2-Mavzu. Tarixiy geografiyaning shakllanishi va taraqqiyoti. Reja
Download 12.56 Kb.
|
2-mavzu(1)
2-Mavzu. Tarixiy geografiyaning shakllanishi va taraqqiyoti. Reja. 1. A.Orteliyning tarixiy geografiya shakllanishiga qo‘shgan hissasi Tarixiy geografiya fanida birinchi bor yaratilgan asar „Qadimgi dunyo atlasi“ edi. Uni XVI asming ikkinchi yarmida flamand geografi A. Orteliy1 yaratgan edi. U o‘z asariga ilova tarzida zamonaviy dunyo atlasini keltirgan edi. A.Orteliy o‘z kartalarini qadimgi dunyo haqidagi qisqacha ma’lumotlar bilan keltirgan. AOrteliyning asaridan so‘ng tarixiy geografiya ilmiy fan sifatida vujudga keldi. AOrteliyning yozishiga qaraganda, uning ishlari „Tarix nazarida geografiya" edi. Aytib o‘tish o'rinliki, AOrteliyning o‘zi antik mualliflar m a’lumotlarini tanqidiy riuqtai nazarsiz qabul qilgan va shu m a’lumotlar asosida o‘z kartalarini tuzgan. A.Orteliyning bu kamchiligini XVII asrda Leyden (Niderlandiya) universiteti professori Иуиуег tuzatdi. U qadimgi Italiya va qadimgi Germaniyaning tarixiy geografiyasi bo‘yicha ikkita yirik asar yozgan.1930 yilda belgiyalik olim Van der Linden Birinchi xalqaro tarixiy geografiya kongressi ochilishidagi kirish nutqida boshqacha nuqtai nazami, ya’ni XVI asrning ikkinchi yarmida dunyoning ilk tarixiy atlasini yaratgan flamand olimi A.Orteliyni tarixiy geografiyaning asoschisi deb baholadi. Xuddi shunday qarashlar 1935 yilda geografiya fanlari tarixi bo'yicha yirik italyan mutaxassisi Almadja tomonidan „Italyan ensiklopediyasi“ga Orteliyga bag'ishlab yozilgan maqolada ham bildirildi. Bundan tashqari 1579 yili Abraxam Orteliy geografik atlasga uchta tarixiy kartadan iborat qo‘shimcha tuzdi. Orteliyning bu qo'shimchasi keyinchalik 1603 yili 38 ta kartadan iborat bo‘lgan antik davming geografik atlasini tuzilishiga sabab bo'ldi.Shuningdek, A.Orteliy va V.Dyuval tomonidan tuzilgan kartalarda afsonaviy voqea-hodisalar va Injildagi rivoyatlar tasvirlangan. Masalan, avliyo Pavel va Ibrohim payg‘ambarning sayohati, troyalik Eneyning dengiz sayohati, Odisey yurgan yo'llar tasvirlangan. Keyinroq kartalarda tarixiy-iqtisodiy m a’lumotlar ham qayd qilina boshlangan. 2. XIX asrning ikkinchi yarmida tarixiy geografiyaning yangi qirralari
Tarixiy-geografik muammolami hal etishda esa hamon ikkita yo‘nalish - tarix va geografiya mavjud. Tarixiy geografiya bu fanlaming. tutash chegarasida bo‘lib, tarixga ham, geografiyaga ham oid deyish mumkin. 4. Tarixiy geografiyaning yangi davrda o‘rganilishi XX asr boshida Peterburg arxeologiya instituti va Moskva universitetida tarixiy geografiya o ‘qitila boshlandi. Talabalarga mazkur fan asoslarini Peterburgda S.M.Seredonin va AASpitsin, Moskva universitetida esa M.K.Lyubavskiy o'qishgan. AN.Nasonov esa qadimgi Rus tarixiy geografiyasiga oid „Rus yeri“ nomli ilmiy tadqiqotini 1951 yilda Moskvada nashr ettirgan. M.N.Tixomirov „Rossiya XVI asrda“ nomli fundamental tadqiqot yaratgan (Moskva, 1962 yil). I.AGolubsovning ilmiy tadqiqotlari asosan tarixiy kartografiya rivoji masalalariga bag‘ ishlangan. M.V.Vitov, V.K.Yatsunskiy, V.Z.Drobijev, I.D.Kovalchenko, AV.Muravev, L.AGoldenberg, M.I.Belovlar tarixiy geografiya-ning nazariy masalalariga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar yozishgan.0 ‘zbekistonda tarixiy geografiyaga doir tadqiqotlar asosan Sh.Kamaliddinov, O.Bo‘riyev tadqiqotlarida uchraydi. Sh.Ka-maliddinov Janubiy Sug‘d, Toxaristonning tarixiy geografiyasini IX-XIII asr boshlardagi arab tilidagi manbalar orqali tadqiq etib, alohida monografiya yozgan1.O.Bo'riyevning „Temuriylar davri yozma manbalarida Markaziy Osiyo“ nomli asarida (Toshkent, 1997 yil) esa Markaziy Osiyoning XIV-XV asrlardagi m a’muriy-hududiy bo‘linishi, tabiati, xo'jaligi, xalqaro aloqalari geografiyasi va toponimiyasi haqida so‘z yuritiladi. Download 12.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling