2022-yil sentabr-oktabr oylarida


Download 34.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana09.09.2022
Hajmi34.03 Kb.
#803479
  1   2
Bog'liq
PY31880321
Значение слов, nazariy mexanika, Slayd, 2.06-Matematika-oqitish-metodikasi, 3-amaliy, 1-оралиқ назорат (1), 3-amaliy, 3-amaliy, Ecotourism, Ecotourism, Dastur, 1-Laboratoriya mashguloti, SF-BEGtest, SF-BEGtest, 2-laboratoriya ishi Sayimov To'lqin


Ijr.: Xalqaro aloqalar boshqarmasi tel: 71 207 17 36, e-mail:
xab@edu.uz
OO‘MTVda kirim raqami 4/1-4471, 01.08.2022y.; 4/1-4660, 09.08.2022y.; 4/7-504, 31.08.2022y.
2022-yil 5 – sentabr
2/24-4/1-4471-son
Shoshilinch
Oliy ta’lim muassasalari rektorlari
va filiallar direktorlariga
(ro‘yxat bo‘yicha)
Nusxa: O‘zbekiston Respublikasi
Tashqi ishlar vazirligi
Xalqaro ta’lim bo‘yicha
Amerika Kengashlarining
O‘zbekistondagi vakolatxonasi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2022-yil 31-iyuldagi
20/27646-sonli hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashlarining
O‘zbekistondagi vakolatxonasining 2022-yil 8-avgustdagi 22-260 va 2022-yil
30-avgustdagi 22-326-sonli xatlariga muvofiq, 2022-yil sentabr-oktabr oylarida
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ingliz tili orfografiyasi
bo‘yicha respublika tanlovi (“Spelling Bee”) o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Vazirlik ushbu tanlovning o‘tkazilishi talabalarning ingliz tili bilimlari
takomillashtirilishiga xizmat qiladi hamda 2021-yil 19-maydagi “O‘zbekiston
Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan
yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5117-son qaroridan
kelib chiqadigan maqsad va vazifalarga javob beradi deb hisoblaydi.
Ushbu ingliz tili orfografiyasi tanlovi (“Spelling Bee”) ingliz tilidagi
so‘zlarni talaffuz qilish bilan bog‘liq. Tanlovda faqat 18 yoshdan 25 yoshgacha
bo‘lgan bakalavriat talabalari ishtirok etadi.
Tanlov g‘oliblari 2022-yil noyabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan
Markaziy Osiyo tanlovida ishtirok etish va O‘zbekiston sharafini himoya qilish
imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA МАХSUS
ТА’LIM VAZIRLIGI

Download 34.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling