishda S. O‘zbekiston Oliy Kengashi 1990 yil 25 noyabrda bo‘lgan yig’ilishda D. O‘zbekiston Oliy Kengashi 1989 yil 27 noyabrda bo‘lgan yig’ilishda



14. 1990 yil 24 martda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining 12 chaqiriq 1-sessiyasida qanday masala to’g’risida qaror qabul qilindi? A.Prezidentlik lavozimini ta’sis etish to‘g‘risida B. Davlat tili to’g’risida S.1991 yilgi Davlat plani to‘g‘risida D. Davlat iqtisodiyotini qayta isloh qilish to’g’risida
Download 18.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling