2021-yil 24-sentabr kuni Samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi Raximova Mohinabonu Abduxamid qizi Samarqand viloyati Samarqand tumani


Download 12.25 Kb.
Sana31.10.2021
Hajmi12.25 Kb.

2021-yil 24-sentabr kuni Samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi Raximova Mohinabonu Abduxamid qizi

Samarqand viloyati Samarqand tumani 36-umumta’limmaktabiga ko‘rsatgan metodik yordami haqida

MA’LUMOTNOMA

Samarqand VХТХQTUMOHM o‘qituvchisi M.Raximova 2021-yil 24-sentabr kuni “Ta’limda STEAM yondashuv” mavzusida Samarqand tumanidagi 36-umumta’lim maktabining o‘qituvchilari uchun mahorat darsini tashkil qildi. U bugungi kunda ta’lim tizimimizda bo‘layotgan o‘zgarishlar, innovatsion yondashuvlar, xalqaro tajribalar haqida ma’lumot berib o‘tdi. Darslarini samarali tashkil etish, o‘quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg‘otish, ularda mavzu asosida bilim va ko‘nikmalarini oshirish va kengaytirish, insoniy fazilatlar bilan birga, mehr va oqibatni shakllantirish STEAM ta’limining o‘rni va ahamiyati haqida tushuncha berdi. Bugungi kunda fanlararo integratsiya, mavzulararo bog‘lanish orqali o‘quvchilarda hayotiy kompetensiyalarni shakllantirish muhim ekanligi ta’kidlab o‘tdi. O‘qituvchi mavzuni taqdimot va dars ishlanmalar orqali aniq, tushunarli qilib ko‘rsatib berdi.



Shuningdek, ona tili va adabiyot fanidagi o‘qitilishi murakkab mavzularning tahlili bo‘yicha ham maktab o‘qituvchilari bilan bahs-munozaralar, savol-javoblar tashkil etilib, o‘zaro fikr almashildi.

Maktab direktori: ________________

F.I.O

O‘quv ishlar bo‘yicha

direktor o‘rinbosari: ________________

F.I.O

Uslub birlashma rahbari: ________________

F.I.O
Download 12.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling