204-guruh talabasi O’rozboyeva Kamolaning
Download 250.05 Kb. Pdf ko'rish
|
gisto
Finlyandiya talim tizimi(1), 11111, riman submersiyalari geometriyasi (1), ПРОКУРАТУРА ТЎҒРИСИДА, Kazus (Rim huquqi Oilaviy munosabatlar) (3), Reference-302211101163, Avtomobillarga texnik xizmat korsanish va taminlashda bajariladi, seninarga
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Sutemizuvchilarning individual rivojlanish xususiyatlari” mavzusidagi MUSTAQIL ISHI
- Sutemizuvchilarning jinsiy organlar tuzilishi
- Jinsiy organlarning taraqqiyoti.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti Biologiya fakulteti Biologiya (turlari bo’yicha) yo’nalishi 204-guruh talabasi O’rozboyeva Kamolaning “Gistologiya va embriologiya” fanidan “Sutemizuvchilarning individual rivojlanish xususiyatlari” mavzusidagi MUSTAQIL ISHI Tekshirdi: Ibragimov Q. Bajardi: O’rozboyeva K. Toshkent-2022 Mavzu: Sutemizuchilarning individual rivojlanish xususiyatlari Reja: 1. Sutemizuvchilarning jinsiy organlari tuzilishi 2. Sut emizuvchilarning jinsiy sikli 3. Sutemizuvchilarda implantatsiya va uning turlari Sutemizuvchilarning jinsiy organlar tuzilishi Jinsiy organlarning ikkita muhim fiziologik vazifasi bo’lib, birinchidan, ular jinsiy hujayralar-gametalar (tuxum hujayra va spermatozoid) hosil bo’lishini ta’minlasa, ikkinchidan, jinsiy hujayralar va jinsiy bezlar faoliyatini boshqaradigan gormonlar ishlab chiqaradi. Jinsiy organlar 2 xil bo’lib, jinsiy hujayralar rivojlanadigan bezlar (tuxumdon va urug’don) va jinsiy hujayralar o’tadigan yo’llardan iborat. Jinsiy organlarning taraqqiyoti. Jinsiy organlarning taraqqiyoti bir necha jarayonlar va bocqichlardan iborat. Sut emizuvchilar jinsiy organlarining taraqqiyotida ikkita muhim xususiyatga e’tibor berish lozim. Eirinchidan, jinsiy organlar taraqqiyotining dastlabki bosqichida indifierent morfologik belgilar, ya’ni ham erkaklik, ham urg’ochilik jinsiy organlarga xos belgilar shakllanadi va ularnnig qaysi jins ekanligini aniqlab bo’lmaydi. Keyinchalik har xil jinsga oid belgilar shaklanadi. Ikkinchidan, erkaklik jinsining ta’sviri yo’qligi tufayfi, urug’chilik jinsiy organ rivojlanadi. Jinsiy organlar taraqqiyotining dastlabki bosqichi urug’lanish bo’lib, bunda spermatozoid xromosomasi zigotalanishini belgilaydi. XY-xromosomali zigota erkaklik jinsini belgilasa ham, zigotaning dastlabki davrida erkaklik va urugchilik zigotasining taraqqiyoti bir xil kechadi. Y-xromosomaning asosiy vazifasi indifferent gonadani urug’don hosil bo’lishi tomonga buradi. Bu birlamchi jinsiy hujayraning gonadaga migrasiyasidan keyin sodir bo’ladi. Y-xromosomaning bu vazifasi, undagi NY-antigen orqali bajariladi. Bu antigen bo’lmasa, gonada tuxumdonga aylanadi. Shu bilan jins differensiasiyasining ikkinchi, ya’ni gonada jinsini aniqlash bosqichi tugallanadi. Keyin embrionning morfologik (somatik) jinsiy belgilari shakllanadi. Embrion taraqqiyotining dastlabki boshqalarida ikki juft jinsiy kanal bo’ladi. Bulardan biri. mezonefros kanal, ikkinchisi, paramezonefros (myuller) kanaldir. Urug’donning testosteron gormoni ta’svirida mezonefros kanaldan urug’ olib ketuvchi kanal hosil bo’lib, siydik kanaligacha davom etadi. Prostata bezi va urug’ saqlovchi xalta ham, testosteron bilan bog’liq. Urug’chilik paramezonefros (myuller) kanalining regenerasiyasi urug’doiming boshqa gormoni - myuller nayi faoliyatini to’xtatuvchi omil gormoni ta’svirida sodir bo’ladi. Urg’ochi embrion gonadasi bu gormonlarni ishlab chiqarmaydi. Testosteron yo’qligi tufayli mezonefros kanal regenerasiyaga uchraydi, myuller nayi faoliyatini to’xtatuvchi omil gormoni yo’qligi tufayli esa, myuller kanalidan tuxum yo’li, bachadon va qinning bir qismi hosil bo’ladi. Tashqi jinsiy organlar ham dastlab, indifferent hollda taraqqiy etadi. Keyinchalik testosteron gormoni borligi tufayli erkaklik, testosteron yo’qligi tufayli esa urugchilik tashqi jinsiy organlar hosil bo’ladi. Jinsiy takomillashishning oxirgi bosqichi tug’ilishdan keyin sodir bo’ladi. Yangi tug’ilgan bola, qanday tashqi muhit tufayli o’z jinsiy belgilarini namoyon qiladi. Jinsiy balog’atga yetish davrida esa bu jarayon oxiriga yetadi va jinsiy gormonlar ta’svirida, ikkilamchi jinsiy belgilar paydo bo’ladi. Download 250.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling