2. Oziq-ovqat mahsulotlari va inson salomatligi Go'zal manzara — salomatlik omili


Download 130.5 Kb.
Sana20.05.2020
Hajmi130.5 Kb.
#108245
Bog'liq
4-maruza


4-MAVZU: ATROF MUHITNING INSON SALOMATLIGIGA TA’SIRI
Reja:
1. Atrof –muhitning zararli omillari ta’sirida kelib chiqib ko’p uchraydigan kasalliklar

2. Oziq-ovqat mahsulotlari va inson salomatligi

3. Go'zal manzara — salomatlik omili

Fan-texnika taraqqiyotining atrof-muhitga ta'siri ham ijobiy, ham salbiy bo'lishi mumkin. Mabodo, fan va texnika yutuqlarini xo'jalik faoliyatiga tatbiq etishda jamiyat va tabiatning uyg'un holda rivojlanish talablari e'tiborga olinmasa, salbiy oqibatlar kelib chiqadi.

Fan-texnika taraqqiyotining tartibsiz, boshqarib bo'lmaydigan rivojlanishi natijasida insoniyat shunday chegaraga yetib keldiki, chang-tutun va nur kasalligi, turli toksik, allergiya, endokrin va ijtimoiy chegara bilmaydigan patologiyaning boshqa turlari bilan bog'liq xastaliklar xavfi ko'ndalang bo'lib turibdi.

Yadro qurollarining sinalishi natijasida tabiatda muhim o'zgarishlar yuz beradi. Bu o'zgarishlarning ba'zi oqibatlari muta­gen jarayonlarga, tirik organizmlarning irsiy kodiga ta'sir ko'rsatishi g'oyat tashvishlidir.

Birgina AQSH sanoati va atom elektr stansiyalari har yili tabiat qo'yniga yuzlab tonna radioaktiv chiqindilarni tashlaydi. Ajal urug'i bo'lmish bu moddalar yillab axlatxonada yotadi.

Hozirgi vaqtda insonning xo'jalik faoliyati ko’pincha biosferaning asosiy ifloslanish manbayi bo'lib qolmoqda. Tabiiy muhitga tobora ko’proq miqdorda ishlab chiqarishning gazsimon, suyuq va qattiq chiqindilari chiqarilmoqda. Chiqindilardagi turli xil kimyoviy moddalar tuproq, havo yoki suvga tushib, ekologik bo'g'inlar bo'yicha bir oziq zanjiridan boshqasiga va oxir-oqibatda inson organizmiga o'tadi.

Yer kurrasida u yoki bu darajada ifloslantiruvchi moddalar yetib bormagan biror joyni topish amri maholdir. Hatto hech qanday ishlab chiqarish korxonalari bo'lmagan Antarktida muzliklarida ham olimlar hozirgi zamon ishlab chiqarishining turli toksik (zaharli) moddalari mavjudligini aniqladilar. Holbuki, u Yerlarda faqat kichik ilmiy stansiyalar joylashgan, xolos. Demak, ularni bu joylarga boshqa hududlardan havo oqimi olib keladi.

Tabiatni ifloslantiradigan moddalar juda xilma-xildir. O'zlarining tabiati, konsentratsiyasi, inson organizmiga ta'sir etish vaqtiga bog'liq holda ular turli noqulay oqibatlar keltirib chiqaradi. Bunday zaharli moddalar kichik konsentratsiyaning qisqa muddatli ta'siri ham, masalan, bosh aylanish, ko'ngil aynishi, tomoq qurishi va yo'talga sabab bo'lishi mumkin. Agar toksik moddalar katta konsentratsiyasi inson organizmiga ko’proq miqdorda kirib qolsa, hushdan ketishga, o`tkir zaharlanish va hatto o'limga olib keladi. Organizmning ifloslanishiga bo'lgan reaksiya insonning individual xususiyatlariga yoshi, jinsi, salomatligi holatiga bog'liq. Odatda, bolalar, keksa, kasalmand kishilar tez xastalanadilar.

Organizmga toksik moddalarning muntazam kirishi surunkali zaharlanishga olib keladi. Surunkali zaharlanish belgilari: me'yoriy xulq-atvor odatlarning buzilishi, neyropsixologik chetga chiqishlar, tez toliqish yoki doimiy charchoq hissi, uyqu bosishi, yoki aksincha, uyqisizlik, apatiya, diqqatning kuchsizlanishi, parishonxotirlik, tez unutish, kayfiyatning tez o'zgarishi va boshqalar.

Ayni bir modda bilan surunkali zaharlanish turli odamlarda turlicha xastalanish keltirib chiqarishi mumkin. Insonning turli tabiiy muhit yoki shart-sharoitlarga moslashuvchanlik imkoniyati juda katta bo'lsada, lekin u baribir muhitni ifloslantiruvchilar yoki ular birikmalarining yuqori konsentratsiyasi ta'siriga uzoq muddat bardosh bera olmaydi.

Hozirgi zamon taraqqiy etgan mamlakatlar sharoitida atrof-muhitning ifloslanishi muammosi va uning kishilar salomatligiga muhitdagi maromiy o'zgarishlar va almashinish jarayonlarning energetik dinamikasi belgilab berdi.

Наг bir inson tug'ilganidan boshlab, o'z biologik soatlari bo'yicha yashaydi. Hozirgi vaqtda organizmda sodir bo'ladigan qator maromiy (ritmik) jarayonlar biologik maromlar deyiladi. Yurak ishi maromi, nafas olish, miyaning bioelektrik faolligi va boshqalar biologik maromga misol bo'la oladi.

Odatda, maromlar ichki va tashqi maromlardan iborat. Tashqi maromlar geofizik xarakterga ega. Agar insonning ichki maromlari atrof-muhitda - kechadigan maromlar bilan muvofiq kelmasa, uning kayfiyatida o'zgarishlar bo'lib, kasallik belgilari paydo bo'la boshlaydi (uyqusizlik, ish faoliyatining pasayishi va boshqalar). Inson hayotida sutkalik marom juda muhimdir. Uyqu, dam olish, orom, mehnat, toliqish va boshqalar biologik omillarga bog`liq.

Iqlim ham inson kayfiyatiga juda katta ta'sir ko'rsatadi. Inson kayfiyati ob-havo sharoitining o'zgarishi bilan ham bog'liq. Masalan, Atmosfera bosimi, namlik, havo oqimi, kislorod konsentratsiyasi, Yer magnit maydonining g'alayoni, Atmosferaning ifloslanish darajasi kishi ruhiyatida o'zgarishlar keltirib chiqaradi. Ob-havo sharoitidagi o'zgarishlar bemor kishilarga, ayniqsa, asab, yurak-qon tomirlari, bo'g'in, nafas yo'li xastaliklariga duchor bo'lganlarga salbiy ta'sir qiladi. Atmosfеra havosidagi chang zarrachalari inson organizmiga noxush ta'sir qiladi. Changlarning asorati ular tarkibidagi kimyoviy moddalarning biologik faoliyatiga, tabiatiga fizik jixatiga bog`lik bo`ladi. Masalan, havodagi chang tarkibidagi qo`rgoshin (Pb), marganеts (Mn), kadmiy (Cd), ftor (F), aerozollari organizmga mutassil tushib turgach, surunkali kasalliklar paydo bo`lishi aniq. Jumladan, kamqonlik, flyuoroz poliartrit, polinеvrit kabi kasalliklarni kеltirib chiqarishi mumkin (2.1. rasm). .



1. rasm. Zararli moddalarni insonga ta'siri.

Ayniqsa radioaktiv changlar nakadar xavfligi bilan ajralib turadi.
Radioaktiv changlar naqadar xavfliligini Chеrnobil fojiasida,
Sеmipalatinsk poligonining asorati borgan sari namoyon bo`layotganida
ko`rish mumkin. Zaxarli bo`lmagan yirik diamеtrli chang zarachalari ko`z va
burunning shilliq qavatlariga tushib, ularni jaroxatlaydi, yallig`lanish
jarayoni burunda, tomoqda, kеkirdakda va bronx naylarida kuzatiladi. Bunday
xollar o`tkir va surunkali rinit, laringit, faringit, troxеit, bronxit yoki
troxеo-bronxit, larеngotroxеit kabi kasalliklarni kеltirib chiqaradi. Nafas
Atmosfеra ifloslanishining atrof muhitga ta'siri yo`llariga, o`pkaga kvarts changlari tushsa pnеvmokoniyoz kasalligini, elеktr stantsiyalaridan chiqadigan qurumlar tarkibida 14,9-19,7% krеmniy (silitsiy) qushoksid moddasining bo`lishi esa silikoz kasalligini kеltirib chiqaradi. Katta industrial shaharlarining atmosfеra havosi tarkibida mazkur modda 20-30% ga еtishi mumkin. Shuni aytish kеrakki, changlarning eng mayda zarrachalari organizmga zararli ta'sir ko`rsatadi. Havodagi gaz tarkibining o`zgarishi gigеnik nuqtai nazardan xavfli hisoblanadi. Havoda qandaydir noxush xid sеzilsa va nafas yullari orkali organizmga ko’prok kirib qolsa, albatda kasallik sodir bo`ladi. Biroq shunday gazlar ham borki, ular o`ta zaxarli bo`lishiga qaramay, sira xidi bo`lmaydi. Jumladan is gazini inson sеza olmaydi. Ko’pincha shaxar atmosfеra havosiga sanoat korxonalari juda ko’p turli xususiyatli xidsiz va xidli gaz aralashmalarini chiqarib tashlashi mumkin. Katta industrial shaxarlarga kirib kеlganda havo tarkibi, uning musaffoligi buzilganligini sеzish mumkin. Masalan, Olmaliq, Chirchiq, Navoiy va boshqa shaxarlar atmosfеra havosining tarkibida 10 va undan ortiq gazlar bo`ladi. (1. jadval). Bular, albatda, bunday shaxarlardagi sanoat korxonalaridan, avtotransport vositalaridan ajralib chiqadigan gazlardir. Havo tarkibidagi zararli gazlar tug`ridan-tug`ri nafas yo`llariga kirib, o`pkaning alvеolalariga, qonga o`tadi, yoxud shilliq qavatidagi namliklar bilan birikib, uni yallig`lantirishi mumkin. O`zbеkistonda olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari zaxarli gazlar ko’pincha yoshi o`tgan kishilarga, shuningdеk yosh bolalarga ancha kеskin ta'sir etishini, kasalliklar xiyla og`ir o`tishini, bunda bеmorlarning ancha qismi nobud bo`lishi mumkinligini ko`rsatdi.

Agar havoda oltingugurt oksidi ko’p to`planib qolsa kishilarda bronxit, gastrit, o`pka kasalliklarini vujudga kеltiradi. Angliyali olimlar shaxarlarda kishloqlarga nisbatan o`pka rakidan o`lganlar soni ko’p bo’lganligini aniqlaganlar.



Atmosfеrada vodorod sulfid (H2S) gazining ortib kеtishi natijasida odamning boshi og`riydi, qayt qiladi, darmonsizlanadi va xatto xid bilish qobiliyati zaiflashadi. Ftor (F) birikmalari ta'sirida burundan qon kеladi, tumov paydo bo`ladi, kishi yo`taladi. Azot oksidlari tufayli o`pka kasallanadi, qon bosimi pasayadi va natijada bosh aylanadi, xushidan kеtadi, qayt qiladi. Qo`rgoshin (Pb) changi kishi asabiga ta'sir qiladi bosh miya yallig`lanishiga sabab bo`ladi jigar va buyrak faoliyatini susaytiradi, bolaning jismoniy taraqqiyotini kеchiktiradi. Kishi organizmiga radioaktiv moddalar ham yomon ta'sir etib buyrak usti bеzini, jinsiy bеzlar faoliyatini, qalkonsimon bеz faoliyatining normal ishlashiga salbiy ta'sir etadi va qon tarkibini o`zgarishiga sababchi bo`ladi.

Atrof -muxitning zararli omillari ta'sirida kеlib chiqib ko’p uchraydigan kasalliklar.

Nafas olish kasalliklari. Zarali omillar ta'sirida kеlib chiqqan nafas organlari kasalliklarini - tamaki chеkuvchilar va yoshi ulug` kishilarda uchrashini ko’pincha e'tibor qilinmaydi. Masalan, ximik moddani nafas olganda ta'siri natijasida kеlib chiqqan bronxial astma xurujini davomida sababchisini inobatga olmasdan davolanadi yoki bo`lmasa o`tkir traxеobronxit dеgan diagnoz qo`yishadi. Asbеstozdagi nafas еtishmaslikda esa bu o`pkaning xronik obstruktiv kasalligi dеb diagnoz qo`yiladi, toksik pnеvonitni esa baktеrial pnеvmoniyaga adashtiriladi.

Xavfli o`smalar. Ko’p xavfli o`smalarning kеlib chiqishida ishlab chiqarish va uy sharoitidagi zararli omillar sababchi bo`ladi dеb hisoblanadi. Ayniqsa bu o`pka rakiga (asbеst, mishyak, nikеl, radon), burun-tomoq qo`shimcha bushliq va burun bushlig`i rakiga (xrom, nikеl, yogoch va tеri changi), jigar (mishyak, vinilxlorid), siydik qopchasi (aromatik aminlar), tеri mеlanomasi va raki (quyosh ta'siri, mishyak, qurum, mazut), plеvra mеzatеliomasi (xar doim asosan asbеst), shuningdеk gеmoblastozlarda (bеnzol, ionlashgan nurlanish).

Yurak ishеmik kasalligi. Uglеrod oksidi (SO2) katta kontsеtratsiyasining ta'siri ko’proq qishloq sharoitida past tomli uylarda, pеchka vеntilyatsiyasi yaxshi bo`lmagan uylarda va avtomobil xarakati ko’p bo`ladigan joylarda bo`ladi. Uglеrod oksidi organizmda kislorodni gеmoglobin bilan transportini buzadi va mеtoxondrial nafasni jarayonini buzib, YuIK kеlib chiqishini tеzlashtiradi. Xuddi shunday xolatni – kraskalar erituvchi sifatida ishlatiladigan – mеtilinxlorid kеltirib chiqaradi. Organizmda bu modda SO2 birikmasini hosil qiladi. Sun'iy shoyi ishlab chiqarishda krеmoksidi ishlatilishi atеrosklеroz hosil bo`lishini kuchaytiradi.

Gеpatit va jigar sirrozi. Xar doim gеpatitni kеlib chiqish sababini aniqlab bo`lmaganda (virusli, dorili, spirtli ichimliklar is'tеmol qilish) gеpatoksik ta'sir qiluvchi modda tug`risida taxmin qilinadi. Bu moddalar sitotaksik, ham xolеstatik ta'sir qilishi mumkin. Ularni turi, soni ko’p, masalan: uglеrodni xlor bilan turt valеntli birikmasi (erituvchi va tozalavchilar tarkibiga kiradi), mеtilеndiamin (epoksid klеyining tarkibiga kiradi), pеstitsidlar (masalan kеpon), og`ir mеtallar, mishyak, (pеstitsid va bo`yoqlar tarkibiga kiradi va yеrdagi suv tarkibida bo`ladi) va tabiiy toksinlar (masalan pirrolidizin alkoloidlari).

Buyrak kasalliklari. Ko’p zararli moddalar buyrakni zararlanishiga olib kеlishi mumkin. Ko’pincha buyrakni xronik kasalligi kеlib chiqishi aniqlamaydi. Tеkshirishlar natijasida ma'lum bo`ldiki, qo`rg`oshinni doimiy ta'siri SBЕning (surunkali buyrak еtishmovchiligi) artеrial gipеrtoniya bilan birga kеlib chiqishiga sababchi bo`ladi. Shunday ma'lumotlar ham borki, ba'zibir glomеrulonеfrit turlari (masalan, Gudpaschеr sindromida) uglеvodorodlar ta'sirida kеlib chiqadi (bеnzin, bo`yoqlar, erituvchilar).

Nеyropatiyalar. Ko’p organik suyultiruvchilar (erituvchilar), og`ir mеtallar va mishyak, fosforoganik birikmalar nеrvlarni zararlanishga olib kеladi. Sanoatda katalizator sifatida ishlatiladigan dimеtilaminopropionitril siydik qopchasi nеyrogеn disfunktsiyasini chaqiradi. Bir xil ishni noqulay xolatda bajarish bilan bog`liq ishlab chiqarishdagi qo`l xarakati – tunnеl nеyropatiyani kеltirib chiqaradi (masalan, kaft kanali sindromi – sindrom zapyastnogo kanala).

Psixik buzilishlar. Organik erituvchilar bilan doimiy ishlash natijasida (masalan, toluol va tеtraxloretilеn) tеz charchashga, xotira va diqqatni pasayishiga va emotsional labilnikka sababchi bo`ladi. Bu xolatlar ko’proq buyoqchilarda, mеtallar bilan doimiy ishlovchilarda, plastmassa ishlab chiqarish sanoatida, farroshlarda va shuningdеk organik erituvchilar bilan ishlovchilarda uchraydi. Bu bеmorlarda psixologik tеst tеkshirilsa–o’ziga xos spеtsifik o’zgarishlar topiladi. erituvchilar bilan kontakti to`xtatilsa yoqoridagi xolatlar yo`qolib, axvoli sеkin-asta yaxshilanadi. Psixik buzilishlar yana – q`o`rgoshin, simob, mishyak va margants, insеktitsidlar (fosfororganik va xlororganik) va ba'zi gazlar (uglеrod oksidi) ta'sirida ham kеlib chiqadi.

Ko’payish funksiyasiga va tеratogеn ta'siri. Ko’p toksik moddalar ko’payish (nasl qoldirish) jarayoniga ta'sir qiladi. Bunday moddalarga – insеktitsidlar va gеrbеtsidlar, ko’p xlorli va ko’p bromli difеnillar, etilеn oksid (shifoxonalarda ishlatiluvchi gazsimon dеzinfiksiyalovchi moddalar), og`ir mеtallar (qo`rg`oshin, kadmiy, simob) va mishyak erituvchilar kiradi. Dibromxlorpropan (fumigant, nеmatodalarni o`ldiradigan) spеrmatogеnеzni to`xtatadi. Ba'zibir toksik moddalar (masalan, ko’p xlorli va ko’p bromli difеnillar va xlororganik insеktitsidlar) ona sutida to`planadi.

Immunitеtni pasayishi, autoimmun va allеrgik kasalliklar. Kеyingi vaqtda aniqlandiki, ba'zibir moddalar immunеtеtni pasaytiradi va shu bilan xavfli o`sma bilan og`rish omillarini kеltirib chiqaradi (ko’p bromli difеnil) va yuqumli kasallik bilan ham masalan: Havoni zararlovchilar, nafas organlari kasalligini kеltirib chiqarishga sharoit tug`diradi. Simob, dieldrin va mеtilxolantrеnlar autoimmun buzilishlar chaqiradi. Ba'zi moddalar kuchli allеrgеnli ta'siri bilan tеri va nafas organlari xastaliklarini kеltirib chiqaradi.

Oziq-ovqat mahsulotlari va inson salomatligi

Oziq modda odam organizmining normal hayoti uchun juda zarur. Insonning sihat-salomatligi va ish qobiliyatining yuqori darajada saqlanishi, shuningdek, bolalarning o'sishi va rivojlanishi uchun ham sifatli oziq-ovqat mahsulotlari kerak. Chunki ularda organizmning hayotiy faoliyati uchun zarur bo'lgan oqsillar, yog'lar, uglevodlar, vitaminlar, mineral tuzlar mavjud.

O'z vaqtida to'yib sifatli ovqatlanmaslik yurak va tomir, oshqozon-ichak, shuningdek, modda almashinuvi bilan bog'liq kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Doimiy ravishda me'yoridan ortiq ovqatlanish esa, kishini qandli diabet va semirish xastaliklariga duchor qiladi.

Kishi o'z organizmiga har xil biologik ifloslantiruvchilar (kasal­lik chaqiruvchilar va parazitlar) kirib qolmasligi uchun ovqatlanish ta'sir ko'rsatishi ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Ma'lumki, taraqqiy etgan mamlakatlardagi yirik shaharlarda aholining joylashish tartibi shaxsiy daromad hajmi bilan belgilanadi. Aholining kam daromadli qatlami atrof-muhit ifloslanishi xatarli oqibatlaridan deyarli himoyalanmaydilar. Havosi ko’proq ifloslangan tumanlarda kam daromadli aholi yashaydi.

Atrof-muhit turli manbalar orqali ifloslanadi. Ulardan biri kislotali yomg'iridir. Hozirgi zamonning «ko'rinmas qotillari» — kislota yomg'irlari nafaqat atrof-muhitni ifloslaydi va ishdan chiqaradi, balki odamlarda turli xil xatarli kasalliklar keltirib chiqaradi. Ko’pgina olimlarning xulosalariga ko'ra, kislota yomg'irlarining yuzaga kelishining asosiy sababi — havoning zaharli chiqindilar bilan ifloslanishidir.

Sanoat korxonalari, issiqlik elektr stansiyalari, qozonxonalar, zavodlar havoga juda ko’p miqdorda oltingugurt ikki oksidi, azot kislotasi chiqaradi. Azot oksidi esa qorakuya, zaharli metallar qoldirgan izlar bilan birga suv bug'lariga aralashib reaksiyaga kirishadi hamda azot va oltingugurt eritmalarini hosil qiladi (ba'zan ular juda kuchli bo'ladi). Bulut bamisoli, shimg'ich kabi azot va oltingugurt oksidlarini, radioaktiv moddalarni, og'ir metallar zarralarini yutadi. Ular esa yomg'ir, qor va boshqa yog'inlar bilan yerga tushib, o'simlik va hayvonot olamini zaharlaydi, inshootlarni ishdan chiqaradi, suv va tuproqning aynishiga sabab bo'ladi. Bu salbiy hodisalar faqat ifloslantiruvchi manba joylashgan mamlakatlardagina emas, undan juda uzoqdagi o'lkalarda ham kechishi mumkin.

Havo oqimlari «sezilmas o'lim» manbayini katta fazolarga tarqatadi va ko’plab mamlakatlarning xalqlari «aybsiz aybdor» bo'lib qoladilar. Markaziy Yevropada oksidlanish tufayli o'n minglab gektar yerlar zarar ko'rgan. Sanoat taraqqiy etgan Yevropa mamlakatlarida geliy, kadmiy, rux, qo'rg'oshin zarralari uglerod oksidi, boshqa zaharli aralashmalar, shu jumladan, kanserogenlar (abset changi, benzopiren) havoga chiqariladi. Tadqiqotlar natijasi ko'rsatmoqdaki, havo qatlami, daryolar, ko'llar va tuproqning iflos­lanishi natijasida odamlar ko’pincha saraton (rak) kasaliga chalinadilar. Agar havo qatlami ifloslanishi ortib boraversa, xuddi ana shu tuman hududlarida o'pka raki bilan kasallangan kishilar soni ham proporsional ravishda ko’payadi. Zararli gazlar va kislota yomgcirlari oqibatida Germaniya, AQSH va boshqa mamlakatlar­dagi o'rmonlarning ma'lum qismi qurib qolganda va oziq-ovqat mahsulotlarni tayyorlashda sanitariya-gigiyenik qoidalariga amal qilishi, mahsulotlarni yaxshilab yuvishi yoki ularga termik ishlov berish lozim.

Hozirgi vaqtda yangi xatar — oziq-ovqat mahsulotlarning kimyoviy zararlanishi xavfi paydo bo'ldi. O'simliklar o'zida deyarli barcha zararli moddalarni to'plashga qodir. Shuning uchun yirik sanoat korxonalari va serqatnov yo'l yoqalarida yetishtiriladigan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini iste'mol qilish xavfli sanaladi.

Fan-texnika inqilobi davrida tobora ko’proq inson, uning ijtimoiy-biologik tabiati, farovonligi masalasi tadqiqot manbayiga aylanib bormoqda. Farovonlikning eng muhim sharti ruhiy va jismoniy salomatlikdir. Bugungi kunda insonning salomatligi jamiyat taraqqiyotiga bog'liq ekani hammaga ravshandir. Butun jamiyatning ijtimoiy ishlab chiqarish — iqtisodiyot tuzilmasini ilmiy tashkil qilish, mehnat, dam olish sharoitlarini, ma'naviy va jismoniy tarbiya sharoitlarini vujudga keltirish, hayot tarzi madaniyatini rivojlantirish — bularning hammasi sog'liqni muhofazalash va mustahkamlashning sharti va garovidir.

Bu muammolarni hal etish esa tabiiy sharoit holati bilan belgilanadi. Bu yerda gap tabiatni shunchaki muhofazalash to'g'risida emas, balki inson va tabiat o'rtasidagi muvofiqlikni yanada takomillashtirish uchun qulay ijtimoiy, ekologik sharoitlar yaratish maqsadida tabiatni asrab-avaylash va rivojlantirish haqida bormoq­da. Tabiatni muhofaza qilishdan asosiy maqsad — inson va jamiyatni har tomonlama rivojlantirishdir.



Go'zal manzara — salomatlik omili

Odamzod hamisha keng dala, o'tloq-chamanzor, tog'lar, daryo qirg'oqlari, yoki ko'l bo'ylariga intiladi. Bunday orombaxsh joylarda inson o'zini ruhan tetik his qiladi, kuch-quvvat oladi. Umuman, tabiat manzarasi, atrof-muhit holati kishining ruhiy-hissiy holatiga ta'sir ko'rsatadi.

O'simliklar, ayniqsa, bog', o'rmonlar, toza havo, quyosh nuri sog'lomlashtirish omili hisoblanadi. Afsuski, sanoat korxonalari rivojlanishi natijasida shahar va uning atrofida muhitni ifloslantiruvchi chiqindilar ko’payib ketdi. Tabiiylikning yo'qolib, shaharlarning ko’payishi ham inson faoliyati va uning salomatligiga ta'sir qiladi. Uyning ekologik holati, uning nimadan qurilgani, qavati, tomining balandligi, tovush, shovqinni o'tkazishi, ish joyining uzoq-yaqinligi hamma-hammasi kishi kayfiyatini belgilaydi.

Inson shaharda hamma sharoitni o'zi uchun yaratadi. Issiq suv, transport, issiqlik, gaz va boshqalar, albatta, tabiiylik o'rnini bosa olmaydi. Shuning uchun shaharning ekologik holatiga, obodonlashtirish ishlariga katta e'tibor berilishi kerak. Bir so'z bilan aytganda, hozirgi zamon shahari tabiatdan ajralib qolmasligi zarur.

Texnikaning atrof-muhitga ta'siri kuchaygan sharoitda aholi va shu bilan bir qatorda kasb-hunar kollejlari o'quvchilarining salomatligini mustahkamlash uchun tabiiy omillardan imkon qadar foydalanish masalasi dolzarb bo'lib turibdi.

Insonni jismoniy va ruhiy jihatdan tarbiyalash, garmonik rivojlantirishning muhim yo'nalishi, bu — unda sog'lom turmush tarzi ko'nikmasini shakllantirishdir. Bunda esa insonning tabiat bilan muloqoti muhim o'rin egallaydi. Ko’proq toza havoda bo'lish, organizmni chiniqtirish, jismoniy faollik salomatlik garovidir. Aksin- cha, jismoniy jihatdan faolsizilik, sun'iy yoritilgan xonalarda uzoq muddat bo'lish, ruhiy-hissiy kuchlanishlar, shahar hayoti tufayli ma'lum darajada tabiatdan uzoqlashish va boshqa ko’plab omillar yoshlarning jismoniy va ruhiy jihatdan sog'lom bo'lishiga xalaqit beradi. Doimiy ravishda tabiat qo'ynida bo'lish, turistik sayohatlar, o'lka bo'ylab ekskursiyalar uyushtirish, jismoniy mashqlar, nafaqat «muskullar ochligi»ni, balki o'quv jarayoni va ishlab chiqarish faoliyatida yuzaga kelgan asabiy taranglikni ham bartaraf etadi, go`zallik hissini rivojlantiradi, o'quvchida ona tabiatga mehr-muhabbat uyg'otadi.

Tajribalar shuni ko'rsatadi, doimiy ravishda tabiat qo'ynida bo'lib turgan, unga g'amxo'rona munosabat ko'rsatgan, sog'lom hayot tarzi ko'nikmasini egallagan kishi o'zining jismoniy va ruhiy sog'lomligi, jamiyat baxt-saodati yo'lida uzoq va samarali mehnat qilishi, tevarak-atrofidagi kishilar va o'zidan qoniqish hissi bilan boshqalardan keskin ajralib turadi.

Kasb-hunar ta'limi muassasalari o'quvchilarini ekologik jihat­dan tarbiyalash ularni tabiatga g'amxo'rona munosabatda bo'lishga, barcha tirik jonzotlarni asrab-avaylashga, ularga ozor bermaslikka o'rgatadi. Chunki ko’p kishilar tabiat qo'yniga dam olishga chiqqanlarida u yerda shisha idishlar, konserva qutilari va bankalari, yelim xaltalari, ovqat chiqindilari, qog'oz parchalarini qoldirib, daraxt butalarini sindirib, o'simliklarni payhon qilib ketadilar. Bu xatti-harakatlar kishilarning ekologik tarbiyasi pastligidan dalolat beradi.

Atrof-muhit tozaligiga rioya qilish shuningdek, o'zi va boshqalarning salomatligiga e'tibor berishni o'quvchilarga quruq so'zlar bilan emas, balki aniq ijobiy namuna ko'rsatish orqali o'rgatish kerak. Aks holda ish chiroyli so'zlardan nariga o'tmaydi, ekologik tarbiya jarayoni tantanavorlikka, shunchaki da'vatlarga aylanib qoladi, xolos. Shuning uchun ham, kasb-hunar ta'limi ocquv jarayonlarida o'quvchilarda «ekologik ong», «ekologik madaniyati» shakllanishi juda muhim ahamiyatga ega.

Ta'lim olayotgan yoshlar u yoki bu darajada ekologik masalalarni hal etishda ishtirok etishlari lozim.

Sanoat korxonalarining ishchilari havo qatlamini himoya qilish ishiga katta hissa qo'sha oladilar. Buning uchun eng avvalo, gaz va chang tutgichlar ishini nazorat qilish va ularni kimyoviy ishlab chiqarish chiqindilari, neft va moy tarzda suyuq chiqitlarning tarqalmasligi uchun tegishli joylarga o'rnatish kerak. Negaki, suyuq chiqindilar ko’pgina hollarda tozalanmaydi va daryo, ko'llarga oqizib yuboriladi. Natijada, suv zaharlanib, baliq va boshqa jonzotlar halok bo'lishadi. Shu paytgacha zavod va fabrikalarga tegishli tozalagich qurilmalari va tindirgichlar o'rnatilmasdi. Mavjud ekologik qurilish va moslamalar ham kam quvvatli bo'lib, suyuq chiqindilarni yetarlicha tozalay olmasdi. Shu sababli qayta ishlangan suvlardan foydalanish yoki ularni daryo va ko'llarga oqizib yuborish maqsadga muvofiq emas edi. Tozalash qurilmalari haqida ma'lumotga ega bo`lishlari va ularni ishlata bilishlari lozim.

Ma'lumki, ko’plab kishilar o'z salomatligini muhofaza qilishga unchalik e'tibor bermaydi. Axir, bemor bo'lib davolanganidan ko'ra, xastalikka chalinmaslikka intilish, uning oldini olish yaxshiku. To'g'ri, sog'lom hayot aqidasini bilish juda muhimdir. Ko’p odamlar bilmasdan salomatlik qonunini buzishadi. Ammo ko’p hollarda kishilar sihat-salomatligi uchun nimaning foydali ekanini bilishsa-da, afsuski, unga hamisha ham amal qilavermaydi. Holbuki, inson o'zi va boshqalarning halovati, xotirjamligi, foydasi uchun hayotni boshqaruvchi qonunlarini bilib, unga vijdonan amal qilib yashashi shart. Har kim tana a'zolarining vazifasini, ularning bir maromda faoliyati biror a'zoning boshqasiga ko'rsatadigan ta'siriga bog'liqligini tushunish kerak. Shuningdek, fikrlash tarzining tanaga, tana holatining esa fikrlash tarziga ko'rsatadigan ta'sirini, ular faoliyatida amal qiladigan tabiiy qonunlarni ham o'rganish maqsadga muvofiqdir.

Salomatlik qonunining buzilishi oqibati xastalikdir. Tana va ruhning ana shu oqibatdan qutilushga intilishi — davo izlashdir. Shu bois ham, xastalikdan qutulmoq uchun, eng avvalo, uning sababini bilish lozim bo'ladi. Inson salomatligining garovi hayotning barcha nosog'lom sharoitlarini o'zgartirish, yomon odatlardan voz kechmoqdir. Tana a'zolariga unda qayta ishlangan moddalardan tozalanishga, ularning bir maromda faoliyat ko'rsatishga yordam berish — sog'loshashish asosidir.

Toza havo, quyosh nuri, me'yorga amal qilish, dam olish, badan tarbiya, tartib bilan ovqatlanish, tabiatning shifo ato etuvchi kuchiga ishonch — bularning hammasi qudratli davo vositalaridir.



Davolanishning tabiiy jarayoni va sarf bo'lgan kuchlarning tiklanishi juda sokinlik ila kechadigan jarayondir. Sabr-toqatsiz insonlar uchun esa u yanada sokinroq kechayotgandek tuyuladi. Sihat- salomatlik tasodifiy hol emas, u ma'lum qonunlarga amal qilish natijasidir
Download 130.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling