2. Mulohazaning har ikki qismi individual tushuncha bo‘ladi. (Bu turgan Zayddir). Bunday mulohazalar kam ishlatiladi


Download 19.68 Kb.
bet1/2
Sana05.01.2022
Hajmi19.68 Kb.
#204907
  1   2
Bog'liq
7.mavzu


1. Bilim ifodalanishining yana bir shakli mulohazadir. Forobiy nimanidir tasdiqlovchi va nima haqidadir xabar beruvchi muhokamani mulohaza deb ta’riflaydi. Aristotel kabi mulohazaning mantiqiy egasini subyekt, mantiqiy kesimini predikat deb ataydi. Mulohazalarning uch turini farqlaydi: qat’iy mulohaza, shartli-qo‘shuvchi mulohaza va shartli ayiruvchi mulohaza. Qat’iy mulohazalar birgina subyekt va predikatdan iborat bo‘ladi. Ularda fikr tasdiqlab yoki inkor etib, qat’iy bayon qilinadi. Shartli mulohazalarda fikr shartli ifodalanadi. Shunga ko‘ra, mulohazalarning quyidagicha ifodalanish turlarini ko‘rish mumkin:

1. Mulohazaning har ikki qismi universal tushunchadan iborat bo‘ladi (Inson hayvondir). Bunday mulohazalar fanda, bahslarda, sofistik san’atda va boshqa ko‘plab san’atlarda qo‘llaniladi.

2. Mulohazaning har ikki qismi individual tushuncha bo‘ladi. (Bu turgan Zayddir). Bunday mulohazalar kam ishlatiladi.

3. Mulohazalarning subyekti individual, pridikati universal tushuncha bo‘ladi. (Zayd insondir). Bunday mulohazalar ritorika, poeziya va amaliy san’atlarda qo‘llaniladi.

4. Mulohazaning subyekti universal bo‘lib, predikati bir yoki bir necha individiumlarni ifodalaydi (Inson – bu Zayd yoki bu - Zayd, Amir va Xoliddir). Mulohazalarning bu uch turi analogiya va induksiyada qo‘llaniladi.

Qat’iy mulohazalarning qismlari sifatida olingan universal mazmunlar orasida ba’zilari oddiy bo‘ladi va oddiy iboralar vositasida ko‘rsatiladi. Boshqalari esa murakkab va qo‘shma iboralar vositasida ko‘rsatiladi. Bunda ularning mazmuni tushuntiruvchi emas, balki cheklovchi va shartli xarakterga ega bo‘ladi. Masalan, «Inson – aqlli hayvon» mulohazaining predikatidagi «hayvon» tushunchasi «aqlli» tushunchasi bilan cheklanayapti va asoslanayapti. Forobiy o‘zidan avvalgi mantiqshunoslar kabi oddiy qat’iy mulohazalarni mazmuniga ko‘ra, tasdiqlovchi va inkor etuvchi, hajmiga ko‘ra umumiy, juz’iy va noaniq turlarga bo‘ladi Umumiy va juz’iy mulohazalardan farq qilgan holda noaniq mulohazalar miqdoriy ko‘rsatkichga ega emas. Xuddi shu holat ularning noaniq bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Forobiy bu haqda shunday deb yozadi: «Noaniq mulohazalarning hech biri hech qanday miqdoriy ko‘rsatkichga, umumiysiga ham, xususiysiga ham ega bo‘lmagan mulohazalardir». Masalan, «inson oq» va «inson oq emas» deyilsa, bu fikrning hamma insonlar yoki ularning ba’zilari haqida aytilgani noma’lum.

Forobiy Aristotel kabi noaniq mulohazalarni juz’iy mulohazaga ekvivalent deb talqin qildi. U umumiy tasdiq, umumiy inkor, juz’iy tasdiq, juz’iy inkor mulohazalar qat’iy sillogizmning asoslari bo‘ladi deb, ko‘rsatadi. Bu ham hozirgi mantiqda oddiy mulohazalarning miqdor va sifati bo‘yicha birlashgan klassifikatsiyasida o‘z ifodasini topgan. Chinligiga ko‘ra mulohazalar o‘rtasidagi munosabatni aniqlash bilishda muhim ahamiyatga ega. Forobiy bu masalaga ham batafsil to‘xtalib o‘tadi. U subyekt va predikatlari bir xil tushunchalar orqali ifodalangan, lekin miqdori va mazmuniga ko‘ra farqlanuvchi mulohazalarni o‘zaro taqqoslash mumkin, deb ta’kidlaydi. U qat’iy mulohazalar o‘rtasidagi kontrarlik va kontradiktorlik munosabatlarini tahlil qiladi. Mutafakkir fikricha, kontrar, ya’ni qarama-qarshilik munosabati mazmuniga ko‘ra farqlanuvchi umumiy mulohazalar o‘rtasida mavjud bo‘ladi. Bir-birini inkor etuvchi mulohaza bir vaqtda chin bo‘lmaydi, lekin xato bo‘lishi mumkin. Ulardan biri chin bo‘lsa, boshqasi xato bo‘ladi. Bir-birini inkor etuvchi ikki juz’iy mulohaza bir vaqtda chin bo‘lishi mumkin, lekin xato bo‘lolmaydi.

Kontradiktorlik, ya’ni ziddiyat munosabatlari miqdori va mazmuniga ko‘ra farqlanuvchi mulohazalar o‘rtasida mavjud bo‘ladi. Bu mulohazalardan biri chin bo‘lsa, ikkinchisi, albatta, xato bo‘ladi. Mulohazalarning chin yoki xatoligini aniqlashda Forobiy ziddiyat qonuni va uchinchisi istisno qonunining ahamiyatini ta’kidlaydi, lekin o‘zaro bo‘ysunish munosabatida bo‘lgan mulohazalarni tahlil qilmaydi. Mutafakkir mulohazalarning chinligini aniqlashda almashtirish usulini ham qo‘llaydi. Uning ta’kidlashicha, berilgan mulohazaning subyekt va predikatlarining o‘rni almashtirilganda, ularning mazmuni o‘zgarmasa, mulohaza chin bo‘ladi, mazmuni o‘zgarsa, mulohaza xato bo‘ladi. U juz’iy inkor mulohazani almashtirib bo‘lmaydi, chunki mulohaza almashtirilganda o‘z chinligini saqlab qolmaydi, deb ko‘rsatadi. Bu fikr mantiq fanining keyingi taraqqiyoti davomida tasdiqlandi.

Forobiy mulohazalarni modalligiga ko‘ra zaruriy (apodiktik), imkoniy va noimkoniy turlariga ajratadi. Imkoniy mulohaza haqiqatda mavjud bo‘lgan yoki mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlarni ifodalaydi. Noimkoniy mulohaza esa mavjud bo‘la olmaydigan mulohazalarni ifodalaydi.


Download 19.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling