2017-yil “18” aprel n 144 Xorazm viloyatida ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari tariflariga maxsus ustama haq belgilash to‘g‘risida


Download 35.88 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi35.88 Kb.
#187261
Bog'liq
XXF Б patok 3-guruh Mo`minov Asilbek.


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XORAZM VILOYATI HOKIMINING

QARORI
2017-yil _“18”_aprel N_144 Xorazm viloyati

Xorazm viloyatida ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari tariflariga maxsus ustama haq belgilash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2900-sonli qarorining 7-bandi va 2018-yil 30-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish bo’yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4040-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-apreldagi 05/1-4774-sonli topshirig‘I ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimyati to‘g‘risida”gi qonunning 6,25-moddalariga asosan



QAROR QILAMAN:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-apreldagi 05/1-4774-sonli topshirig‘Iga asosan 2019 yilda ichimlik suvi ta’minoti xizmatlari tariflariga maxsus ustama haq miqdorlari viloyatlar uchun 50 so‘m etib belgilanganligi ijro uchun qabul qilinsin.

  2. Viloyat “Suvoqova” DUK korxonasi (F.Qodirov)ga viloyatdagi barcha iste’molchilarga yetkazib berilayotgan ichimlik suvi ta’minoti tarif narxlariga 50 so‘m miqdorida ustama haq belgilash vazifasi topshirilsin.

  3. “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi (Rahimjanov),Markaziy bank viloyat boshqarmasi (Qunduzov) xizmat ko’rsatuvchi tijorat banklarida ichimlik suvi ta’minoti xizmatlari tariflariga belgilangan maxsus ustama haq mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish rivojlantirish jamg‘armasiga o‘kazish uchun ochilgan maxsus hisob raqamiga belgilangan tartibda yo‘naltirishni ta’minlasin.

  4. Ushbu qaror viloyat teleradiokompaniyasi hamda viloyat hokimligining veb –saytida e’lon qilinsin.

  5. Ushbu qaror rasmiy elon qilingan kundan e’tiboran qonuniy kuchga kirishi belgilab qo‘yilsin.

  6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari F.Rasulov hamda hokim o‘rinbosari D.Xojiahmedov zimmalariga yuklatilsin.

Shahar hokimi (muxr va imzo) F.Ermanov
Download 35.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling