2020-aprel oyida quyidagi ishlar amalga oshirildi. I. Ilmiy–tadqiqot ishlari


Download 13.24 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi13.24 Kb.
#197029
Bog'liq
aprel


Toshkent davlat sharqshunoslik universteti Jahon siyosati kafedrasida magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash yuzasidan o‘quv–uslubiy, ilmiy tadqiqot, pedagogik va amaliyot faoliyati bo‘yicha 2020-aprel oyida quyidagi ishlar amalga oshirildi.

I. Ilmiy–tadqiqot ishlari:

Mazkur oylar mobaynida ilmiy-tadqiqot ishlari doirasida Ilmiy loyiha tayyorlash va rasmiylashtirish tartibi ,shuningdek Innovatsion loyiha tayyorlash va rasmiylashtirish tartibi, Fundamental loyiha tayyorlash va rasmiylashtirish tartibi bo’yicha kerakli ko’nikmalar hosil qilindi va Ilmiy maqola yozish haqida bilimlar o‘zlashtirilib, ko‘nikmalar egallangan holda tadqiqot mavzusi doirasida ilmiy maqola yozildi.


II. Magistrlik dissertatsiyasi bo‘yicha:

Magistrlik dissertatsiyasi bo‘yicha mazkur oylarda amalga oshirilgan ishlar doirasida olib borilayotgan tadqiqot ishining Magistrlik dissertatsiyasi birinchi bobini ilmiy rahbar tahriridan o‘tkazish ustida ishlandi. Ilmiy rahbar boshchiligida Magistrlik dissertatsiyasi birinchi bobi bo‘yicha ilmiy rahbar ko‘rsatgan taklif va kamchiliklarni bartaraf qilish yozish bo‘yicha adabiyotlar klassifikatsiya qilindi, Magistrlik dissertatsiyasi birinchi bobini kafedra muhokamasidan o‘tkazish bo’yicha bilim – ko’nikma shakillandi. Shu bilan bir qatorda Magistrlik dissertatsiyasi birinchi bobi bo‘yicha kafedra muhokamasida ilgari surilgan taklif va o‘zgartirishlarni dissertatsiyaga kiritish borasida ishlar olib borildi. Shuningdek, magistrlik ishi yuzasidan tadqiqot ishi bajarilgan ishlar yuzasidan hisobot topshirildi.Magistrlik dissertatsiyasi bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotning bugungi kunda qay darajada ahamiyat kasb etishi, ya’ni dolzarbligini aniqlashtirish borasida ilmiy rahbar bilan birgalikda ish olib borildi, shuningdek, tadqiqot dolzarbligi bilan birgalikda ushbu tadqiqot mavzusining o‘rganilganlik darajasini ham aniqlab olish va mukammal holatga keltirish bo‘yicha sa’y–harakatlar amalga oshirildi.



III. Ilmiy–pedagogik ishlar:
Talabalar bilan ishlash tartibi yuzasidan bilimlar shakllantirilib, Mustaqil ishlarni qabul qilish tartibi o‘zlashtirildi. Shu bilan bir qatorda Mustaqil ishlarni baholash tartibi va U Mustaqil ishlarni ro‘yxatga olish tartibi bilan tanishildi.
Magistrant: Ravshanov.S
Ilmiy rahbar: Jumayev.R.Z
Kafedra mudiri: D.Madaminova

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSTETI MAGISTRATURA BO‘LIMI

XALQARO MUNOSABATLAR VA TASHQI SIYOSAT” YO‘NALISHI I BOSQICH MAGISTRANTI


Ravshanov Suhrobbek G’ayrat o’g’lining

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSTETI JAHON SIYOSATI KAFEDRASIDA MAGISTRLIK DISSERTATSIYASINI TAYYORLASH YUZASIDAN APREL OYIDA OLIB BORILGAN O‘QUV–USLUBIY, ILMIY TADQIQOT, PEDAGOGIK VA AMALIYOT FAOLIYATI BO‘YICHA



HISOBOTI

TOSHKENT - 2020
Download 13.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling