2023 yil sdhda signallarni umumiy multipleksorlash sxemasi. Sinxron raqamli iyerarxiya oqimlarining shakllanishi
Download 60.82 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- E1 triblaridan STM-1 ga o‘tish
- E1 yuklama oqimidan STM-1 sinxron transport modulining shakllanishi
MUSTAQIL ISH SDHda signallarni umumiy multipleksorlash sxemasi. Sinxron raqamli iyerarxiya oqimlarining shakllanishi Bajardi: _____________________ Tekshirdi: ____________________ 2023 YIL SDHda signallarni umumiy multipleksorlash sxemasi. Sinxron raqamli iyerarxiya oqimlarining shakllanishi Multipleksorlashning barcha variantlari, avvalo, STM-1, keyin STM-N modulining shakllanishiga olib keladi. STM-N modulining logik tuzilishini qarab chiqamiz. STM-N modulissikli (freymi)ning tuzilishi quyidagi rasmda ko‘rsatilgan. STM-N sikli (freymi)ning tuzilishi Ko‘rish qulay bo‘lishi uchun freym ikki o‘lchamli 270xN bir baytli ustunlar va 9 qatorli formatlar ko‘nishida tasvirlangan. Tuzilishning uzunligi 2430xN (9x270=2430) bayt, takrorlanish chastotasi 800 Gs bo‘lgan kadrlar yoki bir o‘lchamli raqamli ketma-ketliklar qo‘rinishidan iborat. Freym uchta maydonlar guruhidan tashkil topgan: 3x9xN va 5x9xN baytli formatning SOH seksiya sarlavhasi maydoni, 1x9xN baytli formatning AU-4 ko‘rsatkichi maydoni va 9x261xN baytli (N=1, 4, 16, 64, 256) formatining foydali yuklama maydoni. E1 triblaridan STM-1 ga o‘tish Ovozli signallarni uzatishda keyinchalik STM-N ga o‘tishni nazarda tutgan holda E1E4 oqimlariga bog‘liq holda o‘zgartirish maqsadga muvofiqdir. Bunday yondashishni nazorat qilish, marshrutlashtirish, ajratish, STM-N oqimidan har bir E1 oqimining xatoliklarini osongina topish imkonini beradi. Bunday uzatishda STM-1 oqimining tezligi 155 Mbit/s ni tashkil etadi. Bloklarning barchasidan, TUG-2, TUG-3, VC-4 va STM-N pozitsiyalarida signalni vaqt bo‘yicha multipleksorlash amalga oshadi. Har bir vaqt bo‘yicha birlashtirishda (multipleksorlashda) sikl vaqti o‘zgarishsiz qoladi (125 mks). Endi E1 yuklama oqimidan STM-1 sathiga o‘tishni qarab chiqamiz. E1 yuklama oqimidan STM-1 sinxron transport modulining shakllanishi Rasmdan ko‘rinib turibdiki, yuklamadan sinxron transport modulini shakllantirishda, sarlavha yoki ko‘rsatkichni multipleksorlash, sxemaning boshqa elementlariga fizik yoki mantiqiy birlashish jarayonini bildiradi. Bunday sinxron transport moduli shakllanishida yuklamaga avval tenglashtiruvchi bitlar, boshqaruvchi va joylashtiruvchi bitlar qo‘shiladi. Shakllangan S-12 konteyneriga, VC-12 POH (Path Over Head) marshrut sarlavhasi qo‘shiladi, natijada virtual konteyner shakllanadi. Virtual konteyner, 1 bayt (PTR) ko‘rsatkichning qo‘shilishi natijasida TU yuklama blokiga aylanadi. Undan keyin, VC yuqori sathli virtual konteynerlar shakllangunga qadar, zich holda, har xil sathli yuklama bloklari (TUG) guruhlarida yuklama bloklarini multipleksorlash protsedurasi amalga oshadi. VC-4 POH marshrut sarlavhalarini qo‘shilishi natijasida, ma’muriy (AU) bloklar hosil bo‘ladi va ularga SOH seksiya (Sectoon Over Head) sarlavhasi qo‘shiladi. SOH regeneratsiyalash seksiyasi (RSOH) sarlavhasi va multipleksorlash seksiyasi (MSOH) sarlavhasidan tashkil topgan. Ko‘rinib turibdiki, raqamli oqimlarni yuklatish, tenglashtirish jarayonlari (bitli stafing)ni qo‘llash, ko‘rsatkichlarning faolligi, shuningdek, POH va SOH sarlavhalarini qo‘llash bilan bog‘liqdir. SDH tizimlarida konteynerlar RDH oqimlarini yuklash uchun lozim bo‘lgan hajmdan bir necha marta kattadir. Raqamli oqimlarni yuklash (bitli staffing usuli)da uning tezliklarini tenglashtirish protsedurasi amalga oshadi. Buning uchun konteynerning bir qismi qo‘llaniladi. Download 60.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling