Pisa bo'yicha bayonnoma

Sana01.01.1970
Hajmi
#216850
Bog'liq
Pisa bo'yicha bayonnoma


Guliston shahar 13-umumta’lim maktabida “Xalqaro tadqiqotlarda o’quvchilarning matematik savodxonligini baholash” “ mavzusida o’tkazilgan davra suxbati




BAYONNOMASI
«27» 01. 2020 y Guliston sh



Raislik qildi:

N.U. Valijonov

Aniq fanlar metod birlashma rahbari

Yig’ilish kotibi:

J.Omonov

13-umumtalim maktab informatika o’qituvchisi

Qatnashdilar:




Matematika va informatika fanlari o’qituvchilari

KUN TARTIBIDAGI MASALA





  1. Xalqaro tadqiqotlarda o’quvchilarning matematik savodxonligini baholash” metodik qo’llanmasi bilan tanishish.

Yig’ilishni 13-umumta’lim maktab Aniq fanlar metod birlashma rahbari N.Valijonov kirish so’zi bilan ochib, yig’ilish ishtirokchilarini tanishtirib, kun tartibidagi masala bo’yicha ya’ni Xalqaro tadqiqotlarda o’quvchilarning matematik savodxonligini baholash” metodik qo’llanmasi to’g’risida ma’lumot berdi va bugungi Globallashuv sharoitida shiddat bilan rivojlanib borayotgan davrda aniq fanlarning, ayniqsa matematikaning ro’li yuqori ekanligi haqida qo’shimcha qildi.


Matematika fani o’qituvchisi Samatov. X o’z ma’ruzasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Хalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018-yil 8-dekabrdagi 997-sonli qarori ijrosini ta’minlash va 2021 yilda bo’lib o’tadigan PISA xalaqaro reytingida maktabimiz o’quvchilarining yuqori baho olishlari uchun qilinadigan ishlar yuzasidan atroflicha o’z fikrini bildirdi. Unda o’quvchilarning matematik savodxonligini oshirish va xar bir darsni hayotiy misollar orqali o’quvchilarga yetkazish xaqida to’xtalib o’tdi.
Matematika fani o’qituvchisi To’xtaboyeva. G o’z maruzasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini
2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida» 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan va 2021 yilda o’tkaziladigan PISA tadqiqotlariga o’quvchilarni tayyorlashda matematik savodxonligini oshirishda qilinishi lozim bo’lgan ishlar haqida to’xtalib o’tdi.
Yuqorida bayon etilganlarga asoslanib yig’ilish:

Q A R O R Q I L A D I:


1. Xalqaro tadqiqotlarda o’quvchilarning matematik savodxonligini baholash” mavzusi to’g’risidagi ma’lumotlar axborot uchun qabul qilinsin.
2.Barcha aniq fanlar o’qituvchilari ushbu metodik qo’lanmadagi keltirilgan misol va masalarni chuqur o’rganib chiqsinlar;
3. Maktab o’quvchilari bilan darsda va darsdan keyingi to’garak mashg’ulotlarida metodik qo’llanmadagi masala va topshiriqlar orqali Pisa xalqaro tadqiqotlarida ishtrok etish uchun tayyorgarlik ko’rsinlar.
3.Ushbu ma’ruza buyicha qo’shimcha o’quv mashg’ulotlari tashkillashtirilib o’quvchilar tomonidan to’liq o’zlashtirilishini va chora-tadbirlar bilan ta’minlashni o’z zimmamda qoldiraman.
Aniq fanlar Metod
birlashma rahbari Valijonov.N
Download

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling