2. Moliya / Umumiy masalalar]


Download 68.7 Kb.
Sana09.09.2022
Hajmi68.7 Kb.
#803039
Bog'liq
553 23.11.1992
tarbiyaviy soat konspekt, 2amaliy, Fuqarolarning huquq va erkinliklarining kafolatlari Fuqarolarni, html, 80umumiypedagogikapdf (1), Windows, menedj 2 ozb, Eshpo'latov Obid Hisobot, bellashuv uz - 6-sinflar-uchun-matematika-fanidan-test-savollari, 12 mavzu Salomova Manzura, 2-B guruh. Salomova Manzura. Insho. Til-millat ko‘zgusi, 1-amaliy mashg'ulot. - копия, 3 Mavzu, 3 Mavzu, 3 Mavzu



[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;

2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.02.00.00 Moliya va iqtisod sohasidagi boshqaruv]

[TSZ:

1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari;

2.Moliya / Umumiy masalalar]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI HAQIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi haqidagi ilova qilingan Nizom tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSR Moliya vazirligi haqidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” 1971-yil 3-sentabrdagi 432-son qarori (O‘zSSR QT, 1971-yil 9-son, 56-modda) “O‘zbekiston SSR Narxlar qo‘mitasi haqidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” 1971-yil 6-sentabrdagi 434-son qarori (O‘z SSR QT, 1971-yil 9-son 57-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 23-noyabr,
553-son
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi haqida
NIZOM
I BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR
1. Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublikaning markaziy moliya-iqtisodiy organi sifatida O‘zbekiston Respublikasining moliyaviy, narx siyosatini hayotga tatbiq etadi va uning butun hududida moliya, narx-navoni tashkil etish faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining vazifalari va funksiyalarini amalga oshirish uchun zarur moliyaviy negiz yaratishni, respublika budjetini ishlab chiqish va ijro etishni, uning daromad qismi barqarorligini ta’minlashni, valyuta rejasini tuzish va ijro etishni, pul resurslaridan oqilona va tejab sarflashni ta’minlaydi.
3. Moliya vazirligi respublika budjeti ham daromadlar, ham xarajatlar bo‘yicha ijro etilishi uchun, moliyaviy resurslarni umumrespublika ehtiyojlariga safarbar etish ishlarini tashkil etish uchun javob beradi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari boshqarmalari va bo‘limlari, davlat sug‘urta idoralari, shuningdek, ularga qarashli davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yagona tizimini tashkil etadi.
5. Moliya vazirligi o‘z tizimiga kiruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyatini to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki o‘zi tashkil etadigan organlar orqali muvofiqlashtiradi va yo‘naltiradi.
6. Moliya vazirligi tizimiga kiruvchi organlarni boshqarish jarayonida Vazirlik O‘zbekiston Respublikasining moliyaviy va narx-navo siyosatini amalga oshirishning birligini ta’minlaydi.
Shu maqsadlarda Moliya vazirligi:
O‘zbekiston Respublikasi moliya tizimi tarkibiga kiruvchi organlar faoliyatini kelishilgan yagona moliyaviy, soliq, valyuta va narx-navo siyosatini shakllantirish ishlarini olib borishga, oltin zaxirasini ko‘paytirish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasining moliyaviy mustaqilligini ta’minlashga, respublika iqtisodiyotini sog‘lomlashtirishga, bozor munosabatlarini shakllantirish sharoitida narx-navoni tartibga solishning iqtisodiy usullari rolini kuchaytirishga va aholini ijtimoiy himoya qilishga yo‘naltiradi;
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
xalq xo‘jaligi va ijtimoiy-madaniy sohani mablag‘ bilan ta’minlaydi, respublika mintaqalarining yaxlit ishlab chiqarish va ijtimoiy taraqqiyoti uchun moliyaviy negiz yaratadi;
o‘z vakolati doirasida respublika moliya tizimi tarkibiga kiruvchi organlar faoliyatini nazorat qilishni tashkil etadi va amalga oshiradi, ular faoliyati usullari va shakllarini takomillashtiradi, mazkur organlar xodimlarining kasb mahoratini oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar, yo‘riqnomalar, preyskurantlar va boshqa hujjatlarni tasdiqlaydi va chiqaradi;
respublika xalq xo‘jaligini, O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik va boshqa davlat muassasalarini, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga a’zolik badallari to‘lashni valyuta bilan ta’minlaydi.
7. Moliya vazirligi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining boshqa qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga va boshqa me’yoriy aktlarga amal qiladi.
Moliya vazirligi respublikada moliyaviy faoliyatning huquqiy asoslari mustahkamlanishini ta’minlaydi, qonun loyihalari bo‘yicha moliyaviy xulosa beradi va o‘z huquqi doirasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llanish amaliyotini umumlashtiradi, bu qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqadi va ularni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi, shuningdek, o‘z huquq doirasida idoraviy me’yoriy aktlar chiqaradi.
Moliya vazirligi o‘z faoliyati jarayonida respublikaning moliyaviy manfaatlariga, korxonalar, birlashmalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning huquqlariga rioya etilishini, shuningdek, Vazirlik tizimida qonunchilik to‘g‘ri qo‘llanishini ta’minlaydi.
II BO‘LIM. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING ASOSIY VAZIFALARI
8. Moliya vazirligining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
moliya tizimining, soliq va narx-navo siyosatining O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga faol ta’sir ko‘rsatishini, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishini, milliy daromadning, korxonalar va tashkilotlar daromadlarining va boshqa moliyaviy resurslarning o‘sishini ta’minlash, moliya-kredit vositalarining xo‘jalik mexanizmining boshqa elementlari bilan aloqalarini mustahkamlash;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
respublikaning moliyaviy resurslarini ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirish va fan-texnika taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlariga jamlash, ijtimoiy rivojlanishni jadallashtirish, ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan yaxlit xalq xo‘jaligi dasturlarini mablag‘ bilan ta’minlash, zarur moliya, valyuta rezervlarini tashkil etish;
rahbarlikning iqtisodiy usullari, uzoq muddatli me’yorlar va normativlardan keng foydalanish, ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanish, moliyaviy resurslarni rejalashtirish va ulardan foydalanish masalalarini hal etishda markazlashtirilgan asoslarni mintaqalarning o‘zini o‘zi boshqaruvi, korxonalar, birlashmalar, tashkilotlarning mustaqilligi bilan qo‘shib olib borish asosida moliya, sug‘urta, narx belgilashning davlat tomonidan boshqarilishini takomillashtirish;
moliya va narx mexanizmining aksilxarajat yo‘nalishini oshirish, uni resurslarning barcha turlaridan oqilona foydalanishni rag‘batlantirish tomon yo‘naltirish, nobudgarchiliklarni bartaraf etish, ishlab chiqarish va muomala chiqimlarini kamaytirish, foyda (daromad)ni ko‘paytirish;
moliya, budjet, valyuta va soliqni rejalashtirish va mablag‘ bilan ta’minlash usullarini takomillashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urta munosabatlari barcha qatnashchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududidagi sug‘urta tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish;
(8-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 8-iyuldagi 286-sonli qarori bilan to‘ldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
auditorlik tashkilotlari tomonidan litsenziya bitimlarida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini nazorat qilish;
(8-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-sentabrdagi 365-sonli qarori bilan to‘ldirilgan)
korxonalar, vazirliklar, idoralar, banklar va davlat sug‘urta tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish va takomillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish, xo‘jalik yuritishning yangi shakllarini joriy etish sohasida mahalliy moliya organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
soliq solish, narx belgilash, sug‘urta, valyuta-moliya, auditorlik va tashqi iqtisodiy faoliyat, shuningdek soliq maslahati bo‘yicha faoliyat sohasida qonunchilik va me’yoriy aktlarni ishlab chiqishda qatnashish;
moliya, soliq, narx belgilash, sug‘urta, valyuta, auditorlik va tashqi iqtisodiy faoliyat, shuningdek soliq maslahati bo‘yicha faoliyat sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish.
(8-bandning o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
fuqarolarning pensiya ta’minoti sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish;
budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi daromadlari va xarajatlarining mutanosibligini ta’minlash;
budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan unga yuklangan vazifalar va funksiyalarning, ayniqsa pensiyalarni va boshqa tegishli to‘lovlarni tayinlash va to‘lashning belgilangan qoidalarini qo‘llash yuzasidan bajarilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qaroriga muvofiq o‘n ikkinchi—o‘n to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
III BO‘LIM. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING FUNKSIYALARI
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
respublika yig‘ma moliya balansining moliyaviy resurslarini shakllantirishning uzoq muddatli va qisqa muddatli istiqbolni belgilashlarini tuzish ishida, shuningdek, umumrespublika maqsadli budjetdan tashqari pul jamg‘armalarini shakllantirishda qatnashadi, ularni tashkil etish, foydalanish va miqdorlari tartibi, O‘zbekiston Respublikasi mintaqalari tomonidan mazkur pul jamg‘armalariga mablag‘ ajratish kvotalari to‘g‘risidagi takliflarni tayyorlaydi;
respublika va mahalliy budjetlarni shakllantirishning yangi usullari asosida hududiy moliya-budjetni, soliqni rejalashtirishni takomillashtiradi;
moliya-budjetni va soliqni rejalashtirish, narx belgilash, xalq xo‘jaligi va ijtimoiy-madaniy sohani mablag‘ bilan ta’minlash sohasida uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi, respublika va mahalliy budjetlardan sarflanayotgan xarajatlar smetasini tuzish, ko‘rib chiqish, tasdiqlash va ijro etishning umumiy qoidalarini belgilaydi;
amaldagi qonunchilikka muvofiq budjetni tuzish va ijro etish ishlarini tashkil etadi;
respublika vazirliklari, idoralari va korxonalari tomonidan respublika budjetining ijro etilishini, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va respublikaning boshqa banklari tomonidan budjetning kassa ijrosi qoidalariga rioya qilinishini, shuningdek, banklar tomonidan kapital sarmoyalarni mablag‘ bilan ta’minlashni va budjet mablag‘lari hisobidan ro‘yobga chiqariladigan boshqa tadbirlarni nazorat qilishni amalga oshiradi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishgan holda respublika budjeti ijrosiga tegishli masalalarni hal qiladi;
joriy yilda respublika budjeti va valyuta rejasining bajarilishi yuzasidan hisobot tayyorlaydi va uni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
xalq xo‘jaligi tarmoqlari va mintaqalar iqtisodiyoti va moliyasi holatini tahlil qiladi, vazirliklar va idoralarga, shuningdek, mahalliy boshqaruv organlariga korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarda moliya-iqtisod ishlarini tashkil etish bo‘yicha uslubiy va amaliy yordamlar ko‘rsatadi, moliya-kredit mexanizmini takomillashtirish, jamg‘arma fondi va iste’mol fondi o‘rtasidagi mutanosiblikni takomillashtirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarishning moliyaviy jihatlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
monopolist korxonalar, tabiiy monopoliyalar subyektlari tovarlariga (ishlari, xizmatlarga) narx belgilash, monopoliya narxlari (tariflari)ning cheklangan darajalarini deklaratsiya qilish masalalarida yagona davlat siyosatini yuritadi, ularning asossiz oshib ketishining oldini olish choralarini ko‘radi;
(9-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
tovar bozorlarida, shu jumladan yakuniy iste’mol mahsulotlariga narxlar dinamikasining tizimli monitoringini yuritadi, narxlarning asossiz o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridagi narx belgilashga monopoliya narxlari va tariflarining ta’sirini tahlil qiladi;
(9-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini, shuningdek ular tomonidan sug‘urta to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishini nazorat qiladi;
sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokyerlarining sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalar reyestrini yuritadi;
(9-bandning o‘n oltinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-iyuldagi 151-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 28-son, 270-modda)
o‘z vakolatlari doirasida sug‘urta faoliyatini tartibga soladigan normativ hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokyerlari tomonidan litsenziya bitimida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini nazorat qiladi;
o‘z vakolatlari doirasida auditorlik faoliyatini tartibga soladigan normativ hujjatlarni, shu jumladan Auditorlik faoliyatining milliy standartlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
auditorlik tashkiloti tomonidan litsenziya bitimida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini nazorat qiladi;
auditorning malaka sertifikatini olish uchun talabgorlarga qo‘yiladigan malaka talablarini belgilaydi;
sug‘urtalovchining (sug‘urta brokerining) rahbari va bosh buxgalteriga qo‘yiladigan malaka talablarini belgilaydi;
soliq maslahatchisi va aktuariyning malaka sertifikatlarini olish uchun o‘qitish dasturini, malaka imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibini, shuningdek respublika auditorlar birlashmasi bilan kelishgan holda — auditorning malaka sertifikatini olish uchun o‘qitish dasturini va malaka imtihonlari topshirish tartibini belgilaydi;
soliq maslahatchisi va aktuariyning malaka sertifikatlarini olish huquqi uchun malaka imtihonlarini, shuningdek respublika auditorlar birlashmasi ishtirokida — auditorning malaka sertifikatini olish huquqi uchun malaka imtihonini o‘tkazadi;
belgilangan tartibda auditorlik tashkilotini litsenziyalashni amalga oshiradi;
auditor, aktuariy va soliq maslahatchisining malaka sertifikatlarini beradi, amal qilishini to‘xtatadi va bekor qiladi;
tegishli malaka sertifikatlariga ega bo‘lgan auditorlar, aktuariylar va soliq maslahatchilari reyestrini hamda auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan auditorlik tashkilotlari hisobini yuritadi;
belgilangan tartibda sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokyerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalashni amalga oshiradi;
sug‘urtalovchini qayta tashkil etishga ruxsatnoma beradi va ruxsatnoma berishni rad etadi, shuningdek ruxsatnoma berish va ruxsatnoma berish rad etilishi tartibini belgilaydi;
(9-bandning yigirma beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
(9-bandning o‘n yettinchi— yigirma to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-iyuldagi 151-sonli qarori asosida o‘n yettinchi —yigirma to‘qqizinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 28-son, 270-modda)
muntazam ravishda narxlar darajasi va o‘zgarishini, bozorlardagi vaziyatni va ulardagi raqobatni yaxlit tahlil qiladi, ana shular asosida bozorning amal qilishini takomillashtirish, raqobatni rivojlantirish tadbirlarini ishlab chiqadi;
davlat korxonalari va tashkilotlarini mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirishdan tushgan mablag‘larni ulardan belgilangan tartibdagi maqsadlarda foydalanishga safarbar qilishni tashkil etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda pul muomalasini mustahkamlash, so‘mning xarid quvvatini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi, pul daromadlari va aholi xarajatlarining muvozanatliligini ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga axborot beradi, respublika davlat ichki zayomlarini chiqarish va ularni tarqatish, shuningdek, lotereyalar o‘tkazish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
bozor infrastrukturasini shakllantirish, xalq xo‘jaligini boshqarishda iqtisodiy usullarni kuchaytirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
qimmatbaho qog‘ozlar bozorini shakllantirish hamda qimmatbaho qog‘ozlar emissiyasi va harakati ustidan nazoratni amalga oshiradi, moliyaviy bozorni shakllantirish ishlarini muvofiqlashtiradi; aksionerlik jamiyatlari va cheklangan mas’uliyatli jamiyatlarning yagona reyestrini yuritadi, korxonalarning qimmatbaho qog‘ozlarini ro‘yxatga oladi;
aholini ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash tadbirlarini mablag‘ bilan ta’minlash manbalarini aniqlaydi va mablag‘ bilan ta’minlaydi;
respublika davlat boshqaruv organlarining tashkiliy tuzilmasini yaxshilashga va ularni saqlash xarajatlarini arzonlashtirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqadi;
budjetni muvozanatlashtirish zaruratidan kelib chiqib, soliqlar tizimini respublikadagi boshqa daromadlarni takomillashtirish, davlat moliya mablag‘larini mustahkamlash, korxonalar, birlashmalar, tashkilotlarning ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati hamda fuqarolarning tadbirkorlik ishlari uchun eng maqbul moliyaviy sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasi bilan MDH qatnashchilari bo‘lgan davlatlar, chet davlatlar o‘rtasida tuzilgan bitimlarni mablag‘ bilan ta’minlash yuzasidan muzokaralar olib boradi;
respublika moliya-valyuta siyosatining asosiy prinsiplarini shakllantirishda qatnashadi, respublikaning valyuta rejasini (to‘lov balansini) tuzadi va ijro etadi, valyuta resurslarini ko‘paytirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi, ularni oqilona taqsimlashni hamda ajratilgan valyuta mablag‘laridan samarali va maqsadga muvofiq foydalanishni nazorat qilishni ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy investorlarning investitsiya faoliyatini moliyaviy va soliqlar bilan tartibga solishini amalga oshiradi, respublika iqtisodiyotiga xorijiy sarmoya kelishi uchun qulay moliyaviy shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi;
respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini mablag‘ bilan ta’minlash uchun respublika Hukumati tomonidan xorijiy kreditlar jalb qilish zarurati bo‘yicha ekspertiza o‘tkazadi, hujjatlarni rasmiylashtirishda ishtirok etadi, respublika Hukumati tomonidan olingan xorijiy kreditlarning kelib tushishini hisobga olish va nazorat qilishni amalga oshiradi; O‘zbekiston Respublikasining tashqi qarzi o‘z vaqtida to‘lanishi va tashqi qarz bilan bog‘liq ishlar amalga oshirilishini nazorat qiladi;
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlarga beg‘araz yordam ko‘rsatishi, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga a’zolik badallarini to‘lash, O‘zbekistonning MDH davlatlari va xorijiy davlatlardagi elchixonalari konsulxonalari, vakolatxonalari va boshqa diplomatik muassasalarini saqlash bilan bog‘liq a’mollarni hisobga olishni va ularni mablag‘ bilan ta’minlashni amalga oshiradi;
(9-bandning 27 xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 2-martdagi 76-sonli qarori bilan chiqarilgan)
korxonalar, birlashmalar, tashkilotlarning buxgalterlik hisobi va hisobotlari yuzasidan metodologik rahbarlikni amalga oshiradi hamda ularni takomillashtirish chora-tadbirlarini ko‘radi; turli darajadagi budjetlarning ijrosi, budjetdagi muassasalar xarajatlar smetasining ijrosi bo‘yicha buxgalterlik hisobini yuritish tartibini belgilaydi; O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda budjetlarning kassa ijrosi bo‘yicha hisob-kitob va hisobotlar shakllarini belgilaydi; balansning hisob-kitob moddalari, qimmatbaho narsalarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va natijalarini rasmiylashtirish tartibini belgilaydi, schyotlarning namunaviy rejalarini, buxgalteriya hisobi va hisobotining namunaviy shakllarini, ularni qo‘llash va to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomalarni tasdiqlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
respublika va mahalliy budjetlardan mablag‘ bilan ta’minlanadigan korxonalar, birlashmalar, tashkilotlar va muassasalarning moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish qiladi va tekshiradi, respublika budjetini tuzish va ijro etish bo‘yicha moliya idoralari ishini yaxlit taftish qiladi, zarurat bo‘lganda vazirliklar, idoralar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini taftish qiladi va tekshiradi;
(xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
tugallangan taftish va tekshirish natijalari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur ko‘rsatmalar beradi;
fuqarolarning Vazirlik vakolatiga tegishli xat, taklif, mulohaza va shikoyatlarining o‘z vaqtida va diqqat bilan ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi, shuningdek, fuqarolar tomonidan ma’lum qilingan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘radi;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda qimmatbaho metallar bozorining ahvolini tahlil qiladi;
(xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 26-dekabrdagi 572-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 24-son, 242-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, ichki iste’mol qilish va eksport qilish prognozlari hamda balanslarini ishlab chiqishda qatnashadi;
maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda sug‘urtalovchilar va sug‘urta vositachilari, lizing xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlar (banklar va boshqa kredit tashkilotlari bundan mustasno), lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar o‘tkazuvchi tashkilotlar hamda auditorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda monitoring olib boradi va ushbu qoidalarga rioya etilishini nazorat qiladi;
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 3-iyuldagi 180-sonli qaroriga asosan qirq beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 27-son, 355-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi tomonidan mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilaridan xarid qilinadigan mahsulotlar narxlarini belgilash hamda davlat tomonidan xarid qilinadigan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar uchun hisob-kitob qilish tartibi bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
(xatboshilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 26-dekabrdagi 572-son qarori bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 24-son, 242-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
vazirlikka yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 9-sentabrdagi 205-sonli qarori asosida xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 37-38-son, 375-modda)
IV BO‘LIM. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING HUQUQLARI
10. Moliya vazirligi quyidagi huquqlarga egadir:
respublika vazirliklari va idoralaridan, boshqa boshqaruv organlaridan, korxonalar, birlashmalar, muassasalar, tashkilotlardan respublika budjeti istiqbolini belgilash, valyuta rejasini tuzish va ularning ijrosini nazorat qilishni amalga oshirish uchun materiallarni, buxgalteriya hisob-kitoblari va balanslarni, moliya-budjet, valyuta va soliq rejalashtirishi, budjetdan va valyuta jamg‘armasidan sarflanadigan xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlash uchun boshqa materiallar va hisobotlarni, narx belgilashga oid materiallarni va monopoliyaga qarshi faoliyat olish;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 6-fevraldagi 63-sonli qarori tahririda)
kredit muassasalaridan banklar haqidagi qonunchilikka, ularning Ustavlariga muvofiq muassasalar, korxonalar, tashkilotlarning a’mollari va schyotlari haqidagi materiallarni olish;
mablag‘larni qonunsiz ravishda sarf qilganliklari yoki ilgari berilgan mablag‘larni sarflaganlik to‘g‘risidagi hisobotlarni va boshqa hisobotlarni taqdim etmaganligi uchun tegishli vazirliklar va idoralar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalarning rahbarlarini xabardor qilgan holda korxonalar, birlashmalar, muassasalar, tashkilotlarni budjetdan va valyuta jamg‘armasidan mablag‘ bilan ta’minlashni cheklab qo‘yish, zarur hollarda umuman to‘xtatish hamda Vazirlik huquqi doirasida amaldagi qonunchilikda belgilangan boshqa jazolarni qo‘llash;
budjetdan tashqari maxsus hisob raqamlarida rezervlar tashkil etish;
(10-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 6-son, 70-modda)
budjetdan tashqari jamg‘armalarni tashkil qilish;
respublika mintaqalari budjeti bo‘yicha vaqtinchalik kassa farqlarini qoplash uchun zarur hollarda ularni joriy yilda qaytarish sharti bilan respublika budjetidan ssuda berish;
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning sakkizinchi to‘qqizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 26-dekabrdagi 572-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2003-y., 24-son, 242-modda)
taftish va tekshirishlar davomida naqd pullarni, qimmatbaho qog‘ozlarni, buxgalteriya hisobi reyestrlarini, hisobotlar, smetalar va rejalarni ko‘rsatishni talab qilish; soxtaliklar va boshqa suiiste’molliklar aniqlangan hollarda hujjatlar yig‘majildida hujjatni olganlik to‘g‘risidagi qaydnoma yoki ana shu hujjatning nusxasini, olib qo‘yilgan hujjatlarning reyestrini qoldirgan holda zarur hujjatlarni olib qo‘yish; boshqa muassasalar, korxonalar va tashkilotlardan tekshirilayotgan obyektlarning a’mollari bilan bog‘liq ma’lumotlarni va hujjatlarning nusxalarini olish, moliyaviy faoliyatning aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida ularning rahbarlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
vazirliklar va idoralar, korxonalar, birlashmalar, muassasalar, tashkilotlarning hisobotlari va balanslariga zarur tuzatishlar kiritish yuzasidan takliflar berish, shuningdek, ana shu takliflarni bajarish uchun ko‘rilgan chora-tadbirlarni tekshirish;
LexUZ sharhi
10-bandning to‘qqizinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
mahsulotlarni sotish hajmlari va soliq stavkalarining o‘zgarishi bilan bog‘liq daromadlar va daromad manbalari bo‘yicha viloyatlar bo‘yicha o‘zgarishlar kiritish;
O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, uyushmalari, konsernlari, tashkilotlariga narx preyskurantlari, monopolistik faoliyat, tariflar, ustamalar va chegirmalar loyihalarini, uslubiy ko‘rsatmalar va normativlarni ishlab chiqishni topshirish;
(10-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 6-fevraldagi 63-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
auditorlik tashkilotlarida litsenziya bitimlarida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini tekshirish;
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-sentabrdagi 365-sonli qaroriga asosan un yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
sug‘urta tashkilotlari uchun majburiy bo‘lgan iqtisodiy normativlarni belgilash, qonun hujjatlariga muvofiq sug‘urta bozori professional qatnashchilari faoliyatini, shu jumladan sug‘urta tashkilotlari tomonidan belgilangan iqtisodiy normativlarga rioya qilinishini tekshirish, shuningdek sug‘urta bozorining professional qatnashchilariga aniqlangan qoida buzishlarni bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar kiritish;
sug‘urtalovchilar tomonidan sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, belgilangan iqtisodiy normativlar, shu jumladan to‘lov qobiliyati normativlari buzilganligi uchun ularga sug‘urtalovchi uchun belgilangan ustav sarmoyasi eng kam miqdorining 0,1 foizigacha miqdorda belgilangan tartibda jarima solish;
(10-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-iyuldagi 151-sonli qaroriga asosan o‘n oltinchi — o‘n yettinchi xatboshilarga almashtirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 28-son, 270-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning o‘n sakkizinchi, o‘n to‘qqizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-avgustdagi 165-sonli qaroriga asosan chiqarilgan —O‘R QHT, 2010-y., 31-son, 261-modda)
Moliya vazirligining Nazorat-taftish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan taftishlar va talon-toroj, o‘g‘irlik, kamomad, noqonuniy sarf-xarajatlar summasini tekshirish natijasida aniqlangan davlat ulushidan dividendlarning budjetga o‘z vaqtida o‘tkazilmaganligi uchun penya va jarimalar bo‘yicha budjet daromadiga tushumlarning 10 foizi hisobiga O‘zbekiston Respublikasi moliya tizimini ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi tashkil etilsin.
(10-bandning oxirgi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-noyabrdagi 520-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 22-son, 223-modda)
tegishli mahalliy budjetlarga (daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi vaqtinchalik kassa tafovutini qoplashga) budjet subvensiyalari va ssudalar ajratishda, hududlar bo‘yicha to‘lanishi kerak bo‘lgan barcha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar tushumlarining to‘liqligidan, shuningdek ish haqi (yagona ijtimoiy to‘lov bilan birga), nafaqalar va ularga tenglashtirilgan to‘lovlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarini birinchi navbatda so‘zsiz moliyalashtirishning zarurligidan kelib chiqqan holda, ularning miqdorlarini aniqlashtirish;
respublika budjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga va viloyatlarning mahalliy budjetlariga berilayotgan daromadlarning tasdiqlangan hajmlariga, ularning hududida shakllantirilayotgan soliq tushumlarini hisobga olgan holda, o‘zaro hisob-kitoblar vositasida daromadlar va xarajatlar o‘rtasida paydo bo‘ladigan kassa tafovutlarini tartibga solib, aniqlashtirishlar kiritish;
(10-bandning o‘n oltinchi va o‘n yettinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 6-son, 70-modda)
mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyasi va dinamikasining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlarini ko‘paytirish rezervlari safarbar qilinishining, shuningdek soliqlarning barqaror tushishidan mahalliy hokimiyat organlarining manfaatdorligi oshishining tizimli tahlilidan kelib chiqqan holda budjet daromadlari prognozini har chorakda davlat soliq va bojxona xizmatlari organlariga yetkazish.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-fevraldagi 30-sonli qarori asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 6-son, 70-modda)
maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda sug‘urtalovchilar va sug‘urta vositachilari, lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar o‘tkazuvchi tashkilotlar hamda auditorlik tashkilotlarining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga rioya etishini tekshirish, qonun buzilishlari aniqlangan taqdirda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar ko‘rish.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 3-iyuldagi 180-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 27-son, 355-modda)
V BO‘LIM. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING IShINI TAShKIL QILISh
11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tasdiqlaydigan Vazir boshchilik qiladi.
Moliya vaziri Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan o‘rinbosarlarga ega bo‘ladi. O‘rinbosarlar o‘rtasidagi vazifalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan taqsimlanadi.
12. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri vazirlikka yuklatilgan vazifa va majburiyatlarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, Vazirlik faoliyatining alohida sohalariga va Vazirlik tizimidagi muassasalar, korxonalar va tashkilotlar ishiga rahbarlik qilish uchun Vazir o‘rinbosarlarining, Vazirlik mustaqil tarkibiy bo‘linmalari boshliqlarining mas’uliyati darajasini belgilaydi.
13. Moliya vazirligi o‘z huquq doirasida amaldagi qonunchilik aktlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga asosan va ularni bajarish yuzasidan buyruqlar, yo‘riqnomalar, qoidalar, nizomlar chiqaradi hamda O‘zbekiston Respublikasi hududidagi vazirliklar, idoralar, shuningdek, o‘z huquq doirasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlar hamda fuqarolar bajarishi majburiy bo‘lgan boshqa ko‘rsatmalar beradi.
Moliya vazirligi zarur hollarda respublikaning boshqa vazirliklari va idoralar bilan birgalikda qo‘shma me’yoriy aktlar chiqaradi.
14. Moliya vazirligida Vazir (rais) va lavozimi bo‘yicha vazir o‘rinbosarlaridan, shuningdek vazirlikning boshqa rahbar xodimlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.
Moliya vazirligi hay’atining a’zolari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
15. Moliya vazirligi hay’ati muntazam o‘tkaziladigan o‘z majlislarida moliyaviy mexanizmni takomillashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil etishning, respublika budjeti loyihasi va ijrosini tuzishning asosiy masalalarini hamda Vazirlik faoliyatining boshqa masalalarini, Vazirlik tizimidagi muassasalar, korxonalar va tashkilotlarga amaliy rahbarlik qilish masalalarini, muhim buyruqlar, qoidalar, yo‘riqnomalar va boshqa me’yoriy aktlarni ko‘rib chiqadi.
Hay’at qarori, odatda, Vazirning buyrug‘i bilan hayotga tatbiq etiladi. Vazir bilan hay’at o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan holda Vazir o‘z qarorini hayotga tatbiq etadi, paydo bo‘lgan kelishmovchiliklar haqida Vazirlar Mahkamasiga axborot beradi, o‘z navbatida hay’at a’zolari ham o‘z fikr-mulohazalarini Vazirlar Mahkamasiga bildirishlari mumkin.
16. Moliya-budjetni rejalashtirish va respublika xalq xo‘jaligini mablag‘ bilan ta’minlash metodikasini, buxgalteriya hisobi va hisoboti, nazorat-taftish, soliq maslahati ishlari, narx belgilash masalalari metodologiyasini takomillashtirish borasidagi takliflarni ko‘rib chiqish uchun tegishli masalalar bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar, ilmiy muassasalarning xodimlari, boshqa tashkilotlarning vakillaridan iborat metodologik va boshqa kengashlar tuzilishi mumkin.
Bu kengashlarning tarkibi va ular haqidagi Nizom Vazir tomonidan tasdiqlanadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-martdagi 55-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 12-son, 111-modda)
17. Moliya vazirligi moliya, narx, kredit, pul muomalasi, tovar-pul munosabatlarining butun jami sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning nazariy darajasini, sifatini va amaliy ahamiyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘radi, xalq xo‘jaligini boshqarish amaliyotida iqtisodiy vositalar va rag‘batlarning butun majmuidan samaraliroq foydalanishga qaratilgan aniq takliflarni ishlab chiqish uchun iqtisodiy ixtisosdagi ilmiy-tadqiqot institutlari bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlaydi.
18. Moliya vazirligining markaziy apparati tuzilmasi, xodimlari soni, mehnatga haq to‘lash fondi miqdori Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Moliya vazirligi markaziy apparatining shtat jadvali, shuningdek, uning mustaqil tarkibiy bo‘linmalari haqidagi nizom Moliya vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
19. Moliya vazirligi yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.


(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 22-son, 223-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 24-son, 242-modda; 2006-y., 46-47-son, 458-modda; 2007-y., 4-6-son, 42-modda, 12-son, 111-modda, 21-son, 215-modda; O‘ 2008-y., 28-son, 270-modda, 37-38-son, 375-modda; 2010-y., 13-son, 96-modda, 2010-y., 31-son, 261-modda; 2012-y., 21-son, 232-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; 2013-y., 6-son, 70-modda; 2015-y., 27-son, 355-modda; 2017-y., 13-son, 201-modda)

Download 68.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling