2-mavzu. Yengil sanoat maxsulotlariga qo‘yiladigan talablar
Download 37.45 Kb.
|
2-ma\'ruza 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Materialshunoslik
- To‘qimachilik tola
- 1. Asosiy materiallar
- Gigienik talablar
- Texnikaviy talablar
2-MAVZU. YENGIL SANOAT MAXSULOTLARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR Reja: 1. Yengil sanoat mahsulotlari haqida; 2. Yengil sanoat mahsulotlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida ma’lumot. O‘zbekiston Respublikasining oldida turgan eng muhim vazifalardan biri aholini sifatli, hamda bejirim tikuvchilik buyumlari bilan ta’minlashdir. Chunki, u insonlarning atrof-muhitdan himoya qilishga, hamda ularning go‘zalligini ta’minlashga qaratilgan. Materialshunoslik - to‘qimachilik materiallarining, ya’ni; tola, ip, eshilgan mahsulot, gazlama, trikotaj va noto‘qima matolarining olinichi, tuzilish xossalarini va shu xossalarini o‘rganishda ishlatiladigan uslub va asbob-uskunalardan foydalanishni o‘rgatadigan fandir. To‘qimachilik tola deb, egiluvchan, ma’lum uzunlik va mustahkamlikka ega bo‘lgan, ko‘ndalang kesim yuzasi kichik, to‘qimachilik mahsulotlari olish uchun ishlatish mumkin bo‘lgan jismga aytiladi. Bo‘ylamasiga shikastlanmasdan bo‘linmaydigan to‘qimachilik tolasiga tanho tola deb ataladi. Bir necha tanho tolalarning bo‘ylamasiga qo‘shilichidan hosil bo‘lgan tolalarni birikkan (kompleks) tola deb ataladi. Tabiiy tolalarga tabiatdagi organik va noorganik moddalardan olinuvchi to‘qimachilik tolalari kiradi. Tabiiy organik tolalar o‘simliklarning urug‘i va mevasidan (paxta, koyr, kapok), poyasidan (zig‘ir, jut, kanop va hakozalar), barglaridan (yukka, abaka, manilla) olinadi. Tabiiy organik tolalar tarkibiga qo‘y, echki, tuya va boshqa hayvonlarning terisi ustidagi tuk qoplamasidan olinuvchi jun tolalari hamda, tut va eman qurtlarining bezlari ishlab chiqaradigan tabiiy ipak kiradi. Tabiiy noorganik tolalarga toshpaxta (asbest) tolasi kirib, u tog‘ birikmalaridan ishlab chiqariladi. Kimyoviy tolalarga tabiiy yoki sintez yo’li bilan olingan yuqori molekulali birikmalarni kimyoviy usulda ishlov berish asosida olinadigan tolalar kiradi. Xuddi tabiiy tolalardek kimyoviy tolalar ham organik va noorganik moddalardan iborat bo‘ladi. Organik kimyoviy tolalar sun’iy va sintetik tolalarga bo‘linadi. Agar tola tabiatda mavjud bo‘lgan yuqori molekulali birikmalardan olinsa, u sun’iy tola deb ataladi. Agar tola olish uchun ishlatiluvchi yuqori molekulali birikmalarni oddiy moddalarni sintezlash yo’li bilan olinsa, bunday tolalar sintetik tola deb ataladi. Sun’iy kimyoviy tolalarga sellyuloza va uning efirlaridan olinuvchi viskoza, mis-ammiak va atsetat tolalari hamda oqsil moddalardan olinuvchi kazein, zein va hakozalar kiradi. Sintetik kimyoviy tolalarning assortimenti juda keng bo‘lib, ularga poliamidlardan olinuvchi kapron, anid, enant; poliefirdan - lavsan; poliakrilnitrildan - nitron; polivinilxloriddan - xlorin; polivinil spirtidan - vinilon; poliuretandan - spandeks; poliolefindan - polipropilen, polietilen tolalari va shularga o‘xshash bir qator tolalar kiradi. Noorganik kimyoviy tolalarga metall va shishadan olinuvchi tolalar kiradi. Tikuvchilik materiallarini tayyorlash uchun turli xil materiallardan foydalaniladi: 1. Asosiy materiallar - mahsulotning yuzasi va asosiy qismlari uchun. Bunda trikotaj, noto‘qima matolar, to‘da (kompleks), sun’iy va tabiiy poyabzal, mo‘yna kabi gazlamalar kiradi. 2. Astarlik materiallar - miyona (qistirma) materiallar - bortovka, tukli gazlama, kolenkor, flizelin va hakoza; issiq tutuvchi materiallar - momiq paxta, vatin, vatilin, porolon, mo‘yna; kiyim qismlarini biriktirish materiallari - tikuv g‘altak iplari va elim; kiyim furniturasi - tugmalar, pistonlar, ilgaklar va hakoza; pardoz materiallari - uqalar, shnurlar, to‘rlar va hokazo. Tikuvchilik materiallaridan samarali foydalanish va yuqori sifatli buyumlar ishlab chiqarish uchun tikuvchilik sanoati xodimlari bu materiallarning xossalari va assortimentini yaxshi bilishlari lozim. Turli to‘qimachilik materiallarining xossalari ular qanday tolalar va iplardan tayyorlanganligiga, materiallarning tuzilishi va ularga qanday pardoz berilganligiga bog‘liq. Tikuvchilik sanoati aholini sifatli va bejirim kiyim-kechak bilan ta’minlashi lozim. Tikuvchilik buyumlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish va assortimentini kengaytirish to‘qimachilik sanoatining rivojlanishiga bog‘liq, chunki asosiy tikuvchilik materiallari bo‘lmish ip-gazlama, jun, ipak va zig‘ir tolali gazlamalarni ana shu sanoat etkazib beradi. Sun’iy va sintetik tolalar ishlab chiqarish gurkirab o‘sayotganligi tufayli to‘qimachilik sanoatining xom ashyo bazasi uzluksiz kengaymoqda. Hajmdor sintetik va sun’iy g‘altak iplar, shtapel tola bog‘lamlari, yaxlit bo‘yalgan kimyoviy tolalar ishlab chiqarish ancha ko‘paydi. Tikuvchilik materialshunosligi fani faqatgina gazlamalarning tuzilishi bilan chegaralanibgina qolmay, balkim ularni tayyorlanish jarayoni va tikuvchilik buyumlarini ekspluatatsiyalash vaqtida unga ta’sir qiluvchi omillarni ham o‘rganadi. Undan tashqari tikuvchilik mahsulotlarining assortimenti bilan ham yaqindan tanishtiradi. Tikuvchilik buyumlariga ma’lum gigienik, texnikaviy, estetik va iqtisodiy talablar qo‘yiladi. Gigienik talablar - insonning sog‘ligini saqlashga qaratilgan talablar. Kiyimning asosiy gigienik ko‘rsatkichlari - havo o‘tkazuvchanligi, gigroskoplik, issiqdan himoya qilish xossalari, kirchillik, suv o‘tkazmaslik va hakoza. Gigienik talablar buyumning nimaga mo‘ljallanganligiga bog‘liq. Ichki kiyim va yozgi kiyimlarning havo o‘tkazuvchanligi va gigroskopligi yaxshi bo‘lishi, ularni kiyib yurish qulay bo‘lib, osonlikcha yuvilichi kerak. Qishki kiyimlar issiq bo‘lishi, plashlar suv o‘tkazmasligi kerak. Texnikaviy talablar - tikuvchilik materiallarining sifatiga va kiyimlar tayyorlashga qo‘yiladigan talablar. Tikuvchilik materiallari va tayyor tikuvchilik buyumlari Davlat standartiga to‘g‘ri kelishi kerak. Estetik talablar esa moda bilan bog‘liq. Iqtisodiy talablar kiyimning narxi bilan belgilanadi. To‘qimachilik materiallarining deyarli barchasi to‘qimachilik tolalaridan iborat. Turli xil materiallarning tashqi ko‘rinishi, xususiyatlari ularni tashkil etuvchi tolalarning xossalariga bog‘liq. Download 37.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling