2 online test :::…
Download 112.25 Kb.
|
2-ONLINE TEST
- Bu sahifa navigatsiya:
- ::: 2 – ONLINE TEST :::… ONA TILI
…::: 2 – ONLINE TEST :::… ONA TILI 1. Sirg’aluvchi til undoshlari berilgan javobni toping. A) s, n, v B) f, sh, dj C) s, sh, z D) v, z, sh 2. Jamilovning egnida oq shohi kitel, sariq koverkot shim, oyog‘ida kavkazcha etik, boshida chust do‘ppi edi. Yuqoridagi gapda fonetik o’zgarish(lar)ning qaysi turlari mavjud? A) tovush tushishi B) tovush tushishi, tovush almashishi C) tovush ortishi D) tovush ortishi, tovush almashishi 3. Sinekdoxa usulida ma’no ko’chishi berilmagan javobni toping. A) Kechgacha tuz totmadi B) Besh qo‘lini og‘ziga tiqmoq C) Yuzlar, ko‘zlar boqar edi biztomon D) Pushkinni o‘qidim 4. Omonim so’zlar berilgan javobni belgilang. A) kul, o’t C) dunyo, qo’l C) ko’z, davlat D) o’tloq, qo’lla 5. Qaysi javobda paronim qo’llash bilan bilan bog’liq xatolik bog’liq? A) – Amr hazratlarining marhamatlaridan benihoya minnatdorman, – dedi yosh tabib. B) «Olma» mening mehmondo‘st xalqim Odatiga yot so‘z emasmi? C) – Asil umring Sariboyda bekorga o‘tib ketadi, uka, yosh ekansan. D) Ko’kka bo’y cho’zgan adil teraklar shamolda fusunkor tebranadi. 6. Qaysi so’z tarkibida omonim qo’shimcha qo’llanmagan? A) beshta B) quticha C) so’roq D) kitobxon 7. muzlatkichni so’zi qaysi qatorda ma’noli qismga to’g’ri ajratilgan? A) asos+sintaktik shakl yasovchi +so’z yasovchi+ lug’aviy shakl yasovchi B) asos+so’z yasovchi+ lug’aviy shakl yasovchi+sintaktik shakl yasovchi C) asos+so’z yasovchi+lug‘aviy shakl yasovchi i + so‘z yasovchi + sintaktik shakl yasovchi D) asos+ lug’aviy shakl yasovchi+so’z yasovchi +sintaktik shakl yasovchi 8. Qaysi gapda qo’shma fe’l qo’llangan? A) Men aytgan gaplarni beixtiyor ularga aytib qo‘yishlari mumkin. B) Shoir Toshkentga ishga taklif etildi. C) Ayrim namunalar misolida shoir she’rlarining badiiyati darajasini ko‘rib chiqish mumkin. D) Deyarli har bir baytda mana shunday yorqin obraz bor va u davomiy hamda izchildir. 9. sifat+ot ko’rinishidagi qo’shma ot qaysi javobda berilgan? A) bug’doyrang B) dunyoqarash C) ko’ksulton D) yaxshilik 10. Siz bu she’rga yana qanday sarlavhani taklif etardingiz? Yuqoridagi gapda so‘z birikmalari soni nechta? A) 3 B) 4 C) 5 D) 6 11. Sof ko’makchi qo’llangan javobni toping. A) U oliy hukmdor, buyuk olim sifatida ko‘p narsalarni o‘z boshidan kechirgan. B) Qozoq shoiri Abay birlik yo‘q yerda baraka yo‘qligi to‘g‘risida so‘zlagan. C) Uning bisotida bitta eshagidan bo‘lak arzigulik mol-mulki yo‘q ekan. D) Insonning qalbi va aqlida xuddi nutqidagi kabi u tug‘ilib o‘sgan yurtning muhri bo‘ladi. 12. Qaysi gapda tinish belgisi noo’rin qo’llangan? A) Mening opam – talaba. B) Har narsaga qiziqish – biz uchun eski odat. C) Tinchlik – farovon hayot manbai. D) Eshitganlarim – haqiqat edi. 13. Uyushiq ega qo’llangan javobni toping. A) Shu payt hovliga Davron aka bilan Iskandarov kirib kelishdi. B) Osmonda, daraxtlarda, tomlarda, bo‘g‘otlarda chumchuqlar chirqillashadi. C) Endi qizlar charchashib, terlashib... tog‘ning ustiga chiqib olishdi. D) Hulkar eshik oldida bir otasiga, bir Avazga, bir onasiga qarab qo‘yardi. 14. Qaysi javobda kesim modal so’z bilan ifodalangan? A) Ikki marta ikki – to‘rt. B) Yo‘qoling, siz bilan adi-badi aytishishga vaqtim yo‘q! C) Teshaboy ashaddiy dushman-u, siz xizmatini qilayotgan depo xo‘jayini do‘stmi? D) Chin so‘zni yolg‘on demak xub emas, dog‘i bori chin degulik emas. 15. Bog’langan qo’shma gap qaysi javobda berilgan? A) Dunyo ko‘rgan odam bilan hamsuhbat bo‘lsang, bahri diling ochiladi. B) Hunar o‘rgan, chunki hunarda ko‘p sir, Yopiq eshiklarni ochar birma-bir. C) Rejadagi zarur ishlami amalga oshirishga vaqt yetkaia olmayapman, sen bo‘lsang faqat dam olaylik deysan. D) Men bilgan yovuz kishilar u yerda bor, shuning uchun men bormayman. Download 112.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling