22-laboratoriya ishi


Download 336.42 Kb.
Sana13.01.2022
Hajmi336.42 Kb.
#329390
22-lab
Bog'liq
1569745212, 1569745212, 1-kurs II semestr Ona tili va bolalar ada, 2-Taqdimot, 2-Taqdimot, 2-Taqdimot, 2-Taqdimot, 2-Taqdimot, Metrologiya.2-oraliq, Abdusharip m-ish, Документ Microsoft Office Word, Документ Microsoft Office Word, Lesson 15 Word deputies, Radioaktivlik, Kurs ishi BBX

Ergasheva Maxfiratxon

614-19 guruh talabasi


22-laboratoriya ishi

Mavzu: Operatsion kuchaytirgichda bajarilgan relaksion generatorni tadqiq qilish


Ishni bajarishdan maqsad: Operatsion kuchaytirgichda bajarilgan klassik relaksatsion generatorni tadqiq qilish.

Ishni bajarish tartibi



1. Electronics Workbench dasturini ishga tushiring va unda 9-rasmga asosan relaksatsion generatorning modelini yig‘ing va ossillograf hamda grafik analizator oynalarini oching (22.1-rasm).



22.1-rasm. Relaksatsion generatorning modeli

2. Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq:



Modelni ishga tushiring va tebranishlarning ossillogrammalarini oling .



22.2-rasm. Tebranishlarning ossillogrammalari

3. Qarshiliklar va sig‘imning qiymatlarini o‘zgartirib generatorning ishlashida qanday o‘zgarishlar bo‘lishini kuzating.



4. Tebranishlarning chastotasini aniqlang. Ossillografning asosiy oynasida yoki grafik analizator oyonasida chastotani aniqlash ancha qiyin bo‘lganligi sababli Expand tugmasini bosib ossillografning kattalashtirilgan oynasini oching (22.3-rasm).


22.3-rasm. Ossillografning kattalashtirilgan oynasi

Oynadagi qizil va ko‘k rangli vizir chiziqlarning yuqori qismidagi uchburchak shaklidagi belgilarni sichqoncha yordamida bosgan holda suring. Ular orasidagi farq (T2-T1) tebranishlarning 1 davriga mos kelsin. f=1/(T2-T1) ifoda yordamida chastotani aniqlang va uni



ifoda yordamida hisoblangan chastota bilan taqqoslang.

5. Operatsion kuchaytirgichning invertirlovchi kirishidagi kuchlanishning ossillogrammasini oling.

6. Operatsion kuchaytirgichning invertirlamaydigan kirishidagi kuchlanishning ossillogrammasini oling.

7. Olingan natijalarni tahlil qiling.

8. Tajribalarni qarshiliklar va sig‘imning 1-jadvalda ko‘rsatilgan qiymatlari uchun qaytadan bajaring.



1-jadval

n/n

R, kOm

R1, kOm

R2, kOm

C, nF

1

100

10

51

15

2

100

10

51

33

3

100

10

100

15

4

100

10

200

33

5

51

100

1000

68

6

100

51

1000

33

7

100

100

2000

15

Bajarilgan ish bo‘yicha hisobot

Hisobotda quyidagilar keltiriladi.

1. Ishni bajarishdan maqsad.

2. Tajribalarni o‘tkazishda foydalanilgan sxemalar.

3. Olingan natijalar jadval va grafiklar ko‘rinishida.

4. Olingan natijalarning tahlili.



4. Bajarilgan ish bo‘yicha xulosalar.
Xulosa
22-laboratoriya mashg’ulotida Operatsion kuchaytirgichda bajarilgan relaksion generatorni tadqiq qilishni o’rgandik. Electronics workbenchda sxemasini chizib, tebranishlar osilogrammalarini hosil qildik.




Download 336.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling