204 guruh talabasi To‘rayev Abram


Download 25.35 Kb.
Sana21.11.2020
Hajmi25.35 Kb.
#149597
Bog'liq
falsafa 6



204 guruh talabasi To‘rayev Abram

Mustaqil savollar

1.Usul nima? Uning shakllari haqida so’zlab bering.

2.Shaklan noaniq tafakkurlash usulining mohiyatini ochib bering.

3.Dialektika usulining mazmun-mohiyati haqida Forobiyning fikrlarini so’zlab bering.

4.Dialektika usulining muqobillari sofistika, metafizika, eklektika haqidagi fikr-mulohazalaringizni bayon eting.

5. Bilish nima? Bilimning asosiy bosqichlari nimalardan iborat?

6. Hissiy va aqliy bilishning xususiyatlari, shakllari haqida so’zlab bering.

7. Haqiqat nima? Nisbiy hamda mutlaq haqiqatlarning o’zaro munosabatlari qanday?

8. Haqiqatning mezonlari haqida nimalar deya olasiz?

9. Amaliyotning bilish jarayonidagi ahamiyati nimalardan iborat?

10.Ilmiy bilishning o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?

11.Ilmiy bilishning empirik darajasini tavsiflab bering.

12.Bilishning empirik darajasida qaysi usullardan foydalaniladi?

13.Ilmiy bilish nazariy darajasining xususiyatlari haqida so’zlang.

14.Nazariy bilishning shakllariga nimalar kiradi?

15.Olam haqida ilmiy manzara yaratishda falsafiy g’oyalarning ahamiyati nimalardan iborat?

Javoblar


1. Usul - ilmiy bilishning tarkibiy qismi bo’lib, uning obyekti, tahlil mavzuyi, tadqiqot vazifalari, ularni hal etish uchun zarur bo’lgan vositalarida ifodalaydi.

2. Noaniq tafakkur bevosita aniq bitta narsadan uzoqlashib, bir nechtasiga xos bo’lgan umumiylikning mohiyatini aniqlab beradi, ulaming rivojlanish qonuniyatlarini ochib beradi. Grammatika ayrim so'zlar orqali umumiylikni belgilab beruvchi inson tafakkurining mavhumlovchi ishidir. Noaniq tafakkur hissiy bilishdan kelib chiqadi, jonli bilish esa qonuniyat bilan o‘sib, noaniq tafakkurga asos soladi.

3. «Dialektika» so‘zining «dialog» so‘zi bilan umumiy jihatlari bisyor. Dastlab dialektika bahslashish, munozara qilish san'ati sifatida tushunilgan, bunda fikrlar, qarashlar qarama-qarshiligi vositasida haqiqatning tagiga yetish maqsadida muammoni o‘zaro manfaatdor muhokama qilishga qaratilgan munozara nazarda tutilgan. Dialektik usul xususiy fanlar erishgan yutuqlardan foydalanib. ularning usullari bilan birgalikda rivojlanadi, ular bir-birini to'ldiradi va boyitadi. Xususiy, umumiy va eng umumiy usullar tadqiqotning yaxlit sistemasini tashkil etadi. «Sharq Arastusi» yuksak unvoniga sazovor bo‘lgan o‘z davrining buyuk mutafakkirlaridan biri, Forobiy fikricha, inson bilimlarni tashqi dunyodagi hodisalarni bilish jarayonida o‘zlashtiradi. Bu jarayon sezish, idrok etish, xotira, tasavvur qilish va eng muhimi – mantiqiy mulohaza yuritish, tafakkur kabi usullarni qamrab oladi. Bu vositalar yordamida inson fanni o‘rganadi. Forobiy «Fan va sanatning o‘ziga xos xususiyatlari» asarida tabiatni bilishning uzluksizligini, bilish – bu bilishdan bilimga, sababni bilishdan oqibatni bilishga, hodisani bilishdan mohiyatni bilishga eltuvchi yo‘l ekanligini qayd etadi.

4. Dialektikaning muqobillaridan biri metafizika, sofistika, eklektika, sinergetika metodlaridir. Sofistik uslubi qadimiy Yunonstonda shakllangan. Mohir, so`zamollar, donishmandlar sofistlar deya atalgan.

Sofistik tafakkur salbiy ma`noda ham qo`llanilgan. Sofistika atamasi, Forobiy ta`kidlashicha, “suf” (donolik) hamda “istiyas” (yolg`on) so`zlaridan olingan bo`lib, “soxta donolik” ma`nosini anglatadi. Bunday tafakkur insonni to`g`ri yo`ldan adashtiradi. Mantiq qonunlariga qat`iy rioya etish insonni sofistika(safsatabozlik)dan ozod qiladi.

Metafizik uslubi. Metafizika real voqelikidagi alohida narsalar haqida ko`p materiallar to`plash imkonini beradigan metod. Tabiatdagi narsalarni mukammal o`rganish, ularning mohiyatini chuqur anglash – metafizik tafakkur uslubining ijobiy tomonini tashkil qiladi. Uning asosiy kamchiligi tabiaatdagi narsa va hodisalarni bir-biridan ajralgan va harakatsiz holda olib qaraydi.

Eklektik uslubi. Eklektika yunoncha so`z bolib, “tanlayman” degan ma`no anglatadi. Bu tafakkur uslubida ob`ektga xos muhim va muhim bo`lmagan, asosiy va ikkinchi darajali xossa-xususiyatlar o`rtasidagi farq inobatga olinmaydi.

Sinergetik taffakkur uslubi. Har qanday eski tizim yangi tizim bilan almashinar ekan, beqarorlik, tartibsizlik holati yuz beradi. Bunday holatda qandaydir tasodif ham muhim ahamiyat kasb etishi, narsa va hodisani kutilmagan tomonga o`zgarishi mumkinligini inobatga olish talab qilinadi.

5. Bilish taraqqiyoti fikrning bilmaslikdan bilishga qarab, to’la va mukammal bo'lmagan bilimdan to’la va mukammal bilishga qarab harakat qilishidan iborat cheksiz jarayondir. Bilish eskirib qolgan nazariyani yangi nazariyalar bilan almashtirib, eski nazariyalami yanada aniqlab, olg‘a qarab boradi hamda voqelikning tobora yangidan-yangi tomonlarini ochadi. Bilish ikki bosqichdan: hissiy va mantiqiy, ya’ni jonli mushohada va mavhum tafakkur iboratdir. Jonli mushohada obyektiv dunyoning buyumlarini bevosita sezgi a’zolari yordamida aks ettirishdir. Jonli mushohadaning bilishdagi roli muhimdir, uning yordamida dunyo haqida aniq bilimlar kelib chiqadi. Lekin bilishning bu bosqichi ma’lum darajada cheklangan. Bilishning bir bosqichdan ikkinchi bosqichga kutaradigan narsa - amaliyotdir. Mehnat jarayoni, ishlab chiqarish ehtiyojlari narsa va hodisalar asosida yotgan qonuniyatlami ochishni talab qiladi. Mantiqiy bilish - bilishning rivojlanishidagi sifat jihatdan yangi, yuqori pog'onasidir. Mantiqiy bilishda inson mantiqiy tafakkur yordamida voqelikning rivojlanish qonuniyatlarini bilib oladi. Mavhum tafakkur hissiy bilishdan sifat jiqatdan farq qiladi. U bevosita aniq bitta narsadan uzoqlashib, bir nechtasiga xos bo’lgan umumiylikning mohiyatini aniqlab beradi, ularning rivojlanish qonuniyatlarini ochib beradi.

6. Hissiy bilishga sezgi, idrok va tasavvur shakllari kiradi. Tashqi dunyoning bu shakllari bir-biri bilan organik aloqada bo’lib, alohida-alohida uchramaydi. Jonli mushohada jarayonidagi sezgi tashqi dunyo narsa va hodisalarini bilishning birinchi qadamidir. Inson miyasida hosil bo'ladigan tasavvur va fikr tashqi dunyo narsalarining sezgi orqali ta’siri natijasida yuzaga kelishi mumkin. Sezgi harakat qiluvchi materiyaning obrazi sifatida idrok uchun asos bo’ladi. Idrok ham ongimizni tashqi dunyo bilan bevosita bog’laydi. Idrok narsaning turli hossalarini qayta ishlab, ularni birlashtiradi. Idrok turli sezgi a’zolari bergan ma’lumotlar asosida miyada tashqi qo‘zg‘atuvchining - bir butun obrazi hosil bo’lishi tushuniladi. Inson o'zining amaliy faoliyatida o‘zi idrok qilayotgan narsa bilan odamning o‘zida shu narsa to‘g‘risida hosil boigan sezgi va idrokning o‘xshashligini belgilaydi.

7. Haqiqat obyektiv voqelikka mos keluvchi narsalar va hodisalaming real holatdagi mazmunini, sifat va xususiyatlarini to'g'ri aks ettiruvchi hamda amaliyotda sinalgan bilimlardir. Har bir nisbiy haqiqatda mutlaq haqiqat elementi bor chunki unda moddiy dunyoning ma’lum tomonlari aks etadi. Nisbiy haqiqat obyektiv olamning inson ongida nisbatan to'g'ri in’ikos etishidir. Obyektiv olamni taxminan to'g'ri in’ikos ettiradigan, to’la va aniq bo’magan, inson bilimining so'ngi taraqqiyoti jarayonida aniqlanishi va chuqurlashishi tobora to’laroq boyib boradigan ilmiy bilimlar nisbiy haqiqatdir. Nisbiy haqiqatni e’tirof qilish mutlaq haqiqatni inkor etish emas. Har qanday haqiqat nisbiyligiga qaramay unda mutlaq haqiqat elementlari saqlanadi. Mutlaq va nisbiy haqiqatlaming dialektik munosabatini bilish dogmatizm, agnostitsizm, relyativizm va volyuntarizmga qarshi kurashda katta ahamiyatga ega. Relyativizm inson bilimlaming nisbiy deb qarash bilan birga obyektiv haqiqatni butunlay inkor etadi. U bilish jarayoniga dialaktikani tatbiq eta olmaganligi uchun faqat nisbiy haqiqatni e’tirof etadi va uni mutlaqlashtiradi. Uning asl maqsadi mutlaq haqiqatni, shu bilan birga obyektiv haqiqatni inkor etishdir.

8. XVII asr ingliz faylasufi F.Bekon haqiqatning asosiy mezonini eksperimental tajriba tashkil etadi, degan g'oyani ilgari surgan edi. Uning fikricha, «barcha isbotlar ichida eng yaxshisi-tajribadir, agarda u barcha sinovlar ichida o’z predmet mohiyatidan chiqmagan holda bo’lsa» degan qarashni ilgar surgan. XVIII asr fransuz faylasufi Didro ham tajribani haqiqatning asosiy mezoni deb hisoblagan edi. Ilmiy falsafada haqiqatning mezonini amaliyot tashkil etadi. Inson faoliyatining mavjud hisoblangan amaliyot kishilarning tarixan yuzaga kelishi jarayonida shakllanib barcha jamiyatlar taraqqiyoti yo’lida rivojlanadi va mukammallashadi. Amaliyot inson uchun bilish obyekti bo’lgan olam bilan bog’lanishdir.

9. Amaliyotning bilish jarayonining ahamiyati quyidagilardan iborat:

Birinchidan, amaliyot bilish jarayonining maqsad va yo'nalishlarini belgilaydi. Obyektiv olamni bilish odamlaming muayyan ehtiyojlarini qondirish maqsadida amalga oshiriladi. Shu tariqa amaliyot bishning maqsadini belgilab beradi. Har qanday fanning vujudga kelishi amaliyotning u yoki bu talabiga javobdir. Ikkinchidan, amaliyot bilish jarayonining asosini tashkil etadi. Bunda, bilishning bir-biri bilan uzviy bog’langan bosqichlari - hissiy va aqliy bilish amaliyotiga asoslanadi. Hissiy va aqliy bilish jarayonida qoiga kiritilgan ma’lumotlar amaliyot tufayligina yuzaga keladi. Bilish jarayonining o‘zi inson amaliyotining shakli hisoblanadi. Uchinchidan, amaliyot haqiqatning oliy mezoni hisoblanadi. Insonning olam haqidagi bilimlari, uning amaliy faoliyatida isbotlanadi. Agar biron narsa haqidagi tasavvur soxta bo'lsa, u holda undan foydalanish mumkinligi to'g'risidagi bizning mulohazalarimiz ham soxta bo'lib qoladi va undan foydalanish yo’lidagi har qanday urinish muqarrar ravishda muvafaqqiyatsizlikka olib keladi.

10. Ilmiy bilish olim va tadqiqotchi tomonidan olib boriladigan izlanishlar asosida amalga oshiriladigan, uzoq davom etadigan jarayonlarni o'z ichiga oladi. Tadqiqotchi izlanish orqali o'zi tadqiq etayotgan obyektning yangi yo‘nalishlari, avval aniq bo’lmagan yangi sifatlari, tomonlarini aniqlaydi yoki ochadi. Har qanday ilmiy izlanishning maqsadi va vazifasi biror ilmiy muammoni hal qilishdan, yechimini topishdan iboratdir. Ilmiy bilish usuli inson amaliy faoliyati negizida yuzaga keladi. U tabiat, jamiyat va inson ongining murakkab hodisalarini to‘g‘ri, obyektiv talqin etishga, fanning tabiiy aloqalarini ochishga imkon beradi. Ilmiy bilish usuli tadqiqot turlarining mazmun va izchilligini o‘z ichiga olgan holda amalda bajarilgan faoliyatining ta’siri sifatida yuzaga chiqadi.

11. Ilmiy bilishning empirik darajasi kishilaming ehtiyojlarini qondirish jarayonida ularning kundalik tajriblari asosida qo'lga kiritilgan ma’lumotlarga tayangan holda olamda ro'y berayotgan hodisalami bilishga qaratilgan. Ilmiy bilishning empirik va nazariy darajalarining xususiyati kishilaring olam haqidagi kundalik sodda bilimlariga asoslangan bo’lishi va olam haqidagi falsafiy ahamiyatga ega bo’lgan umumiy tasavvurlarga asoslanishidir.

12. Ilmiy bilishning empirik va nazariy darajalari bir-biridan olamdagi narsa va hodisalarni o'rganish jarayonida foydalanadigan ilmiy usullari bilan ham farqlanadi. Ilmiy, bilishining empirik darajasida quyidagi usullar keiig qo'llaniladi: kuzatish, o’lchash, taqqoslash, ilmiy tajriba usullari. Kuzatish - voqelikdagi narsa va hodisalaming muayyan maqsadga muvofiq qaratilgan hissiy bilish usulidir. Kuzatishning qay darajada bo'lishi qo'yilgan maqsadning aniqligiga, ko’rilayotgan narsa va hodisalar haqida oldindan bilimga ega bolishiga bog’liqdir. Kuzatishda subyekt asboblardan foydalaniladi. O‘lchash - bilish jarayonida narsaning miqdor tavsifnomasini aniqlash usulidir. O‘lchov odatda o'rganilayotgan predmetni aniq qayd etilgan hossa va belgilarga ega bo'lgan boshqa biror bir predmet bilan nisbatlash yo’li orqali amalga oshiriladi. Taqqoslash - bilish faoliyatida tatbiq qilinadigan usul bo’lib, bilimlarning shakllanishi, rivojlanishida alohida bir bosqichdir. Obyektiv reallikdagi narsa va hodisalarni “qayta o’rganish” jarayonida ma’lum bo'lgan bilimlar bilish operatsiyasi bajarilayotgan vaqtda olingan bilimlar bilan taqqoslanadi. Eksperiment — tajribada sinab ko’rsh orqali fanda hodisalarni bilish faoliyatida tadqiq qilish, o'rganish usuli hisoblanadi. Eksperiment kuzatishga qaraganda yuqoriroq darajadagi bilish usulidir. Eksperiment usuli hodisalaming muhim belgilari va xususiyatlarini ularning boshqa narsa va hodisalar bilan munosabati, aloqa va bog’lanishlarini chuqurroq o‘rganishga imkoniyat yaratadi.

13. Ilmiy bilishning nazariy darajasi bir qator xususiyatlarga Ular quyi- dagilardan iborat: 1) nazariy bilimlar o'zining umumiyligi va mavxu- miyligi bilan ajralib turadi; 2) nazariy bilimlar yaxlit va tizimli bilimlar hisoblanadi; 3) u falsafiy bilimlar bilan yaqinligi bilan tavsiflanadi; 4) empirik bilimlarga nisbatan mukammal bilimlar hisoblanib, hodisalarning mazmun-mohiyatini atroflicha va chuqur aks ettiradi.

14. Nazariy bilimlarni hosil qilishda mavhum tafakkur katta rol o'ynaydi. Bilimning nazariy darajasida ilmiy tadqiqotning keng ma’noda qo'llaniladigan mavhumlik va aniqlik usullari mavjuddir. Aniqlik usuli tadqiqot obyektining hossalari, aloqalari, munosabatlarining ko'p qirrali birligi sifatida nazariy umumlashtirish vositasi hisoblanadi. Bu usul aniq hodisalar haqidagi barcha aloqa va munosabatlami o'z ichiga olgan voqelik haqidagi bilimni yuzaga chiqaradi. Aksiomatik usul tadqiqotning aksiomalarga asoslanib nazariy xulosalar chiqarish usulidir. Asos qilib olingan aksiomalar esa muayyan nazariy tizimda isbotlanmay haqiqiy deb qabul qilinadi. Nazariy bilimlar to’la ravishda aksiomalardan deduktiv yo’l bilan chiqariladi. Tarixiylik va mantiqiylik obyektiv dunyo taraqqiyot jarayonlarining muhim xususiyatlarini bilish usulidir. Tarixiylik usuli narsa va hodisaning ro‘y berish vaqti, davri, aniq vujudga kelishi, rivojlanishini bilish usulidir. Mantiqiy usul predmetning mazmunini nazariy shaklda tadqiq qilish usuli hisoblanadi. Bu usul tadqiqot obyektning eng muhim aloqalarini bilib olishga imkon beradi.

15. Olam haqidagi ilmiy manzaraning har birining asosida ilmiy bilishning nazariy darajasida yaratilgan muayyan ilmiy tamoyillar yotadi. Ilmiy tamoyil poydevor, boshlangich nuqta, boshlanish manosini anglatadi. Falsafa fanida olamdagi narsa va hodisalaming o‘zaro aloqadorligi va taraqqiyoti, ulaming inson ongida aks ettirilishi bilish nazariyasining asosiy tamoyillari hisoblanadi. Olam haqidagi ilmiy manzaraning ajralmas qismi hisoblangan gipoteza ham nazariy bilimlar turkumida muhim o‘rin egallaydi. Gipoteza - olam haqidagi ilmiy manzarani konkretlashtirish yoki uni yangi g‘oyalar, bilimlar bilan boyitishga qaratilgan bo’ladi. Gipoteza bilish jarayonida isbotlansa olam haqidagi ilmiy manzaraning tomoyiliga aylanish yoki yangi ilmiy tamoyilning kelib chiqishga asos bo’lshi mumkin. Nazariy bilimlar asosida voqelikdagi narsa va hodisalaming taraqqiy etish qonuniyatlarini izohlash yoki ulami bashorat qilish imkoniyati yaratiladi. Hodisalami izohlash ilmiy nazariyadagi qonunlardan ma’lum xulosalar chiqarish kerak.




Download 25.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling