201-Guruh 2 kurs Geografiya metodikasi Shomurodov Ruzmat Davranovich Mavzu: Tog’ kon sanoati


Download 144.63 Kb.
bet1/3
Sana15.07.2020
Hajmi144.63 Kb.
#123914
  1   2   3
Bog'liq
Tog' kon sanoati



201-Guruh 2 kurs Geografiya metodikasi

Shomurodov Ruzmat Davranovich

Mavzu: Tog’ kon sanoati



Kon sanoati, kon qazib olish sanoati — foydali qazilmalar konlarini qidirish, ularni yer ostidan kazib olish, dastlabki qayta ishlash — boyitish boʻyicha ishlab chiqarish tarmoqlari majmui. Kon sanoati kuyidagi asosiy guruhlarga boʻlinadi: 1) yoqilgʻi (neft, tabiiy gaz, koʻmir, slanets, torf) qazib olish sanoati; 2) ruda (temir rudasi, marganets rudasi, rangli metallar, asil va noyob metallar rudalari, radioaktiv elementlar) qazib olish sanoati; 3) nometall qazilma va mahalliy qurilish materiallari sanoati (marmar, fanit, asbest, boʻr, dolomit, kvarsit, kaolin, gips, mergel, dala shpati, ohaktosh va boshqalarni qazib olish); 4) kon-kimyo (apatit, kaliy toʻzlari, nefelin, selitra, oltingugurt kolchedani, bor rudalari, fosfat xom ashyosi qazib olish) sanoati; 5) gidromineral suvlar (mineral yer osti suvlari, suv taʼminoti va boshqa maqsadlar uchun suv) olish sanoati.

Kon ishi qad. davrlardan beri maʼlum. 18-asr oxiri — 19-asr boshlaridan jadal rivojlana boshladi. 20-asr oxirlariga kelib dunyoda yiliga 5 mlrd. t dan ziyod koʻmir, 3 mlrd.t dan ziyod neft, 2,3—2,5 trln. m3 tabiiy gaz va 1 mlrd. t temir rudasi qazib olinmoqda. Boshqa turdagi mineral xom ashyoni qazib olish hajmi kamroq. Jumladan, dunyoda keyingi vaqtda yiliga 2,2—2,3 ming t oltin qazib olinmoqda. Jahonda uran yetkazib beruvchi yirik mamlakatlar qatoriga Kanada, Avstraliya va JAR, kaliy toʻzlari boʻyicha Kanada va Germaniya davlatlari kiradi. Temir rudasini qazib olish iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda ham (AQSH, Kanada, Avstraliya, JAR, Shvetsiya, shuningdek, Rossiya va Ukraina), rivojlanayotgan mamlakatlarda ham (Xitoy, Braziliya, Hindiston, Venesuela, Liberiya) keng miqyosda amalga oshirilmoqda.



Xalqaro geografik mehnat taqsimotining chuqurlashishi va yanada rivojlanishi dunyoda 6 ta yirik Kon sanoati markazlarining shakllanishiga olib keldi. Ularning hissasiga jami qazib olingan xom ashyo va yoqilgʻining 2/3 qismi toʻgʻri kelmokda. Shunday mamlakatlar qatoriga AQSH, Kanada, Avstraliya, JAR, Rossiya va Xitoy kiradi. Kon sanoati koʻpchilik boshqa mamlakatlarda ham rivojlangan. Lekin ularda xom ashyo yoki yoqilgʻining bir-ikki turi kazib olinadi, xolos. Jumladan, dunyoda koʻmir qazib olishda Polsha, mis rudasi qazib olishda Chili, qalay rudasi qazib olishda Malayziya, neft qazib olishda Fors koʻrfazi mamlakatlari yuqori oʻrinlarni egallaydi.



Oʻzbekiston Respublikasi jahonda Kon sanoati yuqori rivojlangan mamlakatlar qatoridan mustahkam oʻrin olgan. Hozirga qadar Oʻzbekistonda hammasi boʻlib 2,7 mingdan ziyod istiqbolli turli foydali qazilma konlari aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral-xom ashyo turlarini oʻz ichiga oladi. Muhim strategik manbalar — neft va gaz kondensati, tabiiy gaz boʻyicha 155 ta kon, qimmatbaho metallar boʻyicha 40 dan ortiq, rangli, nodir va radiaktiv metallar boʻyicha 40, kon-kimyo xom ashyosi boʻyicha 15 ta kon va boshqa qidirib topilgan va ishga tushirilgan.



Mamlakatimizdagi mineral resurslar xomashyosi 5,7 trillion dollarga baholangan. Shundan qidirib topilgan foydali qazilmalar va tayyorlangan konlarning qiymati bir trillion dollardan ortiqni tashkil etadi.
Bu haqda “Oʻzekspomarkaz”da davom etayotgan “Togʻ-kon ishi, metallurgiya va metallga ishlov berish – Mining Metals Uzbekistan 2019” 14-xalqaro forumida maʼlum qilindi.
6-noyabr kuni “Oʻzbekistonning togʻ-kon sanoati: imkoniyatlar, istiqbollar va investitsiyalar” mavzusida boʻlib oʻtayotgan xalqaro forumda mamlakatimizning bu boradagi imkoniyatlari, xalqaro yetakchi kompaniyalarning tajribasi oʻrganildi.
“Kongress Servis” kompaniyasi tomonidan respublika geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi koʻmagida tashkil etilgan tadbirda Avstraliya, Xitoy, Janubiy Afrika, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Latviya, Eron, Turkiya, Qozogʻiston, Rossiya kabi dunyoning 15 dan ortiq davlatidan 100 ga yaqin kompaniya vakillari, xalqaro ekspertlar, togʻ-kon sanoati mutaxassislari ishtirok etdi.
Mamlakatimizda ilk bor oʻtkazilayotgan mazkur xalqaro forum sanoat rivojining muhim masalalari – konlarni qidirish, oʻzlashtirish, foydali qazilmalarni olish sohasida ilgʻor yutuqlarni joriy qilish, raqamlashtirish va sanoatning boshqa muhim yoʻnalishlariga mutaxassislar va ekspertlar eʼtiborini jalb qilish maqsadida tashkil etildi.

Togʻ-kon sanoati qayta ishlash sektorining muhim tarmoqlaridan biri boʻlib, iqtisodiyot, xususan, eksport salohiyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimizda togʻ-kon sanoatini jadal rivojlantirish, shu jumladan, geologik tadqiqotlar va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.


Maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston zamini oltin, uran, mis, kaliyli tuzlar, fosforitlar va kaolin kabi foydali qazilmalarning muhim turlari zaxira va resurslari boʻyicha jahon yetakchilarining kuchli oʻntaligiga kiradi. Eng muhim tabiiy boyliklar orasida gaz, neft, koʻmir kabi yoqilgʻi-energetika resurslari mavjudligi mazkur boyliklar qiymatini oshiradi, albatta.
Togʻ-kon sanoati zaxiralari boʻyicha ayni paytga qadar mamlakatimizning 20 foiz maydoni oʻrganilgan. Bu oʻz navbatida kelajakda yangi va yirik konlarni ochish istiqbollari mavjudligidan dalolat beradi. Shu boisdan ham keyingi yillarda Oʻzbekistondagi geologiya qidiruv ishlariga koʻplab xorijiy kompaniyalar qiziqish bildirmoqda.
Forumda ishtirokchilar shoʻbalarga boʻlingan holda, “Jahon togʻ-kon sanoatining muhim xatarliklari va imkoniyatlari 2020”, “Togʻ-kon sanoatida tashish va saqlash”, “Investorlarga tayyorgarlik koʻrish muammolari”, “Togʻ-kon qazib olishda digitallashtiruv”, “Tubdagi qidiruv ishlarida tuproqning geokimyosi”, “Sanoat 4.0 – togʻ-kon sanoatidagi raqamli oʻzgarishlar” kabi mavzularda togʻ-kon sanoatining ayni holati va istiqboli muhokama qilindi.
Shuningdek, geologik qidiruv ishlarida loyihalarni faollashtirish, mamlakatning togʻ-kon tarmogʻi investitsiyaviy salohiyatini keng targʻib qilish, texnologiyalarni jalb qilish va rudani qazib olish, boyitish va tayyor mahsulot holigacha qayta ishlash, togʻ-kon ishlarini modernizatsiya qilish masalalari boʻyicha oʻzaro fikr almashildi.
Mazkur xalqaro forum mamlakatimiz geologik qidiruv ishlarida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, innovatsion texnologiyalarni qoʻllagan holda Oʻzbekistonning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi.
Forum doirasida “Gold Ore”, “Epiroc Rock Drills AB”, “Olimpus”, “Kanex Krohne Anlagen Export”, “Micromine”, “Orica Monitor” kabi yetakchi kompaniyalarning tajribasi oʻrganildi.
Oʻzbekistonning “Xalqaro togʻ-kon anjumani – UIMF 2019” xalqaro forumi 7-noyabr kuni oʻz ishini davom ettiradi.

2017 yilning 9 oyligida 2016 yilning mos davriga nisbatan narxlarning birmuncha tez o‘sishi tog‘–kon sanoati va ochiq konlarni ishlash faoliyati tovarlari narxlarining o‘sishi bilan bog‘liq bo‘lib, yil boshidan narxlar 13,6 foizga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasining tegishli hisobotidaaytiladi.

Narxlarning birmuncha keskin ko‘tarilishi 2017 yilning iyun oyi holatiga to‘g‘ri keladi (10,3 foizga), bunda, Moliya Vazirligining reyestriga asosan xom neft va tabiiy gaz va kondensat narxlari o‘zgarishi sabab bo‘ldi. 

2017 yilning yanvar-sentabrida elektr, gaz, bug‘ bilan ta'minlash va havoni konditsiyalash tariflari 5,8 foizga oshdi (o‘rtacha oylik o‘sish 0,6 foiz). Asosiy o‘zgarishlar issiqlik energiyasi 13,4 xamda elektr energiyasiga tariflarning 6,9 foizga shuningdek, gaz va yer osti gaz infratuzilmasi 7,5 foizga va gazsimon yoqilg‘i quvurlar orqali yetkazib berish xizmatlari 4,5 foizga kamaydi. 



Ishlab chiqarish sanoati narxlari 2017 yilning yanvar–sentabr oylarida o‘rtacha o‘sish 2,1 foizni tashkil etdi (2016 yilning mos davrida esa 1,2 foiz). Suv bilan ta'minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilishda 2017 yil 9 oyi davomida o‘sish 1,0 foizni tashkil etdi (2016 yilning yanvar–sentabr oylarida 0,3 foiz).

Download 144.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling