2 mavzu. Pedagogik texnologiyalar, mazmun va mohiyati Reja


Download 130.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana13.09.2020
Hajmi130.73 Kb.
#129487
  1   2   3
Bog'liq
2-лекция


2 mavzu.  Pedagogik texnologiyalar, mazmun va mohiyati  

Reja: 

 

1.Texnologiya va metodika.  

2.Pedagogik texnologiyaning ilmiy asoslari, rivojlanish bosqichlari. 

3. Pedagogik texnologiyaning aspektlari, mezonlari va qo‘llanish darajalari. 

4.Tarix darslariga pedagogik texnologiyalarini joriy etish.  

 

 Pedagogik texnologiyalar bilan ta`lim metodikasi orasidagi ayrim farqlar 

 

Ma`lumki,  bugungi  kunda  ta`lim  tizimi  va  jarayoniga  kirib  kelayotgan  zamonaviy 



pedagogik  texnologiyalar,  ularni  qo`llash  bo-rasida  ko`plab  ilmiy  izlanishlar,  bahs-munozaralar 

mavjud.  Al-batta,  turli  xil  qarashga  ega  bo`lgan  bu  fikr-mulohazalar  bir-bi-rini  inkor  etmaydi, 

balki to`ldiradi, deb o`ylaymiz.  

Xo`sh, aslida “pedagogik texnologiya” nima? 

O`tmishga  nazar  tashlasak,  “pedagogik  texnologiya”atamasi  g`arb  pedagogika  fani  va 

amaliyotiga  dastlab  1950-60-yillardan  boshlab  kirib  kelgan.  Shu  kungacha  olimlar  tomonidan 

zamonaviy  pedagogik  texnologiyalar  xususida  ta`rif,  tushuncha,  izohlar  juda  ko`p  bil-dirilgan. 

Lekin  shuni  aytib  o`tish  joizki,  ayrim  amaliyotchi  o`qi-tuvchilar  tomonidan  zamonaviy 

pedagogik texnologiya metodika-ning aynan o`zi yoki darslarda interfaol usullar, texnika vosita-

laridan  foydalanish  deb  qat`iy  fikr  bildirilmoqda.  Shu  bois  o`qituvchilar  orasida  noto`g`ri 

tushuncha bo`lmasligi uchun pedtexno-logiya va metodikani bir-biridan ajratib olish zarur. 

Bugungi  kunda  metodikaning  o`zi  ikki  xil  ma`noda  ta`rifla-nadi,  ya`ni,  birinchidan, 

metodikaga  fan  sifatida  qarash  kerakli-gi,  uning  o`z  predmeti  va  tadqiqot  yo`nalishi  e`tirof 

etiladi.  Ik-kinchi  tomondan  esa  metodikaga  metod  va  usullarning  uyg`unlashu-vi,  ya`ni 

texnologik jarayon sifatida qaraladi. O`qitish texnolo-giyasi – bu jarayon. Agar metodikaga fan 

deb  qaralsa,  metodik  asos-larga  ilmiy  asoslar  sifatida  qaraladi.  Bunda  esa  metodika  va  pe-

dagogik  texnologiyani  bir-biriga  tenglashtirib  bo`lmaydi.  Ya`ni,  pedagogik  texnologiyani 

kengroq ma`noda tushunish kerak. Chunki pedagogik texnologiya metodikadan farq qilgan holda 

faqat bilim berish emas, balki aniq maqsad va natijaga yo`naltirilgan ta`lim jarayoni hamdir.  

Metodika,  bizning  fikrimizcha,  ta`lim  maqsadlariga  yo`nal-tirilgan  ta`lim  mazmuni, 

o`qitishni  tashkil  etishning  birgalik-dagi  majmuidir.  Bir  xil  mazmunga  ega  bo`lgan  metodika, 

uslub va usullar yoki metodik tizim ikki o`qituvchida ikki xil natija be-rishi mumkin. Pedagogik 

texnologiya qo`llanganda esa, turli o`qi-tuvchilar turli yondashuvda turli xil vosita va usullardan 

foyda-lanishsa-da, bir xil natija olishlari mumkin.  

Bundan  shunday  xulosa  qilish  mumkinki,  o`qituvchining  shaxsi,  mahorati  va  xarakteri 

metodikada  aks  etadi,  ya`ni  metodika  o`qi-tuvchiga  natijani  kafolatlamaydi.  Pedagogik 

texnologiyalar esa, me-todikadan farq qilgan holda ko`plab olimlarning fikricha, ilmiy va amaliy 

xulosalarga asoslanadi. 

Pedagogik  texnologiyalar  metodika,  didaktika  hamda  ta`lim-tar-biya  nazariyasini  inkor 

etmaydi,  ularning  o`rnini  bosmaydi  ham.  U  ma`lum  algoritmlarni  ishlab  chiqadi,  o`quv 

jarayonini konstruktsiya-laydi hamda kafolatlangan natijaga erishishning aniq va qat`iy yo`llarini 

belgilaydi. (“Shkola texnologii” № 5, 2002 y, 58-bet). 

Ushbu  xulosalardan  ko`rinib  turibdiki,  pedagogik  texnologiya-larning  ham,  metodikaning 

ham  o`z  o`rni  bor.  Lekin  har  qanday  za-monaviy  pedagogik  texnologiyalar,  har  qanday  yangi 

usul  va  metod-lar  pedagogik  jamoa,  ota-onalar  tomonidan  yaxshi  qabul  qilinishi  hamda  ta`lim 

tizimining  yaxshilanishi,  rivojlanishi,  shu  bilan  bir-ga  o`quvchilarning  shaxs  sifatida  kamol 

topishlariga  ijobiy  ta`sir  ko`rsata  olishi  kerak.  Buning  uchun  amalda  qo`llanilayotgan  yoki 

qo`lla-nilmoqchi  bo`lgan  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalar  zamirida  il-miy  asos-ijtimoiy, 

iqtisodiy, pedagogik, psixologik va falsafiy asos bo`lishi va ta`kidlab o`tilganidek, ta`lim tizimi 

va shaxs kamo-loti, jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta`sir qila olishi lozim.  



Tajribadan  ma`lumki,  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalarni  qo`llashda  maktab 

o`qituvchilari  va  ota-onalar  tomonidan  ziddiyat-lar,  qarama-qarshilik  va  noroziliklar  yuzaga 

kelishi  mumin  (Bunga  hozirgi  qo`llanilayotgan  reyting  tizimini  misol  qilish  mumkin).  Bunday 

vaziyatlar yuzaga kelmasligi uchun, avvalo, quyidagilarni amalga oshirish zarur, deb o`ylaymiz: 

a)  o`qituvchilarga  qo`llanilmoqchi  bo`lgan  pedtexnologiya,  uning  maqsadi  va  kutiladigan 

natijalar to`g`risida to`liq axborot berish; 

b) qarorlar qabul qilinishi bosqichida mazkur masala yuzasi-dan o`qituvchilar orasida keng 

miqyosda muhokamalar o`tkazishni tashkil etish va ularning fikr-mulohazalarini e`tiborga olish; 

v)  o`qituvchilarning  pozitsiyalariga  ko`ra  turli  xildagi  guruh-lar  bila  tabaqalashtirilgan 

ishlar olib borish; 

g)  moddiy,  moliyaviy  va  psixologik  yordam,  moddiy  texnik  ta`-minot,  innovatsion 

faoliyatga ijobiy yondashishni shakllantirish; 

d) hamma o`qituvchilar uchun doimiy va majburiy ilmiy meto-dik o`qishlarni (muammoli 

seminar, konferentsiyalar, davra suh-batlari, treninglar) tashkil etish.  

Ma`lumki,  DTSga  o`tish  bilan  bog`liq  oxirgi  20-30  yillar  mo-baynida  rossiyalik  olimlar 

rivojlangan  g`arb  davlatlari  ta`lim-tarbiya  tizimini,  shuningdek,  pedagogik  texnologiyaga  oid 

ishlarni  chuqur  o`rganib  bordilar  va  shu  asosda  ilmiy  tadqiqot  ishlarini  yarat-dilar 

(M.A.Gussakovsiy,  M.A.Bogoslavskiy  “Nauchnыe  dostijeniya  i  peredovoy  opыt  v  oblasti 

pedagogiki i narodnogo obrazovaniya» M. 1993 g.) O`z navbatida ilg`or pedagogik amaliyot va 

tadqiqotlarga  asos-langan  holda  pedagogik  jarayonlarni  rivojlantirishning  ilg`or  yo`-nalishlarini 

aniqladilar. Bu  yo`nalishlarning qo`llashda metodolo-gik asos sifatida qabul qilinishi ta`limning 

oqilona tashkil eti-lishiga omil bo`la oladi. Buni quyidagicha izohlash mumkin: 

1.  Pedagogik  maqsadlarning  yo`nalishini  gumanitarlashtirish,  ya`ni  insonga  beriladigan 

ta`lim va tarbiya jamiyat tomonidan in-sonning o`zi uchun xizmat qilishiga imkon berish. 

2.  Pedagogik  jarayonlar  orasidagi  asosiy  sub`ektlar  o`qituvchi  va  o`quvchi  munosabatini 

ob`ektiv-sub`ektiv  shakldan  dialog  muno-sabatiga  asoslangan  sub`ektga  ko`chirish.  Bunda 

o`qituvchining  ma`-naviy  intellektual  ta`siri  ostida  har  bir  o`quvchining  o`z  imko-niyatlarini 

to`la ishga sola olishlari ta`minlanishi kerak. Buning uchun nazariy-amaliy asosda tashkil etilgan 

maktab  jamoasi  ham  butanlay  o`zgarishga  o`tishi  kerak  bo`ladi.  Bu  tashkilot  pedagog  va 

o`quvchilarning  bosh  yo`nalishi  bo`lgan  ma`naviy-ahloqiy  va  intel-lektual  muhitni  yaratishda 

birgalikda  hamkorlik  qilishlariga  im-kon  berish,  shu  bilan  birga  erkin  o`quvchining  shaxsi 

pedagog shaxsi bilan teng qo`yilishi kerak. 

3. Shu vaqtgacha muntazam o`rnashib qolgan shaxsni bir xilda ijtimoiylashtirishdan farqli 

o`laroq, milliy, tabiiy, demogra-fik va ruhiy-fiziologik asoslarga o`quvchilarning individual xu-

susiyatlari  diqqat  –e`tiborini  kuchaytirish.  Bunday  holda  har  bir  bolaning  shaxsida  zohir 

bo`ladigan  ichki  kechinmalarni  avaylashga  e`tibor  berishni  kuchaytirish  muhimdir.  Bunda  «har 

tomonlama  va  uyg`un  rivojlantirish»  chaqiriqlariga  qarama-qarshi  o`laroq,  shaxs-ni 

shakllantirishda  faoliyat-xizmat  tarzida  yondashish  yo`nalishi  aniq  ko`rinishga  ega  bo`lishi 

kerak. 

4.  Ta`lim  mazmuniga  bo`lgan  qiziqish  “moddiy    tomondan  ri-vojlantiruvchi”  yo`nalishga 



o`tishi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  ta`-lim  mazmuni  “tayyor”  holda  beriladigan  bilimlar 

miqdoriga  emas,  balki  o`quvchilarning  ijobiy  tashabbuslari,  faoliyatlarini  rag`-batlantirish, 

ko`nikma  va  malakalarning  shakllanishiga  xizmat  qilmog`i  kerak.  Ya`ni  dunyo,  madaniyat, 

tabiat,  hayot,  oila,  salomatlik  kabi  umuminsoniy  tushunchalarni  o`z  ichiga  olgan  pedagogik 

jarayon-ning  asosiy  funktsiyasini  tashkil  qiluvchi  tarbiya  masalalarini  ta`lim  orqali  hal  qilishga 

intilishdir. 

5.  Davlat  va  OO`Yu,  maktab  akademik  litsey,  kasb-hunar  kollej-lari  orasidagi  o`zaro 

munosabatlar xarakterining o`zgarishi – bu ta`lim muassasalarining mustaqil faoliyat ko`rsatishi 

bilan bog`-liqdir. Bu respublikamizdagi o`ziga xos xususiyatlari, sharoitlari bilan farq qiladigan 

hududlarda  OO`Yu,  maktab,  akademik  litsey,  kasb-hunar  kollejlarning  o`ziga  xos  ravishda 

rivojlanishlariga  davlat  tomonidan  kerakli  sharoitlar  yaratish  orqali  amalga  oshi-riladi.  Shuning 

uchun ham mustaqil davlatimizning yangilangan ta`lim siyosatini amalga oshirishi va zamonaviy 



pedagogik  texno-logiyalarning  samarali  qo`llanishida  mahalliy  idoralar,  hokim-liklarning 

mustaqil faoliyatlari muhim ahamiyatga ega. 

Ma`lumki,  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalar  ta`lim  tizi-miga  kirib  kelar  ekan,  kerakli 

pedagogik shart-sharoitlar bo`li-shini taqozo etadi. Ko`pgina pedagog olimlarning ilmiy izlanish-

laridan  ma`lumki,  agar  pedagogika  jarayonda  moddiy-texnik  ta`-minot,  mazmun,  uslub,  usul, 

o`qituvchi  shaxsi  o`zaro  bir-biri  bilan  bog`liq  holda  ta`sir  etsagina,  bu  jarayon  mukammal  va 

samarali bo`-lishi mumkin. 

Gap zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta`lim tizimida qo`llash xususida borar ekan, u 

maktab – kollej va oliy o`quv yurt-larining moddiy texnik ta`minotiga ham o`z talabini qo`yadi. 

Mashg`ulotlarni  guruhlarga  ajratib  va  individual  o`tish  uchun  o`quvchi-talabalarning  sinf 

va  sinfdan  tashqari  faoliyatlarining  o`zaro  bog`liqligini  ta`minlash,  olgan  bilim,  ko`nikma  va 

malakala-rini  amalda  qo`llash,  qo`l  mehnati,  amaliy  faoliyat  jarayonida  amalga  oshirishlariga 

sharoit yaratishni (auditoriya, sinf xonasi, kutub-xona, sport zali, ustaxona va h.k.) ko`zda tutish 

muhimdir.  Shuning-dek,  o`qituvchining  darsga  puxta  tayyorlanishi,  kerakli  material-lardan 

foydalana  oshishi  uchun  zamonaviy  pedagogik-psixologik,  didaktik  va  falsafiy  adabiyotlar, 

ilmiy-ommabop  jurnallar,  ga-zetalar,  badiiy  adabiyotlardan  foydalana  olishi  uchun  boy  fondga 

ega  bo`lgan  kutubxona,  uning  ishini  engillashtirish  uchun  auditoriya,  sinf  xonalari  komp`yuter 

bilan ta`minlanishi ham muhimdir. 

Pedagogik  jihatdan  ta`minlanishning  yana  bir  elementi,  bu  –  o`qituvchi  shaxsi,  maktab, 

akademik-litsey,  OO`Yu,  pedagogik  jamoa-sini  shakllantirish,  pedagogik  texnologiyalarning 

kirib  kelishi  bilan  bog`liq  zamonaviy  maktab,  kollej,  universitet  va  institut-larda  jahon 

andozalariga mos ravishda o`qitish ishlarini yaxshi-lash maqsadida pedagogik kadrlar tayyorlash 

va qayta tayyorlash si-fati, kasbga tayyorgarlik darajalarini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. 

Shuningdek,  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalarni  qo`l-lashda  maktab,  oliy  va  o`rta  ta`lim 

muassasalarining  adaptatsiya  jarayonidan  o`tishiga  imkon  berishi  ham  pedagogik  jihatdan  ta`-

minlanishining  elementlariga  kiradi.  Shu  bilan  birga  o`quvchilar  va  talabalarning  intellektual 

rivojlanganligi  haqidagi  axbo-rotga  ega  bo`lish  zamonaviy  pedtexnologiyalarni  qo`llashda 

muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Bugungi  zamonaviy  ta`lim,  ZPT  yangi  ruh  va  mazmundagi 

pedagogik tafakkur, taraqqiy-parvar fikr, g`oyalar mah-sulidir. Yangi fikr, g`oyalar o`z navbatida 

mavjud  muammolar,  yo`l  qo`yilgan  xato  va  kamchiliklarning  chuqur  tahlil  qilinishi  nati-jasida 

yuzaga  keladi.  Shuning  uchun  ham  jamiyatdagi  ijtimoiy-ma-daniy  muhit  ahvoli  tahlil  qilingan 

holda  ta`limni  insonpar-varlashtirish,  yuzaga  kelgan  mavjud  muammolarni  oqilona  hal  etib 

borish,  yangicha  ishlash  zamonaviy  pedagogik  tafakkurning  asosi  bo`-lib  qoladi.  Bu  esa  o`z 

navbatida  ta`lim  natijasini  kafolatlaydi-gan,  ta`lim  tizimining  rivojlanib  borishi,  jamiyat 

taraqqiyoti, shaxs kamolotiga hissa qo`shadigan zamonaviy pedagogik texnologiya-larning kirib 

kelishiga zamin yaratadi. 

Bayon  etilgan  fikrlar  shunday  xulosalarga  kelishimizga  imkon  beradi:  ta`limning  har  bir 

bosqichida  zamonaviy  pedagogik  tex-nologiyalarni  ijtimoiy-siyosiy  va  iqtisodiy  sharoitlarda 

jamiyat munosabatlarini isloh qilish, ya`ni demokratlashtirish, fuqaro-lik jamiyatini barpo etish, 

ta`limni  insonparvarlashtirishga  sa-marali  ta`sir  ko`rsatadigan  ilmiy-kontseptual  asosga  ega 

bo`lgan-dagina  qo`llash  muvofiqdir.  Qo`llanilayotgan  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalar 

o`qituvchi  va  o`quvchi  hayotiga  engillik  olib  kelishi,  o`quvchining  xohlab,  qoniqib  o`qishiga 

imkon  berishi  va  jamiyat  ta-raqqiyotining  rivojlanishiga  ijobiy  ta`sir  ko`rsatishini  kafo-latlashi 

kerak.  Zamonaviy  pedtexnologiyalar  qo`llanilishidan  ol-din  adaptatsiyadan  o`tishi,  pedagogik 

shart-sharoitlar, moddiy-tex-nik baza hisobga olinishi lozim.  

Agar  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalarni  qo`llashda  ilmiy  asos  va  kafolatlangan  natija 

bo`lmas  ekan,  bunday  texnologiyalar  oqibati  shaxs  kamoloti,  ta`lim  tizimi  va  jamiyatning 

yuksalishiga to`g`anoq bo`laveradi. 

Zamonaviy  pedagogik  texnologiyalar  haqidagi  aniq  tushuncha  va  tasavvurlar 

yuqoridagilardan  ma`lum  bo`ladiki,  hozirda  xususiy  metodikalar  bilan  deyarli  tenglashtrish 

hollari  uchraydi.  Aslida  esa  ular  orasida  jiddiy  farqlar  mavjud.  Zotan,  metodika  -  biror  ishni 

maqsadga  muvofiq  o`tkazish  metodlari,  yo`llari  majmui.  U  alohida  metodikalarga  ajraladi. 



Pedagogika  fani  ma`lum  o`quv  fanlarini  o`qitish  qonuniyatlarini  tadqiq  qiladi.  Masalan,  tillar 

metodikasi, arifmetika metodikasi va shu kabilar. 

Metodikaning  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalardan  farqi-ni  tushunish  va  amalda  har 

ikkisidan unumli foydalana bilish talab qilinadi. Ular orasidagi farqlar 1-jadvalda keltirilgan. 

1-jadval 

Zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan metodika  

orasidagi ayrim farqlar 

 

Asosiy  



tushunchalar 

Zamonaviy pedagogik 

texnologiyalar 

Metodika 

 

 

Ta`riflar 



Zamonaviy  pedagogik  texno-

logiyalar 

insonga 

oldindan 

belgilangan  maqsad  bo`yicha 

ta`lim-tarbiyaviy 

ta`sir 

o`t-


kazish faoliyatidan iborat 

Metodika  –  ma`lum  o`quv 

fanini  o`qitish  hamda  tar-

biyaviy ishlar qonuniyat-larini 

tadqiq qiladi. 

 

 



Maqsad 

 

 



Komil insonni shakllantirish 

Alohida 


o`quv 

fanlarini 

o`qitish 

hamda 


tarbiyaviy 

ishlarning  sifatli  bo`li-shini 

ta`minlash 

Qo`llash miqyosi 

Butun ta`lim-tarbiya jarayonida 

Xususiy  fanlarni  o`qitish-da 

hamda tarbiyaviy ishlarda 

 

Vositalar 



 

Barcha ta`lim-tarbiyaviy vo-

sitalar, xususiy metodika-lar 

Alohida o`quv fanlarini 

o`qitishda hamda tarbiya-viy 

ishlarda qo`llanila-digan 

vositalar 

 

 



Pedagogik jarayon 

Ta`lim va tarbiya texnolo-giyasi 

asosida. 

Ta`lim menejmenti va mar-

ketingi asosida. 

Ta`lim – tarbiya sohasidagi eng 

ilg`or tajribalarni 

umumlashtiruvchi loyihalar 

asosida rivojlanib boradi. etarli 

tayyorgarlikka ega mutaxassislar 

tomonidan qo`llanganda o`zaro 

o`xshash na-tijalar olinishi 

ta`minla-nadi. 

Ta`lim-tarbiya metodika-si 

ijodkor o`qituvchilar-ning 

ilg`or tajribalariga tayanib, 

rivojlanadi. Xu-susiy tajribalar 

asosida boyitib boriladi. Bir 

muallifning ilg`or peda-gogik 

tajribasini hamma pedagoglar 

aynan qo`llay olmaydilar. 

Bunda nati-jalar har kimda har 

xil bo`ladi. Zamonaviy 

pedago-gik texnologiyalarning 

tar-kibiy qismi hisoblanadi. 

 

 



 

Natija kafolati 

 

 

 



Oldindan belgilangan maqsadga 

erishish kafolati bor 

Oldindan belgilangan maq-

sadga har bir o`qituvchi o`z 

imkoniyatlariga muvofiq turli 

darajada erishadi. Shu sababli 

talab daraja-sidagi natija 

kafolatlan-maydi. Asosan 

ijodkor o`qi-tuvchilargina 

yaxshi nati-jaga erishadilar. 

 

Kelib chiqishi 



 

Xususiy metodikalarning 

rivojlanishi natijasida kelib 

chiqqan 


Ta`lim-tarbiyaning turli 

xususiy masalalarini hal qilish 

zarurati natija-sida kelib 

chiqqan. 

 

Metod – biror harakatni amalga oshirish yo`li, usuli yoki ko`-rinishidan iborat. 



Demak, har bir harakat ma`lum yo`l bilan va shunga muvofiq usulda amalga oshiriladi. 

Hozirda metodlar, metodikalar va texnologiyalar bitta tushun-cha sifatida idrok qilinmoqda. 

Texnologiyalar va metodikalarni aralashtirib yuborish shunday hollarga olib keladiki, ba`zan me-

todika texnologiyalar tarkibiga kirib qoladi, ba`zan esa aksincha. 

Umuman, zamonaviy pedagogik texnologiyalar o`quv jarayoni (ya`-ni o`qituvchining, o`quvchi-

talabaning pedagogik faoliyati bilan), uning tarkibi, vositalari, usullari va shakllari bilan eng 

ko`p darajada bog`langan1. 

 

1.Ta`lim  texnologiyasi  -  pedagogik  texnologiyaning  ilmiy  aspektini  belgilash  uchun 

ishlatiladi.  Bu  (fan  predmeti),  «texnik  va  inson  resurslarini  xamda  ularning  o`z  oldiga  ta`lim 

shakllarini  optimallashtirish  vazifasini  ko`yuvchi  hamkorligini  hisobga  olgan  xolda  dars  berish 

va  bilimlarni  o`zlashtirishning  barcha  jarayonlarini  yaratish,  qo`llash  va  belgilashning  tizimli 

usuli » xisoblanadi (YuNeSKO). 

O`qitish texnologiyasi - 

 



bu  ta`lim,  kommunikatsiya,  axborot  va  boshqaruvning  jamlangan  va  tartibga  solingan 

optimal  yo`llari  va  vositalaridir,  bu  ta`lim  jarayonini  o`zgaruvchan  sharoitlarda,  ajratilgan  vaqt 

davomida samarali natijalarga kafolatli erishishni va aniq ta`lim jarayonlarini amalga oshirishni 

instrumental ta`minlovchisi hisoblanadi (PT jarayonli –bayonli aspekti); 

 

bu  mavjud  jarayondir,  ta`lim  jarayoni  sub`ektlarining  hamkorlikdagi  yuzaga  kelgan 



tartibli harakatidir (PT jarayonli xarakat aspekti). 

Pedagogik  texnologiya  –  bu  ta`limni  texnologiyalashtirish  sohasida  pedagogik  xodisalar 

va jarayonlarda qo`llaniladigan tushuncha 

           «Pedagogik tizim», «ta`lim texnologiyasi» va «fan metodikasi» tushunchalari va ularning 

bir-biridan farqi 

Pedagogik tizim – belgilangan sifatlarga ega shaxsni shakllantirishga qaratilgan, maqsadli va 

oldindan belgilangan pedagogik ta`sir ko`rsatish uchun zarur bo`lgan o`zaro bog`lik vositalar, 

usullar, jarayonlar birligidan iborat ma`lum bir butunlik (V.Bespal`ko). 

          Ta`limning predmet metodikasi – ta`lim tizimida quyidagi predmetning ahamiyati va o`rni, 

uning vazifalari va ta`lim mazmunini aniqlab beradi. Shu predmet yuzasidan ta`lim usullari, 

shakllari va vositalaridan qanday foydalanish va boshqarilishiga izoh keltiradi. 

Tizimli turkum (kategoriya) kabi ta`lim texnologiyasi kuyidagilarni ifodalaydi:  

(1) 

pedagogik 



tizimning 

tarkibiy 

qismlarini 

(komponentlarini), 

(2) 

ta`lim 


texnologiyasining  tarkibiy  qismlarini  (elementlarini),  uning  protsessual  qismini,  (3)  ta`lim 

metodikasining  keyingi  darajasini  –  maqsadga  erishish  uchun  uslubiy  (metodik)  tizimni  o`quv 

jarayoni katnashchilarining harakat izchilligiga aylantiradi.    

Predmet metodikasidan o`qitish texnologiyasining farki: 

 

faqatgina  «qanday  o`rgatish?»  savoliga  javob  bermay,  balki  u  muhim 



qo`shimchalar  kiladi  -  «samarali  natija  olish  uchun  qanday  o`rgatish  va  qanday  optimal  o`quv 

jarayonini tashkillashtirish?»; 

 

aniq talablarga va taxminiy natijalarga emas balki anik vazifalarga tayangan holda 



aniq pedagogik g`oya asosida loyihalashtiriladi; 

 



natijalarni qayta ishlab chiqish bilan farq qiladi; 

 



bilim  olishda,  ta`lim  beruvchiga  yunaltirilgan,  darsning  metodik  ishlanmalaridan 

farqli  o`laroq,  shaxsiy  faoliyatlarini  hisobga  olgan  xolda  yutuqlarni  ta`minlaydi  va  ta`lim 

oluvchilarga yo`naltiradi.  

 

Pedagog-texnologning uslubiyotchidan (metodistdan) farqi: 



 

tajriba o`tkazmaydi: u aniq belgilangan natijalar bilan ish olib boradi; 



                                                 

1

 Қ



 Усмонов С.А. Педагогик технология асослари.-Т.: Ўқ

-27 бетлар. 



 

ma`lum muddatda va talab bo`yicha qo`yilgan maqsadni amalga oshirishda shubha 



tug`dirmaydigan, faqatgina asoslangan ta`lim modeliga tayanadi;  

 



ta`lim maqsadi qo`yilgandan so`ng, pedagogik vazifalar aniq belgilangandan so`ng, 

taxmin  qilingan  o`quv  natijalari  shakllangandan  so`ng  va  ta`lim  jarayonining  ketishi  buyicha 

qo`yilgan talablardan so`nggina xarakatni boshlashi mumkin.    

 

.  



Pedagogik texnologiya haqida tushuncha. 

 Hozirgi  vaqtda  O`zbekistonda  jahon  ta`lim  maydoniga  kirishga  yo`naltirilgan  yangi 

ta`lim  tizimi  qaror  topdi.  Bu  jarayon  bilan  bir  vaqtda  pedagogik  o`quv-tarbiya  jarayonining 

nazariyasi va amaliyotida sezilarli o`zgarishlar sodir bo`lmoqda. Ta`limdagi yondashuvlar tarkibi 

o`zgarmoqda.  

 Ta`lim  tarkibi  yangi  protsessual  mahoratlar,  axborotlar  bilan  ishlash  qobiliyatining 

rivojlanishi,  ilmiy  muammo  va  bozor  amaliyoti  ijodiy  echimining  ta`lim  dasturlarini 

individuallashtirishga qaratilishi bilan boyitilmoqda.  

Axborotning  an`anaviy  usullari  og`zaki  va  yozma  nutq,  telefon  va  global  masshtabli 

telekommunikatsiyalarni ishlatish bilan almashtirilmoqda.  

Pedagogik  jarayonning  muhim  tarkibini  talaba  bilan  pedagogning  shaxsga  yo`naltirilgan 

o`zaro  munosabatlari  tashkil  etadi.  Ijtimoiy  bilimga  teng  bo`lgan  pedagogik  texnologiyalarning 

shakllanishida fanning roli ortib bormoqda. 

Pedagogik 

ta`lim 

texnologiyalarning 



psixologik-pedagogik 

nuqtai 


nazardan 

takomillashuvining asosiy yo`nalishlari quyidagilar bilan ifodalanadi: 

1) yodlashdan eslab qolish funktsiyasiga o`tish, ya`ni o`zlashtirilganini ishlatish imkonini 

beruvchi aqliy rivojlanish jarayoniga o`tish; 

2) bilimning assotsiativ statistik modelidan aqliy harakatning dinamik tarkibiy tizimlariga 

o`tish; 


3) 

o`rtacha 

talabaga 

yo`naltirilganlikdan 

o`qitishning 

differentsiallangan 

va 

individuallashtirilgan dasturlariga o`tish; 



4) talabaning tashqi motivatsiyasidan ichki ma`naviy irodali tartibga solinishga o`tish. 

Ta`limda  zamonaviy  didaktika  va  ta`lim  tarkiblarining  samaradorligini  oshirish,  yangi 

g`oya  va  texnologiyalarning  ilmiy  ishlab  chiqilishi  va  amaliy  asoslanishi  ishlatilmoqda.  Bunda 

har  xil  pedagogik  tizim  bilan  o`qitish  texnologiyalari  o`rtasida  bog`liqlik,  amaliyotda  davlat 

ta`lim  tizimining  yangi  shakllari  (qo`shimcha  va  al`ternativ)  ning  aprobatsiyasi,  hozirgi  zamon 

sharoitida  o`tmishning  pedagogik  tizimlarini  qo`llash  muhim  hisoblanadi.  Bunday  sharoitda 

pedagog,  boshqaruvchi  keng  ko`lamli  zamonaviy  innovatsion  texnologiyalar,  g`oyalar,  o`quv 

muassasalar,  yo`nalishlarda  ma`lum  bo`lgan  narsalarni  qayta  ochishga  vaqtini  sarflash  kerak 

emas. 

Bugungi  kunda  savodli  mutaxassis  bo`lish  uchun  ta`lim  texnologiyalarning  hammasini 



o`rganish lozim. 

Hozirgi  vaqtda  pedagogik  lug`atda  pedagogik  texnologiya  tushunchasi  mustahkam 

o`rnashgan. Adabiyotlarda o`nlab ta`riflarni uchratish mumkin. Keling ularning ba`zilarini qarab 

o`taylik.  Jumladan,  pedagogika  fani  va  amaliyotida  «pedagogik  texnologiya»,  «ta`lim 

texnologiyasi»,  «o`qitish  texnologiyasi»  kabi  atamalardan  keng  foydalanilmoqda.  Qo`yida 

ularning ba`zilarini ko`rib chiamiz: 



Download 130.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling