2015-yil 28-fevral, 48-son
Download 135.94 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- TAHRIR HAY’ATI: Muassasa «Badiiy-uslubiy va ilmiy kengashi»
- 2015-yil 28-fevral, 48-son 2015-yil 28-fevral, 48-son
2015-yil 28-fevral, 48-son 2015-yil 28-fevral, 48-son 1 2015-yil 28-fevral, 48-son O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va san’at akademik litseyi ma’naviy-ma’rifiy nashri Alisher Navoiy — bu buyuk siymo haqida so’z ketar ekan go’yo “O’zbek” degan ulug’ nom ummonlar uzra qalqib chiqqan quyoshgek charaqlab, o’z bo’y- bastini butun dunyoga ko’z-ko’z qiladi. Ha, so’z xazinasini, nainki xazina, balki injulardan bitilgan noyob san’at namunalarini asrlar osha avlodlarga benazir ulashayoygan bu zot insoniyat uchun go’yo dardlarga malham, ilohiy, ishqiy nur baxsh etib, mavjudodlar gultoji atalmish insoniyatni asrlar osha kamolot, komillik manziliga yetaklovchi sarbondir. Bu ulug’ zot takid- laganidek “Ul xazinadan har kim ko’z ko’rganicha va qo’l siqqanicha” bahramand bo’l- moqda. Aziz zamondoshlar, biz ham bu xazinaga bir nazar solsak... Inson hayot ekan, tinimsiz izlanadi, mehnat qiladi. Mana shu mehnat hayot mazmuniga aylanadi va shu tufayli elga nafi tegadi, oilasi, yaqinlari undan manfaat ko’radi, shu zayl bu mehnat o’ziga ham yaxshilik, e’tibor, mazmunli yashash kabi baxtni muyassar etadi. Demak, Navoiy tabiri bilan aytganda; Nafing agar xalqqa beshakdurur, Bilki, bu naf o’zingga ko’prakdurur. Bu dunyo sinovlidir, uning chig’iriqlariga dosh berish esa mushkul, shunda taqdir zarba- laridan noliymiz, kimlarnidir gunohkor sanaymiz, ammo o’zi- mizchi... Nima uchun omad mendan yuz o’girdi deb o’yla- maymiz, o’zimizni taftish etmaymiz. Bunga javoban xazrat Navoiy shunday deydi; Agar el qilmadi himoyat sanga, O’zingdan kerakdur shikoyat sanga. (Davomi 4-sahifada) O‘n sakkiz ming olam oshubi agar boshindadur, Ne ajab, chun sarvinozim, o‘n sakkiz yoshindadur. Desa bo‘lg‘aykim, yana ham o‘n sakkiz yil husni bor, O‘n sakkiz yoshinda muncha fitnakim, boshindadur. 8 Muharrir: Mahfuza SHODIYOROVA TAHRIR HAY’ATI: Muassasa «Badiiy-uslubiy va ilmiy kengashi» HAYOT FALSAFASI Bolalik davrida inson hamma narsaga toza dil ila boqadi, tafovut nima ekanini bilmaydi, barchaga birdek munosabatda bo’ladi. O’zaro tarqoq ma’noli narsalardan bir san’at yaratadi. Ana shu san’atdan bir majmua barpo etadi. Bunda unga sehrli to’rtlik kerak xalos. Uning yuragidan chiqqan “bilan, va, ham, hamda” so’zlari biriktiruv falsafasi asosidir. O’smirlik davrida baxt bilan birga inson hayotning qiyinchiliklarini, yomon illatlar va yovuzliklarini anglay boshlaydi. Zid ma’nodagi tushunchalarni tobora tushunib boradi. Bir jabhada yetuklik va kamchilikni ko’ra boshlaydi. Hayotga teran ko’z bilan boqadi. Ushbu zidlikni ammo, lekin, biroq, balki ajoibotlari ila ifodalaydi. Keksalik davrida inson o’tgan vaqtlarni sarhisob qilarkan, bosib o’tgan hayot yo’liga nazar soladi. Hatoliklarini, anglamay qilgan nojo’ya ishlarini va shu bilan birga qilgan ezguliklarni hayot davomidagi faoliyatidan ajratib esga oladi. Qalbida yo o’kinch, yo mamnuniyat paydo bo’ladi. Har jabhadagi ishlarni taqqoslab, ularni ma’lum bir qoli pga solib,ularni sarhisob qiladi. U bunda yo, yoki, yo...yo, goh...goh, dam...dam, bir...bir qudratli juftliklarga asoslanib, xulosaviy qismni yaratadi. Oxirgi davr—o’lim ostonasidagi bir necha damlar. bu jabhada uning armonlari, faryodlari va o’kinchlari mujassamlashgan. Hayotning so’nggi damida qanday ishlarni bajara olmagani, qanday hislar tuya olmagani va qanday hislar sohibi bo’la olmaganini sarhisob qiladi. Bunda na...na iztirobli so’zlardan ozor chekib foydalanadi. Sarhisobdan so’ng iztirob chekkan qalb nobud bo’ladi... Tohirjon AKROMOV, 7- “E” sinf o’quvchisi SARHISOB
Navoiy yodi-la yashaymiz mudom... Navoiy yodi-la yashaymiz mudom... Navoiy yodi-la yashaymiz mudom... Navoiy yodi-la yashaymiz mudom... Navoiy yodi-la yashaymiz mudom... Navoiy yodi-la yashaymiz mudom... Navoiy yodi-la yashaymiz mudom... Navoiy yodi-la yashaymiz mudom... Navoiy yodi-la yashaymiz mudom... Inson hayoti to’rt jabhadan iborat. Bu bo’limda to’rt falsafa mujassam. Biriktiruv, zidlov, ayiruv inkor...
Zamonaviy uzunlik o‘lchov birliklarini hammamiz yaxshi bilamiz. Qadimda ota-bobolarimiz shaharlar va qishloqlar oralig‘ini «qari»,
«chaqirim», «tosh» lar bilan o‘lchagan va ifodalagan. 1 qari
149 santimetr dan 320 santimetr gacha (mamlakatimizning turli hududlarida turlicha), 1 chaqirim esa
1 kilometr dan ziyodroq masofani bildirgan. Ayting-chi, 1 tosh
bugungi o‘lchov bo‘yicha necha kilometrga teng? 5-6-fevral kunlari 1-bosqich o‘quvchilari ishtirokida «Kutilgan kun keldi», «Orzular ushaldi» mavzusida tadbir uyushtirildi. 9-fevral — So`z mulkining sultoni Alisher Navoiyning tavallud topgan kuniga bag`ishlab muassasamiz hovlisida joylashgan A.Navoiy byusti oldida miting tashkil qilindi. Tadbir mehmoni filologiya fanlari doktori, professor O.Madayev. Shu kuni “Notiqlik san`ati” yo`nalishida tahsil olayotgan barcha o`quvchilar Alisher Navoiy haykali qad ko`targan Milliy bog`da bo`lib o`tgan tantanali tadbirda ishtirok etib qaytishdi. 11-fevral — Muassasamizga bir guruh huquqshunoslar tashrif buyurishdi. Ular “Voyaga yetmaganlar o`rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, giyohvandlikning salbiy oqibatlari” haqida 9-sinf o`quvchilari hamda 1 — 3- bosqich talabalariga yuqoridagi mavzu yuzasidan bir qancha tushuntirish ishlari olib bordilar. 13-fevral kuni Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlab, sinflarda ma’naviyat soatlari o‘tkazildi. 14-fevral — Z.M.Bobur tavalludi munosabati bilan muassasada “Biz buyuk yurt farzandlarimiz” mavzusida tadbir tashkil qilindi. 14-fevral — “Telefon vositalarisiz bir kun” loyihasi o`tkazildi. 18-19-fevral kunlari “Kamolot shahmat taxtasi” tanlovining tuman bosqichi bo`lib o`tdi. Bunda muassasamizning 9- “E”
sinf o‘quvchisi Musurmonov Baxtishod faxrli III o‘rinni qo‘ga kiritdi. 25-fevral — “Xon atlas kuni” loyihasi o`tkazildi. Zuhra SAIDOVA, “Kamolot” YIH yetakchisi 2015-yil 28-fevral, 48-son 2015-yil 28-fevral, 48-son 2 Fan oyligidan lavhalar Fevral — Aniq fanlar oyligi SAYOHATLAR TADBIRLAR TANLOVLAR: 11-fevral 5- “E”
va 5- “F”
sinflar o’rtasida “Sanamay sakkiz dema” matematik musobaqa uyishtirildi. 20-fevral 6- “D” va 6-
“F” - sinflar o’rtasida “O’yla, izla, top!” matematik musobaqa uyishtirildi. 25-fevral 9-sinflar o’rtasida informatika fani bo’yicha “Kim bilimdon bo’lishni xohlaydi?” bellashuvi bo’lib o’tdi. 27-fevral Aniq fanlar oyligi yopilishi muno- sabati bilan 7 – 9-sinflar bo’yicha “Bilimdonlar bahsi” tadbiri o’tkazildi. 17-fevral kuni Aloqa muzeyiga 8 sinf o’quvchilari bilan hamda 25-fevral 9- sinf o’quvchilari bilan O’zMU qoshidagi akademik litseylariga sayohat uyishtirildi. OCHIQ DARSLAR 2 – 20- fevral kunlari 8-sinflar o’rtasida “Geometrik shakllar yasash” tanlovi 2 – 20-fevral 8-9-sinflar o’rtasida “Fizikadan ixtirolar” tanlovi bo’lib o’tdi. 7 14-fevral kuni Z.Achilova 7- “D” sinfda
algebra fanidan “Kvadrat ayirmasi formulasi” mavzusida; 20-fevral kuni Sh.Abduraxmonova 8- “E” sinfda algebra fanidan “Chala kvadrat tenglama” mavzusida; 21-fevral kuni I.Xolmirzayev 9- “E”
sinfda fizika fanidan “Quyosh energiyasidan foydalanish istiqbollari” mavzusida 21-fevral kuni Sh.Asqarov 6- “A” sinfda
matematika fanidan “Musbat va manfiy sonlar” mavzusida; 26-fevral kuni Sh.Xudoyqulov 6- “D”
sinfda fizika fanidan “Ichki yonuv dvigatellari. Bug’ turbinasi” mavzusida ochiq dars o’tkazdi. BAHOR
Boychechak ochildi, Bahor kelyapti. Daraxtlar gulladi, Yurak gulladi. Hayot ham gulladi, Qir adirlarda. Bahor isi bilan, Yurak titradi. Akobir HASANOV, 6- “A” sinf o`quvchisi
ELIM Ming bir sinov bo’ldi boshingda, Farzandlaring o’ldi qoshingda. Alam ko’pdir har ko’z yoshingda, Ammo endi hursand bo’l elim. Yorug’ yo’ling, bog’laring so’lim, Endi bular bizga ibratdir. Hayotlari ming bir hikmatdir, U yovlarning kuni zulmatdir. Faqat senga atalgan she’rim, Kelajaging porloqdir elim! Charchamaymiz senga xizmatdan, Kam emasmiz hech bir elatdan. To’xtamaymiz, biz harakatdan, Chekinmayman tutsang sen qo’lim. Doim olg’a yurgayman elim! Maftuna YUNUSBEKOVA, 8- “D”
sinf o’quvchisi CHUMOLILAR Kuni bo’yi mehnat qilib, Sira tinim bilmaydi. Yozi bo’yi yelib-yugirib, Qishda g’amgin bo’lmaydi. Sovuq kirib kelganida, Uyiga yuguradi. So’ngra esa uyida, Mazza qilib o’tiradi. Shuning uchun chumolilar Kuni bo’yi mehnat qilar. Hamma shunday mehnat qilsa, Qishi bo’yi yayrab kular. Shoxsanam XO’JANIYOZOVA, 8- “B” sinf o’quvchisi BAHOR
Bahor kelsa yurtimizga, Bolalar yayrab o’ynaydi. To’lib toshib sumalaklar, Doshqozonda qaynaydi. Daraxtlar yashil rang, Atrof go’zal rang-barang. Bolalar o’ynar shodon, Bahor go’zalda qarang. Navro‘z bayrami nahor, Shuncha go’zal navbahor, Bir tomondadir anhor, Qanday go’zal bu-Bahor! Diyorbek NORALIYEV 7- “B” sinf o’quvchisi SALOM DADA QALAYSIZ.. Salom dada qalaysiz? Ishlaringiz joydami? Men kecha uxlab qolib, Ajoyib tush ko’ribman. Siz bilan Buxoroda, Sayr qilib yuribman. Buxoroi sharifni ziyoratlar qilibmiz, Afandini tushirib eshagiga minibmiz. Labi hovuz bo’yida, Miriqib dam olibmiz! Bir payt oyijonom kelib, Turgin bolam, tur dedi. Qilib olib nonushtang, Maktabingga bor dedi... O’ZBEK XALQIMIZ Bizning o’zbek xalqimiz, Tarix aksin anglatar. Ulug’ bobolar ruhi, Ravnaq yo’lin yoritar. Amir Temur zo’r bo’lgan, Kuch qudratga boy bo’lgan. Dushmanlarga hech qachon, Taslim bo’lmagan hech on. Alisher Navoiy bobom, Asar yozgan “Xamsa”dek Farhod, Shirin beshlikda Suv keltirgan vatanga. Mirzo Ulug’bek bobom, Qiziqqanlar osmonga. “Zijji Ko’ragoniy”ni, Qoldirganlar bizlarga. Bu ulug’ bobolarning, Dong’i ketgan olamga. Barcha teng havas qilar, Bunday ulug’ zotlarga. Dilkashbek NURMUHAMMEDOV, 6- “A”
sinf o’quvchisi ONALAR
Onalar bor dunyo g‘o‘zal olam munavvar, Onalar bor biz farzandlar sog‘lom mukammal. Onalarni asrang doim to‘kisdir baxtlar, Onalarga qiyos yo‘qdir, jannati ular. Zarina HAMIDOVA, 7- “D” sinf o`quvchisi BARG
Shabnam yaltiraydi bog‘lar qo‘ynida, Salqin tong ichra yam-yashil o‘tloq. Quyoshning zarrin yog‘dularida, Nafis chayqaladi gullarning bargi. Jasmin SAYDURAHMONOVA, 6- “A” sinf o`quvchisi OTA-ONAMGA Onam meni oq yuvib, Oq tarab katta qildilar. Otam esa halol tuz, Hamda to’g’ri yo’lni o‘rgatdilar. Shu sababki ulardan, To abad qarzdorman. Ulg’aysam gar ularga, Loyiq farzand bo’laman, Ishonchlarin qozonib, Qobil farzand bo’laman. Ota-onam baxtimga, Uzoq umr ko’rsinlar! Bu mening o’glim deya, Faxrlanib yursinlar! USTOZ Maktabga kelganimdan Ilmga chorladingiz, O’quvchi bolsamda meni, O’g’lingizday ko’rdingiz. Bor bilim-u, mehrni, Menga hadiya qildingiz. Bular uchun men sizga Ming bor ta’zim aylayman, Zo’r bilim olib, sizday Qalbga mehr joylayman. Xurshid HAYDAROV, 6- “A”
sinf o’quvchisi 2015-yil 28-fevral, 48-son 2015-yil 28-fevral, 48-son 3 Jasorat mardlarga xosdir Mardlik nima? U bilib bilmay qilingan jasurlikdir. Inson dunyoga kelganida, buvijonlar uni mard, polvon, to’rt muchasi sog’ bo’lsin, nomardlarga yo’liqmasin deya beshikka belashadi. Ana shu bolaning pok ko’nglidek tilaklar umri davomida yo’ldosh bo’lib, to’g’ri yo’lga boshlovchi yo’lchiroq bo’lib xizmat qiladi. Haqiqatni tan olish ham bir mardlikdir. Aybiga iqror bo’lib, chin dildan pushaymon bo’lgan odamga nisbatan kechirimli bo’lish kerak. Agar barcha odam mard bo’lganda, qabohat daraxti ildiziga uriladigan bolta bunyod bo’lardi. Qani endi shunday bo’lsa... Mardonavor harakat inson hayotining bezagidir. Aytaylik biron inson mashina haydab kelayotgandi, yo’da bir chol yuragini changallab turganini ko’rdi. U juda shoshayotgandi, menga nima foyda, boshliqdan gap eshitganim qoladi, deya yo’lida davom etdi. Ammo hayot mana shunday kaltafahm insonlardan iborat emas. U bo’lmasa, boshqa bir diyonatli inson cholga yordam beradi axir... Hech bo’lmaganda bitta savob ish qilgan bo’ladi. Mard insonlarning ko’payishi nafaqat jamiyat, balki ana shu jamiyat barpo qilgan vatan uchun ham katta baxtdir. Vatanni qo’riqlash, Vatanni obod etishdek baxt yo’qdir.Mard, vatanparvar insonlar haqida ko’plab kinofilmlar olingan. Shular jumlasiga “Jasur”, “Vatan”, “Qo’rg’on” va boshqalar. Bu vatanparvarlarga nisbatan hurmat va e’tibordan dalolatdir. Mard inson xalq orasida ardoqlanadi, hurmat qilinadi. Shunday ekan o’zaro hurmatni yo’qotmaylik E’zoza XOLBOBOYEVA Mardlik nima? Bu so’zni bir eshitganimizda qahramonlik qilish xayolimizga keladi. Lekin biroz fikr yuritsak, ko’z oldimizga turli narsalarni keltirishimiz mumkin. Xalqimizda; “Tan olish ham mardlik”- degan gap bor. Chindan ham qilgan aybiga iqror bo’lish uchun anchagina kuch talab etiladi. Bu haqida rivoyatlar va hikmatlarda ham ko’plab fikrlar yuritilgan. Taniqli o’zbek adibi Asqad Muxtor qalamiga mansub “Chinor” romanidagi bir obraz— Ochil buvaning gaplari buning isbotidir. U nabirasiga haqiqatni yuzaga chiqarish uchun jasorat kerakligini aytadi. Shu asardagi yana bir obraz— Bektemir haqiqiy mard insondir. U konda ishlayotgan ishchilarni qutqarib qolish uchun o’z jonini qurbon qiladi va bu dunyodan nom nishonsiz yo’q bo’ladi. U barchaning qalbida qoldi, faqat boshqa inson sifatida. Afsuski, hamma uni eslaydi, lekin qalblarida yashayotgan inson aslida kim ekanligini bilishmaydi. Dunyodagi Bektemir kabi insonlar, haqiqiy mard, jasur insonlarning yorqin namoyondasidir. Bu misollardan bilishimiz mumkinki, mardlik bu — jasorat ko’rsatish, biron bir ish uchun ta’ma qilmaslik, qilgan aybiga iqror bo’lish. Jasorat ko’rsatish bobida hayotdan ko’ra, afsonalarda ko’proq namunalar bor. Misol uchun “Shiroq” afsonasi ham jasoratni madh etuvchi afsonalar sirasiga kiradi. Shiroq o’z yurtini qamaldan ozod etish uchun jonini fido qiladi. Mana shunday afsonalar yillar davomida og’izdan-og’izga o`tib, sayqallanib, hozirgi yosh avlodga ibrat qilib ko`rsatiladi. Bolaga beshikka solganlaridan boshlab, voyaga yetguncha mardlik, jasurlik oliy fazilat ekanligini, bu xislat sohiblari doimo el ardog`ida bo`lishlarini uqtirishadi. Shu o`rinda, bir rivoyatda haqiqiy jasorat qanday bo`lishi o`z aksini topgan; “Qadim zamonlarda bir podshoh bo`lib uning ikki o`g`li bo`lgan ekan. Kunlarning birida bu davlatga ikki tomondan yov hujum boshlabdi. Odil podshoh har ikkala o`g`ilni katta qo`shin bilan ikki tomonga, yovlarga qarshi chiqib, ularni vatan sarhadlariga yaqinlashtirmasliklari uchun jo`natibdi. Tez orada katta o`g`il qaytibdi. U katta talofat ko`rgan ekan, lekin g`alaba qozongani uchun bundan zarracha ham tashvishlanmabdi. Oradan yana bir oz vaqt o`tib, ikkinchi o`g`li ham qaytibdi. Ammo nima uchundir uning qo`shiniga hech qanday talofat yetmagan ekan. Kenja o`g`il otasiga ularga hujum qilgan davlat hukmdori nihoyatda odil ekanligini va u bilan do`stlashib, sulh tuzganligini, boshqa urush bo`lmasligini va bu davlat, endi ularga do`st ekanligini aytibdi. Bu voqeadan so`ng barcha saroy ayonlari podshohga dushmanni do`stga aylantirish haqiqiy jasorat ekanligini va taxtga kenja shahzoda loyiq ekanligini aytishibdi. Shunday qilib, mardlik o`ziga yarasha taqdirlanibdi. Qissadan hissa shuki: haqiqiy jasorat egasi dushmanini do‘stga aylantirgan insondir. Bunday rivoyat-u hikoyatlarning barchasi insonni mard, jasur bo‘lishga undaydi. Zero, mardlik oliy fazilat. Naima RAHMONOVA 6 BOG‘LOVCHILAR OILASI Morfologiya mamlakatning nufuzli yordamchilar urug’iga mansub Teng bog’lovchibek o’zining hammaga hurmatli bo’lgan oilasini boshqarar edi. “Sintaksis” (sintaksis mamlakatining firmasi) kom- paniyasining “Gaplarning uyushiq bo’laklarini bog’lash” bo’limida bo’lim boshlig’i edi. Uning kasbi qiyin. Qanchadan qancha manaman degan mustaqil so’z turkumlari ham bu ishni bajara olmaydi. Shuning uchun Teng bo’lovchibekning farzandlari unga bu ishni bajarishda yordam berar edilar. Uning 4 farzandi bo’lib, ular turfa xil gaplar urishib qolishsa, ularni yarashtirib qo’yar edilar. Kattasi Biriktiruvchibek hech kimni bir-biridan ajratmay, hamma do’st bo’lib yashashini xohlar edi. Hatta o‘z nutqida ham bunga amal qilardi; “Men va sen, u bilan anavi hamda mana bu bugun konsertga boramiz”-deb hammani ahillikkka chaqirar ekan. Keyingisi Zidlovjon fikrlashni juda ham yaxshi ko’rar, har qanday vaziyatda fikrga qarshi fikr, g’oyaga qarshi g’oya topib berar ekan. Uchinchisi Ayiruvbek akasi Zidlovjonga o’xshar ekan. Uning aqlli taroziga o’xsharkan. Goh har doim o’zaro qarama-qarshi fikrlarni o’ylab, uni aql tarozisida o’lchab, eng to’g’risini tanlashga o’rgangan ekan. Bir kuni u olamshumul texnika yaratibdi va aka-ukalarning oldiga kelib debdi; “Xoh ishoning xoh ishonmang men olamshumul texnika yaratdim! Yoki ishonmaysizmi?” Shunda miriqib uxlayotgan Inkorbek ko’zini ishqalab; “Na uxlashga qo’yasizlar, na dam olishga?”. Bu texnika gapdagi xatoliklarni tuzatadigan maxsus uskuna edi... Shahnoza DONABOYEVA 7- “Å”
sinf o‘quvchisi Jasorat nima? Qanday inson jasoratli hisoblanadi? Uni qanday tarbiyalaymiz? Bu savollarning barchasi insonni o’ylantiradi. Mening fikrimcha, jasorat faqatgina vatan uchun kurashish emas, balki, qaysidir ma’noda atrof-muhitni toza saqlay olish, yaxshi o’qish, ilmli bo’lib, Vatanga foydasi tegadigan inson bo’lib chiqishimiz ham jasorat hisoblanadi. Bejizga momolarimiz bizni beshikka solishlari bilan mard bo’lsin, jasoratli bo’lsin deyishmaydi. Jasoratli bo’lish insondan sabr-qanoat, iroda talab etadi. Misol uchun sizning do’stingiz yangilishib sizga yomonlik qildi. Agar siz irodali bo’lib uni kechira olsangiz, siz jasoratlisiz. Siz ham unga yomonlik qilsangiz, jasoratlilar qatoridan chiqqan hisoblanasiz. Men o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Farhod G’ulomovichdan intervyu olganimda, ular bu insonlarni ko’p hurkiydigan kuchuklarga o’xshatgan edilar. Biz dunyodagi jamiiyki mavjudodlarda, jasorat, mardlik tuyg’usini ko’rishimiz mumkin. Masalan kichkina bir jonzot chumolida ham jasorat tuyg’usini ko’rishimiz mumkin. Agar yonma-yon kelayotgan chumolini birini boshqa joyga olsak, uning yonidagi chumoli sherigini qidirib topadi. Bu esa undan sabr-toqat va matonat talab etadi. Yuqorida aytganimizdek jasorat insondan sabr-qanoat talab qiladi. Chumoli esa shunga erishdi va jasoratlilar safiga kirdi. Qaranga, hatto kichkina bir chumoli ham jasoratli bo’la olar ekan, nega biz bunday bo’la olmas ekanmiz! Agar insonda xohish, harakat bo’lsa, xohlagan narsasiga erishadi. Zero, “Harakatda barakat”. Dunyoda odam qilgan ishni odam qiladi. Sen uddalagan ishni albatta boshqa birov ham uddalay oladi.”Sen mardsan, men unday bo’la olmayman” degan gaplarning hammasi bo’lmagan gap. Har bir inson yurakdan mard bo’ladi. Faqat boshqa birov yurakdagi mardlikni uyg’ota oladi., birov esa yo’q... Mardlikni uyg’otish uchun insonda o’zini o’zi boshqarish xususiyati bo’lishi kerak. Masalan sizni kimdir besabab haqoratlasa, siz o’zingizni bosib olib, u jahlidan tushgandan so’ng, unga to’g’ri yo’l bilan tanbeh bersangiz u o’z qilgan ishidan uyalib sizdan uzr so’raydi. Xulosa qilib aytish kerakki, jasoratli, mard inson har doim hurmatga sazovor bo’ladi. Ey dostlar, biz ham qalbimizda jasorat uyg’otaylik. Mardon QAHRAMONOV Voqea zamoni; Hozirgi zamon Voqea jarayoni; sudda. Ishtirokchilar; Yordamchi so’z turkumlari. Sudiya; Yordamchi. Advokat; Yuklama. Prokuror va tergovchi; Ko’makchi.m Jabrlanuvchi; Bog’lovchilar oilasi. Ayblanuvchi; Bo’lishsizlik. Ko’plar o’tmishni negadir ustun qo’yadilar. Saroy, saltanat, qasr, chekkadagi qishloq... Mening aytmoqchi bo’lgan hikoyam esa hozirgi kun. Kunduzgi yetti. Tinchlikni asta-sekin shovqin-suron egallash arafasida. Qo’shimchalar goh istab, goh istamay o’z do’konlarini ochishmoqa. Shahar ahli ha demay uyg’onib qoladi. Soat to’qqiz yoki undan oshgan. Shahar ham o’z nomini oqlamoqda. Shovqin, tinib-tinchimaganlar hech dam olishmaydi. Soat o’n bir hikoyaning boshlanish qismi. qaysidir sud binosida.. —O’rtoq sudya!- gap boshladi advokat. -Men sizga shuni aytmoqchimanki, bularning hammasi g’irt tuhmat. Nahot mening himoyam ostidagi mijoz shunday qila olsa? Axir o’zingiz o’ylab ko’ring bundan unga nima naf! Yuklama gaplarining barchasini vajohat bilan boshlaydi. Prokuror esa bosiqlik bilan javob qaytaradi. —Janob Yordamchi, avvalambor sizga shuni mamnuniyat bilan boyon qilmoqchiman. To’g’ri. Voqea bayoniga ko’ra, Bo’lishsizlik o’zi ochiq turgan uyga kiradi. Ammo, hech kimdan so’ramasdan. —U o’z burchini bajargan. Hech narsa qilmasligi kerakmidi!—advokat gapirdi. O’tirgan bog’lovchilar Yuklamaning bunday narasidan talvasaga tushib qolishdi. —Uyga kirgach— ko’makchi nutqni davom etar ekan—uyga kirgach, uy egasining shu yerda ekanini bilib qoladi. Bilamizki bu uyning egasi keksa Bog’lovchi. Hamma voqea mana shundan boshlandi. Bog’lovchi kimningdir kelganini payqab, uni nabirasi Inkor bog’lovchi deb o’yladi. “Ha Inkor Bog’lovchiyev keldingizmi? nazorat ishi nima bo’ldi!”—deya gapirib qoladi. Shunda Bo’lishsizlik uning nomidan “Na o’qidim, na yozdim”—deb javob berdi. Bog’lovchi bu javobdan shubxaga bordi, va unga qarab endi yuraman deganda qoqilib yiqilib tushadi. — Ana aytmadimmi mening mijozim nohaq ayblangan, —Yuklama Ko’makchining gapini bo’ldi. — Iltimos, o’zingizni bosing! Sizga ham so’zlashga navbat keladi. Ko’makchi davom eting. — Minnatdorman janob sudya. Shunday qilib Bog’lovchi qoqilib ketadi va yerga behush yiqiladi. Qandaydir ovozni eshitgan Vazifadosh Bo’g’lovchi esa o’sha tomonga yugurdi. Bu yog’i bizga noma’lum. Sababi hozir u og’ir ahvolda, og’ir jarohat olgan. Ko’p qon yo’qotganligi bois unga o’zga bo’laklar va turkumlar qoni berilyapti. — Janob sudya so’zlashga ijozat bering! — Yuklama yana tilga kirdi. — Mening mijozim Bo’lishsizlikning ta’kidlashicha, bu tasodifan bo’gan, zinadan qoqilgan. Janob tergovchi bu haqida nima deyolasiz? Go’yo bu atayin qilinganmi? — Yolg’on! Aldayapti bu yaramas! Bular tasodifmi yoki behosmi! Bunaqa bo’lishi mumkinmas!—deya baqirdi, o’tirgan Ayiruv Bog’lovchi alamzada ohangda. — Buni qilmadim. — Bo’lishsizlik ham javob qaytardi. — Buni qilmaganman. — O’rtada janjal.Tinish belgilari hammani ajratishga kirishdi. Sudya esa bu masalani keyinga qoldirib chiqib ketdi. Nuqta esa bu janjalga yakun yasadi.
— Bu Bo’lishsizlikni deb obro’yimni yo’qotmasam bo’ldi ishqilib. Tanishchilik ham yomon. — Asabim yorilmasa bo’lgani,— Sudya shoshardi. — Kech qolyapman, qizimni bog’chadan olishim kerak... Olmos DAVRONOV, 7- “E” sinf o’quvchisi SUD
Ilmiy insho Jasorat mardlarga xosdir Jasorat mardlarga xosdir 8- «F» sinf o‘quvchilari ijodidan 2015-yil 28-fevral, 48-son 2015-yil 28-fevral, 48-son 4 SO‘Z MULKINING SULTONI ALISHER NAVOIY Agar bu zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir. Islom KARIMOV (Davomi, boshlanishi 1-sahifada) Maqtov olqishlar hammaning ham dilini tog’day ko’taradi, ammo nuqsonlarimiz oshkor etilsa, qalbing vayron bo’ladi. Qalbingdagi shaytoniy suv ming turfa bo’lib tovlanadi, bu jilvalar o’sha kimsaga qadalgan yovuzlik nayzasi bo’lib yarqiraydi, yuragimizni adovat quyuni egallaydi. Shoshmay tur degan nido qalbimiz oromini buzadi... Biroq bu bemani hissiyotlar bizni qayerga boshlaydi, miyamizdagi o’ch rejasi to’g’rimikan?... —Yo’q, aslo!- deydi bobomiz, aksincha bu tiyra ko’zdan minnatdor bo’lmog’imiz darkor, zero, Kishi aybing desa, dam urmag’il kim, ul erur ko’zgu, Chu ko’zgu tiyra boldi, o’zga aybing zohir aylarmu. Ammo o’zgalarning nuqsonini oshkor qilishga hamma ham haqlimi, degan savol tug’iladi. Buning uchun ma’naviy haqdor kishi bo’lishi lozim, Navoiy bu fikrni quyidagi hikmatlar bilan ifodalaydi; Kishi aybin yuziga qilma izhor, Taammul ayla o’z aybingga zinhar. Yoinki... El aybini ayturg’a birovkim uzatur til, O’z aybini fosh etkali uzatur til, bil. Bu ulug’ zot xazinasiga ko’z tikar ekanmiz, go’yo o’zligimizni topmoqqa oshiqayotganday, yashash mundarijamizni taftish qilib, uni Odamiylik; Odamiy ersang, demagil odami, Oniki, yo’q xalq g’amidin g’ami. Insof; O’z ish uchun tundu itob aylama, Qatlu siyosatda shitob aylama. Yaxshilik; Yaxshilik qila olmasang, Yomonlik ham bore qilma. Hilmlik; Kimki bir ko’ngli buzuqning hotirin shod aylagay, Oncha borkim, kaba vayron bo’lsa obod aylagay. Nafs qutqusidan qutilish; Ko’p demak birla bo’lmag’il nodon, Ko’p yemak birla bo’lmagil shayton. Rostgo’ylik; So’zning insofi bag’oyat chog’dir, Yolg’ondin yomonroq sinfi yo’qdur. Saxovatpesha bo’lish; Topkanini sochdi el uzra sahob, Kim, ani haq ayladi gardunjanob. Mo’r terar har neki sochqay kishi, Bo’ldi tirik go’rga kirmak ishi. Ilohiy ishqni qalbga muhrlash; Yordin ayru ko’ngil mulkedurur sultoni yo’q, Mulkkim sultoni yo’q, jismedururkim joni yo’q. Qanoatli va sabrli bo’lish; Har ranjidin so’ng bo’lar rohate, Taabsiz muyassar emas ishrate. El kori va dardiga esh bo’lish va el nazaridan qolmaslik; Elga qo’shilgan oroyish topti, Eldin uzilgaz osoyish topti. kabi ma’naviy boyliklar bilan ziynatlab boramiz. Bu saodatni sizga ham tilab, qaqragan qalblaringizni hikmat-u donish suvi bilan yashnattirishingizni tilab qolaman. Davrlar o’tadi, masofa ortar, Yurakka yaqinlab boradi bu nom. Har lahza hikmati yodimni tortar, Navoiy yodi-la yashaymiz mudom. Donoxon USMONOVA, ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Darhaqiqat, Alisher Navoiy tavallud topgan kuni yurtimizda keng nishonlanmoqda. Jumladan, ul zotning ma’ni bulog‘idan bahramand bo‘lgan biz o‘quvchilar, mutafakkir tavalludi munosabati bilan, ular qoldirgan ma’naviy merosga yana bir bor ko‘z tashlab, undan o‘z dunyoqarashimiz, o‘z hovuchimizga yarasha bilim va ilhom oldik. Zero, bu chashmadan totingan bir tomchi obihayot, kelajakda «Navosiz ulusning navo baxshi bo‘lishga ilk qadam bo‘lsa, ajab emas». 5 TAVALLUDINING 574 YILLIGIGA BAG‘ISHLANADI Alisher Navoiy buyuk bobomiz, shoirlar sultonidir. Biz ustozimiz Dono opa bilan to‘garakda bu buyuk zotning “Hikmatlar bo‘stoni” asaridan ko‘pgina hikmatlarni o‘qidik, sharhladik va o‘zimiz ham ma’lumotlar to‘pladik. Men buvijonim bilan Alisher Navoiy haqida quyidagi ma’lumotlarni to‘pladim. Asl ismi Nizomiddin Mir Alisher. U1441- yil Hirotda tug’ilib, shu yerda umrining asosiy qismini o’tkazgan. Navoiyning otasi G’iyosiddin Bahodir Temuriylar xonadoniga yaqin bo’lgan. She’r yozish qobiliyati erta uyg’ongan. Bolaligidayoq Farididdin Attorning “Mantiq- ut Tayr” asarini yod olgan. Sharafiddin Ali Yazdiyning nazariga tushadi va Mavlono Lutfiy tomonidan uning istedodi yuqori baholangan, Kamol Turbatiyning e’tirofiga sazovor bo’lgan. Sayid Hasan Ardasher, Pahlavon Mahmud kabi ustozlardan ta’lim olgan, Abdurahmon Jomiy bilan hamkorlikda bo’lgan. Navoiy 1469- yilga qadar Temuriylar orasida bo’layotgan ichki nizolar sababli. Hirotdan yiroqda yashagan. Bolalikdagi do’sti Temuriyzoda shaxzoda Xuroson taxtiga o’tirgach, uni yoniga chaqirib oladi hamda davlat ishlarida unga ko’maklashadi. Avval Muhrdor, so’ng Vazir etib tayinlanadi. Faoliyati davomida o’z hisobidan ko’plab bunyodkorlik ishlarini amalga oshirganligi uchun Xusayin Boyqaro uni “Muqarrabi Hazrati sultoniy” degan unvon bilan taqdirlaydi. Buvijonim Alisher Navoiyning quyidagi ruboiysini aytib, ma’nosini sharhlab berdilar; Zohid senga hur-u, menga janona kerak. Jannat senga bo‘lsin, menga mayxona kerak Mayhona aro soqiyu paymona kerak, Paymona necha bo’lsa, to’la yona kerak. Dilshoda AHMADOVA 5- “E”
sinf o’quvchisi
BOBUR
Bobur o’z vatanin qumsardi biroq, U olisda edi vatandin yiroq. Andijonda tug’ilib, Hind sori ketdi, Vatan ishqi erdi yurakda bori. Buyuk ishlar qildi, asarlar bitdi, Hind xalqini e’zozlab, hurmatin etdi. Buyuk sulolaga u asos soldi, Undan avlodlarga zo’r me’ros qoldi. O’zinbosar HAYITOV 6- “E” sinf o’quvchisi “Nihol” adabiy-ijodiy to’garak a’zolari ijodidan Biz hozir maktabda ta’lim va tarbiya olmoqdamiz. Ustozlarimiz esa vujud memoriga aylanib, ong-u shuurimizga to‘g‘rilik, ezgulik, rostgo‘ylik urug‘larini ekishmoqda. Ular erta-yu kech biz shogirdlar kamoloti yo‘lida mashaqqat chekishadi va bizni kelajakda yetuk inson bo‘lishimizga bevosita sababchi bo‘lishadi. Ustozlar mehri, mehnati, fidoiyligi haqida buyuk bobomiz Alisher Navoiy; Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘rgatmish ranj ila, Aylamak emas oson, oning haqing yuz ganj ila. deydi. Albatta, ustozlar nafaqat fan asoslarini o‘rgatadi, balki to‘g‘rilik, haq yo‘lida yurishimizni, Olloh qalbimizda bo‘lishini ong-u shuurimizga bir umr muhrlab qo‘yadilar va bu ezgu amal tufayli ikki dunyo saodatiga muyassar bo‘ladilar. Biz shogirdlar esa, ulardan bir umr minnatdor bo‘lishimiz, ko‘ngillarini olishimiz va ular mehnatini oqlashimiz shart. Zero bobomiz aytganidek; Shogird agar shayh-ul islom, agar qozidur, Agar ustod andin rozidur-tengri rozidur. Zilola ISOXONOVA, 6-
“F” sinf o`quvchisi Navoiy yodi-la yashaymiz mudom... Navoiy yodi-la yashaymiz mudom... Navoiy yodi-la yashaymiz mudom... Navoiy yodi-la yashaymiz mudom... Navoiy yodi-la yashaymiz mudom... Navoiy yodi-la yashaymiz mudom... Navoiy yodi-la yashaymiz mudom... Navoiy yodi-la yashaymiz mudom... Navoiy yodi-la yashaymiz mudom... QUYONCHA
Quyonchajon quyoncha, Qulog’ing dingdir muncha! Mayin yungli hayvoncha, Sabzilaring ko’p juda, Vaqting ketmas behuda. Dikir-dikir o’ynaysan, Charchash nima bilmaysan. O’zim seni boqaman, Bo’yningga dur taqaman. Diyora ISOMIDDINOVA 5- “F”
sinf o’quvchisi NINACHI
O’ynab’ quvnab ninachi Gulzorlarda sayr etar. Qo’shiq kuylab raqs etib, O’z ko’nglini chog’ etar. Ortidan quvib bizlar, Tutmoq bo’lib quvnaymiz, Vaqtimiz shodon o’tib, G’am-anduxni bilmaymiz. Go’yo taqib ko’z oynak, Ko’z-ko’z qilar qanotin, Qo’limga qo’nsa nogoh, Tinmay aytar bayotin. Shahriniso ISOXONOVA 5- “E”
sinf o’quvchisi BUVIMIZ
Uyimizda bor farishta, Chaqqondir har bir ishda. Yoshlari bo’lsa to’qson, Qo’llarida kashta mudom. Qish ko’rinar sochlarida, Lekin bahor yuzlarida. Sog’ bo’lsinlar buvimiz, Nurga to’lar uyimiz. O’ZBEKISTON BOLASI
Sog‘lom bola - sog‘ bola Ko‘ngli toza tog‘ bola, Yurgan yo‘li bog‘ bola, Kayfiyati chog‘ bola. Yer yuzining lolasi, O’zbekiston bolasi. Yuzlarida oftob bor Qadamida hitob bor, Qo‘llarida kitob bor, Har so‘zida odob bor. Yer yuzining lolasi, O’zbekiston bolasi. Dilafro‘z KENJAYEVA 6- “D” sinf o’quvchisi Haq yo‘lida... Nomingiz dillardan o‘chmas abadiy... OYMOMA
Îymomajon oymoma, U mehrga boy moma Bolalari yulduzlar, Tunda yerni yoritar. Quyoshday qizdirmaydi, Ammo yoriq yuzlari. Donishmandlar tashbehlar, Go’yo bir parcha patir. Ammo, olamga tatir. Ba’zan nomi bor hilol, Go’zalikda u bisyor. BEGIMOT
Begimot suvda yashar, O’zi ayiqqa o’xshar. Uch tonnalik bu jonivor, Hech narsaga emas zor. Toblanadi quyoshda, Tomosha qari-yoshga. Sabr-toqat bisyor, Makoni suv, qamishzor. Sardor ABDUVOITOV 5-
sinf o’quvchisi Katalog: assets -> images images -> B a y h a r b o r I s L a n d s oral representations cannot be relied upon images -> № п/п Name Итого билетов Страна images -> Name Итого билетов Страна images -> Img width="892" height="1262" src="75624015 images -> The warehouse of the month images -> Id name Итого билетов Страна Download 135.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling