2. U. Jevons va L. Valraspiig marjipalistik goyalari 15 Uzoq bozor davridagi ishlab chiqaris


Download 51.02 Kb.
Sana30.05.2020
Hajmi51.02 Kb.
#112238
Bog'liq
1.Marjinal omillarning tanlovi va uning qaytimini pasaytiruvchi qonun


MUNDARIJA

KIRISH………………………………………………………………………….3

1. Morjenalizmning umumiy ta’rifi 6


2. U.Jevons va L.Valraspiig marjipalistik goyalari 15

3. Uzoq bozor davridagi ishlab chiqarish. 23


4. Marjinalizm. Iqtisodiy ta’limotlarda neoklassik yo‘nalishning shakllanishi 27

XULOSA……………………………………………………………………….31

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………...32

KIRISH.

Hozirgi kunda butun jahon iqtisodchilarining oldida turgan yirik masalalardan biri, bu shak shubhasiz, oda mlarning bitmas tuganmas ehtiyojlarini qondirishdir. Shu sababli, bugun dunyoning har bir chekkasini olmaylik, turli xildagi insonlarning iste’moli uchun kerak bo’ladigan mahsulotlarni tayorlashga bo’lgan talab ortib bormoqda. Shu jumladan bizning davlatimiz bo’limish O’zbekistonda bu borada ancha ishlar a malga oshirilmoqda. Shu o’rinda Prizidentimiz I. A. Karimovning quyidagi so’zlarini keltirishimiz lozim. “Sobiq ittifoq markazi o’tkazgan yangi musta mlakachilik hududiy iqtisodiy siyosat oqibatida respublikada xalq xo’jaligi bir tomonla ma xom-ashyo bazasi sifatida rivojlandi.

Texnologiya, resurslar, shuningdek butlovchi buyumlarni bir qis mini, xalq is’temoli mollarini etkazib berish jihatidan boshqa respublikalarga juda qara m qilib qo’ydi. Ammo “O’zbekiston - kelajagi buyuk davlat, deb ta’kidlamoq uchun barcha asoslar bor. Respublikada ha mma narsa: tabiiy boyliklar, unumdor yer, qudratli iqtisodiy va ilmiy - texnikaviy, ins oniy va ma’naviy salohiyat mavjud” O’zbekiston za minida juda ulkan va noyob, hali ishlab chiqarishga jalb etilmagan minera l xom-ashyo resurslari to’plangan. Ularning 95 turi aniqlangan. Respublikada 370 ta kon ishlab, har yili 200 million tonnadan ortiq tog’ jinslari qazib olinmoqda. Paxta tolasini yetishtirishda ma mlakatimiz jahonda yetakchi o’rinlardan birini egallaydi.

Markaziy Osiyo davlatlarida yetishtirilgan paxta tolasining 1,5 million tonnasi yoki 75 foizi O’zbekiston hissasiga to’g’ri keladi. Hozirda dunyo aholisi soni taxminan 7 milyardga yetgan. Va bu ko’rsatkich kundan kunga yanada oshib bormoqda. Kishilik ja miyatini taraqqiyoti va insonlarni yashashlari uchun zarur bo’lgan moddiy – ne’ matlar tabiatda mavjud bo’lsada, ularni 4 inson extiyojlariga moslab tayyorlamoq, yetishtirmoq, ishlab chiqarmoq va qayta ishlab, ularni tayyor iste’mol maxsulotlariga aylantirmoq lozim. Buning uchun esa, eng avvalo ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan unsurlarni bo’lishi, ularni o’zaro birikishini shakllantirish lozimdir.

Xullas ishlab chiqarishni tashkil etmoq kerak. Shundan keyin ishlab chiqarishni maqsadi, moxiyati, vazifasi va uning natijalarini tushunmoq kerak bo’ladi. Maqsad aniq bo’lgandan keyin esa, ishlab chiqarishni uzluksizligini ta’minlash, samaradorligini oshirib borish va iste’molchilarga to’g’ridan to’g’ri yetkazib berish ustvor vazifaga aylanadi. Biz ushbu kurs ishini tayorlashda asosan shu narsalarga katta aha miyat qaratdik. Ishlab chiqarishni, iste’mol, xo’jalikni tashkil qilish va uni yuritishga ta’luqli tayanch iqtisodiy tushunchalar va iqtisodiy qonuniyatlar yoritib berishga harakat qildik.


  1. Morjenalizmning umumiy ta’rifi

Marjinalizm (frans. marginal -chegaraviy, eng soʻnggi) — iqtisodiy qonunlar va kategoriyalarni tadqiq qilish uchun chegaraviy kattaliklar tahlilidan foydalanishga asoslangan metodologik tamoyillardan biri. Dastlab 19-asrning oʻrtalarida A. Kurno (Fransiya), N. Tyunen va G. Gossen (Germaniya) birinchi boʻlib, marjinal tahlilni iqtisodiy nazariyaga kiritishga harakat qildilar. 19-asrning oxirgi choragida ingliz U. Jevans, avstriyalik K. Menger, shveysariyalikL. Valras M.ning nazariy asoslarini yaratdilar. 19-asr ning 90-yillaridan M. subʼyektiv-psixologik yoʻnalishdan iqtisodiy hayotning doimiy borishini mavjud shart-sharoitlar asosida tushuntirib berishga oʻtdi. Natijada yangicha iqtisodiy gʻoyalar namoyandalari klassik iqtisodiy maktabning davomchilari sifatida baholanib, ularga neoklassiklar deb nom berildi.

M.meʼyoriy unumdorlik, meʼyoriy naflilik, meʼyoriy harajatlar kabi koʻrsatkichlardan foydalanadilar, meʼyoriy naflilik, meʼyoriy unumdorlik, meʼyoriy daromadlarning kamayib borishi krnunlariga, talab va taklif qonuniga asoslanadilar, iqtisodiymatematik usullarni keng qoʻllaydilar.

M. iqtisodiyotni individual xoʻjaliklarning oʻzaro taʼsiri sifatida qaraydi, xoʻjalik yurituvchi subʼyektning ishlab chiqarish jarayonidagi va bozordagi iqtisodiy holatini taxlil qilishga asoslanadi. Bu holat M.ga miqdoriy usullardan keng foydalanishga, xususan, tadqiq etilayotgan omillarning funksional bogʻlanishlarini taxlil etishga imkon beradi.

SSSR davrida M. markscha siyosiy iqtisod vakillari tomonidan tanqid ostiga olindi. Faqat maʼmuriybuyruqbozlik (rejali) iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga oʻtilishi tufayli M.ning asosiy gʻoyalari tan olina boshlandi.

XIX asr oxiridagi klassik siyosiy iqtisodiyotni Avstriya iqtisodiy maktab namoyandalari Marjinal iqtisodiy nazariyasi bilan to’ldirdi. Ularning fikricha, jamiyat rivojini harakatlantiruvchi kucli, bu — ishlab chiqarish emas, balki iste’mol sohasi. Xuddi shu kishilarning o’zgaruvchan talablari iqitsodiyotni rivojlantirish dastagi hisoblanadi: «...kishilar o’zlarining talablari bilan... Har qanday kishilik xo’jaligining dastlabki va oxiri manzilini tashkil etadi»1. Marjinalistlarda buyumlarning qiymati emas, foydaliligi ilmiy tadqiqotning dastlabki bo’g’ini bo’lib hisoblanadi. Ular pirovard miqdorlarga tayanib ish ko’rishadi.

Iqtisodiy faoliyatning maqsadi nima? Bu umuman, narsalarni ishlab chiqarishni ko’paytirish emas, balki foydali qiymatga ega bo’lgan n e ‘matlarni, ya’ni kishilar nimani qadrlashsa, shuni ishlab chiqarishni ko’paytirish zaair. N e ‘m atlar qiymati esa ayirboshlash jarayonida yuzaga chiqadi. Agar uy xo’jaligida yetishtirilgan m ahsulot, m asalan, 6 t kartoshkaning 4,5 t.si uning uchun ortiqcha bo’lsa, mahsulotning shu qismi uncha katta qiymatga ega emas. Bu xo’jalik ortiqcha miqdordagi kartoshkani sotib, uning puliga yoki kartoshkaning o’rniga don mahsuloti va boshqa narsalar olishi mumkin. Lekin boshqa xo’jaliklar, iste’m olchilar kartoshkaga muhtoj. U lar uchun kartoshka mahsulotining qiymati, foydaliligi yuqori. Shunga o’xshash boshqa mahsulotlarni, masalan, uy xo’jaligida chorva (go’sht), don yetishtirish yoki hunarmandchilik yo’li bilan poyabzal, maxsi, non, eshik-rom ishlab chiqarishlarni misol qilib olish mumkin. Lekin ko’rinib turibdiki, mahsulotlar miqdori bundan ko’paygani y o ‘q-ku. To’g’ri, buyumlarning qiymati ayirboshlash mobaynida oshib ketdi, shu mahsulotlarni qadriga yetadiganlar uchun foydali bo’lib qoldi. Boylik moddiy katcgoriya emas, iqtisodiy kategoriyadir. M ahsulot ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlar iste’molchilar farovonligini oshirishda foyda keltirmoqda. Ayirboshlash ishlab chiqarishni rag’batlantiradi. Demak, marksistik iqtisodiyot nazariyasidagi «teng qiymatga ega bo’lgan narsalargina ayirbosh qilinishi mumkin nazariyasi asossiz bo’lib chiqadi. Sabab ayirboshlashda turli xil qiymatga ega bo’lgan narsalar ayirboshlanadi, chunki bozordagi ishtirokchilar ayirboshlash uchun bozorga keltirilgan buyumlarning foydaliligini turlicha baholaydilar. Har bir tomon o’zi uchun uncha qiymatga ega bo’lmagan narsalarni qiymati ko’proq bo’lganlariga ayirbosh qiladilar. Xuddi ana shunda ayirboshlash unumdorligining manbayi ko’rinadi. Bunday nazariya bilan ishlab chiqarishni boylik yaratishdagi ahamiyati inkor qilinmaydi. Ishlab chiqarish, so’zsiz boylikni ko’paytiradi. Lekin yaratilayotgan m oddiy n e ‘m atlar jamiyat talabini qondira olgan, ya’ni iste’molchilar tom onidan tan olingan, qabul qilingan miqdori darajasida boylikni ko’paytirgan bo’ladi. Aks holda, ishlab chiqarish foydasiz, m a ‘nosizdir. Bozor xo’jaligi sharoitida ayirboshlash orqali buyumlarni foydaliligini iste’molchi baholaganligi uchun ayirboshlash jarayoni unumdor hisoblanadi. Bundan tashqari, ayirboshlash resurslardan foydalanish samaradorligini oshiradi. Ishlab chiqaruvchilarni jamiyat uchun zarur bo’lgan mahsulotlarni kerakli miqdorda ishlab chiqarishga yo’naltiradi.

Marjinalizm (inglizcha – me’yorli) tadqiqotining predmetini me’yorli tahlil tashkil etadi. Marjinalizm iqtisodiy yo’nalishning namoyandalari Fridrix Vizer (1851-1926, Avstriya maktabi), Yevgeniy Byom-Baverk (1851-1914, Avstriya maktabi), Alfred Marshall va boshqalar bo’lgan. XIX asrning 70-yillaridan boshlab klassik (mumtoz) qiymatning mehnat nazariyasida chinakam inqilobiy o’zgarishlar yuz bergan edi.

Avstriya maktabining namoyandalari, ya’ni dastlabki marjinalistlar iqtisodiyotni sub’ektiv-psixologik nuqtai-nazardan baholanib (ob’ektiv iqtisodiy qonunularni inkor etib), asosiy e’tiborni iste’mol(talab)ning tutgan o’rniga bag’ishlab, ishlab chiqarish (taklif)ni ikkinchi darajali qilib qo’ydilar.

Keyingi marjinalistlar ishlab chiqarish va iste’mol jarayonlarni yaxlit o’rganib, me’yoriy iqtisodiy o’lchamlarni taqsimot va ayirboshlash jarayonlariga ham tatbiq etdilar. Natijada Yangi iqtisodiy g’oyalar namoyandalari klassik iqtisodiy maktabning davomchilari sifatida baholanib, ularga neoklassiklar deb nom berildi. Marjinalizm nazariyasi markazida o’z foydasini maksimallashtirishga intiluvchi firma (ishlab chiqaruvchi) va harid qilingan ne’matlardan maksimal foydalilik olishga intiluvchi alohida iste’molchi turadi. Marjinalizmning asosiy kategoriyalari: me’yorli unumdorlik, me’yorli foydalilik, me’yorli harajatlar va b.

Qiymat nazariyasini ilmiy tahlil qilishda yaratilgan eng yuqori foydalilik, ya’ni marjinalizm ta’limotining keng tarqalishi ham mana shu olimlar nomi bilan bog’liqdir.

Bu boradagi o’zining ilk fikrlarini (deyarli bir vaqtda, turli davlatlarda) S.Jevons 1863 yilda nashr etilgan «Siyosiy iqtisod nazariyalari» nomli asarida bayon etadi. Siyosiy iqtisoddagi yangi yo’nalishning o’ziga xos xususiyati shundan iborat ediki, ular moddiy ne’matlar qiymatini unga zarur bo’lgan ijtimoiy mehnat chiqimlari va mehnat miqdori bilan belgilamasdan, balki tovarning foydaliligi (nafligi) va noyobliligi bilan bog’lanadi. «Eng yuqori foydalik» tushunchasini kiritdilar.

Avstriya maktabi.XIX asrning 70-yillarida G’arb siyosiy iqtisodining nufuzli maktablaridan biri Avstriya maktabi (avstraliyalik omillar nomidan) vujudga keldi. Avstriya maktabini sub’ektiv-psixologik maktab ham deb ataydilar, uning mafkurachilari qo’llagan usul munosabati bilan unga mana shunday nom berilgan. 70-yillarda Avstriya maktabining asoschisi Karl Menger (1840-1921) bu g’oyani rivojlantirib, uni sub’ektiv-psixologik maktabning asosiy nazariyasiga aylantirdi. Yevgeniy Byom-Baverk (1851-1914), Fridrix fon Vizer (1852-1926) va boshqalar ham shu nazariyani ishlab chiqdilar. Avstriya maktabining konsepsiyalari Mengerning «Siyosiy iqtisod asoslari» (1871), Vizerning «Xo’jalik boyligining kelib chiqishi va asosiy qonunlari to’g’risida» (1884), Byom-Baverkning «Kapital va foyda» (1884-1889), «Xo’jalik ne’matlari nazariyasining asoslari» (1886), «K.Marks nazariyasi va uning tanqidi»(1896) va boshqa asarlarida bayon etilgan, Avstriya maktabining ta’limoti Angliya, Germaniya, AQSh, Rossiyada va boshqa mamlakatlardaham yoyildi. Bu ta’limot g’arb siyosiy iqtisodining shundan keyingi rivojiga katta ta’sir o’tkazdi. Ularning konsepsiyasiga ko’ra siyosiy iqtisod xo’jalik sub’ekti tajribasining butun xilma-xilligi bilan uni idork etishni o’rganishi lozim edi.

Byom-Baverkning fikricha, siyosiy iqtisod sub’ekt hislarida iqtisodiy hodisalarni izohlaydigan ildizlarni izlashi kerak. Alohida xo’jalik tadqiqot ob’ekti qilib olindi va shu xo’jalik jamiyatning eng oddiy tipik elementi deb talqin qilinardi. Jamiyatdan mutlaqo ajralgan shaxs-Robinzon xo’jaligi mana shunday xo’jalikning oliy maqsadi deb ataladi. Avstriya maktabi kapitalistik xo’jalikni mana shunday xo’jalik deb ataydi. Umuman iqtisodiy qonunlarini o’rganish uchun alohida olingan bir xo’jalik misolida shu qonunlarni ko’rib chiqish yetarli deb hisoblanadi, ya’ni jamiyat aloxida olingan robinzonlar xo’jaligi yigindisidir, degen xulosa chikariladi.

Tadqiqotning bu usuli ROBINZONAD usuli deb nom oldi. Shu usul yordamida siyosiy iqtisoddan ijtimoiy, ishlab chiqarish munosabatlari chiqarib tashlanadi, iqtisodiy kategoriyalarning ijtimoiy-sinfiy mazmuni kuchaytiriladi, ijtimoiy ishlab chiqarishning roli soxtalashtiriladi.

Biz yukorida merkantilizm ( boylik asosi muomala soxasida), fiziokratizm (yer), iqtisodiy ta’limotlarini kurdik. Avtriya maktabining nazariyotchilari esa yukoridagilardan farqli kapitalizmni faqat bozor munosabatlari bilangina bog’langan yakka xo’jaliklarning mexanik yig’idisi deb tasvirlab, mehnatning kiymatni belgilashdagi rolini inkor etdilar. qadriyat nazariyasi Avstriya maktabining konsepsiyalarida markaziy o’rinni oldi, bu nazariya «eng yukori foydalilik» nomini oldi.

Siyosiy iqtisodda qabul qilingan «tovar» va «qiymat» kategoriyalari ijtimoiy mazmundan mahrum bo’lgan «ne’mat» va «qadriyat» kategoriyalari (foydalilik) naf tushunchalari bilan almashtirildi. Bunda tovarning kadr kimmati shu mahsulotning foydaliliga va noyobligi bilan o’lchanadi.

Eng yuqori naf nazariyasining inglizcha varianti

K.Menger, Ye.Byom-Baverk va boshqalar qiymat-ijtimoiy zarur mehnatning ifodasi, mehnat esa uning birdan-bir manba ekanligi to’g’risidagi qoidani noto’g’ri deb e’lon qildilar.

Ular qiymat kategoriyasini sub’ektiv mazmun (kimmat) bilan to’ldirdilar. Uning ustun omili sifatida iste’mol qiymat yoki moddiy ne’matlarning foydaliligi (nafi) qabul etildi. Bem-Baverkning fikricha, Avstriya maktabi iste’mol qiymatiga murojaat etish orqali qadriyatni «Lozim bo’lgan daraxtdan, ildizning o’zidan» taxlil eta boshladi.

Shunday qilib Avstriya maktabining iqtisodchilari avalgi davrdagi ilmiy nazariyaning qiymat-tovarlarning ob’ektiv xususiyati bo’lib, mana shu xususiyat bu tovarlarning ichki mazmunini belgilaydi, degan tub qoidani rad etish orqali qiymat hosil bo’lishi jarayonini qayta ko’rib chiqiladi. Yangi yo’nalish hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlari asosidir.

Ular buni baho beruvchilik mulohazalariga va individlarning psixogiyasiga bog’liq bo’lgan sub’ektiv kategoriyaga aylantirib qo’ydilar. Bu esa navbatdagi yangi nazariya bo’lib, bu nazariya qiymatni u hosil bo’ladigan sharoit va manbadan ishlab chiqarish va mehnat sohasidan butunlay ajratib qo’yadi. Byom-Baverkning hamma mulohazalari jarayonni oydinlashtiradigan, ushbu kategoriyada ifodalanadigan ishlab chiqarish munosabatlarini kengaytiradigan fikrlar asosiga qurilgan. «Eng yuqori foydalilik», «noyoblik» nazariyalari Avstriya maktabi va boshqa yangi konsepsiyalar uchun asos bo’ldi, Byom-Baverkning ta’biricha, qadriyat to’g’risidagi ta’limot daromadni taqsimlash, shu jumladan, yer rentasi, ish haqi, kapitaldan olinadigan foyda to’g’risidagi butun o’z doktrinasining markaziy bandidir.

Kembridj maktabi. A.Marshall va uning narx, ish haqi hakidagi nazariyalari. Kapitalizmdan imperializmga o’tish davrida Angliyada Kembridj dorilfununida iqtisodchilar maktabi vujudga keldi.

Maktabning nomi ham shu dorilfununning nomidan olingan. Alfred Marshall (1842-1924) marjinalizmning «Kembridj maktabi» lideri hisoblanadi. U Kembridj (Angliya) universitetida o’qidi, uni tugatdi va shu yerda butun hayoti davomida o’qituvchilik qildi.

1902 yildan boshlab u Yangi «Ekonomiks» fanini kiritdi va siyosiy iqtisod Fani asta-sekin siqib chiqarildi. Uning asosiy asari «Ekonomiks tamoyillari» («Prinsipi ekonomiki») (1890) hisoblanib, bu kitob 6 jilddan iborat. Mazkur kitob olim hayoti davomida 8 marta qayta nashr etilib, unda fanning predmeti to’g’risida fikr yuritiladi.

Metodologiya va iqtisodiy nazariya sohasida Marshall iqtisodiy jarayonlarga sub’ektiv qarashlarga asoslangan funksional tadqiqot usullarini qo’llaydi.

Narx nazariyasi Marshallning nazariy mulohazalari markazida turadi. U qiymat va narx kategoriyalarini aynan bir narsa deb ko’rsatib, aslida, qiymatni chetlashtirib qo’ydi va narxni bozor iqtisodiyotining eng muhim elementi, deb hisoblaydi. Olim avvalgi tadqiqotlarda qiymatning iste’mol va almashuv ( ikkita) shakllari alohida-alohida qaralgan edi, Marshalda esa bu farq yo’q. Ob’ektiv qiymat kategoriyasidan foydalanadi. Bu narsa uning nazariyasida muvozanat narxi rolini bajaradi. Marshallning nazariyasi sintetik nazariya nomini oldi, chunki muallif bu nazariyada o’zidan avvalgi mavjud narx nazariyalari «eng yuqori foydalilik (naf)», «ishlab chiqarish chiqimlari», «talab va taklif» nazariyalarni birlashtirib, ularning hammasini to’g’ri deb ko’rsatdi. Narx nazariyasi bilan bir qatorda Marshall foyda va ish haqi nazariyalarini ilgari surdi. Alfred marshalning narxlar va daromadlar nazariyasi

A.Marshalning va uning maktabdoshlari o’z uslublari (metodologiya)da umuman, Avstriya maktabini qo’llab-quvvatlaydilar, lekin unga ayrim jiddiy

o’zgarishlarni ham kiritishni lozim topdilar. Jumladan, faqat funksional tadqiqot usulinigina tan olish bilan birga, bozor munosabatlarining uch asosiy zaruriyatlarini: narx, talab, taklifni o’zaro bog’liqlikda ko’rib chiqadilar.

Ularning fikricha, avvalo ishlab chiqarish iste’mol harakatini aniqlaydi, keyinchalik u eng yuqori foydalilik va talab doirasi ko’rinishiga kiradi. Kembridj maktabi tadqiqotlariga ikki tomonlama qarash lozim. Agar biz unga bozor iqtisodiyotida baholashni ichki mexanizmini tushuntirish uchun urinish sifatida qarasak, haqiqatni biroz siyqalashtirilayotganini ko’rishimiz mumkin. Lekin bu izlanishlarga boshqacha nuqtai-nazardan qarashimiz ham mumkindir, bunda biz e’tiborni tovar-bozorlardagi aniq muammolarni hal etishga qaratilganligiga va natijada amaliy ahamiyatga ega bo’lgan ilmiy xulosalar vujudga kelganligining guvohi bo’lamiz.

Marshall tadqiqotlarida talab va taklif o’rtasidagi munosabat (birinchilik) qaraladi, qaychida yuqori va pastki keskichlar qanday rolni o’ynasa (barovar), bu yerda ham ahvol shunday, ular bir-biri bilan chambarchas bog’liq. Hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlarining asosini tashkil etadi.

3. Amerika maktabi. J.B.Klark nazariyasi.

Shu davrdagi AqSh dagi ta’limotlar to’g’risida fikr yuritmadi, chunki bunday g’oyalar faqat X1X asr oxirida vujudga keldi.

XIX asrning oxirlari (so’nggi 35 yili)da AqSh monopolistik rivojlanish bosqichiga kirdi. Monopolistik birlashmalar soni tez ko’payib bordi, (masalan, 1% monopoliyalar qo’lida 60 % boylik to’plandi).

Iqtisodiyotda ularning tanho hukmronligi kuchayib bordi. Kolumbiya dorilfununining professori Jon Beyts Klark (1847-1938) boshchiligidagi yetakchi iqtisodchilar guruhi siyosiy iqtisodda yetakchilik mavqeini egalladi, mana shu guruh siyosiy iqtisodning Amerika maktabini vujudga keltirdi. Shu davrdan AqSh iqtisodichilarining tadqiqotlari jahon bo’yicha yetakchidir (Nobel mukofotlari sovrindoriga e’tibor bering). J.B.Klarkning «Boylik falsafasi» (1886), «Boylikning taqsimlanishi» (1889), «Iqtisodiy nazariyaning muhim belgilari» (1907) asarlari o’ziga xos yangicha konsepsiyalarni ishlab chiqishda katta rol o’ynaydi. Amerikaning monopolistik burjuaziyasi shu konsepsiyalarni o’ziga qurol qilib oldi.

J.B.Klark Amerika iqtisodiy uyushmasini tuzish (1885) ilhomchilardan biri bo’ldi. U mehnatkashlarning qisuviga zarba berish maqsadida kapitalning ekspluatatorlik mohiyatini niqoblashni shu uyushmaning vazifasi deb bildi.

Bu yerda gap sotsialistik qarashlarga qarshi, bozor munosabatlarga ustunligini ko’rsatish masalari yetakchidir.

Klark iqtisodiyotda ma’naviy omillarni hal qiluvchi omillar deb hisoblab, Avstriya maktabining asosiy metodologik usullariga qo’shiladi. U ishlab chiqarish munosabatlarini inkor etdi, uning konsepsiyasi notarixiy harakterda bo’lib o’zining qorishmaligi (eklektizmi) bilan ajralib turar edi. Klark taqsimotni siyosiy iqtisodning asosiy maqsadi deb bildi. U «Boylikning taqsimlanishi» asarida ijtimoiy daromadning taqsimlanishi mojarolarsiz amal qiladigan va ishlab chiqarishning har bir omiliga o’zi yaratgan boylik yig’indisi beradigan tabiiy qonun vositasi bilan boshqariladi, deb isbotlashga urindi.

J.Klark avvalgi iqtisodiy ta’limotlarni metodologik va nazariy jihatdan yangilashga intilib, uni tabiiy ravishda tenglashtirdi. Nazariy mexanikaga o’xshatib siyosiy iqtisodni uch bo’limga: 1) universal iqtisodiyotga, 2) iqtisodiy statikaga va

3) iqtisodiy dinamikaga bo’ldi.

Birinchisiga umumiy universal qonunlar, ikkinchisiga shu qonunlarning statik (harakatsiz) iqtisodiyot sharoitidagi, uchinchisida rivojlanish holatidagi qonunlar amal qilishini ko’rsatadi.

Siyosiy iqtisodni bunday bo’limlarga bo’lish, iqtisodiy fan vazifalariga yangilik kiritishdir. Bu narsa siyosiy iqtisodni ijtimoiy sinfiy muammolardan holi qildi (keyinchalik qarab chiqiladigan ijtimoiy-institutsional yo’nalishga e’tibor bering).

Klark jamiyat taraqqiyotida sifat siljishlari, inqilobiy sakrashlar bo’lishi mumkin emas, deb hisoblaydi. U mo’tadillik-sobitlikni jamiyatning asosiy holati deb hisoblaydi va muvozanat nazariyasining nusxalaridan birini rivojlantiradi.

Iqtisodiy dinamikaga qilingan murojaat qilinishi muhim yangilik bo’ldi, chunki u iqtisodiyotning ishlab chiqarishdagi holatini juz’iy hodisa deb hisoblaydi.

J.B.Klark boshchiligidagi Amerika maktabi namoyondalari yo’l qo’ygan kamchiliklardan qat’iy nazar bu iqtisodchilar erishgan ilmiy natijalar katta ahamiyatga egadir.

Avstriya va Kembridj maktabi iqtisodchilari tovarlar bozori va ayrim korxonalar tajribasida qo’llanilgan ilmiy taxlilni J.B.Klark o’zgacha, ya’ni makroiqtisodiyotni o’rganishga olib kirishga harakat qildi. Ijtimoiy mehnat, ijtimoiy kapital va befarqlik zonalari tushunchalari yuzaga keldi, shuningdek, «eng yuqori unumdorlik» nazariyasida qo’llanilgan ilmiy tahlil va tushunchalarni hozirgi davr iqtisodiy nazariyalarida uchratishimish mumkin, bu esa Amerika maktabining yuksak ilmiy ahamiyatini belgilaydi.

19-asr oxiri 20-asr boshlarida Lozanna maktabi (L.Valras, V.Pareto, K.Viksell va boshqalar) vujudga keldi, ular tomonidan matematikani iqtisodiyotga qo’llash yuksak darajagi ko’tarildi. Hozirgi davrda bu usul ekonometrika sifatida alohida rivojlangan.

Neoliberal yo’nalish tarafdori M.Fridmenning monetar konsepsiyasida «ishsizlikning tabiiy normasi» sharoitida pul miqdorini 3-4% oshirish iqtisodiy o’sishga olib kelishi tahlil etildi. Keynschilik o’rniga (1970) kelgan bu yo’nalish Buyuk Britaniya (Tebcher), AqSh(Reygan), Chili va boshqa mamlakatlar rivojiga ijobiy ta’sir etdi. Hozirgi davrda jahonda neoklassik yo’nalish iqtisodiy fikrlashda yetakchi, ammo davlat roli ham tan oladi.

Keyingi davrlarda «neoklassik sintez» konsepsiyasi vujudga keldi, uning muallifi P.Ssamuelson(1915) jahonga «Ekonomika» darsligi bilan mashhur. Bu kitob

1948y. yozildi va 15 martda qayta nashr etilgan. Bu asar uchun unga 1970y. Nobel mukofoti laureati unvoni berilgan. Bu asarda asosiy e’tibor ommaviy ishsizlik va inflyatsiyani yengish masalalariga qaratilgan. Bu qarashlarda hozirgi yangi keynschilik va neoliberal g’oyalarning bir-biriga ta’siri (sintezi)ni ko’rish mumkin. Umuman, hozirgi davrda barcha iqtisodiy g’oyalar o’rtasida (toboro yaqinlashuv va bir-biriga ta’siri) aralash g’oyalar kuzatilmoqda.

  1. U.Jevons va L.Valraspiig marjipalistik goyalari


Uilyam Stenln Jevons (18351882) L

XIX asrning oxirigacha U.Jsvons va unimg asarlari o‘zining kuchli matematik ifodasi tufayli o‘quvchilar tomonidan to‘liq e’tibor bilan qabul qilinmadi. Lekin uning g‘oyalaridagi sub’ektivmzm asosiy ilmiy asarlarida aniq o‘z o‘rnini topgan edi. Masalan, iste’mol, talab, foydalilik haqida o‘z holicha tushunchalar berish bilan birga U.Jevons tovarlar narxi uning me’yoriy foydaliligi bilan funkiional bog‘liqdir, deb ko‘rsatadi. Shuningdek, olim klassiklarning raqobat aqidagi fikrlarini qo‘llab, sotuvchi va oluvchi o‘zaro muloqatda bo‘lib kerakli ma’lumotni bir-biridan olishi mumkin deb ko‘rsatadi. Natijada u quyidagi XULOSAni keltirib chiqaradi: bozordagi sotuvchilar (sub’ektlar) insoplar eqtiyoji uchun zarur bo‘lgan tovarlarni muhayo qilib, ularning iste’mollarini to‘laroq qondiradilar. Shu fikri bilan U. Jevons dastlabkilardan bo‘lib, me’yoriy taxlilni maydonga tashlayda va marjiializm asoschilaridan byariga aylandi.

Leon Valras (18341910) marjinalizmning Lozonia (Shveysariya) deb ataluvchi maktabi asoschisi hisoblanadi. Unga keyinchalik Pareto, Italiyadan Borone, shvesiyalik Kassel, amerikalik Leontьev va boshqalar ko‘shildi. L.Valrasning «Sof iqtisodiy fan elementlari» (1874) asari iqtisodiyot bilimlari olamida matematikaning shahdam qadamlariga asos soldi. Shu sababli u matematik maktabning davomch —ch hamdir. Har qanday iqtisodiy 1ahlilni matematik izoxtashga intilish bu maktab va uning izdoshlarining o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi. Valrasning fikricha, har qanday iqtisodiy nazariyani faqat matematika asosida qisqa, aniq va ochiq isbotlash mumkin. Uning o‘zi matematikani yaxshi bilgan va Kurnoni o‘zining ustozi deb hisoblagan holda undan ilhomlangan.
Keyinchalik   «eng  yuqori  foydalshshk»  (naf)  deb   atalgan   tushunchani  L.Valras «poyoblik» (gagege) deb izohlaydi. Buni u miqdor iste’molning kamayuvchi funksiyasidir, deb ifodalayDi (ya’ni biror nozns’matning iste’mol soni oshishi bilan UNING noeblik mikdorining ko‘rsatkichi tobora pasayadi). L.Valras shuni anikdadiki, eng yuqorn foydalilik bu iste’molchi tomonidan (mazkur daromad doirasida) sarflanayotgan mablag‘larning so‘nggi porsiyalari (ulushi) uning uchun iste’mol etilayotgan barcha nozne’matlardan bir xil qoniqish hosil qilishidir.

Shu bilan birga iste’molchi A ne’mat  B  ne’matdan  qimmatliroq  ekanligini  o‘zi  belgilaydi.  Masalan,  unga  paypoq galstuqdan, go‘sht paypoqdan qimmatlirokdir va hokazo. Boshqacha qilib aytganda, iste’molchi o‘zining belgilangan daromadini galstukka nisbatan paypoqqa tezroq, paypoqqa nisbatan go‘shtga tezroq sarflaydi. Mana shunday turlituman ehtiyoj bo‘lganligi tufayli, iste’molchi har bir ne’matdan shunday miqsorda xarid qiladiki, so‘nggi juft paypoq, oxirgi galstuk va so‘nggi nimta go‘shtdan bir xil qoniqish hosil bo‘ladi. Faqat shundagina barcha sotib olingan narsalar unda maksimal umumiy qoniqishni paydo qiladi. L.Valras hamma iste’molchilar o‘z ehtiyojlarini  qoniqtirishda maksimumga ega bo‘lsalar (yuqorida aytilganlarning hammasini, shuningdek, har birining cheklangan daromadini hisobga olgan holda) iqtisodiy muvozanat yuzaga keladi, deb hisoblaydi..U bundan umumiy bozor muvozanati nima ekanligi to‘g‘risidagi masalani hal etishga muhim qadam qo‘yadi. Gap shundaki, har bir iste’molchi va har bir ishlab chiqaruvchi (har bir xaridor va sotuvchi) o‘z sheriklaridan va iqtisodiyotda ro‘y berayotgan barcha jarayonlardan to‘la ajralgan holda xarakat qila olmaydi. Boshqacha qilib aytganda, iqtisodiyotda hamma narsalar, barcha jarayonlar o‘zaro bog‘liq. Har bir baholash boshqa baholarga bog‘liq, ammo u ham boshqalarga ta’sir etadi. Bunga hayotda misollar bisyor. Masalan, mamlakatning biror hududida qishloq xo‘jaligining ortda qolishi shu mamlakat paytaxtida zargarlik buyumlariga talabning oshuviga olib kelishi mumkin.

Iqtisodchilar ikki xil o‘zaro bogliqlikni ajratadilar: o‘zaro almashinuv va o‘zaro to‘ldirish. Ularning har biri talab sohasida hamda ishlab chiqarish sohasida qayd etilishi mumkin. O‘zaro almashinuvga oid misollar iste’mol tovarlarida ko‘p uchraydi: plashch va zont, pivo va kokakola, qo‘y go‘shti va tovuq go‘shti, qand va shakar… Ishlab chiqarish sohasida: gisht va beton, paxta tolasi va sintetik tola, ko‘mir va gaz… o‘zaro almashinuv har doim ham to‘lato‘kis bo‘lavermaydi, shuning uchun odatda tovarlarning biri ikkinchisiga nisbatan afzalroq bo‘ladi (hammasi xaridorning beradigan bahosiga bog‘liq)Bir-birini o‘zaro to‘ldiruvchi nozne’matlarni odatda odamlar birgalikda iste’mol etishni istaydilar yoki shunga majbur bo‘ladilar. Masalan, qo‘ylak va galstuk, videomagnitofon va videokassetalar, nina va ip, avtomobil va benzin hamda shu kabilar. Ishlab chiqarish sohasida ham bunday misollar ko‘p: stanok va elektrenergiya, istalgan materiallar va unga kerakli asMAVZUuskunalar hamda hokazolar.

Mehnat va mashinalar ayrim holatda o‘zaro almashinuvchi resurslar sifatida, boshqa holatlarda o‘zaro to‘ldiruvchi bo‘lib kelishi mumkin. Xuddi shu fikrni mexnat, kapital va yerga qo‘llash mumkin. Klassik maktab vakillari uch resurs, ya’ni mehnat, yer va kapitalni faqat o‘zaro to‘ldiruvchilar deb hisoblashgan. Neoklassiklar (Tyunendan boshlab) esa ularni ma’lum darajada o‘zaro almashuvchi deb qaray boshlashgan. Iqtisodchilar ana shu ikki turdagi bog‘liqlikni aniklashning aniq yo‘llarini ishlab chiqdilar. Iste’molchining daromadi o‘zgarmas deb hisoblanganda tovarlarga u yoki bu turdagi bog‘liqlik boshqa tovarning narxi o‘zgarganda bu tovarga bo‘lgan talabning o‘zgarishiga mosligi bilan aniqlanadi. Agar bir tovarning narxi pasaysa va ikkinchi tovarga talab kamaysa, . demak, ularning ikkalasi o‘zaro almashinuvga qodir hisoblanadi. Masalan, go‘shtga narx pasaysa, makaronga talab kamayadi. Agar bir tovarga bo‘lgan narx pasayishi ikkinchi tovarga bo‘lgan talabning ortishiga sabab bo‘lsa, demak, bu tovarlar o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchilar hisoblanadi. Masalan, elektrenergiyaga bo‘lgan tarifning kamayishi elektrochangso‘rg‘ichlarga bo‘lgan talabni oshirishi mumkin va hokazo.

Amalda tovarlarning o‘zaro almashinishi yuqorida keltirilgan misollardagidan ancha kengdir. Bu har doim iste’molchi sotib olish fondini uning daromadi cheklanganligidan kelib chiqadi. Iste’molchi har doim tanlashga muhtoj, chunki u o‘z daromadini imkoni boricha maksimal umumiy foydalilikka ega bo‘lish uchun sarflashi kerak. Inflyatsiya sharoitida axrlining daromadi qadrsizlanib boradi. Bu sharoitda shuni kuzatish mumkinki, bir tovar iste’moli boshqa tovar iste’moli bilan almashtiriladi.

Bunda keyingi tovarning sifati pastroq va ammo har holda talabni koniqtiradi.

Shulardan XULOSA qilib aytish mumkinki, agar X tovar uchun talab (yoki taklif)ning haqiqiy ishonchli funksiyasini olishni istasak, bu funksiyaga faqat shu tovarning bahosinigina emas, balki hamma tovarlarning bahosini kiritishimiz zarur. Chunki biz X tovarning boshqa istalgan tovar bilan o‘zaro bog‘lanishining qaysi turda ekanligini oldindan bilmaymiz. Shu asosda Valrasning umumiy bozor muvozanati nazariyasi vujudga kelgan. Shu asosda paydo bo‘lgan Valras tenglamasi butun mamlakat va uning butun bozorini qamrab olgan. Masalani soddalashtirish maqsadida eksport va import yo‘q deb faraz qilinadi. Bu xayoliy (Robinzon kabi) orolda bir emas, ikkita yovvoyi odam mavjud. Ularning birida mais (makkajo‘xori), ikkinchisida o‘tin bor. Lekin xar biriga ham u, ham bu kerak. Ular beixtiyor bir-biri bilan savdolashishga muhtoj bo‘ladi. Har biri kamroq berib, ko‘proq olishga intiladi. Bir tomon ma’lum miqdordagi mais uchun maksimum o‘tin olishga, ikkinchi tomon xam o‘z navbatida ma’ium miqdordagi o‘tin uchun maksimum mais olishga intiladi. Ammo birinchi tomonga besh bog‘ o‘tin olish to‘rt miqdor mais berishdan muhimrokdir (chunki unda mais bor, lekin o‘tin yo‘q) va aksincha. Oqibatda bu almashinuv ikkala tomon uchun ham foydalidir. Chunki ularning  xar biri ko‘proq olyapman deb hisoblaydi.

Vaqt o‘tishi bilan orolda muhim o‘zgarishlar ro‘y beradi. Robinzonlar zaxiralarning yaqin orada tugashini tushunib yetdilar. Endi ular ishlab chiqarishni boshlashi kerak, degan qarorga keladilar. Eski, falokatga uchragan kemadan belkurak va boltaga o‘xshash asMAVZUlar topiladi. Ular ishga solinadi. Mehnat taqsimoti tufayli ularning biri mais yetishtiradi, ikkinchisi esa o‘tin yorishga tushadi. Barter savdo davom etaveradi. Kunlardan bir kun orolda uchinchi kishi paydo bo‘ladi. U ma’lum vaqt mehmon sifatida yashaydi, ammo tekin kun ko‘rish mumkin emas, bozor qonunlari jiddiy. Nima qilmoq kerak? Uchinchi kishi birinchidan ozroq mais va ikkinchisidan ozroq o‘tinni qarzga oladi va viski ishlab chiqarishni boshlab yuboradi (qanaqa apparatdan olishi tijorat siri). Shunday qilib, uchinchi shaxsda o‘z qarzlaridan qutulish imkoniyati, ya’ni don va o‘tin uchun to‘dov imkoni paydo bo‘ldi. Xo‘sh, bu holatda baholar qanday shakllanadi? Bu ko‘rinishda uch xil tovar va ikki xil ishlab chiqarish omili yer va mehnat bo‘lgan iqtisodiyotga ega bo‘ldik (oroldagilar qo‘lida ishlab chiqarish inventari kapital toifasiga kiradi). Ammo uning bahosi pastligi sababli e’tiborga olinmadi. Robinzonlar ikkita bo‘lganda baxrlar muvozanati birinchi va ikkinchi tovarning cheklangan foydaliligi darajasida bo‘lgan. Endi sharoit o‘zgardi. Birinchidan, ularning soni ortdi. O‘tin tayyorlovchining talabi donning chegaralangan ehtiyojidan tashqari uning viskiga bo‘lgan talabiga bogliq. U o‘z mahsulotining bir kismini quvonch bag‘ishlovchi ichimlikka almashuv tufayli mais olishga kamroq o‘tin bilan qoladi. Bunda har bir bog‘ o‘tinning foydalilik darajasi pasayadi. Xuddi shu fikrni boshqa Robinzonlarga ham qo‘llash mumkin. Almashuvning uch ko‘rinishi mavjud bo‘ladi: 1. Mais o‘tinga; 2. Mais viskiga. 3. O‘tin viskiga. Har bir ishtirokchining tovari talab funksiyasi va o‘z tovarining taklif funksiyasi bor. Shunday qilib, biz oltita talab funksiyasi va uchta taklif funksiyasiga ega bo‘lamiz, ularning har.biri boshqalarning hammasiga bog‘liq.

Ikkinchidan: endi ishlab chiqarish resurslari (mehnat va yer hisobga olinadi. Bu yerda shunday fikr yuritish mumkinki, mais egasi 20 o‘lchov donga bir krujka viski oladi, deylik. U maisni qancha ko‘p yetishtirsa, shuncha ko‘p viski oladi. Buning uchun u ekin maydonini kengaytiradi va ko‘p hosil oladi, ammo uning mahsulotining bahosi kamayib ketadi va bir krujka viski uchun 25 o‘lchov don berishi kerak bo‘ladi. Xuddi shunday holat boshqalarda am ro‘y berishi mumkin, ammo ulardagi bu holat mehnat sarfi hisobiga ro‘y beradi. Nima qilmoq kerak? Bunda mahsulotning shunday muvozanat miqdorini topish kerakki, unda resurslarning chegaralangan sarfi mahsulotni sotishdan olinadigan chegaralangan daromadga teng bo‘lishi darkor. Bunda yana bir holat qayd etilishi mumkin.

Yangi Robinzon makkorlik bilan ko‘proq mais olib, zaxirasi xisobiga o‘tin olish kombinatsiyasini o‘ylashi ham mumkin (mais egasidan vaqgincha hech narsa olmaydi). Bunda raqobat paydo bo‘ladi. O‘tin egasi maisni kimdan olishni (almashuvni) o‘ylab ko‘radi. Albatta, buning uchun viski egasi avvalroq ko‘proq mehnat sarflashi kerak bo‘ladi. Ammo dehqon viski egasining faoliyatini to‘g‘ri baholab, donning bir qismini zaxiraga qo‘ya boshlaydi. Viskining bahosi pasayadi va mehnat ko‘proq sarflangan bo‘ladi.

Albatta, bu misolda resurslar bahosi hisobga olinmagan. Haqiqiy iqtisodiyot haqida gap borganda yer bahosi renta mehnat bahosi ish haqi bilan ifodalanadi. Oxiroqibatda Valьras qonuni yuzaga keladi, uningcha bozor muvozanati sharoitida umumiy talab umumiy taklifga tengdir, boshqacha aytganda umumiy daromadlar umumiy harajatlarga tengdir. Bu yuqoriroqda aytib o‘tilgan Sey (bozorlar) qonunini eslatadi. Farq shundan iboratki, Sey bo‘yicha mahsulotlar mahsulotlarga almashadi, deb aytilgan bo‘lsa, Valьras tovarlar ro‘yxatiga iste’mol ne’matlari va ishlab chiqarish omillarinigina emas, balki pullarni ham kiritdi. XX asrning 3050yillarida asosiy mavjudlik teoremalari o‘z isbotini topdi. Ammo bu sohada hali o‘rganilishi zarur bo‘lgan zonapar mavjud. Valьras qonunida Yrol iqtisodiyoti asos qilib olingan. Texnologik koeffitsientlar o‘zgarmasdir va har bir resursning qo‘llanilishi hajmi ma’lum miqsor bilan cheklangan, har bir tovarga bo‘lgan talab funksiyasi ham o‘zgarmaydi va hokazo. Muvozanat tenglamasiga ko‘ra, bu barcha sharoitlar yig‘indisi natijasida biron yangilik ro‘y bermaydi. Unda texnika progressi yo‘q, foydalanilmagan, resurslar zaxirasi ishtirok etmaydi. Aholi sonining ortishi va uning tarkibiy o‘zgarishlari yo‘q. Yangi tovarlar va xizmat sohalari vujudga kelmaydi. Bu to‘la hoddagi statik (turg‘un) model. Haqiqatni o‘ta sodda holda qarab chiqishga asoslanadi. Lekin muvozanatning eng muhim sharti sifatqda iqtisodietning barcha tarmokutarida erkin raqobat bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Valьras modelining yana bir muhim tomoni shundaki, bozor muvozanati to‘la ish bilan bandlik sharoitida yoritiladi. Ko‘p asrlar davomida xo‘jalik ne’matlari qimmatining manbai nima, degan mavzuda munozaralar davom etib kelmoqda, u faqat mehnat sarfi bshtan belgilanadimi yeki ishlab chiqarish resurslarining sarfi bilanmi? Yoki aksincha qimmat nozne’matlar foydaliligi bilan belgilanib, undan ishlab chiqarish omillariga yuklanadimi? Baholarning so‘ngti (balki dastlabki) asosi to‘rrisidaga masala uzoq tarixga ega. U odatda sof ilmiy qiziqishdan siyosiy spekulyatsiyalar predmetiga aylanib ketgan. Xuddi shunday yana bir masala — kapital sarfi uchun foydaning paydo bo‘lish manbai hisoblanadi. Bu foyda qaerdan, qanday va nima uchun vujudga keladi? L.Valьras nazariyasi shu masalalarni hal etishga va qaramaqarshi lagerdagi muxoliflar pozitsiyasini kelishtirishga yordam bersa ajabmas. Uningcha, ishlab chiqarish chiqimlari (omillar sarfi va ularning baholanishi), daromadlar (omillarni taqsirlash), tovarlarni bozorda baholash (chegaraviy foydalilik), talab, taklif, ishlab chiqarish hajmlari… barchabarchasi bozorda birgaliqda va bir vaqgda aniqdanadi.




  1. Uzoq bozor davridagi ishlab chiqarish.

Qisqa davrda ishlab chiqarish omillaridan biri o’zgaruvchan, boshqalari o’zgarmay qolsa, ishlab chiqarishning rivojlanishi, kengayishi o’zgaruvchan omillar qaytimi (unumdorligi)ning kamayib borishi qoidasiga bo’ysunadi. Uzoq davrda, firma barcha ishlab chiqarish omillarini o’zgartirish imkoniyatiga ega. Ishlab chiqarish hajmini tejash qoidasi amal qiladi. Agar shu mavjud texnologiya sharoitida ishlab chiqarish hajmini oshirish barcha resurslarni teng miqdorda, proporsiyada oshirib borish hisobiga ta ‘m inlansa, ishlab chiqarish samarador bo’ladi, ishlab chiqarish ko’lamining o’zgarishi holati sodir bo’ladi. U zoq davr shunday vaqt oralig’iki, bunda barcha omillarni — mehnat, material xarajatlarini o’zgartirish uchun vaqt yetarli bo’ladi. Bunday ishlab chiqarish omillari «o’zgaruvchan omillar», deb yuritiladi. Uzoq davrda korxona quwatini ham o’zgartirish imkoniyati bor, lekin turli xil mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish muddati turlicha. Bunga sabab mahsulotni ishlab chiqarishning murakkabligi, xususiyatlari, og’ir-yengilligidir. Masalan, salqin ichimliklar uchun uzoq davr 12 kun bo’lsa, neft-kimyo yoki avtomobil firmalari uchun 10 yil m uddatni tashkil etadi. Farazga ko’ra, dastlabki ishlab chiqarish hajmining ishlab chiqarish omillari (funksiyalari) quyidagicha:

Q0=f ( K, L)

Unda ishlatiladigan resurslar hajmini N marta oshirgandan so’ng ishlab chiqarish funksiyasi quyidagicha ko’rinish oladi:

Q0 = f ( NK , NL ) .

Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday korxonani asosiy maqsadi foyda olishdir. Ammo ushbu maqsadni amalga oshirish, unga erishish, ishlab chiqarish xarajatlarini miqdori va korxona ishlab chiqaradigan mahsulotga bo`lgan talab bilan chegaralangandir.

Binobarin, ishlab chiqarish xarajatlari foydani asosiy chegaralovchisi va shu vaqtni ichida taklif xajmiga ta’sir etuvchi asosiy omildir. Shuning uchun ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish, uning tarkibini tahlil etish korxona samaradorligini oshirish, uni oqilona boshqarishining muhim shartlaridan biridir. Keling endi xarajatlar masalasiga iqtisodiyot nazariyasidagi mavjud yondashuvlarni ko`rib chiqaylik. Mehnat nazariyasiga asosan K. Marks ishlab chiqarish xarajatlarini tova ishlab chiqarishga sarflar (ish haqi, xom ashyo, yoqilg`i, mehnat qurollarini amortizatsiyasi) sifatida talqin etgan. Undan tashqari ishlab chiqarish xarajatlariga u savdodagi xarajatlarni ham qo`shgan. Birinchi xil xarajatlarni u ishlab chiqarish, ikkinchi xilini esa muomala xarajatlari deb atagan. Bunda u bozordagi ahvol va boshqa hollarni e’tiborga olgan. Marks tovarning qiymatini ishlab chiqarish xarajatlari tashkil etadi degan fikrga asoslangan.

Hozirgi davrda iqtisodiyot nazariyasi xarajatlar tasnifiga boshqacha yondoshadi. U resurslarning chegaralanganligi, noyobligidan va ulardan al’ternativ foydalanish deganda daraxtdan mebel, qurilish materiali, qog`oz va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish imkoniyatlari tshuniladi. Bundan ma’lum ishlab chiqarishda qo`llanilayotgan biron-bir resursni iqtisodiy xarajatlari tovar ishlab chiqarish uchun eng oqilona ishlatish usuli qiymatiga teng. Resurslarni chegaralanganligi sababli har doim ishlab chiqarishni tashkil etish, tanlash muammosi oldida turadi. Tanlash bir vaqtining o`zida biror bir narsadan vos kechishni anglatadi. Shunday qilib, iqtisodiy xarajatlar — korxona tomonidan resurslarni yetkazib beruvchilarga to`lov, shuning deb ishlab chiqarishni aniqlangan variantini amalga oshirish uchun xuddi shu korxona tomonidan qo`llanishini ta’minlovchi ichki xarajatlardir. Yuqorida berilgan tarifdan biz xarajatlarni tashqi va ichki turlarga bo`linishini ko`rishimiz mumkin. Tashqi xarajatlarga o`z mahsulotini ishlab chiqarish uchun zarur narsalarni ya’ni ish haqi, yoqilg`i, xom ashyo va shu kabilarga tshuniladi. Ichki xarajatlar bu xususiy korxona egasi yoki magazin egasi o`ziga ish haqi to`lamaydi yoki o`z pulini savdoga qo`ygan bo`lsa, bankga qo`ygan taqdirdagi protsentini olmaydi. Ammo firma egasi normal foyda oladi. Aks holda bu ish bilan shug`ullanmas edi. Normal foyda xarajatlarni bir elementini tashkil etadi. Undan tashqari iqtisodiy yoki sof foyda ham farqlanadi, u umumiy tushumdan ichki va tashqi shuningdek normal foydani chegirib tashlash bilan aniqlanadi. Iqtisodiy foydadan buxgalteriya foydasi, umumiy tushumdan tashqi xarajatlarni chegirib tashlash orqali aniqlanadi..
Doimiy xarajatlar — bu ijara to`lovi, qorovullik xizmati to`lovi, boshqaruvchi va muxandislar maoshi va shu kabilardan iborat bo`ladi va ishlab chiqarish xajmiga bog`liq bo`lmaydi .
O`zgaruvchan xarajatlar — doimiyga kirmagan boshqa hamma xarajatlar, ya’ni xom ashyo, materiallar, yoqilg`I, elektr energiya, ish haqi va shunga o`xshashlardan iboratdir. Korxona faoliyatini tashkil etish va oqilona boshqarish mahsulot birligiga qilingan xarajatlar (O`IH) bilish muhimdir. O`rtacha xarajatlar, umumiy xarajatlar miqdorini korxona ishlab chiqargan mahsulot hajmiga bo`lish orqali hisoblanadi. Xuddi shu yo`sinda o`rtacha doimiy (O`DX) va o`rtacha o`zgaruvchan (O`O`X) xarajatlar farqlanadi.

Korxona faoliyatining asosiy maqsadi foyda olish uning miqdorini muttasil oshirib borishdan iboratdir, ushbu xol esa chegaraviy xarajatlar tshunchasini qo`llashga sabab bo`ladi.

Chegaraviy xarajatlar (ChX) deganda hisoblangan va aslida ishlab chiqarish hajmiga nisbatan har bir qo`shimcha mahsulot ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar.

Yuqorida qayd qilingan endiki doimiy xarajatlar ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga bog`liq bo`lmaydi, aksincha o`zgaruvchan xarajatlar esa ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga bog`liqdir, ammo bu bog`liqlik bir xilda emasdir. Birinchi bosqichda o`zgaruvchan xarajatlar kamayib boradi, chunki ishlab chiqarish ko`lami oshib boradi. Ma’lum davrdan boshlab o`zgaruvchan xarajatlar birligini (masalan mehnat) belgilangan resursga (yer, kapital) qo`shib borish kamayib boruvchi qo`shimcha yoki chegaraviy mahsulotni beradi. Bu hol iqtisodiyotda “kamayuvchi samara qonuni” degan nomni olgan. Masalan, stanokda xizmat ko`rsatuvchi ishchilarning soni ortib borsa unda ularning qanchalik ko`proq ishlab chiqarishga jalb etilishiga mos ishlab chiqarish hajmi sekin o`sib boradi. Demak, korxonalarning ishlab chiqarish xarajatlarini miqdori qo`llanilayotgan resurslarni miqdoriga bog`liq. Ishlab chiqarishda qo`llanilayotgan resurslarning miqdorini ayrim hollarga nisbatan tez o`zgartirish mumkin, boshqa hollarda esa u uzoq davrni talab etadi. Binobarin, iqtisodiy tahlil jarayonida qisqa muddatli va uzoq muddatli davrlarni farqlash zarurdir. Iqtisodiy nuqtai nazaridan ular o`rtasidagi farq ishlab chiqarish quvvatlarini o`zgartira olishidadir. Qisqa muddatli davrda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tshurish mumkin. Shunga ham e’tibor berish kerakki, ushbu davrlarni chegarasi har xil tarmoqlarda turlichadir. Qisqa va uzoq davrini farqlash firmani foydasini ko`paytirish strategiyasi va taktikasini aniqlashda muhimdir.

Firmaga qisqa muddatli davrda qaror qabul qilishida mahsulot birligi xarajatlarni ta’siri muhimdir. Mahsulot birligiga xarajatlar, mahsulotni ishlab chiqarish o`sib borgan sari pasayadi, chunki ularni absolyut miqdori o`zgarmasdir. O`zgaruvchan xarajatlar boshlang`ich davrda, ishlab chiqarish ko`lamlarini ortishi sababli kamayib boradi. Undan so`ng esa ko`lam samarasini ustidan “kamayuvchi samara” qonuni ustun kelishi natijasida mahsulot birligi o`zgaruvchan xarajatlar o`sib boradi. Masalan, konditer fabrikada dastgohlarni uch smena ishlatish, ularni ishlash samarasini pasayishiga olib keladi, chunki uchinchi smenada ishlash dastgohlarni profilaktika qilishga imkon bermaydi, natijada dastgohlarni unumsiz to`xtashlari ko`payadi va u ishlab chiqarish natijalariga salbiy ta’sir ko`rsatadi. Bunda yalpi xarajatlar (O`IH) egri chizig`i uni tashkil etuvchi O`DX va O`O`X har biriga nisbatan tezroq pasayib boradi.

4. Marjinalizm. Iqtisodiy ta’limotlarda neoklassik yo‘nalishning shakllanishi


XIX asrning 70yillarida Avstriya maktabining shakllanishi iqtisodiyot fanida katta voqea bo‘ldi. Uning nazariyotchidari fanda marjinalizm deb nomlangann iqtisodiy nazariyani ilmiy asoslab berdilar. Bu nazariya qoidalari klassik iqtisodiy maktabdan shu darajada farq qilardiki, u ayrim xollarda fandagi to‘ntarish deb qam baholanadi. Yangicha yo‘nalishni taklif qilgan iqtisodchilar tovarlar (ne’matlar) kimmatini unga bo‘lgan sub’ektiv munosabatlar bilan anikladilar. Xar qanday ne’matlar kishilarning talabini qanoatlantirishi darajasiga qarab, foydalilik kasb etishi mumkindir. «Foydalilik» va «qimmat» toifalari o‘rtasida o‘zaro bogliqlik mavjud bo‘lib, har qanday ne’mat foydalidir, lekin u qimmatli bo‘lmasligi ham mumkindir. Foydali bo‘lgan ne’matlargina ma’lum darajada qimmatli bo‘ladilar. Foydalilik va qimmatlik toifalarini ajratib ko‘rsatish bilan birga marjinalistlar qiymatning mehnat nazariyasini butunlay inkor etdilar. Ular bozorlardagi iqtisodiy ne’matlarning narxini unga sarf bo‘lgan mehnat va ishlab chiqarish harajatlari bilan emas, balki iste’molchining sub’ektiv ravishda bu ne’mat qimmatini belgilashida o‘z o‘rnini topadi, deb hisoblaydilar. «Eng yuqori foydalilik» nazariyasi o‘ta sub’ektivligi uchun tartibsizligi va to‘la isbotlangan faktlardan keng foydalanganligi uchun ko‘p marta haqli tanqid qilindi. Lekin hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlarida Avstriya maktabining g‘oyalarida ayniqsa, mikroekonomika bo‘limida keng foydalanib kelinmoqda.

XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning boshlarida iqtisodiy ta’limotlarning rivojlanishi (evolyusiyasi) kapitalizm iqtisodiyotida uning siyosiy ustqurmasida yuz berayotgan tub siljishlarni aks ettirar edi. XIX asrning so‘nggi choragida erkin raqobatning monopoliyaga aylanishi iqtisodiyotdagi eng muhim hodisa bo‘ldi. Bu jarayon kapitalizm ziddiyatlarning, ayniqsa, mehnat bilan kapital o‘rtasidagi ziddiyatlarning chuqurlashuvi va keskinlashuvi bilan ayni bir vaqtda ro‘y berdi. XIX asrning 70yillaridan boshlab qiymat nazariyasi va uni ilmiy tahlil qilishda ham chinakam inqilobiy o‘zgarish yuz berib aynan shu davrda Yevropaning bir nechta mamlakatlarida turlicha nazariy maktablar shakllandi. Ushbu maktablar yaratgan iqtisodiy ta’limot fanida «marjinalizm» ta’limoti deb nomlanib, XX asrning 30 yillarigacha o‘z mavqeini saqlab turdi.

Marjinalizm fransuzcha “marjinalь” so‘zidan olingan bo‘lib «eng yuqori» (chegaraviy) degan ma’noni bildiradi.

Bu boradagi o‘zining ilk fikrlarini U.Stenli Jevons 1862 yilda Britaniya fanlarini rivojlantirish Assotsiatsiyasida qilgan «Siyosiy iqtisodning umumiy nazariyasi haqida qisqacha bildirish» nomli ma’ruzasida bayon etgan edi. 1871 yilda esa U.Jevons yangi nazariyasini ilmiy asoslashga bag‘ishlangan fundamental asar bo‘lgan «Siyosiy iqtisod nazariyasi» nomli kitobini Angliyada nashr qildirdi. Aynan mana shu yili 1871 yilda Avstriyada Karl Mengerning «Siyosiy iqtisod asoslari» nomli kitobi ham e’lon qilindi. Bu kitobda ham xuddi mana shu «eng yuqori foydalilik» nazariyasi tahlil qilinib, matematik formula va teoremalarsiz ilmiy jihatdan asoslab berildi. 1874 yilda Shveysariyada Leon Valrasning «Sof iqtisodiyot fani elementlari» nomli kitobi nashrdan chiqdi. Bu kitobdagi iqtisodiy nazariya to‘liq ravishda matematik jihatdan rivojlantirildi. Shunday qilib, yangi yo‘nalish bir vaqtda uchta olim tomonidan turli mamlakatlarda ingliz, nemis va fransuz tillarida ilmiy jihatdan asoslab berildi.

Marjinalizm va uning rivojlanish davrini ikki bosqichga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofikdir.

Birinchi bosqich XIX asrning 70 80 yillarini o‘z ichiga olib, iqtisodiy tahlilning dastlabqi marjinalistik g‘oyalarini mujassam qilgan dastlabki ilmiy asarlar yaratildi (KMenger, U.Jevons va L.Valras asarlari). Bu davrda asosiy kechib uni bu ko‘rinishi inson psixologik xususiyati, ya’ni uning hissiyoti va qabul qilishi asosida o‘rganiladi. Shuning uchun marjinalizmning bu bosqichi iqtisodiy ta’limotlardagi «sub’ektiv yo‘nalish» deb ataldi.

Ikkinchi bosqich XIX asrning 90 yillariga to‘g‘ri kelib, bu davrdan boshlab marjinalizm ko‘pgina mamlakatlarda mashhur va asosiy ta’limotga aylandi. Marjinalistlarning bu davrda erishgan asosiy yutuglari sub’ektivg‘psixologik yo‘nalishdan voz kechib, iqtisodiyotning asosiy maqsadi bu iqtisodiy hayotning doimiy borishini mavjud shartsharoitlar asosida tushuntira bilish demakdir, dedilar. Natijada yangicha iqtisodiy g‘oyalar namoyandalari klassik iqtisodiy maktabning davomchilari sifatida baholanib, ularga neoklassiklar deb nom berildi.

Marjinal rivojlanishning ikkinchi bosqichini, ya’ni neoklassik iqtisodiy ta’limotni rivojlanishiga yirik iqtisodchi olimlar A.Marshall, Dj. B.Klark va V.Pareto katta hissa qo‘shdilar. Marjinal iqtisodiy goyalarni yuqorida qayd etilgan ikkala bosqichini o‘ziga xos xususiyatlarini quyidagicha ta’riflashimiz mumkin.



Birinchi. Dastlabki marjinalistlar o‘zlarining sub’ektiv oqimlarida asosiy e’tiborni iqtisodiy taxlil jarayonida iste’mol (talab)ning tutgan o‘rnini o‘rganishga qaratib, klassiklardan farqli ravishda ishlab chiqarish (taklif)ni ikkinchi darajali qilib qo‘ydilar. Keyinchalik neoklassiklar har ikkala jarayonni birgalikda o‘rganib ancha mukammal ta’limot yaratdilar.

Ikkinchi. Birinchi bosqich marjinalistlari sub’ektiv yo‘nalish vakillari klassiklar singari sabab oqibatga asoslangan ilmiy tahlilni qo‘llab, ularning g‘oyalarini ma’lum darajada takrorladilar. Lekin birgina katta farq sub’ektiv maktab qo‘llagan iste’mol va tovarlarning foydaliligi usuli ularni klassik maktab usulidan farqladi. O‘z navbatida marjinalistlarning neoklassik yo‘nalishi funksional ilmiy tadqiqotni maydonga tashlash bilan birga ishlab chiqarish va iste’molni yaxlit holda o‘rganib, me’yoriy iqtisodiy o‘lchamlarni taqsimot va ayirboshlash jarayonlariga ham tatbiq etdilar.

Uchinchi. Marjinal inqilobning birinchi bosqichidan farq qilib, ikkinchi bosqichda funksional ilmiy uslub bilan birga iqtisodiy tahlilga iqtisodiy jarayonlarni matematik modellashtirish usuli xam olib kirildi. Shu jumladan, har ikkala bosqich nazariyotchilari «erkin» raqobat yerdamidagi iqtisodiy o‘sishni haligacha avtomatik ravishda qo‘llab kelinmoqda, degan fikrga keldilar.

To‘rtinchi. Neoklassiklar iqtisodiy ta’limotlar tarixida alohida o‘rin egallagan klassiklardan iktisodiy liberalizm tamoyillariga sodiq qolishni meros qilish bilan birga tadqiqot mavzuini yanada kengaytirib, unda funksional tadqiqot usulidan va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni taqqoslash usuli va nihoyat tizimli matematik usuldan keng foydalanishni amalga oshirdilar.

Mehnat xarajatlari emas, balki foyda uchun asosni oladigan nazariyaning paydo bo'lishi "marjinalistik inqilob" sifatida talqin qilinadi. Marginallik iqtisodiy fikrning mustaqil oqimi sifatida 19-asrning 2-yarmida shakllandi, bunga ob'ektiv omillar sabab bo'lgan. XIX asr oxiri. Bu g'arbiy Evropa va AQShda jadal iqtisodiy rivojlanish davri edi, bu tugallangan sanoat inqilobining natijasi edi. Eng rivojlangan kuchlar sanoat kapitalizmi va erkin raqobat davriga kirdi. Mehnat taqsimotining chuqurlashib borishi munosabati bilan davlatlar ichida ham, davlatlar o'rtasidagi ham bozor munosabatlarining kuchli rivojlanishi zamondoshlarning narxlarni shakllantirishga, pulning roli, bozor subyektlarining muomala qonunlariga va boshqalarga e'tiborini kuchaytirdi. Ushbu muammolar marjinalistlarni o'rganishning asosiy ob'ekti bo'lgan.

Tez iqtisodiy rivojlanish inqirozlar, ijtimoiy keskinlikning kuchayishi bilan birga kechdi. Bu o'sha paytdagi iqtisodiy tartibni yo'q qilish muqarrarligini asoslaydigan marksistik nazariyaning keng tarqalishi uchun zamin edi.

Klassik maktabda ma'lum bir inqiroz yuz berdi; Germaniyadagi tarixiy maktab siyosiy iqtisod klassiklarining uslublariga shubha tug'diradigan mashhurlikka erishmoqda.

Shu sababli, olimlar - iqtisodchilarning iqtisodiy nazariya inqirozidan chiqish yo'llarini, ularning zamonaviy iqtisodiy tartibiga ba'zi yangi istiqbollarni ochishga bo'lgan intilishlarini marjinalizmning paydo bo'lishi uchun hech qanday ahamiyatsiz sabab deb hisoblash mumkin.

Xulosa.

Biz xulosa o’rnida shuni takidlab o’tishni joiz deb bildik . Men ushbu kurs ish orqali ishlab chiqarishni ma mlakat va insonlar hayoti uchun qay darajada aha miyati katta ekanligini anglab yetdim. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida bizning asosiy masala miz iqtisodiyotimiz strukturasini tubdan o’zgartirish, xom ashyo yetkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o’tish, uning sifatini va raqobatga bardoshliligini jahon bozori talablari darajasiga yetkazibgina qolmay ularni istemolchiladga yetkazib berishdan iborat. Bunda tarkibiy o’zgarishlarda respublika uchun eng asosiy hisoblangan tarmoqlarni jumladan, yoqilg’i-energetika va g’alla komplekslarini rivojlantirishda iqtisodiy mustaqillikni ta’minlash shuningdek, bu o’zgarishlar respublika iqtisodiyoti uchun ustuvor hisoblangan, boy tabiiy, mineral xom-ashyo, mehnat resurslariga asoslangan ha mda istiqbolda xalqaro va davlatlararo me hnat taqsimotida, jahon bozorida O’zbekistonning mustahka m o’rin egallashini kafolatlovchi ishlab chiqarishlarni ildam sur’atlar bilan o’stirishga qaratilishi lozim. Jahon talablari darajasidagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish, ularning raqobatga bardoshligini oshirish muhim vazifa hisoblanadi. Buning uchun korxonalarni za mona viy ilg’or texnologiya, eng yangi uskunalar, ayniqsa, kichik va o’rta korxonalar uchun mo’ljallangan ixcha m uskunalar bilan jihozlash, ichki bozorni to’ldirish uchun kerakli mahsulotni ishlab chiqaradigan kichik, ixcha m texnologiyalarni konsepsiyasini va milliy dasturini ishlab chiqish zarurligi g’oyasi ilgari suriladi. Bunday dasturning ishlab chiqilishi va amalga oshirila boshlanishi - iqtisodiy islohotlar ikkinchi bosqichining ustivor vazifasidir.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. Shodmonov Sh.Sh., Jo`raev T.T., Romanovskiy G.M. «Iqtisodiyot nazariyasi» fanidan namunaviy dastur (bakalavr yo`nalishi uchun). -Toshkent, 2004. -28b

  2. O`zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi ko`rsatkichlari. -T.: YuSAID, 2005.

  3. Avt. jamoasi. Menejment va biznes asoslari. T.: "Mehnat" 1997.

  4. Rasulov M.’’ Bozor iqtisodiyoti asoslari’’. T.: "O’zbekiston" 1999.

  5. ABD UR AHM ON O V Q. X. ‘’ME HN AT IQT IS OD IYOT I VA SOTSIOL OG IYAS I.’’ T.: "MEH N AT " 2002. Hakimova M, Xo’jaev X, Mahmudov B. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar. T.: "O’qituvchi" 1997. Azizxo’jaev A va boshq. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. T.: "O’zbekiston" 2002.

  6. Abdullaev Yo. Bozor iqtisodiyoti asoslari. T.: "Mehnat" 1997.

  7. Avt. jamoasi. Menejment va biznes asoslari. T.: 33 "Mehnat" 1997.

  8. Robert Pindayk, Daniel Rubenfeld ”Mikroiqtisod” “sharq” nashriyoti Toshkent 2002.

  9. Erkin Egamberdiyev “Mikroiqtisodiyot” G’ofur G’ulom nomidagi nashiriyot –matbaa ijodiy uyi Toshkent 2005.

  10. Undan tashqari quyidagi internet sayitlaridan ham foydalanildi.

http://www.reviev.uz

http://www.cer.uz

www.stat.uz

www.uza.uz



www.uzexport.com





Download 51.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling