202-guruh Hamidjonova Diyora 1-seminar. Ilmiy ishlarning turlari
Download 25.21 Kb.
|
1-seminar ilmiy ish asoslari
202-guruh Hamidjonova Diyora 1-seminar. Ilmiy ishlarning turlari 1-seminar mavzusining topshiriqlari: Quyidagi savollarga javob bering. 1. Ilmiy ishlarning qanday turlari mavjud? Javob: Ilmiy ishlar 3 turga bo’linadi (o’rganiladigan obyektga qarab): ilmiy-tadqiqiy, ilmiy-ommabop, va ilmiy-uslubiy. Ular hajm jihatdan farq qiladi, lekin ularni birlashtirib turadigan jihati shundaki, ular ilmiy uslubda yoziladi 2. Ilmiy tadqiqiy ishlarga nimalar kiradi? Javob: Ilmiy maqola, anotatsiya, tezis, taqriz, ilmiy ma’ruza, risola, monografiya, dissertatsiya. 3. Ilmiy ommabop ishlarga nimalar kiradi? Javob: Ilmiy-ommabop maqola, referat, ilmiy-ommabop risola, 4. Ilmiy uslubiy ishlarga nimalar kiradi? Javob: referat, taqriz, risola, monografiya, avtoreferat. 5. Referat va avtoreferatni farqlang? Javob: Referat – har xil nuqtai nazarlarni o‘zaro solishtirish va tahlil qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishni talab etadigan bir yoki bir qancha manbalarni o‘zida mujassam etadigan g‘oyalarning qisqacha yozma ko‘rinishdagi taqdimotidir. U mavjud matn yoki bir qancha matnlarni izohlovchi shakllaridan biri sanaladi. Shu boisdan, konspektdan farqli o‘laroq, referat yangi, muallif matn sanaladi. Ushbu holatda yangilik yangicha taqdim etish, materiallarni tartiblashtirish, har xil nuqtai nazarlarni o‘zaro solishtirishda alohida mualliflik yondashuvi tushuniladi. Avtoreferat (avto va referat soʻzlaridan) – ilmiy asar yoki tadqiqotning muallif tomonidan tayyorlangan qisqacha mazmuni va bayoni. Avtoreferatlar dissertasiyaning himoyasidan oldin mazkur muammo bo‘yicha adabiyotlar mavjud bo‘lgan barcha kutubxonalarga hamda o‘xshash yoki yaqin muammolar bilan shug‘ullanadigan muassasalarning kutubxonalariga yuboriladi. Bundan tashqari dissertasiya tadqiqoti mazmunining eng ahamiyatli aspektlari odatda, mazkur muallifning joriy nashrlari(maqola, ma’ruza)da o‘z aksini topadi. 6. Annotatsiya nima? Javob: Annotatsiya (sharh) - ilmiy maqola yoki ilmiy asar matnining maksimal darajadagi qisqartirilgan (5-6 ta gapdan iborat) bayonidir. Odatda, bu umumlashtirish, konseptual emas, sanab o‘tish xarakteriga ega. Barcha axborot janrlari ichida annotasiya eng ob’ektividir. Annotasiyada odatda, ish qanday mavzuga bag‘ishlanganligi tadqiqotning qanday uslublaridan foydalanganligi, buning uchun qanday til materiallari jalb etilganligiva tadqiqotning adresati kim ekanligi ko‘rsatiladi. Ayrim hollarda annotatsiya bir necha tilda bayon etilishi ham mumkin. 7. Tilshunoslikka oid muammolardan birortasiga taalluqli o'zingiz xohlagan bitta mavzu tanlang va o'sha mavzuga annotatsiya yozing (xoh o'zbek, xoh ingliz tilida) Javob: O’ZBEK TILINING LINGVOKULTUROLOGIK TADQIQI MUAMMOLARI (“tILSHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI o’quv-uslubiy qo’llanma” A. Primov, X. Qodirova) Antropotsentrik tilshunoslikning etakchi yo‘nalishlaridan biri hisoblangan lingvokulturologiya (lot. lingua – til + lot. cultura – ishlov berish + yun. logos – ta’limot) tilshunoslik, madaniyatshunoslik, etnografiya, psixolingvistika sohalari hamkorligida yuzaga kelgan, tilning madaniyat, etnos, milliy mentallik bilan o‘zaro aloqasi va ta’sirini antropotsentrik paradigma tamoyillari asosida o‘rganuvchi sohadir. Lingvokulturologiya sohasida jiddiy tadqiqotlar yaratgan V.A.Maslova ushbu sohaning rivojini 3 bosqichga ajratadi: 1) fan shakllanishiga turtki bo‘lgan dastlabki tadqiqotlarning yaratilishi (V.fon Gumboldt, E.Benvenist, L.Vaysgerber, A.A.Potebnya, E.Sepir kabi tilshunoslarning ishlari); 2) lingvokulturologiyaning alohida soha sifatida ajratilishi; 3) lingvokulturologiyaning rivojlanish bosqichi Jumladan, V.N.Teliya bu haqda shunday yozadi: “Lingvokulturologiya insoniy, aniqrog‘i, insondagi madaniy omilni tadqiq etuvchi fandir. Bu esa shuni bildiradiki, lingvokulturologiya markazi madaniyat fenomeni bo‘lgan inson to‘g‘risidagi antropologik paradigmaga xos bo‘lgan yutuqlar majmuasidir” . Lingvokulturologik tadqiqotlarda, asosan, quyidagi masalalar tadqiq etilganini ko‘rish mumkin: 1) muayyan nutqiy janrning lingvokulturologik xususiyatlari. Bunda ko‘pincha miflar, xalq og‘zaki ijodiga xos janrlar tili tahlil etilgan; 2) muayyan uslubda yozilgan asarda lingvokulturologik konsept ifodalanishi tadqiqi. Bunda, asosan, badiiy-nasriy asarlar tili tahlil etilgan; 3) qiyosiy aspektdagi ishlar. Bunda, asosan, rus tilidagi lingvomadaniy birliklar ingliz, nemis, fransuz tillari bilan qiyoslangan; 4) lingvokulturologiyaning pedagogika fani bilan bog‘liq jihatlari. Bunda talabalarda lingvokulturologik birliklarni aniqlash va tahlil etish malakasini hosil qilish asosiy maqsad qilib olingan. … 8. Kalit so'zlar nima? Javob: Har qanday ilmiy ishda, agar u ilm-fanga taaluqli bo’ladigan bo’lsa, albatta ilmiy atamlar va terminlar ishlatiladi. V ushbu terminlar bu ilmiy ishning qaysi sohaga tegishli ekanligini, qaysi mavzu haqida ilmiy ishda so’z ketayotganligini ko’rsatib beradi. Biz bularni kalit so’zlar deb ataymiz. Ba’zan bu kalit so’zlar nafaqat atamalar yordamida, ushbu sohaga o’z hissasini qo’shgan mashhur olimlar yoki sayyohlar nomi ostida ham ko’rinishi mumkin. 9. Shu tanlagan mavzuingizga oid kalit so'zlar keltiring? Javob: Antropotsentrik tilshunoslik, lingvokulturologiya, V.N.Teliya, antropotsentrik paradigma tamoyillari, V.fon Gumboldt, E.Benvenist, L.Vaysgerber, A.A.Potebnya, E.Sepir, tilning madaniyat, etnos, milliy mentallik… 10. Tezis nima? Javob: Tezis - ilmiy maqola yoki konferensiyalar uchun taqdim qilinadigan ilmiy ma’ruzaning qisqa asosiy mazmuni aks ettirilgan ilmiy ish turi bo‘lib, uning hajmi annotatsiyadan kattaroq, biroq ilmiy maqoladan kichik bo‘ladi (taxminan 1 betdan 3-4 betgacha). Tezislar, odatda, nashr va konferensiya talablariga asosida bir necha tillarda beriladi. Uni ilmiy asarga beriladigan tanqidiy baho, tanqidiy talqin aks etgan taqriz bilan chalkashtirmaslik kerak. 2-topshiriq: Quyidagi atamalarni izohlari bilan moslang.
Download 25.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling