2-mavzu. Xalqaro iqtisodiy integratsiya,uning mazmuni shakllari Iqtisodiy integratsiya


Download 12.53 Kb.
Sana04.10.2022
Hajmi12.53 Kb.
#830859
Bog'liq
2.Xalqaro iqtisodiy integratsiya ,uning mazmuni shakllari(1)
Lesson-One-5-Day-Challenge-1, Lesson-One-5-Day-Challenge-1, osimliklarning kimyoviy tarkibi va oziqlanishi, osimliklarning kimyoviy tarkibi va oziqlanishi, 11-маъруза. Файра кодлари, 11-маъруза. Файра кодлари, 5A111201 – O`zbek tili va adabiyoti magistratura mutaxassisligig, 12 вариант 1 чи масала, 6-sinf geograf test, Ўзбекистоннинг ривожланиш стратегияси, Ogiz boshligi kasalliklari, Ogiz boshligi kasalliklari, Ogiz boshligi kasalliklari, Psixologiya nazariyasi va tarixi, Cam 4, Test 1, Listening Keyword Table

2-mavzu.Xalqaro iqtisodiy integratsiya ,uning mazmuni shakllari
Iqtisodiy integratsiya – turli korxona va tarmoqlarning, shuningdek, mamlakatlarning ishlab chiqarish sohasida bir-biriga yaqinlashuvi, ular oʻrtasida uzviy iqtisodiy aloqalar oʻnatilishi, mamlakatlararo yagona umumiy xoʻjalikning shakllanishi jarayoni. Iqtisodiy integratsiya butun bir mamlakatlar milliy xoʻjaliklari darajasida, shuningdek, korxonalar, firmalar, kompaniyalar, korporatsiyalar darajasida ham kuza-tiladi. I.i. ishlab chiqarish-texnologik aloqalarning kengayishi va chuqurlashuvida, resurslardan hamkorlikda foydalanish, kapitallarni birlashtirishda hamda iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish jarayonida birbiriga qulay sharoitlarni yaratishda, oʻzaro toʻsiklarni olib tashlashda namoyon boʻladi. I.i. asosida mehnat taqsimoti yotadi. Mehnat taqsimoti tufayli ayrim mahsulotlar emas, balki detallar ham ixtisoslashgan korxona va tarmoqlarda ishlab chiqariladi. Shu tariqa korxona va tarmoqlar oʻzaro yaqin va muntazam iqtisodiy aloqa bogʻlaydi. Avvalo, korxonalar oʻrtasida I.i yuz beradi va ularning birlashmasi vujudga keladi, soʻngra I.i. tarmoqlararo miqyosda yuz berib, yirik i.ch. majmualari paydo boʻladi. Bir tarmoq doirasida gorizontal integratsiya, tarmoqlararo esa vertikal I.i. yuz beradi. Vertikal I.i.ga agrosanoat majmui misol boʻladi, u q.x., oziq-ovqat, q.x. mashinasozligi, kimyo sanoati va b.ni oʻz ichiga oladi. Mehnat taqsimoti xalqaro miqyosda amalga oshishi bilan xoʻjalik hayoti baynalmilallashadi, moddiy mahsulot yaratishda turli mamlakatlarda korxona va tarmoklar qatnasha boradi, binobarin, mamlakatlararo I.i. yuzaga keladi, buning natijasida mamlakatlar iqtisodiyotida ixtisoslashish yuz beradi va mamlakatlar bir-birlariga mahsulotlar va xizmatlar yetkazib beradi. Shu sababli hozirgi davrda xalqaro I.i. eng yuqori darajadagi va yetakchi integratsiya koʻrinishi hisoblanadi.
Xalqaro I.i. uzoqdavom etadigan koʻp bosqichli jarayon boʻlib, turli shakllarda yuz beradi. Birinchi bosqichda turli mamlakatlar oʻrtasida erkin savdo-sotiq olib boriladigan, bojxona toʻlovlari, eksport kvotalari bekor qilingan erkin savdo zonalari tashkil etiladi. Natijada davlatlararo tovar ayirboshlashda inte-gratsiyalashuv yuz beradi. Ikkinchi bosqichda erkin iqtisodiy zonalar shakllanib, bu yerda ham bir necha mamlakatlar birlashadi. Bu bosqichda institutegratsion aloqalar savdo-sotiq bilan cheklanmasdan sanoat, bank, sugʻurta ishi va texnologiya sohasida ham yuz beradi. Bu zonalar ochiq iqtisodiy xududlar hisoblanadi, iqtisodiy aloqalar erkin va koʻp qirrali boʻlib, barcha iqtisodiyot subʼyektlari imti-yetlarga ega boʻladilar.
Uchinchi bosqichda umumiy bozor shakllanadi. Umumiy bozorni tashkil etgan mamlakatlarning milliy bozorlari birbiri uchun ochiq boʻladi, amalda milliy bozorlar birla-shib, mamlakatlararo umumiy bozor vujudga keladi. Bu bozorda barcha tovarlar erkin, hech bir cheklovlarsiz koʻchib yuradi. Ish kuchi, kapital va tovarlar bir mamlakatdan boshqasiga oʻtadi, qaysi mamlakatda resursni ishlatish qulay boʻlsa, u shu yerga borib joylasha oladi. Umumiy bozorda iqtisodiy chegaralar amalda bekor kilinadi, bojxona toʻlovlari, eksport kvotalari, tovar sifatiga talab minimal dara-jaga keltiriladi. Umumiy bozor dastlab 1957 y.dan Yevropada shakllangan (qarang Yevropa Ittifoqi). Toʻrtinchi bosqichda Iqtisodiy va valyuta it-tifoqi doirasida integratsiya yuz beradi. Bu yerda integratsion alokalar savdo-sotiq va ishlab chiqarish bilan cheklanmay, moliya, pul muomalasi va bank tizimiga ham kirib boradi. Yevropa Ittifokiga kirgan 15 mamlakatdan 12 tasida 2000—2001 y.larda umumiy pul — yevro muomalaga kiritildi, milliy pullar muomaladan asta-sekin chiqarildi, yagona soliq tizimi joriy etildi, milliy byudjetlar saklangan holda yagona, umumiy byudjet ham tu-ziladigan boʻldi. 21-asr boshlaridagi institutegratsiyaning eng yuqori shakli boʻlgan Iqtisodiy va valyuta ittifoqi mamlakatlar iqtisodiyotini yuksak darajada birlashtiradi, iqtisodiy umumiylikka ustuvorlik beradi, ammo ayrim mamlakatlar mustaqilligini maʼlum darajada cheklaydi (milliy parlamentlar va hukumatlarning bir qator vakolatlari Yevropa Ittifoqining umumiy organlariga berilgan).
Hoz. davrda jahonning boshqa mintaqalarida ham integratsiya jarayonlari jadal bormoqda. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, AQSH, Kanada va Meksikani birlashtirgan Shim. Amerika uyushmasi, Jan.sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi (ASEAN), Tinch okean region uyushmasi (ATES), Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga aʼzo mamlakatlar oʻrtasida integratsion hamkorlik kuchayib bormoqda. 1991—2002 y.larda Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqaviy integ-ratsiyasini chuqurlashtirish yoʻlida jiddiy ishlar amalga oshirildi: zaruriy huquqiy va tashkiliy shartsharoitlar yaratildi, davlatlararo ken-gash tuzildi, ijroiya qoʻmita, Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot banki tashkil etildi. Xalqaro integratsiya shakllari va turlari. Xalqaro iqtisodiy integratsiya shakllari. Rivojlangan mamlakatlarning asosiy zamonaviy integratsion guruhlari Jahon Savdo Tashkilotining yondashuviga muvofiq integratsiya jarayonlarini rivojlantirish va davlatlararo birlashmalarni yaratishning beshta asosiy shakli (bosqichi) ajratilgan. Natijada birlashgan bozor afzalliklaridan foydalanish, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, milliy sanoatni saqlash va rivojlantirish uchun qulay sharoitlar paydo bo'ldi. Qishloq xo'jaligi, ishtirokchi davlatlarning xalqaro pozitsiyalarini mustahkamlash. Birinchi shakl - xulosa imtiyozli savdo shartnomalari ikki yoki undan ortiq davlatlar o'rtasida o'zaro savdoning yanada qulay rejimini yaratish, uni liberallashtirish maqsadida alohida davlat va birlashma. Ular asosni tashkil qiladi erkin savdo zonalari, uning ishtirokchilari bojxona tariflari, kvotalar va boshqa cheklovlarni o'zaro bekor qilish to'g'risida kelishib oladilar. Shu bilan birga, uchinchi davlatlarga nisbatan harakat erkinligi va umumiy tariflar saqlanib qolgan. Bunday qo‘shilishdan maqsad ushbu mamlakatlar kompaniyalarining guruhlash tarkibiga kirmaydigan boshqa mamlakatlar firmalari bilan raqobatdagi mavqeini mustahkamlash, xalqaro ixtisoslashuv afzalliklaridan foydalanish va ular aholisining turmush darajasini oshirishdan iborat. Bunday assotsiatsiyaning klassik namunasi 1960 yilda tashkil etilgan Yevropa erkin savdo uyushmasi (EFTA). Erkin savdo zonasini davlatlararo tuzilma sifatida davlatlar milliy chegaralar ichida yaratilgan erkin savdo zonasi bilan aralashtirib yubormaslik kerak. (erkin iqtisodiy zona). Ikkinchi shakl integratsiya - Bojxona ittifoqi. Bu ikki yoki undan ortiq davlatlar oʻrtasidagi bojxona hududlarini birlashtirish, ular oʻrtasidagi savdoda bojlarni bekor qilish va ularni amalga oshirish toʻgʻrisidagi kelishuvdir. umumiy tashqi savdo siyosati uchinchi mamlakatlarga nisbatan (asosan savdo qoidalari va tartiblari sohasida). Biroq, bunday shartnomalar barcha tovarlarga ta'sir qilmaydi. Amaliyot shuni ko'rsatadiki, mudofaa sanoati, energetika va boshqalar bojxona ittifoqi doirasidan tashqarida qolmoqda. Bojxona ittifoqlari va erkin savdo zonalari Tariflar va savdo bo'yicha Bosh kelishuvda (GATT) nazarda tutilgan edi, ammo ularni shakllantirish bo'yicha kelishuvlarning hech biri uning talablariga to'liq javob bermadi. Bojxona ittifoqining faoliyati quyidagi vositalarga ehtiyojni keltirib chiqaradi: yagona bojxona to'lovlari; taraqqiyotni muvofiqlashtiruvchi milliy oliy organlar alohida sanoat tarmoqlari iqtisodiyot, ichki bozorlar va tashqi savdo va sanoat integratsiyasini bosqichma-bosqich ta'minlash.
Источник: https://delovyelyudi.ru/uz/dzhinsy/formy-i-vidy-mezhdunarodnoi-integracii-formy-mezhdunarodnoi-ekonomicheskoi-integracii-osnovnye-sovrem/
Download 12.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling