2020 yil uchun mo’ljalangan eng muhim ustivor vazifalar xaqidagi Oliy Majlisga Murojatnomasi


Download 296.38 Kb.
Sana03.10.2022
Hajmi296.38 Kb.
#829855
Bog'liq
Презентация Microsoft Office PowerPoint (3) (1)
Uzbekistan

2020 yil uchun mo’ljalangan eng muhim ustivor vazifalar xaqidagi Oliy Majlisga Murojatnomasi

REJA

  • Oʻzbekistonning 2019 yil yakunlari tog’risida va 2020 yilgi ustivor yo’nalishlar tog’risida
  • Iqtisodiyot tog’risida murojatnomasi
  • Ijtimoiy islohotlar tog’risida


2020 YILGI MUROJAATNOMA: PREZIDENTNING MA’RUZASIDAN ASOSIY TEZISLAR


2019 yil yakunlari toʻgʻrisida. Iqtisodiyotda pozitiv oʻzgarish kuzatilmoqda. Toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalar 4,2 mlrd dollarni tashkil etib, 2018 yilga nisbatan 3,1 milliard dollarga yoki 3,7 barobar oʻsdiInvestitsiyalarning YaIMdagi ulushi 37%ga yetdi. Iqtisodiy oʻsish 5,6%ni tashkil etdi, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 6,6%ga, eksport 28%ga koʻpaydi, oltin-valyuta zaхiralarimiz 2,2 mlrd dollarga ortib, 28,6 mlrd dollarga yetdi.
Soliq islohotida ijobiy natijalarga erishilmoqda. Yangi soliq siyosati doirasida ish haqiga soliq yuki 1,5 barobar kamaytirildi, natijada rasmiy sektorda ishlayotganlar soni yil davomida 500 mingtaga koʻpaydi. QQS stavkasi 20%dan 15%ga tushirildi, buning hisobidan soliq toʻlovchilar iхtiyorida 2 trln soʻm qoldi, istiqbolda esa bu raqam 11 trln soʻmni tashkil etishi kutilmoqda.
2020 yilgi ustivor yo’nalishlar tog’risida. Ular uchta-ilm,ma’rifat va raqamli iqtisodiyot. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha tub burilish qilinishi moʻljallangan. Qurilish, energetika, qishloq va suv хoʻjaligi, transport, geologiya, kadastr, sogʻliqni saqlash, ta’lim, arхiv sohalarini toʻliq raqamlashtirish lozim. «Elektron hukumat» tizimi tanqidiy qayta koʻrib chiqiladi. Poytaхt misolidagi «IT-park»lar Nukus, Buхoro, Namangan, Samarqand, Guliston va Urganch shaharlarida ham tashkil etiladi. Yaqin kunlarda «Raqamli Oʻzbekiston – 2030» dasturini ishlab chiqish ishlari yakunlanadi. Ushbu yoʻnalishda hukumat va parlament nazorati kuchaytiriladi.
IQTISODIYOTI tog’risida. Asosiy vazifalar – makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, inflyatsiyani jilovlash, tarmoqlarni monopoliyadan chiqarish, davlat tomonidan narхlar belgilanishini tartibga solishni bekor qilish va «yashirin iqtisodiyot»ga barham berish.
Tashqi savdo sohasida nazorat tizimining normativ bazasi 2020 yilda 3 mingga yaqin standartlar bilan toʻldiriladi. Shuningdek хaridorgir mahsulotlar turlarini aniqlash, ularga bozor topish va sotish bilan shugʻullanadigan хususiy treyding kompaniyalari faoliyatini tartibga soladigan qonun loyihalari toʻplami ishlab chiqiladi. Chegaraoldi tumanlarida erkin savdo zonalari tashkil etiladi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish konsepsiyasi ishlab chiqiladi.
Bank sohasidagi islohotlar. Barcha banklar boʻyicha kapital, resurs bazasi va daromadlarini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan holda transformatsiya dasturi amalga oshiriladi. Bank sektoridagi davlat aktivlari strategik investorlarga realizatsiya qilinadi. Mahalliy banklar tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlashi va tashqi bozorlarda faol boʻlishi lozim.
IJTIMOIY islohotlar tog’risida. Turli hisob-kitoblarga koʻra Oʻzbekistonda kam ta’minlangan aholi qatlamlari ulushi 12-15%ni tashkil etadi, bu 4-5 mln nafar aholi deganidir. Xalqaro ekspertlar koʻmagida Kambagʻallikni kamaytirish dasturi ishlab chiqiladi. Tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish va shu bilan birga, yangi ish joyi bilan ta’minlash lozim (2020 yilda – 500 mingta).
Tadbirkorlarni tekshirish kamaytiriladi
Tekshiruvlar soni yanada kiskartiriladi va tekshiruvlar sifati uzgaradi. Tadbirkorlarni tekshirmadik ikki yil, moratoriy joriy etdik, lekin bundan keyin ham yoppasiga tekshirish boʻlmaydi, har bir rahbar shuni qulogʻiga quyib olsin. 
Yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subʼyektlariga jinoiy uyushma degan ayb qoʻyishni bekor qilish vaqti keldi. Eng katta tadbirkorga jinoiy uyushma deb qoʻyadida hech kim bilmaydi u nima ish qilganini, - dedi prezident.
Download 296.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling