2. sonlarning 10 ga, 5 ga va 2 ga bo‘linish belgilari


Download 227.63 Kb.
Pdf ko'rish
Sana29.12.2021
Hajmi227.63 Kb.
#183578
Bog'liq
2. SONLARNING 10 GA 5 GA VA 2 GA BOLINISH BELGILARI (1)



2. SONLARNING 10 GA, 5 GA VA 2 GA BO‘LINISH BELGILARI 

 

1. 1) Bo‘linish belgisi deganda nimani tushunasiz? 



    2) Qanday sonlar 10 ga; 5 ga; 2 ga bo‘linadi? Misollarda tushuntiring. 

    3)  10  ga  bo‘linadigan  son  ham  5  ga,  ham  2  ga  bo‘linadi.  Nima  uchun?  Sababini 

tushuntiring. 

2.  1)  2  ga;  2)  5  ga;  3)  2  ga  ham,  5  ga  ham  bo‘linadigan  to‘rttadan  uch  xonali  son 

yozing. 

3. 58, 125, 180, 462, 1020   va 2 725 sonlaridan qaysilari: 

2 ga;   5 ga; 10 ga bo‘linadi? 

2 ga bo‘linadi, ammo 5 ga bo‘linmaydi? 

5 ga bo‘linadi, ammo 2 ga bo‘linmaydi? 

4. 51


∙52∙53∙54∙55∙56∙57 ko‘paytma 10 ga bo‘linadimi? 9 ga-chi? 

5.  a  sonini  2  ga  bo‘lganda  bo‘linmada  15  hosil  bo‘ldi.  Shu  son  5  ga,  10  ga 

bo‘linishini ko‘rsating. 

6.  2,  5  va  7  raqamlari  yordamida  ularni  takrorlamasdan:  1)  2  ga;    2)  5  ga  karrali 

barcha uch xonali sonlarni yozing. 

7.  1)  Sonning  yozilish  tartibida  olingan  oxirgi  ikki  raqamidan  tuzilgan  son  4  ga 

bo‘linsa, bunday son 4 ga bo‘linadi. 

Misol. 1936 ning oxirgi 2 ta raqamidan bu sonning yozilish tartibida olingan 36 soni 

4  ga  bo‘linadi  (36=4

∙9),  demak,  1  936  soni  ham  4  ga  bo‘linadi.  2)  Bu  tasdiqning 

to‘g‘riligini 4-5 ta misolda sinab ko‘ring. 

8.  1  dan  100  gacha  bo‘lgan  sonlar  ichida  2  ga  ham,  5  ga  ham  bo‘linmaydiganlari 

nechta? 


9. 100 ga karrali natural sonlarning oxirgi ikki raqamiga e'tibor bering.  

    100 ga bo‘linish belgisini ifodalang va daftaringizga yozib qo‘ying. 

10. Yechimlar ichidan 2 ga; 5 ga; 10 ga karralilarini yozing:  

      l ) 1 2 5 < x< 1 4 0 ;  

2 )   85 < x< 10 4 ;   3) 217

11. 1) 1

∙2 ∙3 ∙4 ∙ 5∙ 6∙7 ∙8  ko‘paytmaning oxirgi xonasi qanday raqam bilan tugaydi? 

Ko‘paytma 10 ga karralimi? 42 ga-chi? 56 ga-chi? 




2)  1

∙ 2 ∙ 3 ∙ 4 ∙ 5 ∙ 6 ∙ 7 ∙ 8 ∙ 9 ∙ 1 0∙11  ko‘paytmaning  oxirgi  ikki  xonasi  qanday  raqam 

bilan tugaydi?  Ko‘paytma 100 ga karralimi? 99 ga-chi? 

12. 1 653 - 78 *  ayirma: 1) 2 ga; 3) 5 ga; 3) 10 ga bo‘linishi uchun yulduzcha (* ) 

o‘rniga qanday raqamlarni qo‘yish mumkin? 

13. k - juft son bo‘lsa, ifodalardan qaysi biri doim toq bo‘ladi: 

      1) k+10; 2) 5*7+11;  3) k

2

 + 4; 

4) k

2

 + k? 



14. 5 ga bo‘linadigan juft son qanday raqam bilan tugaydi? Bunday son qaysi songa 

albatta karrali bo‘ladi? 

15. Yechimlar ichidan 2 ga; 5 ga; 10 ga karralilarini yozing: 

       l )   3 4 < x < 5 3 ;  

2 )   7 5 < x < 9 5 ;  

3 )   1 1 5 < x< 1 3 2 .  

16.  2  ga  ham,  5  ga  ham  bo‘linadigan  eng  katta  va  eng  kichik  to‘rt  xonali  sonlarni 

yozing. 


17. 25 ga karrali natural sonlarning oxirgi ikki raqamiga e'tibor bering. 

      25 ga bo‘linish belgisini ifodalang. 

18. 54* + 271 yig‘indi:    1) 2 ga; 2) 5 ga; 3) 10 ga bo‘linishi uchun yulduzcha (* ) 

o‘rniga qanday raqamlarni qo‘yish mumkin? 



Download 227.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling