geografik topishmoqlar

Sana01.01.1970
Hajmi
#210977
Bog'liq
geografik topishmoqlar






GEOGRAFIK TOPISHMOQLAR
Topishmoqlar o`zbek va jahon xalqlarining qadimgi xalq og`zaki ijodlaridan biri hisoblanadi. Ularda asosan tabiatning turli hodisalari, jismlari ishora orqali juda aniq tasvirlanadi. Bu topishmoqlar o`z o`rnida barchani qiziqtiradi va topqirlikka undaydi. Topishmoqlardan darsda samarali foydalanish o`quvchilami fanga bo`lgan qiziqishini, zukko va fikrlar teranligini, topqirligini oshirishga xizmat qiladi. Dars jarayonida ruhiy charchashni oldini oladi. o`qituvchiga esa o`quvchilarai ichki .dunyosini o`rganishga, ularning individual xususiyatlapni aniqlashga yordam beradi.
Geografik atama, hodisa, joy nomlari va boshqalarni topishmoqlar asosida bayon etilishi o`quvchilarni unga mos javobni topish uchun bilgan barcha ma'lumotlarni eslashga, geografik xaritalarni tasawurqilish, materiklar, davlatlar, rayonlar bo`yicha o`ziga xos xususiyatlarni yodda saqlashga o`rgatadi.
Bu «Geografik topishmoqlarni» yozishdan maqsad o`quvchilar bilimini baholashda noan'anaviy usullardan foydalanib o`tilgan dars samaradorligini oshirishdan iboratdir.
* * *
1. To`rt tomoning aniqlab berar, Darajada joylaraks etar. Osmondami, suvda, o`rmonda Sayohating chog` asqotar
2. Unga o`simliklaryuzini burar, Qumursqalar inin og`zin qurar, «Avstraliya» — so`zi unga taqalar, Bu tomonning nomi qanday atalar?
3. Yo`ldan adashih Tolib, Rosa qolibdi horib. Xarita va plan ham, Kompas, gnomonlar ham Qolgan edi yo`qolib Ne qilish endi Tolib? Ketsin shaxdam yo'1 solib, Daraxtlarga qarabmi, Tog`-suvlarda yayiabmi?
4. Lotinchadan qilsang tarjima
I «Sharq» so`zini hosil qiladi.
I Yo`llaringniyo`qotsangjuda
Hamrohu hayrixoh bo`ladi
5. Yer yuzida shunday nuqta bor. Kecha-kunduz farqlanmas unda. Yulduzi ham so`nmaydi zinhor, Charaqlaydi kunda va tunda.
6. Xaritamas miqyosi bor, Unda joyning rejasi bor. Aniqroqdir globusdan, BelgUarning o`z o`rni bor.
7. Bor shunday mihgtaga kunduz va
kecha, Teng kelar hattoki minutlargacha.
8. Bir xil baland nuqtani, Tutashtirar bir chiziq. Unga relyef bo`lsa bas, •Hech rang ijhlatmas qiziq.
9. Globusvaxarita, Chizayotib Madina. Sariq nuqtalar qo`ydi, Ayting, qani bu nima?
10. Harakatsiz baiqaror Yeida ikki nuqta bor.
11. Yer sharini qoq ikkiga bo`laman, Parallelga men parallel bo`laman.
12. Ekvatordan Arktikaga Yo`l oldi do`sting G`ani. Qaysi kenglik tomon borar, Shu G`ani ayting qani?
13. Uchburchak shakl chizib, Uch xil nom qo`ydi Vali. Chunki birin bo`yadi, Birisi yarim hali. Uchinchisi oq qoldi, Nomini top-chi, Ali.
14. Sayohatdaasqotar, Asbob nomin kim topar.
15. Kurramizni tasvirlab, Kattaligin ham o`lchab. Darslikni kim nomlagan. Xotiralarni jamlagan.
16. Xarita tuzib olim, Ko`llarni belgiladi. Ko`p ko`lni ko`kka bo`yab Ba'zisi qizg`illadi Bu ranglarda ne sir bor. Ko`llarga ne ta'sir bor.
17. To`g`ri rang bersang unga, Axborot berar senga.
18. To`rtburchakni chizganlar Qoraga bo`yab qo`ysin. Belgilab uning nomin Nima deb yozib qo`ysin?
19. Xaritada yashil rang, Qanday joy ekan qarang.
20. Mening shaklim yumaloq, Harakatdaman har choq. Qish, bahor, yoz va kuzni, Kechasi va kunduzni Hadya etaman senga, Quyoshga tutib o`zni.
21. U rasmga qarindosh, Xaritaga yaqiraoq Yerning shakl modeli, Cho`zinchoqmas yumaloq.
22. Yer tinmayin aylanar, Daqiqalar shaylanar. Kun, oy, fasl, almashib, Qanday nomga boylanar?
23. Bir fasl bor issiq, soz, Quyosh tig`idamiz....
24. Qizaradi so`nmaydi, Usiz giyoh unmaydi.
25. Yerning tabiiy yo`ldoshi, Oydindagi so`z boshi.
26. Uning bag`ridadir hatto suv qobiq, Yuzin silab turar ham havo qobiq. Tabiat bergandir qattiq fazilat, Qa'ri boyliklarga limmo-lim qat-qat
27. Avstraliya, Afrika, Janubiy Amerika. Birlashganlar bir zamon, Ayting, qay materikka?
28. Silkitar u yer po`stin, Nima ekan bu do`stim?
29. Uni vulqon otadi, Toshustidaqotadi.
30. Vulqonga o`xshaydi-ku, Qaynoq suv puflaydi u.
31. Dunyoda eng uzun g`or, Nomida hayvon ham bor.
32. Yer osti suvlari tuproqni o`yar, Tog`larda tor yo`lak, quduqlar qurar. Shiplari naqshinkor saroyga
o`xshar,
Mo`jiza yaratar chiroyga o`xshar.
33. Tog` jinslari o`zgarib, Holatni yo`qotdi. Bu guruhlar birlashib, Qanday birlikni topdi?
34. Dunyoda eng baland tog', Tibetmi, yo Tyan-Shan? Balki Himolay, Kun-Lun, Pomir tog`mi, ayt Gulshan?
35. Chiroylidir manzarasi, Tog`-bog`larning satasi. Qaysi tog` bu? Osiyo Ovruponing chegarasi.
36. Portlayman men erib', qaynab va
jo`shib.
Tog` yasayman lavalarimni
qo`shib.
37. «Qorlar manzili*, "-' «Dunyoning torni*
Bahaybat bu tog`ning Nimadir nomi?
38. Respublikamizning katta bir
shahri
Nomining boshidan olsang uch
harfin, Topasan, sayyoraning baland bir
tog`in Tarjimasi berar metalning nomin.
39. Qrimlar der «Yayla». Qirg`izlar der «Jayla» o`zbeklar qanday atar? Qani, javobing shayla.
40. Tog`lar qator yelkadosh, ' Uning do`sti yo`qmikan? Qara, tanho u yo`ldosh, Hayvonlari to`qmikan?
41.Ustitekismas, Cho`qqi va qoyali, Qir-adirlaiga, Ulkan soyali!
42. Cho`lni bezar yoy, o`roq. Qani top, qo`ydim so`roq?
43. Do`ng bo`libdi ko`chma qum, Shamoldan tinchmas bir zum. To`p-to`p tizma ham yakka, Qum ustida yo`q pakka.
44. Yer sharining to`rtdan uch qismin, Egallaydi rangi yo`q modda, Unday kuchli erituvchi kam BosMangandir undan hayot ham.
45. U dunyoda eng katta ummon, Tinchligiga bor erur gumon.
46. A'lochi ikki o`rtoq Bitimga kelmas har choq - Dunyoda eng yosh ummon Tortishuv boshi hamon...
47. Men beray izoh to`llq,
Shimol - muz ummon io`itlq.
Kesar ekvator chiziq, Qaysi ummon eng issiq?
48. Uning suvi iliq, sho`r. Dengizlardan tuzi mo'1.. Daryodan suv olmagay, Dengizmi u yoki ko'1?
49.Palaxsamuz Suvdaturar, . Muz tog` bo`lib Kezib yurar.
50. Uch tomonim suv erur^ Quruqlik bir yonimda. , A ,5 Orolga o`xshashroqman, *' Ham orol bor nomimda.
51. Ummon osti baland tog`larin Cho`qqilari suv sathidan tik U yerlarda inson yasharmi? Yashamasa u nega kerak?
52. Sudralib yuruvchining, Nomin olibdi o`zga. Tinch ummonning bag`rida, Ko`rinib turar ko`zga.
53. Ko`plab qo`shni orollar, o`xshaydi bir-biriga Nomi ham yashiringan Bir oila siriga.
54. Tinch ummonda orollar, To`planib bir nom olar.
55. Kichkina bir orolda, Mo`jizaliqonunbor. Borganmetalljismlar, Qaytib kelmaslar zinhor. /
56. Qani, ayt-cbi, sen Kamol, EngkattaqaysiOrol?
57 o`zgartirsangboshharfm, Kichikbirbo`g`iz. Kimyoviy bir birikma, Bo`ladito`kis.
58. U qit'aga o`xshaydi, Orollarni qo`shmaydi.
59. Elkaga osib yukini, Suratga olib ko`kni. Orol yasar, o`rkach tog`, Bog`bonsiz yaratar bog`
60. Bir o`zanli yo'1 bo`lar Oqib-oqib ko'1 bo`lar.
61. Daryo boshlanar joydan Qor, muzlik, jilg`asoydan j,' Sizga gullar keltirdim, Daryo, ko`llar keltirdim.
62.Nafisa,Ehom,Lola,
Ismin bosh harflarin olib Eng uzun daryo nomin Topib bo`laqol g`olib.
63. Arman tog`laridan boshlanib, Butun Iroq suvini- kutar Fois qo`ltiqqa yetganda daryo Suvin yirtqich nomi-la tutar
64. Mansabi ayni o`.z nomida Manbai «Dunyoning tomi» da
65. Balxashga chuchuk suvni, Faqat u eltib borar. Qaysi daryo ekanin, Qani kim aytib berar.
66. Daryoda suv toshsa, «Toshqin» deb nomlanar Sathi past bo`lsa-chi, U qanday nom olar?
67. Yog`inlardan to`ladi, Yog`och oitsang bo`ladi.
68. Bir nomda sharshara, cho'1. Shahar, orol, daiyo, ko'1
69. Tuproqdan suv qochsa, Bo`lar sahro, cho'l. Havza quloch ochsa To`lar moviy
V
70. «Hazar» ham uning nomi, U ko`llarning sultoni.
71. Suv degan ma'nosi bor, Ko`lning nomin aksi yor
72. U shunday ko'1, Faunasi mo'1. Bir qism suv, chuchuk, Qolgani-chi, sho`r.
73. Uning sahni sayyoramda keng, Hech qaysi ko'1 kelolmaydi teng.
74. U dunyoda eng baland ko'1, «Mis» tog`ida, suvi ham mo'1.
75. Kunduz dengizdan qochar, Bag`ri dilingni ochar. Tunda ortiga shoshar, Xullas qirg`oqdan oshar.
76. Suvlar unga mehmondir, U beshinchi ummondir.
77. U borki bulutlar samoda kezar, Cho`llarda barxanlar o`ynar
kim o`zar.
78. Rangi boru, shakli yo`q, Uningsiz hayot ham yo`q.
79. Ko`zga ko`rinmas qobiq, Yasabdi bug`dan momiq U quyosh yuzin to`sib, Suv tashir ekan horib.
80. Tog`dan pastga qarab esadi, Qish bahorda vodiy kezadi.
81. Yer yuzasi oy kabi, Qizib kech sovib kelmas, Meteoritlar cho`g` bo`lib, Ne sabab yetib kelmas?
82. Daraxt shoxlarin Sindirib ketar, Bu shamol tursa, Ko`p ofat yetar.
83. o`xshar musson, fyonga, Esar tog`bag`ir yonga.
1 ,-•'
84. Nemischadan qilsang tarjima, •* «Qanot» degan ma'no anglatar Shamol yo`nalishin ko`rsatib, Gorizontal rumbda aks etar.
85. Tongda shudring, tuman inmadi, Kechga borib, shamol tinmadi. Qushlar pastlab uchib yurdilar Ob-havodan darak berdilar?
86. Yomg`ir, sertomchi Nomini top-chi? Bulut onasi, U muz donasi.
87. Erta tong tuisam, baiglar Tomchi-la bezalibdi. Yomg`ir yog`may turib ham Billurday namlanibdi Qanday ekan bu jumboq, Qani, Nodir aytib boq.
88. Yog`in yog`ib, u to`lar U bo`lmasa ne bo`lar?
89. Yomg`ir yog`sa o`lchayman. Chelakcham bor ko`chmayman
90. Joyning o`rnida xo`p bog`liq harorat, Bir yerda yuqori, bir yerda-chi, past. Bu chiziq chegara bo`ladi faqat, Havo harorati bir xil bo`lsa bas.
91. Bahorjonga u eshik ochar. Har to`rt yil qish faslida Bu qanday yil aytchi, Nafisa? Buning nomin aytsam.....
92. Yunonchadan qilsang tarjima, «Shimoliy»dir uning ma'nosi. U mintaqa katta bir zona. Juda sovuq, sfiimol sahrosi.
93. U shunday mintaqa, Havosi iliq. To`rt fasl namoyon. Bo`ladi to`liq.
94. Harorati bir xil-issiq, Hududlari bo`lar chiziq.
95. Dashtu cho`llar orasi, Yashnar shuvoq, sho`rasi.
96. Cho`lda o`sadi, Suvda cho`kadi, Shamol to`sadi, Shoxin to`kadi. Toshdekyog`ochin, Arra kesolmas, Deganlarim chin, Zaxda o`solmas.
97. Topchi, senga topishmoq, Unga darkor cho'1, qumoq. Do`stlari juzg`un, iloq, Sanoqsiz, juflmi, yo toq. Qani, ayt nomin...
98. Yomg`ir suvlarin so`rar, Besh ming yil umr ko`rar, Tunda xushbo`y gul ochar, Savannaga nur sochar. «o`simlik fili» derlar, Maymunlar sevib yerlar.
99. Ushundayo`t, Asbob nomida. Bargi doim Quyosh domida. Undan ayon bo`lar To`rt tomon. Nobud qilma Uni hech qachon.
100. Finchadano`girsak, «O'rmonsiz» demak, Namlik xo`p yetarli, Issiqlik kerak.
101. Ko`kish-zang. Ungarang. Zichlik xos, Botqoq mos.
102. Kuchli shamol, yog`indan, Asray deb yerin dehqon.
Yaratar katta o`rmon, Bog`-mi bu? Bormi, bog`bon?
103. Xo`jalik uchun zarur, Mablag`, zahira erur.
104. Emishi yantoq, sho`ra, Oziq tanlamas, xo`ra. «Cho'l kemasi» yuk tashir, Mayli, javobing yashir.
105. Savannadir makoni, Hashoratlar sultoni. Qurar qator minora. Tuproq ostin qiroli.
106. Se-se pashshasi chaqib, Ziyon yetkazolmaydi. Terisi yo'1-yo'l chiziq, Hech kim ketkazolmaydi.
107. Qo`pol, beo`xshov jonzot, U «Suv ayg`ir», yo «Suv ot». Terisi silliq tuksiz Kishnar, gigant....
108. Ariqqa qurar to`g`on,
Shox kesar yo`g`on-yo`g`on. Hovuzga uy quradi, Qishin-yozin turadi. Issiq, pishiq mo`ynasi, Topmoq bo`lgan o`ylasin.
109. Arktikaning hayvoni, Qorli g`or uy-ayvoni. Sho`ng`ir suvga, goh chopar. Ozig`in ovlab topar. Yemishityulen, qushlar, Baliq yeb ko`ngil xushlar.
110. Ta'mni sezar oyog`i, Qo`ling bo`yar bo`yog`i.
111. U bor joyda qo'y, quyon. Havfda turar begumon.
112. o`zi hayvonlar zo`ri, Nomin bilsangiz......
ir
113. Lotinchadan qilsang tarjima, «Qora» degan ma'no bildirar. Fan tilida u irqning nomi, Qaysi davlat shunday atalar?
114. U shunday keng shahar, Oq, Ko`k Nil tutashar. Topsangiz gar ismi, Hayvonning hamjismi. Emasquloq, yokidum. Shaharning nomi...
-\
115.1kkidavlatbirlashib, Ko`l va orol sirlashib, Bitta notnga bog`landi, Bosh bo`g`inlar chog`landi. Afrikadan izlangiz, Topib, menga so`slangiz.
116. Dunyoda u eng issiq shahar, Changlarin der upoli. Nomin top-chi, qani sen Zafar. Nomi uni...
117. U kofening vatani, Qizil dengizdan nari.
118. Ypsh burmali tog`lar ko`p, Quruq o`zan «Vodiy» ham. Eng katta cho'1 shundadir, Neft, gaz koni-ko`p biram.
119. Bu yerda aloe, yowoyi tarvuz,
Vilvichiya, xunnolar o`sadi yolg`iz
120. Bu yer eng issiq, sernam. Bo`lmaydi hatto qish ham Se-se pashshasi uchar, Chuqur uzun ko'1 uchrar.
121. Qani, o`ylab ko`r bir pas, Topolsang, notni...
122. Afrikaning boy tog'i, Yirtqich mahluqdir nomi,
123. Daraxtzorda kunduz ham. Fonar olib yurasan. Lianaga osilgan Shimpanzeni ko`rasan.
124. Chang-to`zon etib o`zin, U biizar cho`lning yuzin. Sahroi Kabir manzili, U qay shamolning xili?
125. Sayyorada chuchukko`llardan Uzunlikda saidori o`zim Chor tarafim hamon tog`lardan Eslatadi qayerni so`zim?
126. Afrikada shunday daryo bor, Ekvatorni kesar ikki bor. Materikda eng sersuv o`zi, Mavsum bo'yi bir xil suv oqar.
127. Ikkiirmoq,Ko`kvaOq, . Nil bo`laf qo`shiliboq. Birin suvi loyqadir, Qaysinisi tiniqroq?
128. Yarim qoqidir tovoq, Uning nomichi...
129. Tapir-tupir etdi-yu, Bir hayvon kirib keldi. Bu ovoz shu hayvonning, Nomini aytib berdi.
130. Na hayvondiru, na qush, Uzun oybq, katta to`sh. Tuyadain tez chopar u, Bilsang nomi...
131. Nomidan ma'lum, Shira ozig`i. Mittl, sayroqi, Afrika zog`i...
132. Bu davlatda sim-g`ovlar, o`ragan cho'1 yaylovlar. Chorvaning yo`q cho`poni, Qo`rasiz, qo`y makoni.
133. Butalar qalin o`sar, Tikanlar yo`lin to`sar. Bolta bilan yurasan, Cho'1 dublarin ko`rasan. UAvstraliyadabor, Ayt, qanday chakalakzor?
134. Kam harakat qiladi, Uni hamma biladi Daraxtda oziq-ovi, Avstraliya...
135. U dunyoda eng quruq, Bag`rida vulqon ham yo`q. Haltali hayvonga kon, Bitta davlatga makon.
136. Katta maydon quruqcho'1, Eng yirigi Eyr ko'l.
137. Ulkan haltali hayvon, Qayerni qilgan makon?
138. Tuxum qo`ysa g`aqillab, Chaqiradi xolasin. Go`yo odam misoli, Emizadi bolasin.
139. Shu yerda butilka daraxtlar o`sar, Termitlar in qurib manzara yasar.
140. Tanasi bo`lar arqon, Ildizi sharbatga kon.
141. U ham xaltali hayvon,
Suv ichmagay hech qachon.
142. Janubiy materikda,
Yetmish foiz hudud cho'l. Asosiy suv krikda, Eng yirigi qaysi ko'1?
143. Sayr qiladi u uchmay, Shu keng samoni quchmay. Pati yengil, mayindir. Topmog`ingiz tayindir. Okeaniyaning chiroyi Qushlarning erkatoyi ^
144. Qushlar tinmay kuylaydi, // Qora to`ti so`ylaydi. \j «Hayot daraxti* o`sar, Nafis yelpig`ich yasar { Davlat ramzida uyg`oq, t. Toshbaqa, palma yong`oq.
145. Orollar marjon-marjon, Daiaxtlarda qovun, non. Yashar «Jannat qushlari», Kuylashga yo`q xushlari. Toping, yashirdim joyni, Mo`jiza, siigaboyni.
146. Topib olingchi meni, Bari do`stim davlatli. Materiklar ichinda, Eng balandmand savlati.
147. Qutbning dugonasi, Aysbergning onasi. o`ragan oppoq choyshab, Yerning «Sovuqxonasi». Arktikaning qarshisi, Siz topingchi, yaxshisi,
148. Ayting, bu qayerbo`lar? Doimiy aholi yo`q, Har tomon muz, daryo yo`q, Pingvin yashar kerik to`q.
149. o`zi qushu, uchmaydi. Hatto in ham qurmaydi. Qishda ochar jo`jasin, Muz materik go`shasin.
150. Yangi materiklar tomonda, Panamadan janubiy yonda Buyuk sayyoh nomida savlat, To`kib turar qaysi bir davlat?
151. Ko`rkam daraxtni, Tuproq undirar. Toping siz nomin, «Bolta sindirar».
152. Selvas nima? U tog`mi? o`rmon dashtmi, Yobog`mi?
153. Suv ustida gul tovoq, U go`yo yonar chiroq. Atnazonkaga bezak, Topingchi, qo`ydim so`roq?
154. Dashtu savannada yashar? Bolalaiga to`pdir, yo shar.
155. Yirtqich hayvon o`zi, Juda qadimgi. And tog`ida yashar, Bor ko`zoynagi.
156. Yog` in kam tushar, Anddan sharqroqda. Chala cho'1 desam, U qanday nomda?
157. «Pampa» derlar ko`p Nandu, Daraxtsiz yer nima bu?
158. Oziq unga gul shiiasi, Mitti qushlarning sarasi.
159. Meni o`lkambilsangiz, Turkistonim mashriqda. Kubadan gap ochsangiz, Qarabboqing...
160. Ko`llar emish zanjir, to`r, Oqmas erur Katta... Sahni keng, buyukbiri, Bilsang g`oyat ko`p siri, Kelsang bo`lar qayiqda, Bu ko'1 Katta...
161. Yevrosiyo unga makon, Cho`lning nomi...
162. Qora, Azov dengizi, Istar uni yengisi, Qani, topib ol sirim Bu Yarimorol...
163. U tog`ning nomin olgan, Suvi Kaspiyga borgan. Ovrupa va Osiyoga. Chegara bo`lib qolgan.
164. U «Kunbotar», «kun chiqar* ham o`zidir, Atamalar qay materik so`zidir.
165. Uning sochlari silliq, Bug`doy rangdir badani, Yanog`i keng, ko`z qisiq. Qaysi irqhing odami?
166. Qani, ayt-chi sen TaTat, Neftga boy qaysi davlat?
167. Xaritaga boq o`rtoq,
Sher shaklini top tezroq. Unda qay davlatlar bor? Qaramay aytchi, bundoq.
168. Ikki shahar Adan va Sana, Poytaxt erur-ikki davlatga. Sana shahri-Yamanga poytaxt, Adan poytaxt qay mamlakatga?
169. Qani ayt, sen, Mamlakat Eng katta qay mamlakat?
170. Jayhun, o`kuz, Oks, qadimgi nomi, Qirg`og`in o`pirar hech yo`q
maromi
171. U bug`doy, paxtaga kon, Siz-u bizgadir makon.
172. Shunday daryoki uzun, Qadimgi nomi Sayhun.
173. Norin va Qoradaryo, Qo`shilgach qaysi daryo?
174. Shakli bodomsimon, «Jannat» makondir. Vatanim chiroyi, Zebi jahondir.
175. Pista, do`lana, lola, Qayda o`sar Kamola?
176. Qizil olma xurmo va chinor, Tog` piyozi behi va anor. Yo`q, qay biri «Qizil kitob»da, Aniqlangchi ayni shu tobda.



Download

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling