2-savol. Jinoyat tarkibining zaruriy va fakultativ belgilarini muhokama qiling


Download 409.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana02.01.2022
Hajmi409.18 Kb.
#188669
  1   2   3   4   5   6


2-savol. 

Jinoyat tarkibining zaruriy va fakultativ belgilarini muhokama qiling. 

 

Jinoyat tarkibi va uning zaruriy belgilariga to’xtalishdan avval, jinoyat o’zi 

nima ekanligi, u qanday tushunchani anglatishini yoritib olsak. Avvalo, jinoyat 

bu ijtimoiy, huquqiy hodisa bo’lib, jinoyat huquqi fanining predmetidir. Jinoyat 

insonning ongli faoliyati, kishining ongli ravishda amalga oshirgan, qonun bilan 

ta’qiqlangan ijtimoiy-havfli qilmishidir(harakat yoki harakatsizlik)

i

. Bundan 



ko’rinib turibdiki insolar tomonidan amalga oshirilgan har anday harakat yoki 

harakatsizlik emas. Sodir etilgan harakat yoki harakasizlik, avvalo, o’sha 

shaxsning ongli harakati bo’lishi kerak. Ikkinchidan, o’sha harakat yoki 

harakatsizlik qonun bilan ta’qiqlangan bo’lishi, bundan tashqari, qonunda ushbu 

qilmish uchun jazo belgilab qo’yilgan bo’lishi lozim. O’z. Res. Jkning 14-

moddasida jinoyatga batafsil tarif berib o’tilgan. Shu tarifdan kelib chiqqan 

holda sodir etilga qilmish jinoyat bo’lishi uchun u quyidagi belgilarga ega 

bo’lishi kerak deya olamiz: qilmishning huquqqa hilofliligi, ijtimoiy havfliligi, 

aybning mavjudligi, qilmishning jazoga sazovorligi. 

 

 Endi esa jinoyat tarkibiga to’xtalaylik. Jinoyat tarkibi haqidagi ta’limot 



jinoyat huquqining markaziy masalalaridan biridir. Jinoyat tarkibini to’g’ri 

aniqlash jinoyatni xatosiz kvalifikatsiya qilish uchun asos hisoblanadi. Bu esa 

o’z navbatida odil sudlovni amalga oshirish va qonunchilikni mustahkamlash 

hamda pirovard natijada ayblanuvchining taqdirini hal etishda katta ahamiyatga 

ega. Jinoyat tarkibi bu jinoyat qonunida nazarda tutilgan ijtimoiy havfli 

qilmishning jinoiyligini ifodalovchi elementlar yig’indisi.

ii

 Bu elementlar to’rtta 



bo’lib, ular jinoyat obyekti, jinoyatning obyektiv tomoni, jinoyatning subyektiv 

tomoni, jinoyat subyekti. Bu to’rtta element bitta jinoyat tarkibida birdaniga 

bo’ladi va ulardan birining mavjud emasligi qilmishning jinoyat ekanligini 

istisno etishga asos bo’ladi. Har bir jinoyat tarkibi o’zida ma’lum elementlarni, 

jinoyat tarkibini tashkil etadigan va muayyan jinoyat tarkibiga hos bo’lgan 

belgilarni mujassamlashtirgan. Bu belgilar o’z navbatida ikkiga, ya’ni zaruriy 

va fakultativ belgilarga bo’ladi. Zaruriy belgilar jinoyat tarkibi mavjud bo’lishi 

uchun zaruriy bo’lgan belgilar bo’lib, ularning yig’indisi qilmishni jinoyat deb 

hisoblash uchun minimal va yetarli bo’lgan ijtimoiy havfliligini tashkil qiladi.

iii


 

Ya’ni bu belgilar Jkning Maxsus qismida nazarda tutilgan barcha jinoyatlar 

uchun zarur, ularning tarkibida doimo bo’lishi shart. Bu zaruriy belgilarni 

jinoyat tarkibini tashkil qiladigan elementlar tarkibi misolida ko’rib chiqamiz. 

Jinoyat obyektining zaruriy belgisi sifatida maydonga uning ijtimoiy 

munosabatini tavsiflovchi belgilar keladi. Jinoyat obyektiv tomonining zaruriy 

belgilari esa, ijtimoiy havfli qilmish, ijtimoiy havfli qilmish orqasidan kelib 

chiqqan oqibat va ular o’rtasidagi sababiy bog’lanishdir. Lekin ba’zi 

adabiyotlarda biz obyektiv tomonning zaruriy belgisi sifatida faqatgina ijtimoiy 

havfli qilmishning keltirilganini ko’ramiz. Bunga sabab sifatida esa 

jinoyatlarning moddiy, formal va kesik tarkibli jinoyatlarga bo’linishini aytib 

o’tishimiz mumkin. Ya’ni formal va kesik tarkibli jinoyatlarda oqibat va 




sababiy bog’lanish mavjud bo’lmay, faqatgina ijtimoiy havfli qilmishing o’zi 

keldi. Ijtimoiy havfli qilmish bu – aybdorning ongli, ixtiyoriy, faol va passiv 

hulq-atvoridir. Qilmish hamisha huquqqa hilof, ijtimoiy havfli bo’lishi va shu 

bilan bir qatorda shaxs tomonidan ongli va ixtiyoriy amalga oshirilishi kerak. U 

shundagina jinoyat obyektiv tomonining elementi bo’la oladi. Oqibat esa, shu 

qilmish tufayli jinoyat qonuni bilan qo’riqlanadigan ijtimoiy munosabatga 

yetkazilgan moddiy va nomoddiy ko’rinishdagi zarar, ziyon va shu kabi boshqa 

salbiy o’zgarishlar. Sababiy bog’lanish bo’lsa, faqatgina moddiy tarkibli 

jinoyatlarning zaruriy belgisi bo’lib, u sodir etilgan ijtimoiy havfli qilmish va 

uning natijasida kelib chiqqan oqibatning o’rtasidagi aloqa. Ya’ni kelib chiqqan 

oqibat ma’lum bir qilmish sababli kelib chiqqanligini ko’rsatuvchi kategoriya.  

Obyektiv tomonning fakultativ belgilariga yuzlansak, ular obyektiv tomonda 

doim ham bo’lmaydi. Bu belgilarga jinoyat sodir qilish vaqti, joyi, sharoiti, 

usuli, vositasi, quroli kabilar kiradi. Bu fakultativ belgilar jinoyat 

dispozitsiyasida keltirilganda zaruriy belgi sifatida qabul qilinadi. Masalan, 

Jkdagi 263 prem 1-moddasida vaqt zaruriy element sifatida modda 

dispozitsiyasida keltirilgan bo’lsa, Jkning 114-modda dispozitsiyasida joy 

zaruriy belgi sifatida keltirilgan. Jinoyat subyektiga to’xtalsak, uning zaruriy 

belgisi bu jismoniy shaxslilik, jinoyat yoshiga yetganlik, aqli rasolikdir. Faqat 

jismoniy shaxslargina jinoyat sodir etishda aybdor deb topilishi, ya’ni 

jinoyatning subyetki bo’lishi mumkin. Yuridik shaxslar uchun uning mulkdori 

javobgardir. Subyekt bo’lish uchun Jkda ko’rsatilgan yoshga yetgan bo’lish 

kerak. Umumiy ma’noda 16 yosh. Aqli rasolik shaxs o’zi sodir etayotgan hatti-

harakatlarini aqlan anglab, ixtiyoriy boshqarishi. Jinoyat subyektining fakultativ 

belgilari sifatida maxsus subyekt bo’lish uchun kerak bo’ladigan ma’lum bir 

belgilar kiradi. Masalan, ma’lum bir jinoyatlar uchun mansabdor shaxs

boshqalari uchun harbiy xizmatchi bo’lish kerak. Jinoyat subyektiv tomoni 

ijtimoiy havfli qilmishni sodir etgan shaxsning shu qilmishga nisbat bo’lgan 

ruxiy munosabati bo’lib, uning zaruriy belgisi aybdir. Ayb shaxsning o’z 

qilmishiga va u olib keladigan oqibatiga nisbatan qasd yoki ehtiyotsizlikdagi 

munosabati. Demak u 2 xil bo’ladi, qasd va ehtiyotsizlik. Uning fakultativ 

belgilari esa, mativ va maqsaddir. Jinoyatning maqsadi uni sodir etishdan 

ko’zlangan fikriy natija. Motivi esa, jinoyat sodir etishga undovchi ichki his 

tuyg’u. 



Download 409.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling