2. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi


Download 18.05 Kb.
bet1/2
Sana11.06.2022
Hajmi18.05 Kb.
#750416
  1   2
Bog'liq
8 mavzu
psix lek, 4-mavzu, 4 AbdullayevaManzura 3261, 10 Bekturdiyeva Shahlo Ochilboyevna 4581, 3 nomer Iroda 2707, 16 mavzu nasiba, 6d327b33cd3cd3e47c23ea7195e0a478, krossvord-po-distsipline-russkij-yazyk-po-teme-kultura-rechi, Документ Microsoft Word (3), Ona tili(15ta) Qaysi javobdagi so\'zlar to\'g\'ri yozilgan , 5mavzu, Sadoqat kurs ishi, @iBooks Bot turizm iqtisodiyoti, Достоевский презентация - all-biography.ru

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining


qarori
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlar tayyorlash, tanlash va ekspertizadan o‘tkazish, ularni nashr qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qaroritahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-son qaroriijrosini ta’minlash hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlariga sifat, samaradorlik, tezkorlik va oshkoralik prinsiplari asosida o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlar tayyorlash uchun mualliflar hamda nashriyotlarni tanlash tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:


(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qaroritahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlar tayyorlash, tanlash va ekspertizadan o‘tkazish, ularni nashr qilish tartibi to‘g‘risida nizomilovagamuvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qaroritahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi:
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyojning tizimli monitoringini olib borish;
aniqlangan ehtiyoj asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun zarur bo‘lgan o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlarni yaratish;
(2-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qaroritahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
yaratilgan o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlarni ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari asosida tayyorlanganligini ekspertizadan o‘tkazish va nashrga tayyorlash choralarini ko‘rsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 9-sentabr,
746-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 746-son qaroriga


ILOVA

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlar tayyorlash, tanlash va ekspertizadan o‘tkazish, ularni nashr qilish tartibi to‘g‘risida


NIZOM
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qaroritahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)

1-bob. Umumiy qoidalar


Oldingi tahrirga qarang.

1. Ushbu Nizom maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun oshkoralik, sifat, samaradorlik va tezkorlik prinsiplari asosida o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlar tayyorlash, tanlash, ekspertizadan o‘tkazish va ularni nashr qilish tartibini belgilaydi.


Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlar tayyorlash, tanlash, ekspertizadan o‘tkazish va ularni nashr qilish tartibi ilovagamuvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
(1-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qaroritahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
ijodiy jamoalar— O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlarni belgilangan talablar asosida chop etish uchun tayyor mahsulot (original maket) ko‘rinishida taqdim etuvchilar, maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat yuritib kelayotgan tajribali mutaxassislar, tuzuvchilar, davlat va nodavlat hamda xorijiy tashkilotlar, nashriyot va matbaa tashkilotlari;
ishchi organ— O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi muassisligidagi “Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyati;
original maket— chop etish uchun bosmaxonaga topshirishga to‘liq tayyor bo‘lgan, barcha matn va grafik axborotlar chop etishgacha bo‘lgan tayyorgarlikdan o‘tkazilib, tashqi ko‘rinishi va tuzilishi jihatidan yakuniy bosqichga yetkazilgan mahsulotning (nashrning) chop etilgan yoki elektron ko‘rinishdagi asl nusxasi;
o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlar— muayyan yo‘nalishning mavzulari tizimli, chuqur va to‘liq yoritilgan, tegishli yo‘nalish mazmunini belgilangan hajmda mukammal o‘zlashtirishga qaratilgan, mazmunan va shaklan ta’lim turlariga moslashtirilgan, tinglovchi, talaba, pedagog va tarbiyalanuvchilarga taalluqli bilim, ko‘nikma va malakalar shakllanishiga, ijodiy qobiliyatlar rivojlanishiga xizmat qiladigan metodik qo‘llanmalar;
o‘quv-metodik qo‘llanma (bosma va elektron)— o‘quv-metodik majmuani qisman to‘ldiruvchi, muayyan yo‘nalish dasturi bo‘yicha tuzilgan va mavzularni zaruriy hajmda tizimli yoritib beradigan, yo‘nalish asoslarining mukammal o‘zlashtirilishini ta’minlovchi, mazmunan va shaklan ta’lim turlariga moslashtirilgan, nazariy yoki amaliy mashg‘ulotlarga mo‘ljallangan, tinglovchi, pedagog va tarbiyalanuvchilarga taalluqli bilim, ko‘nikma va malakalar shakllanishiga xizmat qiladigan metodik qo‘llanmalar;
ekspertlar guruhi— O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi muassisligidagi “Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyatidagi turli yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etiladigan original maketlarni baholovchi mutaxassislardan iborat guruh.
2-bob. O‘quv-metodik va didaktik adabiyotlarni tayyorlash
3. O‘quv-metodik va didaktik adabiyotlarni tayyorlashga qo‘yiladigan talablar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi (keyingi o‘rinlarda vazirlik deb ataladi) tomonidan ishlab chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.

4. Vazirlik har yili fevral oyida keyingi o‘quv yillarida maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish uchun pedagoglarga va tarbiyalanuvchilarga foydalanish uchun tavsiya etiladigan o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlar hamda o‘quv-metodik qo‘llanmalarning (bosma va elektron) ro‘yxatini shakllantiradi.


(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qaroritahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
5. Vazirlik shakllantirilgan ro‘yxat asosida o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlar hamda o‘quv-metodik qo‘llanmalarni (bosma va elektron) yaratish bo‘yicha ommaviy axborot vositalari va vazirlikning Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida e’lon qiladi.
E’londa tayyor original maketlarga qo‘yiladigan talablar, ularni topshirish muddatlari ko‘rsatiladi.
6. E’londa ko‘rsatilgan talablar va muddatlarda o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlar hamda o‘quv-metodik qo‘llanmalarning (bosma va elektron) original maketlarini yaratish bo‘yicha ijodiy jamoalar ishtirok etish taklifini vazirlikka rasmiy xat bilan taqdim etadi va belgilangan muddatlarda original maketlarini tayyorlaydi.
Ijodiy jamoalar ishlash davomida, lekin 4 oydan oshmagan muddatga vazirlik tomonidan asosiy ish haqining 0,25% miqdorida qo‘shimcha moddiy rag‘batlantiriladi.
Mualliflik huquqini olish bo‘yicha vazirlik va o‘quv-metodik, didaktik adabiyotlar hamda o‘quv-metodik qo‘llanmalar yaratuvchilari o‘rtasida nashrga ajratilgan mablag‘larga nisbatan 1 % miqdorida mualliflik huquqi asosida shartnoma imzolanadi, o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlarning original maketlarini yaratish bo‘yicha tuzilgan ijodiy jamoalar bundan mustasno.
7. Ijodiy guruh tayyorlangan o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlar hamda o‘quv-metodik qo‘llanmalarni (bosma va elektron) original maket holatida ishchi organga ko‘rib chiqish uchun e’londa ko‘rsatilgan muddatlarda rasman taqdim etadi.
8. Ishchi organ taqdim etilgan original maketlarni qabul qiladi va o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtiradi.
3-bob. O‘quv-metodik va didaktik adabiyotlarning original maketlarini ekspertizadan o‘tkazish
9. Ishchi organ qabul qilib olingan original maketlarni qabul qilingan kundan boshlab 3 kun davomida ekspertlar guruhiga taqdim etadi.
10. Ekspertlar guruhi taqdim etilgan original maketlarning chop etilgan varianti hamda elektron nusxalarini qabul qilingan kundan boshlab 2 oy muddatda ekspertizadan o‘tkazadi hamda tegishli xulosalarini Ishchi organga taqdim etadi.
11. O‘quv-metodik va didaktik adabiyotlar hamda o‘quv-metodik qo‘llanmalarni (bosma va elektron) yaratishda maktabgacha ta’lim tizimidagi pedagoglar, ota-onalar hamda keng jamoatchilikning fikr-mulohazalarini inobatga olish, amaldagi o‘quv-metodik majmualarni mazmunan takomillashtirish maqsadida vazirlikning Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida 2 hafta davomida muhokamalar tashkil qilinadi.
12. Ishchi organ 10 kun davomida taqdim etilgan original maketlarni o‘rganib chiqib, muhokama qiladi va tanlab olingan o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlar hamda o‘quv-metodik qo‘llanmalarning (bosma va elektron) ro‘yxatini tasdiqlaydi.
13. Ishchi organ ro‘yxat tasdiqlangandan so‘ng uch kun muddat ichida nashrga tavsiya etilayotgan o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlar hamda o‘quv-metodik qo‘llanmalarga (bosma va elektron) O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligining grifini berish bo‘yicha qaror qabul qiladi.
4-bob. O‘quv-metodik va didaktik adabiyotlarni nashrga tayyorlash
14. Nashrga tavsiya etilgan o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlar hamda o‘quv-metodik qo‘llanmalarni (bosma va elektron) nashr etish uchun Ishchi organ tomonidan 2 hafta davomida texnik topshiriqlar ishlab chiqiladi va ommaviy axborot vositalari hamda vazirlikning Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida eng maqbul narxlar taklif etadigan nashriyotlarni tanlab olish uchun e’lon beriladi.
15. Eng maqbul narxlar taklif etgan nashriyotlarni tanlab olish uchun bir oy muddatda, Ishchi organ tomonidan tanlov o‘tkaziladi.
16. Vazirlik tomonidan tanlov natijasiga ko‘ra g‘olib bo‘lgan nashriyotlar bilan 10 kun davomida shartnomalar imzolanadi.
5-bob. Yakunlovchi qoida
17. Ushbu Nizom yuzasidan kelib chiqadigan nizoli masalalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlar tayyorlash, tanlash va ekspertizadan o‘tkazish, ularni nashr qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga


ILOVA

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlar tayyorlash, tanlash, ekspertizadan o‘tkazish va ularni nashr qilish tartibi


(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qaroritahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)


Download 18.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling