2-tajriba ishi


Download 113.5 Kb.
bet1/2
Sana05.01.2022
Hajmi113.5 Kb.
#220779
  1   2
Bog'liq
2 5336929029184293278


2-tajriba ishi

Egilish usuli yordamida Yung modulini aniqlash
Кerakli asboblar: tekshiriladigan (pо‘lat, yog‘och) sterjenlar;

millimetrli chizg‘ich, shtangensirkul, mikrometr, indikator; 2 ta prizmasi bо‘lgan qо‘sh ustunli qurilma; 0,5 kg li 4 ta tosh.



Ishning maqsadi: qattiq jismlar deformatsiyasini о‘rganish. Tajriba yо‘li bilan jismning elastiklik (Yung) modulini aniqlash.
1. Ishning nazariyasi

Tashqi kuch ta’sirida qattiq jism chо‘zilsa, buralsa uning shakli о‘zgarganligini kо‘ramiz. Tashqi kuchlar ta’sirida qattiq jismning shakl о‘zgarishiga deformatsiya deyiladi. Tashqi kuchlar ta’siri tо‘xtatilgandan keyin jismning shakli dastlabki holatga qaytsa, elastik deformatsiya hosil bо‘ladi. Elastik deformatsiya vaqtida qattiq jismlar ichidan elastik kuchlar hosil bо‘lib, ular tashqaridan qо‘yilgan kuchlar bilan muvozanatlashadi. Tashqi kuchlar ta’siri tо‘xtatilgandan sо‘ng elastik kuchlar ta’sirida jism avvalgi shakliga qaytadi.

Tashqi kuchlar jismning elastiklik chegarasidan oshib ketsa, kuchlar ta’siri tо‘xtatilgandan keyin jism avvalgi shakliga butunlay kela olmaydi, ya’ni qoldiq deformatsiya hosil bо‘ladi.

Elastik deformatsiyasini 1) chо‘zilish (yoki siqilish), 2) egilish,



3) siljish va 4) buralish deformatsiyalariga ajratish mumkin. Deformatsiyaning kattaligi nisbiy deformatsiya  kattalik bilan xarakterlanadi va bu uning о‘lchami boshlang‘ich о‘lchamiga nisbatan qanchaga о‘zgarganligini bildiradi.



Bu yerda: -mutlaq deformatsiya, 0-jismning dastlabki о‘lchami.

Guk qonuniga asosan (jismning elatiklik chegarasida ) chо‘zilish deformatsiyasida mutlaq uzayish  jismning dastlabki uzunligiga, deformatsiyalovchi kuch (F)ga tо‘g‘ri proporsional va jismning kо‘ndalang kesim yuzasi S ga teskari proporsional, ya’ni

yoki (1)

bunda К- elastiklik koeffitsienti. Yuza birligiga ta’sir qilayotgan kuch bilan о‘lchanadigan kattalikka kuchlanish σ deyiladi.



(2)

(2) ning qiymatini (1) ga qо‘yamiz, u holda mutlaq uzayish quyidagiga teng bо‘ladi:



(3)

Elastiklik koeffitsientiga teskari bо‘lgan qiymat elastiklik moduli yoki Yung moduli deyiladi. (3)ga ni qо‘ysak

kelib chiqadi. Bundan:



(4)

agar bо‘lsa , ya‘ni jismning uzunligi ikki marta ortsa

bо‘ladi.


(4) formulaning kо‘rinishi bо‘ladi. Demak, elastiklik (Yung) moduli deb sterjenning uzunligini ikki barobar orttirish uchun zarur bо‘lgan kuchlanish bilan о‘lchanadigan kattalikka aytiladi .

Agar ikkita prizma tayanchlarga qо‘yilgan AB sterjenning о‘rtasiga R kuch ta‘sir qilsa (1-rasm ), sterjen egiladi. U vaqtda sterjenning pastki qatlamlari chо‘ziladi, yuqorigi qatlamlari esa siqiladi, natijada uni avvalgi shakliga keltirish uchun intilayotgan elastik kuch hosil bо‘ladi.



Egiladigan deformatsiyaning qiymati egilish miqdori bilan aniqlanadi. Egilish miqdori kesimi tо‘g‘ri tо‘rtburchakning sterjen uchun quyidagiga teng bо‘ladi:

1-rasm


(5)

Bunda p– sterjenga qо‘yilgan kuch, - tayanch nuqtalar orasidagi

masofa, α sterjenning eni, b–sterjenning qalinligi. (5) dan



(6)

SI sistemada Yung moduli N m2 da о‘lchanadi.




Download 113.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling