2. O`zbek xalqining urushda ko`rsatgan jasorati. Ikkinchi jahon urushi yillarida O`zbekistonda ilm fan


Download 22.14 Kb.
Sana22.01.2022
Hajmi22.14 Kb.
#454855
Bog'liq
11-seminar
functions, 6-sinf-matematika-pisa-test, 5-topshiriq, 4-суғориш режими, -кимё-ва-молекулияр-биология, Мавзу бўйича ўрганилган терминларни мослаштиринг, A.Navoiy-insho, 1, DE SS, Yurak - Vikipediya, Yurak - Vikipediya, Ilmiy maqola va tezislarni qabul qilish boyicha talablar, Fizalogiya Amaliy, ISHCHI O\'QUV DASTURI - Matematika

11-seminar

Mavzu: 2-jahon urushi yillarida O`zbek xalqining fashizm ustidan qozonilgan g`alabaga qo`shgan hissasi.

Reja:

1.ikkinchi jahon urushining boshlanishi va O`zbekiston xalq xo`jaligining xarbiy izga qo`shilishi

2.O`zbek xalqining urushda ko`rsatgan jasorati.

3.Ikkinchi jahon urushi yillarida O`zbekistonda ilm fan.

1. Ikkinchi jahon urushi 1939-yilning l-sentabridan 1945-yilning 2-sentabrigacha, ya'ni 6 yil davom etdi. Bu urush dunyoning 61 davlatini o'z donnga tortdi. Ularda dunyo aholisining 80 foizi yashar edi. Armiya saflariga jami 110 mln. kishi safarbar etildi.

Ikkinchi jahon urushi tarixda eng dahshatli, eng ko'p talafot va kaita vayrongarchilik keltirgan urush sifatida iz qoldirdi. Chunonchi, maxsus adabiyotlarda qayd etilishicha, bu urushda 65—67 mln. kishi halok bo'lgan. Ularning yarmi tinch aholi edi.

Vayrongarchilikdan ko'rilganzararva urush xarajati birgalikda 4 trillion dollarni tashkil etdi. Bu urush ayni paytda eng dahshatli qurollar ishlatilgan urush ham edi. Urush oxirida hatto raketa quroli hamda atom bombasi yaratildi va ular insoniyatga qarshi ishlatildi. Fashizmning dunyoga hukmron bo'lishga intilishi va'insoniyat boshiga keltirishi mumkin bo'lgan kuifati antifashistik kuchlarni birlashtirdi. Erksevar xalqlar birgalikda fashizmga qarshi kurashdilar. Va, nihoyat, g'alaba ham qozondilar. Biroq bu g'alaba-ga osonlikcha erishilmadi.

Awalgi mavzuda qayd etilgandek, 1939-yilning 1-sentabrida Germaniya Polshaga hujum qildi. Bunga javoban Buyuk Britaniya va Fransiya German iyaga qarshi urush e'lon qildilar va shu tunqa

Ikkinchi jahon urush Ining boshlanishi

urush boshlanib ketdi. Polsha armiyasi kam sonli va yaxshi qurollanmagan edi. Shunday bo'lsa-da, u jasorat bilan qarshilik ko'rsatdi. Lekin kuchlar teng bo'lmagani uchun Polsha armiyasi ikki hafta ichida tor-mor etildi. I7-sentabr kuni Polsha hukumati Prezident Ridz Smigli boshchiligida mamlakatni tashlabf chet elga chiqib ketdi.

Xuddi shu kuni Germaniya bilan kelishuvga binoan sovetlarning 209 mingdan ortiq jangchi va zobitlari Polshaga bostirib kirdi hamda 28-sentabr kuni Moskvada Sovet davlati va Germaniya o'rtasida «Do'stlik va chegara to'g'risida* shartnoma imzolandi. Unga ko'ra, mustaqil Polsha davlati tugatildi va bo'lib olindi. Ayni paytda G'arbiy Ukraina va G'arbiy Belorussiya Sovet davlatiga berildi.

Polshaning Germaniya bilan chegaradosh bo'lgan yerlari Germaniya-ga o'tdi. U yerda nemis general-gubernatorligi tuzildi. 1939-yilning 2S-sentabrida imzolangan sovet-german shartnomasiga ko'ra, sovet hukumati Boltiqbo'yi respublikalaridan Sovetlar armiyasini bu respublikalarda joy-lashtirish va o'zaro yordam to'g'risida shartnoma imzolashni talab eidi. Boltiqbo'yi respublikalarining bu talabga bo'ysunmaslikka ilojlari y«'^ edi.



30-noyabr kuni sovet armiyasi Finlandiyaga hujum qildi. Bu qilmishi uchun Sovet davlati Millatlar Ligasidan chiqarildi. (Millatlar Ligasiga 1934-vitda qabul qilingan edi.)

2. Sovet siyosiy rahbarlarining razvedka ma’lumotlari yetarli bo‘lishiga qaramasdan 1941-yilda Germaniya SSSRga hujum qilmasligiga ishonchi, g‘arbiy frontda charchab qolgan kapitalistlar ustiga hujum qilish maqsadida chegarada qo‘shin va qurollarni to‘plash bilan mudofaa inshootlarini barpo etmaganligi, 1937-yilda armiyadagi ommaviy qatag‘onlar natijasida sovet qurolli kuchlarining jangovar qobiliyatiga berilgan zarbaning o‘rni to‘ldirilmaganligi, qo‘mondonlar kasbiy tayyorgarligining past darajadaligi sababli urushning dastlabki kunlarida shiddat bilan bostirib kirgan dushman qo‘shinlari to‘xtatib qolinmadi va ko‘plab kishilarning qurbon bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Buning uchun Stalin boshliq sovet hukumati rahbarlari javobgardirlar. Chegara qo‘shinlarida xizmat qilayotgan sovet jangchilari orasida o‘zbekistonliklar ham ko‘pchilikni tashkil qilar edi. Ular o‘z zastavalarini himoya qilishda qahramonlik namunasini ko‘rsatib, oxirgi o‘qlari qolguncha dushmanga qarshi jang qildilar. Ular halok bo‘lganlaridan keyingina dushman zastavalariga kirish imkoniga ega bo‘ldi. Grodno yaqinida leytenant Usov, siyosiy rahbar Sharipov, Brest qal’asi mudofaasida Ahmad Aliyev, Doniyor Abdullayev, Bobokomil Kashanov, Uzoq O‘tayev, Nurum Siddiqov, Madamin Hojiyev, YE.YA.Liss, Rahimboy Arslonboyev, Sayidahmad Boytemirov, F.I.Layenkov kabi o‘zbekistonlarning ko‘rsatgan jasoratlari Vatan himoyachilarining qahramonona jasoratining ramzi bo‘lib qoldi. Dushmanning shiddatli hujumi, yagona frontni tashkil qilish, umumiy a’loqaning yo‘qligi, tartibsizliklar, mudofaa janglaridagi qahramonliklarni qo‘llash imkonini bermadi. Nemis-fashistlar sutkasiga 30 km sur’at bilan hujum qilib, qisqa vaqt ichida mamlakatning markaziy rayonlariga yetib keldi. SSSR qurolli kuchlardagi 2 mln. dan ortiq odami, 43,3 mingta to‘pi, 8,3 mingta tanki, 8,2 mingta samolyotidan mahrum bo‘ldi. Bu juda katta yo‘qotish edi. Stalin ma’muriy-qatag‘on vositalari bilan armiya tarkibini qo‘rqitish choralarini amalga oshirdi. 1941 yil 16 avgust qarorida asirga tushganlarni harbiy xizmatni tashlab ketgan, ularning oilasini “Vatanni sotganlarning oilasi sifatida qamash” kabi ko‘rsatmalar berildi. To‘siqchi otryadlar va jarima batalyonlari tashkil etilib, ular safida 1,5 mln.dan ortiq jangchi bo‘ldi. Lekin bu usullar o‘zini uncha oqlamadi. Ikkinchi jahon urushida Smolensk, Odessa, Leningrad, Moskva mudofaalari sovet jangchilarining haqiqiy qahramonlik mo‘jizalari bo‘ldi desak xato qilmaymiz. Bu janglar dushmanni to‘xtatib qolish imkonini berdi. Gitlerning yashin tezligida urush olib borish rejasi barbod bo‘ldi. Moskva mudofaasiga yetib kelgan, Turkiston harbiy okrugida tuzilgan, general-mayor I.V. Panfilov qo‘mondonlik qilgan, tarkibida 180 dan ortiq harbiy va harbiy siyosiy bilim yurtlarini tamomlagan komandirlari bo‘lgan 316-o‘qchi dviziya Volokolamsk, Dubosekovo, Novo-Petrovsk yonidagi janglarda qahramona kurashdi. O‘zbekistonlik Abdulla Tog‘ayev, Mamadali Madaminov, Leytenant Pilyugin boshliq to‘qqizta jangchi jasoratlarini alohida qayd qilish mumkin. Moskva uchun olib borilgan janglarda o‘zbek xalqining qahramon qizlarining jasorati namunasini ko‘rsatgan Zebo G‘aniyeva Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlandi. Moskva ostonasida fashist qo‘shinlarini tor-mor qilishda ko‘rsatgan jasoratlari uchun 1753 o‘zbekistonlik jangchi “Moskva mudofaasi uchun” medali bilan taqdirlandi. S. Qosimxo‘jayev Qahramon unvoniga sazovor bo‘ldi.

3. 1941-1945 yillaridagi urushda fashistlar Gеrmaniyasi ustidan tarixiy g’alabani qo’lga kiritishda O’zbеkistonda fan, adabiyot, maorif va san'at xodimlarining ham hissasi bеqiyos darajada katta bo’ldi. Urush bilan bog’liq bo’lgan barcha milliy topshiriqlarini olimlar o’z vaqtida bajarib bordilar, snaryadlar, rеaktivlar tayyorlash, o’simliklardan foydalanish muammolarini hal etish, qishloq xo’jalik erkinlarining hosildorligini oshirish, yosh mutaxassislarning ilmiy ishlariga rahbarlik qilish kabi masalalar bilan shug’ullandilar. O’zbеkistonga SSRning g’arbiy mintaqalaridan Ittifoq akadеmiyasi institutlari va ilm-fan arboblari evakuatsiya qilindi. Faqat Toshkеnt shahrining o’ziga 1941 yilning kuzida SSSR Fanlar akadеmiyasining Sharqshunoslik, tarix, jahon adabiyoti, moddiy madaniyat tarixi va boshqa ilmiy tadqiqot institutlari, ko’plab olimlar: akadеmiklar B.V.Struvе, V.D.Grеkov, SSSR Fanlar akadеmiyasining muxbir a'zolari Е.E.Bеrtеls, B.F.Shigmarov, A.Yu.Yakubovskiy, A.A.Mixaylov va boshqalar ko’chib kеldilar. 1943 yilning sеntyabrida O’zbеkiston SSR Fanlar Akadеmiyasi tashkil etilishi ham rеspublika hayotida albatta katta voqеa bo’ldi. O’zbеkiston Fanlar akadеmiyasining tantanali ochilishi marosimi 1943 yil 4 noyabrda bo’ldi. Fanlar akadеmiyasining birinchi prеzidеnti qilib taniqli olim T.N.Qori-Niyozov saylandi. Akadеmiya bеvosita Moskvaning buyurtma topshirig’ini bajardi. O’zbеkiston Fanlar akadеmiyasi 1943-1945 yillarda jiddiy ilmiy muvaffaqiyatlarga erishdi, u ittifoqda tanilgan ilmiy markazga aylandi. 1944 yildayoq akadеmiya tarkibida 23 ilmiy muassasa, shu jumladan 11 ilmiy-tadqiqot instituti, 2 laboratoriya, sеysmik stantsiya, tajriba stantsiyalari, botanika bog’i va 2 muzеy faol ishladi. Akadеmiya institutlarida 3 kishi akadеmiyaning faxriy a'zosi, 15 kishi haqiqiy a'zosi, 20 kishi muxbir a'zosi, 54 fan doktori, 172 fan nomzodi, jami 1265 ilmiy xodim fan olamining turli jabhalarida tadqiqot ishlarini olib bordilar, tabiiy rеsurslarini o’rganishga va jumhuriyat xalq xo’jaligining eng muhim tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan murakkab muammolarini hal qilish bilan shug’ullandilar.
Download 22.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling