2. mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari mustaqil ish mavzulari


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
Sana16.06.2020
Hajmi0.56 Mb.
#119513
Bog'liq
O`.Tarix


2. MUSTAQIL TA’LIM MASHG‘ULOTLARI 

 

Mustaqil ish mavzulari 

Mustaqil  ta’lim  davomida  talabalar  o‘quv  dasturiga  kirmagan  mavzularni  qo‘shimcha 

adabiyotlar  asosida  mustaqil  o‘rganadilar.  Mustaqil  ta’lim  2  usulda:  referat  va  nazorat  ishi 

ko‘rinishida bajariladi.  

 

№ 

Mustaqil ta’lim mavzulari 

Ajratilgan 

soat 

hajmi 

1. 


 

O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 

«Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q» asarida tarix fanini rivojlantirish 

borasida bayon qilingan kontseptual g`oyalarning ahamiyati. 



2. 


 

“Avesto” - tarixiy manba sifatida. 



3. 


 O`zbekistonda dastlabki davlatlarning paydo bo`lishi va rivojlanish 

bosqichlari. 



4. 


 Imom Al-Buxoriyning «Jome as-Sahih» asari – Islom dinining muhim 

tarixiy manbasi. 



5. 


 

Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asari- tarixiy manba sifatida 



6. 


  O`rta O siyolik allomalarning jahon sivilizatsiyasiga qo`shgan hissasi. 

7. 


 Amir Temur tuzuklari – davlat boshqaruvi to`g`risidagi muhim manba 

sifatida.  



8. 


 Amir Temur va temuriylar davrida ilm-fan va madaniyat.  

9. 


 Jaloliddin Manguberdining Vatan himoyasi yo`lidagi jasorati.  

10. 


 Alisher Navoiy davlat arbobi va shoir sifatida 

11. 


 Buxoro, Xiva va Qo`qon xonliklarida ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayot.  

12. 


 

Turkiston jadidlari ilgari surgan g`oyalar, ma’rifiy qarashlar va ularning 

mazmun-mohiyati.  

13. 


 

Ikkinchi jahon urushi yillarida o’zbek xalqining fashizm ustidan 

qozonilgan g’alabaga qo’shgan hissasi 

14. 


 O`zbekistonda 50-70 yillarda paxta yakkahokimligining kuchayishi va 

ekologik muammolarning kelib chiqishi.  



15. 


 

O’zbekiston mustaqil taraqqiyot yo’lida 





                                                          Jami 

24 soat 

 

 



 

 

 

 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA  

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

 

FAFG’ONA  DAVLAT  UNIVERSITETI 

 

 

 

O‘ZBEKISTON TARIXI KAFEDRASI 

 

 

 

 

 

“O‘ZBEKISTON TARIXI” 

fanidan mustaqil ish topshiriqlarini bajarish bo‘yicha  

uslubiy ko‘rsatma 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

FARGONA - 2018 

Mazkur uslubiy  ko‘rsatmada 1-bosqich talabalarining O‘zbekiston tarixi fanidan mustaqil 

ishlarni  bajarish  uchun  zaruriy  uslubiy  ko‘rsatma  va  topshiriqlar  hamda  tegishli  adabiyotlar 

berilgan. Uslubiy ko‘rsatma nomutaxassislik fakultetlari talabalariga mo‘ljallangan. 

 

 



 

 

Tuzuvchilar:   

 

A.Sharfiddinov -  FDU,  “O’zbekiston tarixi” kafedrasi dotsenti, t.f.n. 



B.Usmonov      -   FDU, “O’zbekiston tarixi” kafedrasi dotsenti, t.f.n. 

 

 



 

 

Uslubiy  ko‘rsatma  Farg’ona  davlat  universiteti  Ilmiy  kengashida  ko‘rib  chiqilgan  va 



foydalanishga tavsiya qilingan (2019__ yil “___” __________ dagi “____” -sonli bayonnoma) 

“Talaba mustaqil ishini tashkil etish va  

nazorat qilish to‘g‘risida”gi 

N I Z O M 

 

I. Umumiy qoidalar 

 

1.1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2009 



yil 14 avgustdagi 286-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasasida “Talaba mustaqil 

ishini tashkil etish va nazorat qilish bo‘yicha Yo‘riqnoma”ga muvofiq ishlab chiqilgan. 

1.2. Talabaning mustaqil ishi o‘quv rejasida O‘zbekiston tarixi fanini o‘zlashtirish  uchun 

belgilangan  o‘quv  ishlarining  ajralmas  qismi  bo‘lib,  u  uslubiy  va  axborot  resurslari  jihatdan 

ta’minlanadi hamda bajarilishi reyting tizimi talablari asosida nazorat qilinadi. 

1.3.  Universitetda  talabaning  haftalik  mustaqil  ishlarini  umumiy  hajmi  60  soatni  tashkil 

etadi. 

1.4. O‘quv semestri yakunida talabaning mustaqil ishi bo‘yicha to‘plagan reyting ballari fan 



bo‘yicha  auditoriyadagi  o‘quv  ishlariga  berilgan  reyting  ballari  bilan  birgalikda  reyting 

qaydnomasida qayd etiladi. 

 

II. Talaba mustaqil ishining maqsad va vazifalari 

 

2.1.  Talaba  mustaqil  ishining  asosiy  maqsadi  o‘qituvchi  rahbarligi  va  nazorati  ostida 



talabada  muayyan  o‘quv  ishlarini  mustaqil  ravishda  bajarishi  uchun  zarur  bo‘lgan  bilim  va 

ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat. 

2.2. Talaba mustaqil ishining vazifalari quyidagilardan iborat: 

-  O‘zbekiston  tarixini  o‘rganishda  qo‘lga  kiritilayotgan  yangi  bilimlarni 

mustaqil tarzda puxta o‘zlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish; 



-  O‘zbekiston tarixi faniga doir kerakli ma’lumotlarni izlab topish, materialni 

tahlil qilishning qulay usul va vositalarini aniqlash; 



-  axborot manbalari va manzillaridan samarali foydalanish

-  an’anaviy o‘quv va ilmiy adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar bilan ishlash; 

-  elektron o‘quv adabiyotlari va ma’lumotlar banki bilan ishlash; 

-  Internet  tarmog‘ida  yoritilib  borilayotgan  tarix  fanining  yangiliklaridan 

maqsadli foydalanish; 



-  O‘zbekiston tarixi fanidan ma’lumotlar bazasini tashkil etish; 

-  ish natijalarini o‘qituvchi xulosasi asosida qayta ishlash; 

-  mustaqil  ishda  o‘qituvchi  tomonidan  berilgan  topshiriqlarni  bajarishda 

tizimli va ijodiy yondashish; 



-  talaba tomonidan ishlab chiqilgan echim yoki g‘oyani asoslash va jamoada 

himoya qilish. 



 

III. Talaba mustaqil ishining tashkiliy shakllari 

 

3.1.  Talaba  mustaqil  ishini  tashkil  etishda  O‘zbekiston  tarixi  fanining  xususiyatlarini, 



shuningdek, har bir talabaning akademik o‘zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda 

quyidagi shakllardan foydalaniladi: 

-  mavzularni o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish; 

-  berilgan mavzu bo‘yicha referat tayyorlash; 

-  seminar mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rish; 

-  ilmiy maqola, anjumanga ma’ruza tezislarini tayyorlash. 

O‘qitilayotgan fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, talaba mustaqil ishini tashkil 

etishda boshqa shakllardan ham foydalanishi mumkin. 

3.2. O‘quv fani bo‘yicha namunaviy va ishchi dasturlarda talaba mustaqil ishining shakli, 

mazmuni va hajmi ifoda etiladi. 

3.3. Talaba mustaqil ishi uchun ajratilgan vaqt byudjetiga mos ravishda har bir fan bo‘yicha 

tegishli kafedralarda mustaqil ishning tashkiliy shakllari, topshiriqlar variantlari ishlab chiqiladi 

va kafedra yig‘ilishida tasdiqlanadi. 

3.4.  Mustaqil  ishni  bajarish  uchun  fan  bo‘yicha  talabalarga  zaruriy  metodik  qo‘llanma, 

ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. 

 

IV. Talaba mustaqil ishining axborot ta’minoti 

 

4.1. Talabalarga berilgan mustaqil ish topshiriqlarini bajarish bo‘yicha dastlabki ko‘rsatma 



va tavsiyalar qayd etiladi. 

4.2.  Mustaqil  ishni  bajarish  uchun  talabaga  axborot  manbai  sifatida  darslik  va  o‘quv 

qo‘llanmalar,  metodik  qo‘llanmalar  va  ko‘rsatmalar,  ma’lumotlar  to‘plami,  ilmiy  va  ommaviy 

davriy nashrlar, Internet tarmog‘idagi tegishli ma’lumotlar va boshqalar xizmat qiladi. 

4.3. Universitet axborot-resurs markazida talabalarga mustaqil ishlarni o‘z vaqtida bajarish 

uchun komp’yuter texnikasi va internet tarmog‘idan samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar 

yaratilib beriladi. 

 

V.Talabalar mustaqil ishini nazorat qilish va baholash 



.1. Har bir fan bo‘yicha talaba mustaqil ishiga rahbarlik qilish professor-o‘qituvchi shaxsiy 

ish rejasining tashkiliy-uslubiy bo‘limi (1540 soat doirasi)da qayd etiladi. 

5.2.  Talaba  mustaqil  ishiga  rahbarlik  qilish  kafedrada  tuziladigan  konsultatsiyalar  jadvali 

asosida amalga oshiriladi. 

5.3.  Talaba  mustaqil  ishini  nazorat  qilish  o‘quv  mashg‘ulotlarini  bevosita  olib  boruvchi 

o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. 

5.4. Talabaning mustaqil ishi, muayyan fan ishchi dasturida ajratilgan soatlarga mos reyting 

ballari bilan baholanadi va natijasi fan bo‘yicha talabaning umumiy reytingiga kiritiladi. 

5.5.  Mustaqil  ishlarni  baholash  mezonlari  talabalarga  o‘quv  yili  (semestr)  boshida  e’lon 

qilinadi. 

5.6. Talabaning mustaqil ishi kafedrada o‘quv yili mobaynida saqlanadi. 

 

VI



Mustaqil ish mavzulari bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar 

1-  O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti  I.A.Karimovning “Tarixiy 

xotirasiz kelajak yo‘q” asarida tarix fanini rivojlantirish borasida bayon 

qilingan konseptual g’oyalarning ahamiyati  (1 soat) 

Uslubiy ko‘rsatma. 

Mustaqillik  tufayli  xalqimizning  o‘z  yurti,  tili,  madaniyati,  qadriyatlari  tarixini  bilishga, 

o‘zligini anglashga ortib borayotgan qiziqishi.  

Hozir  O‘zbekiston  deb  ataluvchi  hudud,  ya’ni  bizning  Vatanimiz  nafaqat  SHarq,  balki 

umumjahon  sivilizatsiyasi  beshiklaridan  biri  bo‘lganligining  jahon  hamjamiyati  tomonidan  tan 

olinishi.  

Ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, 

ma’rifatli  kishilarni  tarbiyalashda  tarix  fanining  o‘rni.  XX  asr  boshidagi  ma’rifatchilik 

harakatining  namoyandalari  Mahmudxo‘ja  Behbudiy,  Munavvar  Qori,  Fitrat,  Tavallo  kabi 

siymolarning  faoliyati.  Tarixiy  xotirasi  bor  inson  –  irodali  inson.  Tarix  saboqlari  insonni 

hushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi. 

2700 yillik o‘zbek davlatchilik tarixi. Qadimgi qo‘lyozma “Avesto”ning tarixiy ahamiyati. 

Beruniy, Buxoriy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Mirzo Boburlarning vorisi ekanligimiz. 

O‘zbek nomining paydo bo‘lishi. Xalqning nomi bilan emas, balki madaniyati, ma’naviyati 

orqali bilinishi. Tariximiz kabi, qadim madaniyatimizning yaratilishida ko‘plab etnik guruhlar, el-

elatlar o‘z ulushini qo‘shganligi. 

Biz  haqqoniy  tariximizni  tiklashimiz,  xalqimizni,  millatimizni  ana  shu  tarix  bilan 

qurollantirishimiz  zarurligi.  Davlatimiz,  millatimizning  haqqoniy  ilmiy  tarixini  yaratish  g‘oyat 

muhim va dolzarb masalaga aylanishi lozimligi. 



 

TOPSHIRIQLAR: 

1. 


I.A.Karimovning  “Tarixiy  xotirasiz  kelajak  yo‘q”  asarida  yoritilgan  O‘zbekiston 

tarixiga oid dolzarb muammolarni sanab o‘ting. 

2. 

Birinchi Prezident I.A.Karimovning O‘zbekiston tarixining dolzarb muammolari hamda 



millatning  ma’naviyatini  uning  tarixi,  o‘ziga  xos  urf-odat  va  an’analari,  hayotiy  qadriyatlaridan  ayri 

holda tasavvur etib bo‘lmasligi haqidagi fikr-mulohazalarini yoritib bering. 

3. 

Yurtboshimiz Islom Karimov tomonidan ta’kidlangan “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q”, 



“O‘zlikni  anglash  tarixni  bilishdan  boshlanadi”,  “Tarix  xalq  ma’naviyatining  asosidir”  degan  tarixiy 

haqiqatni to‘g‘ri anglatuvchi o‘ta teran falsafiy fikrlarning mazmun-mohiyatini ochib bering. 

 

ADABIYOTLAR: 

1. 


Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. -T.: Sharq, 1998. 

2. 


Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch. -T.: Ma’naviyat, 2008. 

3. 


Shoniyozov K. O‘zbek xalqining shakllanish jarayoni. -T.: “Fan”, 2001. 

4. 


Ibrohimov A. Biz kim o‘zbeklar... -T.: “Sharq”, 2000. 

5. 


Ahmedov B. O‘zbek ulusi. -T.: “Meros”, 1992. 

6. 


O‘zbekiston tarixi. Darslik. -T.: O‘AJBNT, 2003. 

7. 


Azamat Ziyo. O‘zbek davlatchiligi tarixi. -T.: “Sharq”, 2000. 

 

2-mavzu: “Avesto” – muhim tarixiy manba sifatida ( 1 soat ) 

Uslubiy ko‘rsatma 

Ajdodlarimiz ma’naviy hayotidagi dastlabki diniy e’tiqodlari.Zardushtiylik dinining paydo bo’lishi 

.  “Avesto”  vujudga  kelishi.  “Avesto”  Turon,  Xoroson,  Ozarbayjon,  Iroq,  Eron,  Kichik  Osiyo 

xalqlarining   miloddan avvalgi qadimgi davrdagi ij-timoiy iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam va 

odam to’g’risidagi tasavvurlar, urf-odatlar va ma’naviy qadriyatlari haqida ma’lumot beruvchi asosiy 

manba.. ” Avesto” ning insonning ma’naviy hayotini shakllantirishdagi o’rni 

 

TOPSHIRIQLAR 

1. “Avesto” ning mazmun -mohiyatini  belgilab beruvchi g’oyalar haqida fikr bildiring 

2. “Avesto” O’rta osiyo xalqlari haqida ma’lumot beruvchi qimmatli manba ekanligini yoritib 

bering 

 

ADABIYOTLAR: 

1.  Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. -T.: Sharq, 1998. 

2.  Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch. -T.: Ma’naviyat, 2008. 


3.  Karimov  I.A  O’zbekiston  mustaqillikka  erishish  ostonasida.  –Toshkent:  O’zbekiston, 

2011.  


 

3 – mavzu. O’zbekistondadastlabki davlatlarning paydo bo’lishi va rivojlanish 

bosqichlari ( 2 soat ) 

Uslubiy ko’rsatma. 

Davlat tuzilmalarining shakllanish shart-sharoitlari va omillari. Ilk shaharlar. Dastlabki 

boshqaruv tizimi. Ilk davlatlar. Qadimgi Xorazm davlati. Xorazm davlatida ijtimoiy-iqtisodiy va 

madaniy hayot. Qadimgi Baqtriya davlati. Ijyimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot.Dovon davlati. 

Qang’ davlati. Kushon podsholigi davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot. Madaniy – ma’naviy hayot. 

Qadimiy yozuv madaniyati  

 

TOPSHIRIQLAR 

1.Ilk davlatlar paydo bo’lishining asosiy omillarinini ayting 

2. Vatanimiz hududidagi ilk davlat tuzilmalari haqida ma’lumot bering 

3.  Xorazm,  Baqtriya,  So’g’diyona  davlatlari,  ulardagi  boshqaruv  usullari,  ijtimoiy-madaniy 

hayotni yoriting  

4.  Yunon-Baqtriya,  Dovon,  Qang’  davlatlari,  Kushon  podsholigining  davlatchilik  tariximizdagi 

o’rni haqida gariring 

 

ADABIYOTLAR 

1. Karimov I.A.  Yuksak ma’naviyat – yengilmas. T. Ma’naviyat -2008 

     2 O‘zbekiston tarixi. Darslik. -T.: O‘AJBNT, 2003. 

     3.Abdunabiev A.G. Vklad v mirovuyu sivilizatsiyu. -T.: “O‘zbekiston”, 1998. 

     4. Usmonov Q., Sodiqov M, Burxonova S. O‘zbekiston tarixi. -T.: “Moliya-iqtisod”, 2006    

     5. Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi . – T.: Sharq, 2001. – B. 25-75 

 

4-mavzu. Imom Al-Buxoriyning «Jome as-Sahih» asari – Islom dinining muhim 



tarixiy manbasi. ( 1 soat ) 

Uslubiy ko’rsatma 

IX- XII asrlarda islom dini va so’fiylik. Imom Buxoriyning hayot faoliyati. Islom  

madaniyatining rivojiga qo’shgan hissasi. Imom  al – Buxoriyning “ Jome as-Sahih “asari Islom 

dining muhim tarixiy manbasi 

 

TOPSHRIQLAR 

1. Imom al- Buxoriyning islom madaniyati rivojiga qo’shgan hissasini yoriting  


2. Imom al- Buxoriy hadislaridan namunalar keltiring   

ADABIYOTLAR 

  1. Karimov I.A.  Yuksak ma’naviyat – yengilmas. T. Ma’naviyat -2008 

    2 O‘zbekiston tarixi. Darslik. -T.: O‘AJBNT, 2003. 

    3.Abdunabiev A.G. Vklad v mirovuyu sivilizatsiyu. -T.: “O‘zbekiston”, 1998. 

    4.Buyuk siymolar, allomalar (1-2 kitob ). – T.: Meros, 1995,1995 

    5.Hoji 

Ismatulloh 

Abdulloh. 

Markaziy 

Osiyoda 


islom 

madaniyati.Qisqacha   

ma’lumotnoma/mas’ul muharrir  H. Ibrohimov./ - T.: Sharq. 2005 

 

5- mavzu. Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asari- tarixiy manba sifatida 



( 1soat ) 

   Uslubiy ko’rsatma 

Abu Bakr Narshaxiy – Markaziy Osiyo tarixnavisligiga hissa qo’shgan tarixchi olim.  

“Buxoro tarixi ” asari  tarixnavislik fanidagi dastlabki asarlardan biri. Asarda Buxoro va 

uning atrofidagi hududlar geografiyasi, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va siyosiy hayoti 

to’g’risida qimmatlai ma’lumotlar beruvchi bosh  manba 

 

TOPSHIRIQLAR 

1.Narshaxiyning  “ Buxoro tarixi asari”  qaysi davr haqidagi qimmatli ma’lumotlar ega manba 

hisoblanishini yoriting?  

2. “Buxoro tarixi” asarining qo’lyozma nusxalari qaysi davlatlarda saqlanayotganligini ayting 



 

ADABIYOTLAR 

1. 


 O‘zbekiston tarixi. Darslik. -T.: O‘AJBNT, 2003. 

2. 


Abdunabiev A.G. Vklad v mirovuyu sivilizatsiyu. -T.: “O‘zbekiston”, 1998. 

3. 


Norqulov N. Beruniy va Xorazm. T., “Fan”, 1973. 

4. 


H.Homidiy. Ko‘hna Sharq darg‘alari. T., 1999. 

5. 


Buyuk siymolar, allomalar. 1-kitob. T., 1995. 

6. 


Usmonov Q., Sodiqov M, Burxonova S. O‘zbekiston tarixi. -T.: “Moliya-iqtisod”, 2006.  

7. 


Mets A.Musulmanskiy renessans. M., 1973. 

 

6-mavzu:  O’rta Osiyolik allomalarning jahon sivilizatsiyasiga qo’shgan hissasi 

(2 soat) 

Uslubiy ko‘rsatma 



Tarixiy sharoit va madaniy hayot. Madaniy hayotning tobora yuksalib borishi. M    e’morchilik, 

tasviriy  san’at,  naqqoshlik,  musiqa  va  boshqalarning  rivoji.  Ilm-fan  taraqqiyoti.  Markaziy  Osiyolik 

olimlarning jahon fani taraqqiyotiga qo‘shgan xissalari. Al Xorazmiy, Farobiy, Beruniy, Farg‘oniy, Ibn 

Sino, Zamaxshariy va boshqalarning hayoti va faoliyati. 

O‘rta  Osiyo  xalqlari  hayotida  IX-XII  asrlarda  yuz  bergan  uyg‘onish  (renessans)  davri. 

Ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi. 

Islom dinining davlat tayanchiga aylanishi. So‘fiylik tariqatlari. YUsuf Hamadoniy, G‘ijduvoniy, 

Ahmad YAssaviy, Najmiddin Kubro, Bahovuddin Naqshbandiy. 

 

TOPSHIRIQLAR: 

1. 


Bu davr tarixiy sharoiti va madaniy hayoti bilan tanishing. 

2. 


Markaziy  Osiyolik  olimlarning  jahon  fani  taraqqiyotiga  qo‘shgan  hissalari  mavzusida 

ilmiy matn tayyorlang. 

3. 

Al Xorazmiy, Farobiy, Beruniy, Farg‘oniy, Ibn Sino, Zamaxshariy va boshqalarning hayoti 



va faoliyati haqida suhbatga tayyorlaning. 

4. 


Markaziy Osiyo xalqlari hayotida islom dinining o‘rni mavzusida referat tayyorlang. 

 

ADABIYOTLAR: 

8. 

O‘zbekiston tarixi. Darslik. -T.: O‘AJBNT, 2003. 



9. 

Abdunabiev A.G. Vklad v mirovuyu sivilizatsiyu. -T.: “O‘zbekiston”, 1998. 

10. 

Norqulov N. Beruniy va Xorazm. T., “Fan”, 1973. 



11. 

H.Homidiy. Ko‘hna Sharq darg‘alari. T., 1999. 

12. 

Buyuk siymolar, allomalar. 1-kitob. T., 1995. 



13. 

Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. -T.: “Fan”, 1993. 

14. 

Abu Rayxon Beruniy. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar. Tanlangan asarlar. 1 jild. 



-T.: “Fan”, 1968. 

15. 


Usmonov Q., Sodiqov M, Burxonova S. O‘zbekiston tarixi. -T.: “Moliya-iqtisod”, 2006.  

16. 


Mets A.Musulmanskiy renessans. M., 1973. 

 

7-mavzu: Amir Temur tuzuklari – davlat boshqaruvi to`g`risidagi muhim manba sifatida 



(2 soat) 

 

Uslubiy ko‘rsatma 



“Temur  tuzuklari”  va  hozirgi  zamon.  “Temur  tuzuklari”da  davlat  boshqaruv  usullari  va 

tartibi.  Ichki  siyosat  qonun-qoidalari.  Suyurg‘ol  usuli.  Islom  dinining  davlat  siyosatidagi  o‘rni. 



Qo‘shin tuzilishi va harbiy san’at. Fan va madaniyatning rivojlanishi. Amir Temur tavalludining 

660 yilligining jahon miqyosida keng nishonlanishi. 



TOPSHIRIQLAR: 

1.  “Temur tuzuklarining tarixiy ahamiyati” mavzusida ilmiy ish tayyorlang. 

2.  Asarning mazmun-mohiyatini yoritib bering. 

3.  “Temur tuzuklari”ning o‘zbek davlatchiligidagi o‘rni xususida gapirib berishga tayyorlaning. 

 

ADABIYOTLAR: 

1. 


Temur tuzuklari. -T.: “G‘afur G‘ulom”, 1991. 

2. 


O‘zbekiston tarixi. Darslik. -T.: O‘AJBNT, 2003. 

3. 


Norqulov N.K. Temuriylar madaniyati tarixidan lavhalar. Urganch, 1966. 

4. 


Ahmedov B. Sohibqiron Temur (hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati). -T.: “Fan”, 1996. 

5. 


Amir Temur Ko‘ragon. Zafar yo‘li. -T.: “Nur”, 1992. 

6. 


Temur va Ulug‘bek davri tarixi. -T.: Qomuslar bosh taxririyati, 1996. 

7. 


Muhammadjonov A. Temur va temuriylar davri. -T.: “Fan”, 1996. 

8. 


Mo‘minov I. Amir Temurning O‘rta Osiyo tarixida tutgan o‘rni va roli. -T.: “Fan”, 1993. 

 

8-mavzu: Amir Temur va temuriylar davrida ilm-fan va madaniyat

. ( 2soat ) 

Uslubiy ko’rsatma 

  Amir Temur ilm-fan homiysi. Shoxrux, Mirzo Ulug’bek, Sulton (Husayn Boyqaro), Sulton 

Abu  Said  davrlarida  ichki  osoyishtalik.  Ma’rifat  va  madaniyatga  e’tibor  tufayli  ilmu-fan  va 

madaniyatning  yuksalishi.  Movarounnahr  va  Xurosonning  Sharqning  ma’rifat  va  madaniyat 

markazi  nomini  qaytarib  olishi.Samarqand  va  Buxoroda  madrasalarning  qurilishi.  Ulug’bek 

rasadxonasining qurilishi  

 

TOPSHIRIQLAR 

1.  Amir Temur hukmronligi davrida ilm-fan sohasida amalga oshirilgan ishlar haqida fikr 

bildiring 

2. Tasviriy san’at, amaliy san’at, xattotlik san’atining rivoji haqida ma’lumot bering 

3. Mirzo Ulug’bek rasadxonasi haqida ayting 

4.Temuriylar davrida qurilgan obidalar haqida ma’lumot bering    

 

ADABIYOTLAR 

1.  O‘zbekiston tarixi. Darslik. -T.: O‘AJBNT, 2003. 

2.  Norqulov N.K. Temuriylar madaniyati tarixidan lavhalar. Urganch, 1966. 

3.  Ahmedov B. Sohibqiron Temur (hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati). -T.: “Fan”, 1996. 



4.  Amir Temur Ko‘ragon. Zafar yo‘li. -T.: “Nur”, 1992. 

5.  Temur va Ulug‘bek davri tarixi. -T.: Qomuslar bosh taxririyati, 1996. 

6.  Muhammadjonov A. Temur va temuriylar davri. -T.: “Fan”, 1996. 

7.  Mo‘minov I. Amir Temurning O‘rta Osiyo tarixida tutgan o‘rni va roli. -T.: “Fan”, 1993. 

 

9-mavzu: Jaloliddin Manguberdining Vatan himoyasi yo’lidagi jasorati  (2 soat) 

Uslubiy ko‘rsatma 

Mo‘g‘ullar  hujumi  arafasida  Xorazmshohlar  davlatidagi  vaziyat.  Chingizxon  va  Muhammad 

Xorazmshoh o‘rtasidagi elchilik munosabatlari. O‘tror fojeasi va mo‘g‘ullarning O‘rta Osiyoga harbiy 

yurishlari. Xorazmshoh qo‘shinlarining mag‘lubiyati, uning sabablari. Jaloliddin Manguberdi – Vatan 

himoyachisi. 



TOPSHIRIQLAR: 

1.  Jaloliddin Manguberdi – vatanparvar siymo mavzusida referat tayyorlang. 

2.  Jaloliddin Manguberdining harbiy mahorati mavzusida suhbatga tayyorlaning. 

 

ADABIYOTLAR: 

1.  Jaloliddin Manguberdi. T., “Sharq”, 1999. 

2.  Shihobiddin  Muhammad  an-Nasaviy.  Sulton  Jaloliddin  Manguberdi  hayoti  tafsilotlari.  -T.: 

“Yozuvchi”, 1999. 

3.  Buniyotov 3. Anushtegin Xorazmshohlar davlati (1097-1231). -T.: “G‘afur G‘ulom”, 1998. 

4.  O‘zbekiston tarixi. Darslik. -T.: O‘AJBNT, 2003. 

5.  Usmonov Q., Sodiqov M, Burxonova S. O‘zbekiston tarixi. -T.: “Moliya-iqtisod”, 2006.  

 

11-mavzu: Buxoro, Xiva va Qo`qon xonliklarida ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayot 

 ( 2 soat) 

Uslubiy ko‘rsatma 

Buxoro  xonligining  tashkil  topishi.  Davlat  boshqaruvihamda  mulkiy  munosabatlarning 

ko’rinishlari. Buxoro xonligidagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot    

Xiva  xonligining  tashkil  topishi.  Qo’ng’irotlar  sulolasining  davlat  tepasiga  kelishi.  Davlat 

boshqaruvi  hamda  mulkiy  munosabatlarning  ko’rinishlari.  Davlat  hududlarini  kengaytirish  va 

chegaralarni mustahkamlash uchun olib borilgan harbiy  yurishlar. Xiva xonligidagi  ijtimoiy-iqtisodiy 

va madaniy hayot. 

Qo’qon xonligining tashkil topishi. Ming sulolasining davlat tepasiga kelishi. Davlat boshqaruvi 

hamda  mulkiy  munosabatlarning  ko’rinishlari.  Davlat  hududlarini  kengaytirish  va  chegaralarni 

mustahkamlash  uchun  olib  borilgan  harbiy  yurishlar.  Olimxonning  yuritgan  siyosati  va  islohotlari. 

Qo’qon xonligidagi Ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot. 



TOPSHIRIQLAR: 

1.Qo’ng’irotlar sulolasining davlat tepasiga kelishidagi shart-sharoitlar haqida gapiring. 

2.Xiva xonligida davlat boshqaruvi qanday tartibda bo’lgan? 

3.Xonlikdagi soliq turlari haqida nimaslarni bilasiz? 

4.Minglar sulolasining davlat tepasiga kelishidagi shart-sharoitlar haqida gapiring. 

5.Qo’qon xonligida davlat boshqaruvi qanday tartibda bo’lgan? 

6.Xonlikdagi soliq turlari haqida nimaslarni bilasiz? 

7.Xonlikdagi madaniy hayot haqida gapiring. 

 

ADABIYOTLAR: 

1.O‘zbekiston tarixi. Darslik. -T.: O‘AJBNT, 2003. 

2.Usmonov Q., Sodiqov M, Burxonova S. O‘zbekiston tarixi. -T.: “Moliya-iqtisod”, 2006.  

3. MurtazayevaR. Va boshq. O‘zbekiston tarixi. -T.: “Yangi asr avlodi”, 2003. 



 

12-mavzu: Turkiston jadidlari ilgari surgan g`oyalar, ma’rifiy qarashlar va ularning 

mazmun-mohiyati (2 soat) 

Uslubiy ko‘rsatma 

Turkistonda  jadidlar  harakatining  yuzaga  kelishi.  Uning  atoqli  vakillarining  ijtimoiy-siyosiy 

qarashlari.  Siyosiy  partiyalar  va  jamoat  tashkilotlarining  vujudga  kelishi,  ularning  faoliyati. 

Mahmudxo‘ja  Behbudiy,  Munavvarqori  Abdurashidxonov  va  Abdulla  Avloniylarning  faoliyati, 

ularning taqdiri. 

 

TOPSHIRIQLAR: 

1.  Jadidchilik: islohot,  yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash  kitobini to‘liq o‘qib 

chiqing. 

2.  Mahmudxo‘ja  Behbudiy,  Munavvarqori  Abdurashidxonov  va  Abdulla  Avloniylarning 

faoliyati, ularning taqdiri mavzusida referat tayyorlang. 

 

ADABIYOTLAR: 

1.  O‘zbekistonning  yangi  tarixi.  Birinchi  kitob.  Turkiston  chor  Rossiyasi  mustamlakachiligi 

davrida. -T.: “Sharq”, 2000. 

2.  Qurbonov I. Qatag‘on qurbonlari. -T.: “O‘zbekiston”, 1992. 

3.  O‘zbekiston tarixi. Darslik. -T.: O‘AJBNT, 2003. 

4.  A’zamxo‘jaev S. Turkiston muhtoriyati. -T.: “Ma’naviyat”, 2000. 

5.  Jadidchilik:  islohot,  yangilanish,  mustaqillik  va  taraqqiyot  uchun  kurash.  -T.:  “Universitet”, 

1999. 


6.  Usmonov Q., Sodiqov M, Burxonova S. O‘zbekiston tarixi. -T.: “Moliya-iqtisod”, 2006.  

7.  Turkestan v nachale XX veka: k istorii istokov natsionalnoy nezavisimosti. Nauchnыy redaktor 

R.Ya.Radjapova. -T.: “Sharq“, 2000. 

8.  Behbudiy. Tanlangan asarlar. -T.: “Ma’naviyat”, 1999. 

9.  Aliev A. Mahmudxo‘ja Behbudiy. -T.: “YOzuvchi”, 1994. 

10. 


Munavvar Qori Abdurashidxonov. Xotiralarimdan. Nashrga tayyorlovchi S.Xolboyev. 

-T.: “Sharq“, 2001. 

 

13-mavzu: Ikkinchi jahon urushi yillarida o’zbek xalqining fashizm ustidan qozonilgan 

g’alabaga qo’shgan hissasi (1 soat) 

Uslubiy ko‘rsatma 

Ikkinchi  jahon  urushining  boshlanishi.  Respublikada  xo‘jalik  va  ijtimoiy  hayotning  harbiy  izga 

solinishi.  Mehnat  safarbarligi.  SSSRning  g‘arbiy  viloyatlaridan  sanoat  korxonalari,  o‘quv  va  ilm 

maskanlari, madaniyat muassasalarini ko‘chirib keltirilishi, joylashtirilishi va ishga tushirilishi. Front va 

frontga yaqin hududlardan aholining ko‘chirilib keltirilishi, ularni qabul qilish, joylashtirish ishlari.  

O‘zbekiston  jangchilarining  frontda  ko‘rsatgan  jasoratlari.  General  S.Rahimov.  O‘zbekiston 

jangchilari Q.Turdiev, S.Abdullaev, B.Boboev, Zebo G‘anieva va boshqalar jasorati.  

Fashistlar Germaniyasi va Yaponiyaning taslim bo‘lishi. 

Urushning tamom bo‘lishi. Fashizmni tor-mor etishda O‘zbekistonning munosib o‘rni. Urushning 

yakunlari va saboqlari. 

O‘zbekistonda “Xotira va qadrlash” kuni, uning mohiyati va ahamiyati. 

 

TOPSHIRIQLAR: 

1.  O‘zbekistonliklarning  fashizmni  tor-mor  etishdagi  ko‘rsatgan  jasoratlari  mavzusida  referat 

tayyorlang. 

2.  O‘zbekistonlik jangchilarning frontda ko‘rsatgan jasoratlari haqida gapirib bering. 

3.  “Xotira va qadrlash” kuni, uning mohiyati va ahamiyati mavzusida suhbatga tayyorlaning. 

 

ADABIYOTLAR: 

1.  O‘zbekiston tarixi. Darslik. -T.: O‘AJBNT, 2003. 

2.  Usmonov Q., Sodiqov M, Burxonova S. O‘zbekiston tarixi. -T.: “Moliya-iqtisod”, 2006.  

3.  Rajabova R.Yo. va b. O‘zbekiston tarixi (1917-1993 yillar). -T.: “O‘qituvchi”, 1994. 

 

14-mavzu: O`zbekistonda 50-70 yillarda paxta yakkahokimligining kuchayishi va ekologik 



muammolarning kelib chiqishi.  ( 2 soat) 

 


Uslubiy ko‘rsatma 

50-80-yillarda O‘zbekistonning iqtisodiy hayoti. Respublikamizning agrar xo‘jaligi. Irrigatsiya va 

melioratsiya ishlarining kengayishi, qo‘riq va bo‘z erlarning o‘zlashtirilishi. Ekologik mutanosiblikning 

buzila  boshlashi.  Iqtisodiyotning  bir  tomonlama,  xom-ashyo  etishtirish  tomon  yo‘naltirilishi.  Paxta 

yakka hokimligining oqibatlari. Ijtimoiy hayot. Aholi turmush darajasi.  

80-yillarning  o‘rtalarida  SSSRning  ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy,  ma’naviy  hayotda  inqirozli 

vaziyatning yanada keskinlashuvi.  

“Qayta  qurish”  konsepsiyasi  va  uning  cheklanganligi.  “Qayta  qurish”  yillarida  O‘zbekistonda 

ijtimoiy-siyosiy hayot. “Kadrlar to‘dasi”, “Paxta ishi” va ularning salbiy oqibatlari. 

Respublikada  milliy  urf-odatlar,  an’analar,  qadriyatlarning  toptalishi  oqibatida  xalq  orasida 

loqaydlik, ishonchsizlik va norozilikning kuchayib borishi. Farg‘ona fojeasi. 

 

TOPSHIRIQLAR: 

1.  A.Avtorxonovning “Kreml saltanati” asarini o‘qib konspekt qiling. 

2.  A.Azizxo‘jaevning “CHin o‘zbek ishi” kitobi haqida gapirib bering. 

3.  Paxta yakkahokimligi va uning salbiy oqibatlari. “Paxta ishi” mavzusida referat tayyorlang. 

 

ADABIYOTLAR: 

1.  O‘zbekistonning yangi tarixi. Ikkinchi kitob. O‘zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida.  -

T.: “Sharq”, 2000. 

2.  O‘zbekiston tarixi. Darslik. -T.: O‘AJBNT, 2003. 

3.  Usmonov Q., Sodiqov M, Burxonova S. O‘zbekiston tarixi. -T.: “Moliya-iqtisod”, 2006.  

4.  Bobojonova  D.  O‘zbekistonda  ijtimoiy-iqtisodiy  munosabatlar  (70-80  yillar  misolida). 

Toshkent: SHarq. 1999  

5.  Rajabova R.Yo. va b. O‘zbekiston tarixi (1917-1993 yillar). -T.: “O‘qituvchi”, 1994. 

6.  Mustabid  tuzumning  O‘zbekiston  milliy  boyliklarini  talash  siyosati:  tarix  shohidligi  va 

saboqlari. -T.: “Sharq“, 2000. 

7.  Muhitdinov N. Kremlda o‘tgan yillarim. 1-kitob. T.: “O‘zbekiston”, 1995. 

8.  Avtorxonov A. Kreml saltanati. -T.: Cho‘lpon. 1993. – 27 b. 

9.  Azizxo‘jaev A. Chin o‘zbek ishi. -T.: Akademiya, 2003. – 144 b. 

 

15-mavzu: O’zbekiston mustaqil taraqqiyot yo’lida (2 soat) 

 

Uslubiy ko‘rsatma 



O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  qabul  qilinishi.  Davlat  hokimiyatining  milliy, 

huquqiy,  demokratik  asoslarining  barpo  etilishi.  Qonun  chiqaruvchi,  ijro  etuvchi  va  sud  hokimiyati 

tarmoqlarining shakllanishi. 

Mustaqillik  sharoitida  O‘zbekiston  parlamenti.  Vazirlar  Maxkamasi,  uning  ijro  etuvchi 

hokimiyatning muhim bo‘g‘ini sifatidagi o‘rni. Sud hokimiyati islohotlari.  

O‘zbekistonda  erkin  fuqarolik  jamiyati  asoslarining  yaratilishi.  Inson  va  fuqarolarning  asosiy 

huquqlari, erkinliklari va burchlari, ularni kafolatlovchi huquqiy mexanizmning yaratilishi. Demokratik 

jamiyatga xos saylov tizimining barpo etilishi. 

 

TOPSHIRIQLAR: 

1.  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi haqida ma’lumot bering. 

2.  O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati shakllanishining o‘ziga xos xususiyatlari mavzusida referat 

tayyorlang. 

3.  Mamlakatimizda  demokratik  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini 

rivojlantirish konsepsiyasining mazmun-mohiyatini izohlab bering. 

 

ADABIYOTLAR: 

1.  O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -T.: “O‘zbekiston”, 2008. 

2.  Karimov  I.  Mamlakatimizda  demokratik  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik 

jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. -T., 2010. 

3.  O‘zbekiston tarixi. Darslik. -T.: O‘AJBNT, 2003. 

4.  O‘zbekiston Respublikasi: Mustaqil davlatning bunyod bo‘lishi. -T.: “O‘zbekiston”, 1992.  

5.  O‘zbekistonning yangi tarixi. Uchinchi kitob. Mustaqil O‘zbekiston tarixi. -T.: “SHarq”, 2000.  

6.  Sharifxo‘jaev M. O‘zbekistonda ochiq fuqarolik jamiyatining shakllanishi. -T.: “SHarq”, 2003. 

7.  Sharifxo‘jaev M. O‘zbekiston: yangi g‘oyalar, yangi yutuqlar. -T.: “SHarq”, 2002. 

8.  Usmonov Q., Sodiqov M, Burxonova S. O‘zbekiston tarixi. -T.: “Moliya-iqtisod”, 2006.  



9.  Usmonov Q. O‘zbekistonda parlament taraqqiyotining yangi bosqichi. -T.: “O‘qituvchi”, 2004.  

 

 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling