2 soat amaliy mashg'ulot


Download 144.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana08.01.2022
Hajmi144.97 Kb.
#253594
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2.2 ameliy



 MATEMATIKA FANINI O‘QITISHGA QO‘YILAYOTGAN 

ZAMONAVIY TALABLAR VA ILG‘OR XALQARO 

TAJRIBALARI. MATEMATIKA FANINI O‘QITISHDA 

NOAN’ANAVIY TA’LIM YONDASHUVLARI.  



(2 soat amaliy mashg'ulot) 

Reja: 


1. 

Matematikani o' qitishning zamonaviy ta’lim texnologiyalari va metodlari 

2. 

Ta’lim metodlarini tanlash bo' yicha tavsiyalar. 



Tayanch iboralar: 

Izohli-ko'rgazmali,  namoyish,  kitob  bilan  ishlash,  reproduktiv, 

evristik  (o'quv  kashfiyoti),  muammoli  vaziyat,  tadqiqot,  loyihalar 

metodi,  muayyan  vaziyatlarni  o'rganish  (keys-stadi)  metodi,  maruza, 

hikoya,  og'zaki  yo'l-yo'riq  berish,  tushuntirish,  suhbat  metodlari, 

amaliy mashg'ulot, laboratoriya ishi. 

1. 


Matematikani o'qitishning zamonaviy ta’lim texnologiyalari va metodlari 

Amaliy mashg'ulot bo'yicha nazariy material 

1. 

Matematika fanini o'rganish metodlari; 



2. 

Matematika  fanini  o'qitishda  ilmiy  izlanish  va  tadqiqot  metodlari 

(kuzatish,  tajriba,  taqqoslash,  analogiya,  analiz  va  sintez,  umumlashtirish, 

abstraktsiyalash,  konkretlashtirish  va  klassifikatsiyalash).  Xulosa  chiqarish 

metodlari, induksiya, deduksiya va analogiya. Chala induksiya, to'la induksiya 

va matematik induksiya metodlari. 

1. 

Matematika fanini o'rganish metodlari 



Metod so'zi grekcha so'z bo'lib, “yo'l ko'rsatish” demakdir. Ta’lim metodi 

tushunchasi  esa  xozirgi  zamon  metodiga  va  didaktik  fanlardagi  asosiy 

tushunchalaridan  biridir,  ammo  bu  tushuncha  yaqin  vaqtlarga  qadar  turli 

metodik adabiyotlarda turli mazmunda qo'llanib kelinar edi. 

Hozirgi zamon didaktikasida, jumladan matematika o'qitish metodikasi fanidan 

ta’lim  metodning  muammolari  umumiy  holda  hal  qilingan  bo'lib,  u  o'zining 

quyidagi ikki tomoni bilan xarakterlanadi. 

A) 


o'qitish (o'qituvchining faoliyati); 

B) 


o'rganish (o'qituvchilarning ongi bilan faoliyati); 

Maktab 


matematika 

kursidagi 

ta’lim 

metodlarini 

quyidagicha 

klassifikatsiyalash mumkin. 

1. 

Ilmiy  izlanish  metodlari  (ko'zatish,  tajriba  taqqoslash,  analiz  va  sintez, 



umumlashtirish, abstraktsiyalash konkretlashtirish va klassifikatsiyalash). 


2. 

O'qitish metodlari (evristik metod, dasturlashtirilgan ta’lim metodi, muammoli 

ta’lim metodi, ma’ruza va suhbat metodlari). 

3. 


Xulosa chiqarish metodlari (induksiya deduksiya va analiz). 

2. 


Matematika o'qitishda ilmiy izlanish va tadqiqot metodlari. 

Bizga ma’lumki, matematika fanining o'rganadigan ob’ekti materiyadagi 

narsalarning  fazoviy  shakllari  va  ular  orasidagi  miqdoriy  munosabatlardan 

iboratdir.  Ana  shu  shakllar  orasidagi  miqdoriy  munosabatlarni  aniqlash 

jarayonida  matematiklar  izlanishning  ilmiy  metodlaridan  vosita  sifatida 

foydalanadilar.  Matematikadagi  izlanish  uning  ilmiy  metodlari  bir  vaqtning 

o'zida  matematikani  o'qitishdagi  ilmiy  izlanish  metodlari  vazifasini  ham 

bajaradi. O'qitishdagi ilmiy izlanish metodlari quyidagilardan iborat: 

1. 

Tajriba va kuzatish. 



2. 

Taqqoslash 

3. 

Analiz va sintez 



4. 

Umumlashtirish 

5. 

Abstraktsiyalash 



6. 

Konkretlashtirish. 

7. 

Klassifikatsiyalash. 




Download 144.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling