2-Mavzu: Qadimgi turkiy adabiy istilohlar


Download 36.5 Kb.
Sana20.10.2023
Hajmi36.5 Kb.
#1711239
Bog'liq
2-Mavzu Qadimgi turkiy adabiy istilohlar


2-Mavzu: Qadimgi turkiy adabiy istilohlar

Qadimgi turkiy xalqlar og'zaki ijodining janr xususiyatlarini o'rganish mavzusi adabiyotshunosligimizda qisman bo'lsa-da yoritilgan. Bu sohaning ilk tadqiqotchisi ham Mahmud Koshg'ariydir. Bizning zamonamizda bu masalada akademik B.Valixo'jayev, professor B.To'xliyev, N.Rahmonov va boshqalarning e'tiboriga loyiq qarashlari mavjud.Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilik» dostonidagi ayrim tasvir va atamalar mavzuni yoritishga xizmat qiladi.


BILIG.«Devonu lug'otit turk da bilik so'ziga bilim», «hikmat va saql» deb izoh berilgan (1., 367-bet). Bilga hikmat aytuvchi, hikmatshunos, oqil, dono, aqlli, olim kishiga nisbatan qo'llanadi. Demak, bilik - hikmat ma'lum ma'noda hozirgi o'zbek tili lug'at boyligidagi maqol janrining mazmunini ifodalaydi. Maqolda xalqning. ijtimoiy tabaqa yoki guruhning dunyoqarashi, hayotda to'plagan tajribalari, kuzatishlari ifodalanadi. Qadimgi turkiylarning bilgalari aytgan biliklar ham shunday xususiyatga egadir.Devonu lug'otit turkida o'git, nasihat ruhidagi she'rlar o'tluk deb nomlanadi. Ba'zan bu atama ma'nosini o'vo't so'zi ham ifodalagan. O'vo't asli o'gitdir. O'tluk tarbiya mavzusidagi bir necha bandli o'git hamda nasihatlardir. Devonda qofiyalanish tizimiga ko'ra o'tluk janriga xos ikkita she'r parchalari saqlanib qolgan.Birinchi o'tlukda mehmon kutish odobi, qo'ni- qo'shnilar bilan ahil boʻlish, saxiylik haqida nasihat beriladi. Ikkinchi o'tlukda esa, insondagi ichki va tashqi go'zallik ulug'langan. Shirin so'zlilik, hayotdagi har qanday qiyinchiliklarga bardoshli bo'lish, boylikka hirs qo'ymaslik insoniy fazilat sifatida ko'rsatilgan.


SANDRUSH.Sandrush qadimgi turkiy tilda «tortishuv» ma'nosini beradi. «Devonu lug'otit turk»da sandrushga misol bo'la oladigan she'rlar keltirilgan. Bu she'r hozirgi adabiyotshunosligimizda Qish va yoz munozarasi nomi bilan yurgan Ushbu sandrushda tortishishga kirishgan ikki predmet o'z xususiyatlarini maqtaydilar, o'zgasining qiliqlarini fosh etadilar. Ikki fæstning majoriylik xususiyati hayotdagi ma'lum tabaqa yoki shaxslarning qiyofasini umumlashtiradi. Qish- yomonlik, Yoz-yaxshilik timsoliga aylanadi.


YIG'I YO'QLOV Qadimgi turkiylarda biror shaxsning o'limi munosabati bilan odamlar to'planib, ko'z yosh to'kishi yig'i yo'qlov, vafot etgan kishining sifatlarini aytib yig'lagan, o'z g'am-anduhini to'kib, ko'z yoshi qilganlar yig'ichidir. Shu jihatdan qaraganda, hozirgi adabiyotshunosligimizda qadimgi turkiy adabiyotga nisbatan qo'llaniladigan marsiya janri (masalan, «Alp Er To'ngan marsiyasini yig'i yo'qlov atamasi bilan umumlashtirish xato hisoblanmaydi. «Devonu lug otit turk»da Alp Er To'ngaga bag'ishlangan yig'l-yo'qlovdan tashqari, yana shu janrga mansub to'rtta she'rning parchalari saqlangan. Ulardan uchtasida sevikli yoridan judo bo'lgan ma'shuqaning ayriliq iztiroblari ifodalangan.




QOSHUG' Qoshug' (DLT, I., 357) she'r, qasida, qo'shiq janrlarining ma'nosini umumlashtirgan. Devonda qo'shildi (Il., 156) so'ziga izoh berilar ekan, ir qo'shildi. iborasi keltiriladi. Buning ma'nosi she'r aytildi, qo'shiq to'qildi iboralariga to'g'ri. keladi. Professor S.Mutallibov shu o'rinda qo'shug' haqida fikr yuritar ekan, «Qoshuq so'zining asl ma'nosi bir so'zning boshqa so'zlarga qo'shilishi, ma'lum bir vazn talab qilgan miqdordagi so'zlar qo'shilmasi-tizmasi» deb yozadi.
Download 36.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling