2. To’sh-o’mrov so’rg’ichsimon mushak joylashuvi, faoliyati, qon bilan ta’minlanishi va innervatsiyasi haqida ma’lumot bering


Download 35.5 Kb.
Sana14.12.2022
Hajmi35.5 Kb.
#1007097
Bog'liq
boyin bosh mushak


1.Bo’yinning teriosti serbar mushagi joylashuvi, faoliyati, qon bilan ta’minlanishi va innervatsiyasi haqida ma’lumot bering.
1. M. platysma - bo’yinning teri osti serbar mushagi. Ko’krakning katta mushagining fatsiyasidan, hamda elka kamarining deltasimon mushagi fatsiyasidan boshlanib, pastki jag’ning ostki chekkasiga, og’iz tirqishining burchagiga va yuz fatsiyasiga birikadi. Vazifasi: og’iz tirqishining burchagini pastga tortadi, bo’yin terisini ko’taradi va taranglaydi. Innervastiyasi: n. facialis (VII) bo’yin tarmog’i.
2. To’sh-o’mrov so’rg’ichsimon mushak joylashuvi, faoliyati, qon bilan ta’minlanishi va innervatsiyasi haqida ma’lumot bering.
2. M. sternocleidomastoideus - to’sh-o’mrov-so’rg’ichsimon mushak. To’sh suyagining qo’ndoq qismidan, o’mrov suyagining to’sh suyagiga birikish uchidan boshlanib, uning tutamlari yuqoriga yo’naladi va chakka suyagining so’rg’ichsimon o’simtasiga hamda ensa suyagining linea nuchae superior chiziqlariga birikadi. Vazifasi: bir tomonlama qisqarganda kalla yon tomonga bukiladi, yuz esa qarama-qarshi tarafga buriladi. Ikki tamonlama qisqargan bosh oldinga bukiladi. Innervastiyasi: n. accessorius (XI) va n. cervicalis II (C2 –C4)
3. Tilosti suyagidan tepada joylashgan mushaklar joylashuvi, faoliyati, qon bilan ta’minlanishi va innervatsiyasi haqida ma’lumot bering.
3.M. mylohyoideus - pastki jag’ va til osti suyagi orasidagi mushak. Pastki jag’ suyagining ichki yuzasidagi linea mylohyoidea chizig’idan boshlanib, til osti suyagining tanasiga birikadi. Vazifasi: pastki jag’ suyagini pastga tortadi va til osti suyagini yuqoriga xarakatlantiradi. Innervastiyasi: n. mylohyoideus (n. trigeminus)
4. Tilosti suyagidan pastda joylashgan mushaklar joylashuvi, faoliyati, qon bilan ta’minlanishi va innervatsiyasi haqida ma’lumot bering.
1) M. omohyoideus - kurak-til osti mushagi. Bu mushak ikki qorinchadan iborat bo’lib, yuqori qorinchasi venter superior - til osti suyagidan boshlanadi, pastki qorinchasi venter inferior kurak suyagining yuqori qirrasi va ko’ndalang boylam sohalaridan boshlanadi. Har ikkala qorinchalarning o’zaro birikish sohasida pay hosil bo’ladi.
Vazifasi: til osti suyagini mustahkamlaydi va tushiradi. Innervastiyasi: ansa cervicalis (C1 – C3)
2) M. sternohyoideus - to’sh-til osti mushagi. Bu mushak to’sh suyagi va o’mrov suyagi orasidagi bo’g’imlar cohasidan boshlanib, til osti suyagiga birikadi. Vazifasi: til osti suyagini mustahkamlaydi va tushiradi. Innervastiyasi: ansa cervicalis (C1 – C2)
3) M. sternothyreoideus - to’sh-qalqonsimon mushak. Bu mushak to’sh suyagining qo’ndoq qismidan va I, II qovurg’a tog’ayidan boshlanib, qalqonsimon tog’aydagi linea obliqua cohasiga birikadi. Vazifasi: qalqonsimon tog’ayni tushiradi. Innervastiyasi: plexus cervicalis (ansa cervicalis) (C1 – C2)
4)M. thyreohyoideus - qalqonsimon-til osti mushagi. Kalqonsimon tog’aydagi linea obliqua chizig’idan boshlanib, til osti suyagining tanasi va katta shoxiga birikadi.
Vazifasi: til osti suyagini mustahkamlaydi va tushiradi; qalqonsimon tog’ayni ko’taradi.
Til osti suyagining ostida joylashgan mushaklar til osti suyagini pastga tushuradi. To’sh - qalqonsimon mushak - qalqonsimon tog’ayni va hiqildoqni pastga tushiradi. Qalqonsimon - til osti mushagi esa qalqonsimon tog’ayni va hiqildoqni yuqoriga tortadi.
5.Bo’yinning chuqur guruh mushaklari joylashuvi, faoliyati, qon bilan ta’minlanishi va innervatsiyasi haqida ma’lumot bering.
5 Bo’yinning chuqur guruh mushaklari hazm a’zolarining orqasida, bo’yin umurtqalarining oldingi yuzasida joylashib, lateral va medial guruhlarga bo’linadi.
Lateral guruh: m. m. scaleni anterior, medius et posterior oldingi, o’rta va orqa narvonsimon mushaklar. Oldingi narvonsimon mushak III – VI bo’yin umurtqalarning ko’ndalang o’simtasidan, o’rta narvonsimon mushak II – VII bo’yin umurtqalarining ko’ndalang o’simtasidan, orqa narvonsimon mushak IV – VI bo’yin umurtqalarining ko’ndalang o’simtasidan boshlanib, oldingi va o’rta narvonsimon mushaklar I qovurg’adagi o’mrov osti arteriyasi egatining oldingi va orqa sohalariga birikadi. Orqa narvonsimon mushak esa II qovurg’aga birikadi. Vazifasi: bo’yinni oldinga bukadi, bir tomonlama qisqarsa mushak tarafiga bo’yinni bukadi.Umurtqalar xarakatsiz holatida esa, bu mushaklar I va II qovurg’alarni ko’taradi va nafas olishda qatnashadi. Innervastiyasi: plexus cervicalis et brachialis
Medial guruh: 1) M. longus colli - bo’yinning uzun mushagi. o’z navbatida bu mushak ham ikki turdagi tolalardan tashkil topgan: medial tolalar I-III ko’krak umurtqalarining tanasidan, V, VI, VI bo’yin umurtqalaridan boshlanib, II, III, IV bo’yin umurtqalarinin tanasiga va V, VI, VII bo’yin umurtqalarining ko’ndalang o’simtalariga birikadi.Bo’yin uzun mushagining lateral tutamlari II-VI bo’yin umurtqalarining ko’ndalang o’simtalaridan boshlanib, I bo’yin umurtqasining oldingi bo’rtig’iga birikadi. Vazifasi: bir tomonlama qisqarsa bo’yin yonga bukiladi, ikki tomonlama qisqarsa bo’yin oldinga bukiladi. Innervastiyasi: plexus cervicalis (C2 – C4)
2) M. longus caritis - boshning uzun mushagi. Bu mushak III-VI bo’yin umurtqalaridan boshlanib, ensa suyagining pars basilaris qismiga birikadi. Vazifasi: ikki tomonlama qisqarganda boshni oldinga bukadi, bir tomonlama qisqarganda bosh yon tomonga buriladi. Vazifasi: boshni mustahkamlaydi. Bir tomonlama qisqarsa boshni buradi. Innervastiyasi: plexus cervicalis (C1 – C4)
3) Birinchi, ikkinchi bo’yin umurtqalari va ensa suyagi orasidagi mushaklar ensa ostidagi mushaklar m. suboccipitelis deyilib, quyidagi mushaklardan tashkil topgan:
1) m. obliquus capitis superior - kallaning yuqorigi qiyshiq mushagi. I bo’yin umurtqasining ko’ndalang o’simtasidan boshlanib, ensa suyagining pastki chizig’i linea nuchae inferior ga birikadi. Innervastiyasi: n. suboccipitalis (CI)
2) m. obliquus capitis inferior - kallaning pastki qiyshiq mushagi. II bo’yin umurtqasining qirrali o’simtasidan boshlanib, I bo’yin umurtqasining ko’ndalang o’simtasiga birikadi. Vazifasi: boshni mustahkamlaydi. Bir tomonlama qisqarsa boshni buradi. Innervastiyasi: n. suboccipitalis (C1)
3) m. rectus capitis posterior major - kallaning kata to’g’ri mushagi. II umurtqaning qirrali o’simtasidan boshlanib, ensa suyagining pastki chizig’i linea nuchae inferior ga birikadi. Vazifasi: bir tomonlama qisqarishi o’zining tomoniga boshni buradi. Ikki tomonlama qisqarishi boshni ko’taradi. Innervastiyasi: n. suboccipitalis (CI)
4) m. rectus capitis posterior minor - kallaning kichik to’g’ri mushagi. I bo’yin umurtqasining orqa bo’rtig’i tuberculum posterior dan boshlanib ensa suyagi pastki chizig’i linea nuchae inferior ga birikadi. Bu mushaklarning bir tomonlama qisqarishi kallani buradi, ikki taraflama qisqarishi kallani orqaga tortadi. Innervastiyasi: n. suboccipitalis (CI)
5) M. rectus capitis anterior - boshning oldingi to’g’ri mushagi. Bu mushak I bo’yin umurtqasining ko’ndalang o’simtasidan boshlanib, ensa suyagining asosiga birikadi. Vazifasi: boshni oldinga bukadi va qisqargan tarafga buradi. Innervastiyasi: plexus cervicalis (CI)
6) M. rectus capitis lateralis - boshning yon tarafdagi to’g’ri mushagi. I bo’yin umurtqasining ko’ndalang o’simtasidan boshlanib, ensa suyagining yon sohasiga birikadi.
Vazifasi: boshni mushak qisqargan tarafga bukadi. Innervastiyasi: plexus cervicalis (CI – C2)
Bo’yining fassiya mushaklari
1. Bo'yinning yuza fassiyasi (fascia colli superficialis) teri ostida joylashgan yupqa parda bo'lib, bevosita yuzga va ko'krak sohasiga davom etadi. Bu fassiyani ikki varag'i orasida m. platysma joylashadi.
2. Bo'yin xususiy fassiyasining yuza varag'i (lamina superficialis fascia colli propria) yuqoridan pastki jag'ga va chakka suyagi so'rg'ichsimon o'simtasiga, pastdan to'sh suyagi sopining tashqi yuzasi va o'mrov suyagi o'rtasida tortilgan parda bo'lib bo'yinni o'rab turadi. Bo'yinning ikkinchi fassiyasi orqa tomondan bo'yin umurtqalarining qirrali o'simtalari usti boylamiga va ustki ensa chizig'iga birikkan. Old tomonda qarama-qarshi fassiya bilan birikib bo'yinning oq chizig'ini hosil qiladi. Bo'yinning ikkinchi fassiyasi bo'yin umurtqalarining Ko’ndalang o'simtalariga birikib uni oldingi va orqa qismlaiga ajratuvchi fassial devomi hosil qiladi. Shuning uchun bu sohalardagi yiringlijarayonlarbiridanbiriga o'tmaydi. Bo'yinning ikkinchi fassiyasi to'sh-o'mrov so'rg'ichsimon va trapetsiyasimon mushaklar uchun qin hosil qiladi.
3. Bo'yin xususiy fassiyasining chuqur varag'i (lamina profundus fascia colli propria), asosan, til osti suyagi bilan to'sh suyagi sopining ichki yuzasi va o'mrov suyaklari o'rtasida tortilgan. U til osti suyagidan pastda joylashgan mushaklar uchun qin hosil qiladi. To'sh suyagi sopidan yuqoriroqda bo'yinning II va III fassiyalari o'rtasida bo'shliq (spatium interaponevraticum suprastemale) bo'lib, unda bo'yinning vena chigali joylashgan.
4. Bo'yin ichki fassiyasi (fascia endocervicalis) ikki varaqdan iborat. Uning visseral varag'i bo'yinda joylashgan har bir a’zoni alohida fassial qin hosil qilib o'rasa, pariyetal varag'i barcha a’zolami ustidan o'raydi. Buning natijasida ikkala varaq o'rtasida bo'shliqlar hosil bo'ladi. Kekirdak oldidagi shunday bo'shliq — spatium pretracheaUs ko'krak qafasigacha davom etadi. 5. Bo'yinning umurtqa oldi fassiyasi (fascia prevertebralis) yuqorida ensa suyagining asosiy qismidan boshlanib, orqa ko'ks oralig'iga o'tib ketadi. Yon tomondan bo'yin umurtqalarining ko'ndalang o'simtalariga birikib, narvonsimon mushaklar uchun qin hosil qiladi.
Bo’yining topografiya mushaklari

Bo'yin yuqoridan pastki jag', tashqi § eshituv yo'li, so'rg'ichsimon o'simta; pastdan to'sh suyagining bo'yinturuq o'ymasi, o'mrov suyagi, akromion; orqa tomondan trapetsiyasimon mushakning lateral chekkasi bilan chegaralanadi.


Bo'yinning medial uchburchagi (trigonum colli mediale) to‘sho ‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushakning oldida joylashib orqa tomondan shu mushak bilan, yuqoridan pastki jag‘ va old tomondan bo‘yinning o ‘rta chizig‘i bilan chegaralanadi. Kurak-til osti mushagi pastdan yuqoriga yo‘nalib, bo‘yinning ikkala uchburchagini yana kichik uchburchaklarga ajratadi. Bo'yinning lateral uchburchagi ikkiga bo‘linadi: 1. Yuqorigi kurak-trapetsiyasimon uchburchak (trigonum omotrapezoideum) old tomondan to'sh-o'mrov-so'rg'ichsimon mushak, pastdan kurak-til osti mushagining pastki qorinchasi, orqadan trapetsiyasimon mushakning tashqi chekkasi bilan chegaralangan. 2. Pastki kurak-o‘mrov uchburchagi (trigonum omoclaviculare) old tomondan to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushak, yuqoridan kurak-til osti mushagi, pastdan o'mrov suyagi bilan chegaralangan. Bo'yinning medial uchburchagi uchga bo'linadi: l.Uyqu uchburchagi (trigonum caroticum) orqadan to‘sh-o'mrov-so‘rg‘ichsimon mushak, yuqoridan ikki qorinli mushakni orqa qorinchasi, old va pastdan kurak-til osti mushagining yuqorigi qorinchasi bilan chegaralangan. 3. Kurak-kekirdak uchburchagi (trigonum omotracheale) orqa va past tomondan to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushak, orqa va ust tomondan kuraktil osti mushagining yuqori qorinchasi, old tomondan kekirdak bilan chegaralangan. 4. Pastki jag' osti uchburchagi (trigonum submabdibulare) yuqoridan pastki jag‘, pastdan ikki qorinli mushakning oldingi va orqa qorinchalari bilan chegaralangan. Bu sohada jag‘ osti bezi, qon tomirlar va nervlar joylashadi. Bu uchburchak sohasidagi jarrohlikda katta ahamiyatga ega bo'lgan til (Pirogov) uchburchagi tafovut qilinadi. U old tomondan jag‘-til osti mushagining orqa chekkasi, past va orqa tomondan ikki qorinli mushakning orqa qorinchasi, yuqoridan til osti nervi bilan chegaralangan bo'lib, unda til arteriyasi yotadi.
Download 35.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling