2-Mavzu. Transformatorlar. Uch fazali transformatorlar. Avtotransformatorlar


Download 1.15 Mb.
bet1/12
Sana05.10.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1692288
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2-Mavzu. Transformatorlar. Uch fazali transformatorlar. Avtotran


2-Mavzu. Transformatorlar.Uch fazali transformatorlar.Avtotransformatorlar.


Reja:
1. Transformatorlar haqida umumiy tushunchalar, uning tuzilishi va ishlash prinsipi.
2. Transformatorning foydali ish koeffitsiyenti va undagi quvvat isrofi.
3. Transformatorning nominal kattaliklari va ish rejimlari.
4. Uch fazali transformator chulg’amlarining ulanish sxemalari.
5. Avtotransformatorlar, o’lchov trtansformatorlari, payvandlash transformatorlari.
6. Transformatorning tashqi xarakteristikasi va undagi kuchlanishning o’zgarishi.
7. Transformatorlarning parallel ishlashi.
1. Transformatorlar haqida umumiy tushunchalar, uning tuzilishi va ishlash prinsipi
Elektrotexnikaning asosiy vazifalaridan biri elektr energiyasini bir joydan ikkinchi joyga uzatishdir. Chunki elektr energiyasining iste’molchilari aksariyat hollarda yoqilg‘i va gidroresurslar tabiiy joylashgan rayonlarga qurilgan elektr stansiyalaridan bir necha o‘nlab va yuzlab kilometr masofalarda joylashadi. Elektr energiyasini uzatish liniyalarida esa quvvatning issiqlikka sarf bo‘ladigan isrofi ΔP= I2Rl va kuchlanishning pasayuvi ΔU=IRl doimo mavjuddir. Liniyaning uzunligi ortgan sari bu ko‘rsatkichlar ham ortadi. Elektr tokining to‘la quvvati (S=I ·U) ni o‘zgartirmagan holda uni turli kuchlanish va tok bilan uzatish mumkin. Quvvat formulasidan ko‘rinib turibdiki, uzatishda kuchlanish qanchalik yuqori bo‘lsa S = const tok kuchi shunchalik kichik bo‘lib, u bilan bog‘liq isroflar ham shunchalik kam bo‘ladi. Tok kuchini kamaytirish uzatish simining ko‘ndalang kesimini kichik olishga va rangli metallarni tejashga imkon beradi.

a)




b)


Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling