2. Prognozlash usullari va ularning turlari. Ekonometrik tenglamalar tizimi yordamida prognozlash uslubiyoti


Download 62.33 Kb.
bet1/6
Sana27.05.2022
Hajmi62.33 Kb.
#718796
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
21-22-MAVZU IQTISODIY KO’RSATKICHLARNI PROGNOZLASHDA EKONOMETRIK MODELLARDAN FOYDALANISH
Презентация русский, ELEKTRONIKA TO\'RAQULOV JUR\'ATJON.docxV, fizika

21-22-MAVZU: IQTISODIY KO’RSATKICHLARNI PROGNOZLASHDA EKONOMETRIK MODELLARDAN FOYDALANISH
Reja:
1. Ijtimoiy-iqtisodiy prognozlashning umumiy tushunchalari va ob’ektlari.
2. Prognozlash usullari va ularning turlari.
3. Ekonometrik tenglamalar tizimi yordamida prognozlash uslubiyoti.


1. Ijtimoiy-iqtisodiy prognozlashning umumiy tushunchalari va ob’ektlari

Prognoz - bu ehtimoliy yo‘nalishlar, ob’ektlar va hodisalarning rivojlanishi natijalari. Prognozlash - bu ob’ektni rivojlantirish istiqbolini belgilab beradigan maxsus ilmiy tadqiqotlardir.


Prognozlash nima bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatib beradi; rejalashtirish - bo‘lishi shart degan ma’noni bildiradi.
Prognozlash sohalari juda keng: geografik, geologik, ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy, tashqi-siyosiy, yuridik va h.k.
Iqtisodiy prognozlash – bu iqtisodiy jarayonlarni bilishning ilmiy usullari hamda prognozlashning barcha usul va yo‘llari yig‘indisini qo‘llash orqali iqtisodiy prognozlarni ishlab chiqishidir (14.1.-rasm).





1.-rasm. Prognozlarning turlari1

Iqtisodiy prognozlashning nazariy muhim muammolaridan biri prognozlar turlarining tuzilishi hisoblanadi. Turlar - har xil mezonlar va belgilariga asoslanib tuzilishi mumkin. Masalan, ob’ektlarga, prognozlash usullariga, yechiladigan masalalarga, vazifalarga va boshqalarga. Bulardan eng muhimlariga quyidagilar kiradi:



  • prognozlash ko‘lami;

  • prognozlash muddati;

  • ob’ekt xarakteri;

  • prognoz funktsiyalari (funksional belgi).

Tuzilish muddati bo‘yicha prognozlar operativ, qisqa muddatli, o‘rta muddatli, uzoq muddatli turlarga bo‘linadi.
Prognozlarning izlanilayotgan ob’ekt xarakteriga ko‘ra bo‘linishlari har xil qayta ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog‘liq. Shunga ko‘ra, prognozlash quyidagilarga ajratiladi.
Prognozlar funksional belgisiga qarab ikkiga - normativ va izlanuvchi prognozlarga bo‘linadi.

Download 62.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling