2. O’rta Osiyo masalasida Rossiya va Angliya raqobati Rossiyaning Qo’qon xonligiga hujumi


Download 50.76 Kb.
bet1/2
Sana11.11.2021
Hajmi50.76 Kb.
  1   2

Mavzu: Markaziy Osiyoda Chor Rossiyasining istеlochilik siyosati.
Reja

1.O’rta Osiyo xonliklari va Rossiya imperiyasi o’rtasidagi munosabatlarning keskinlashib borishi.

2.O’rta Osiyo masalasida Rossiya va Angliya raqobati

3.Rossiyaning Qo’qon xonligiga hujumi.

4.Toshkent va boshqa shahar va qal’alarning bosib olinishi.

5.Turkiston general-gubernatorligining tashkil etilishi.

6.Buxoro va Xiva xonliklarining Rossiya mustamlakasiga aylantirilishi.

7.Qo’qon xonligining tugatilishi va Farg’ona viloyatiga aylantirilishi.
O’rta Osiyo xonliklarining chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi va mustamlakaga aylantirilishi hamda podsho Rossiyasining Turkistonda olib borgan mustamlaka siyosatiga doir manbalar boy va salohiyatlidir. Bu manbalarni bir necha xilga bo’lib o’rganishimiz mumkin. Manbalar orasida eng ishonarli va nufuzli hisoblanganlari mahalliy tarixchilarimiz tomonidan XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida yaratilgan. Ular orasidan Muhammad Solix Toshkandiyning «Tarixi jadidi Toshkand», Avaz Muhammad Attor Xukandiyning «Tarixi Jahonnamoyi», Muhammad Yunus Toibning «Tarixi Aliquli Amirlashkar», Mullo Holiboy Mambetovning «Urus lashkarlarining Turkistonda  tarixi 1269-1281 sanalarda qilgan futuxotlari», Mullo Olim Maxmudxojaning «Tarixi Turkiston», Niyoz Muhammad Xuqandiyning «Tarixi SHohruxiy», Ibratning «Tarixi Farg’ona», Muhammad Yunus Bayoniyning «Shajarai Xorazmshohiy» va boshqa bir qator asarlarini alohida ko’rsatib o’tishimiz mumkin.  Bu manbalar bilan bir qatorda O’zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivida saqlanayotgan ko’plab hujjatlar, rus harbiyolari va tarixchilari tomonidan yozib qoldirilgan asarlar va hujjatlar ham mavzuni o’rganishda muhim  manbalar bo’lib hizmat qiladi. Biroq bu asarlar  va hujjatlarni o’rganishda ularga tanqidiy nuqtai nazardan yondashib, haqqoniy va holis xulosalar chiqarish maqsadga muvofiqdir.


Download 50.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling