22-mavzu. Hisoblagichlar. Reja


Download 89.31 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.01.2022
Hajmi89.31 Kb.
#268552
Bog'liq
22-mavzu. Hisoblagichlar



22-mavzuHisoblagichlar. 

 

Reja: 

1. Hisoblagichlar turlari.  

2. Hisoblagichlarni ketma-ket va parallel siljitish. 

 

Hisoblagich  deb  uning  kirishiga  kelib  tushayotgan  impulslar  hisobini  amalga 



oshiradigan  ketma  -  ket  amalli  operasion  elementga  aytiladi.  hisob  natijalari 

hisoblagichlarda keyingi impuls kelguncha saqlanadi. 

Hisoblagichlar  ketma  -  ket  ulangan  triggerlar  zanjiridan  tashkil  topadi. 

Hisoblagich  razryadi,  shuningdek,  triggerlar  soni  N  u  hisoblashi  kerak  bo’lgan 

maksimal soni orqali aniqlanadi. Bu son hisoblash koeffisienti (moduli) deb ataladi 

–  Khis.  Agar  kiruvchi  impulslar  soni  n  >  Khis  bo’lsa,  u  holda  har  bir  Khis 

impulslardan keyin hisoblagich boshlang’ich holatga qaytadi va impulslarni qayta 

hisoblashni boshlaydi. 

Hisoblagich  turlarining  juda  ko’pligi,  ulardan  hisoblash  va  mikroprosessor 

texnikasida hamda avtomatikaning turli qurilmalaridan foydalanish orqali vujudga 

kelgan.  Ular  komandalar  adresining  ketma  -  ketligini  tashkil  qilish  uchun, 

operasiyalar  bajarilish  sikllari  sonini  hisoblash  uchun,  analog  -  raqamli 

o’zgartgichlarda kodni eslab qolish uchun va h.k. 

Hisoblagichning keng tarqalgan turlariga quyidagilar kiradi: 

1. Xalqali hisoblagichlar (K561 IE 8, K561 IE 9) – asosiy qo’llanilish sohasi – 

boshqaruvchi  signallarning  zaruriy  vaqtinchalik  ketma  -  ketligini  hosil  qiluvchi 

impuls  taqsimlagichlar.  Qolgan  holatlarda  asosan  hisob  triggerlaridan  iborat 

hisoblagichlardan foydalaniladi, chunki, ular triggerlarning nisbatan kichik sonida 

kerakli hisob koeffitsientini olish imkonini beradi. 

2.  Asinxron    (ketma    -    ket)    ikkilik    hisoblagichlar    (K155IE5,    K176IE2, 

K561IE16, elektron soatlar uchun chastota bo’lgich - K176IE12, K176IE13). 

3.  Sinxron    (parallel)    ikkilik    hisoblagichlar.    Hisoblagich    barcha  triggerlari 

kirishlariga  bir  vaqtda  taktli  impulslar  kelishi  hisobiga  ular  nisbatan  yuqori 

tezkorlikka ega. 

4.  Ixtiyoriy  hisoblash  koeffitsientli  hisoblagichlar  (K155IE2,  K155IE4).  Bu 

hisoblagichlar  ixtiyoriy  o’nlik  sonni  ikkilik  kodda  ko’rsatuvchi  hisob  dekadasi 

ikkilik  ekvivalenti  hisoblanadi.  Shuning  uchun  bunday  hisoblagich  ikkilik-o’nlik 

deb ataladi.  

5. Oldindan  o’rnatmali  hisoblagich,  0  dan  Ksch-1 gacha bo’lgan ixtiyoriy 

songa teng boshlang’ich holatga o’rnatilishi mumkin. Bu operasiya hisoblagichga 

parallel  ravishda  kerakli  son  kodini  yozish  bilan  amalga  oshiriladi. 

Hisoblagichning  bunday  ish  rejimi,  masalan,  berilgan  boshlang’ich  adresli 

komanda adresi ketma - ketligini mikroprosessorning boshqaruv qurilmasida hosil 

qilish uchun kerak. 

Oldindan  o’rnatmali  hisoblagich  odatda  universal  bo’lib,  qo’shish,  ayirish, 

berilgan  kodni  o’rnatish,  nolni  (sbros)  o’rnatish  rejimlarida  ishlashi  mumkin.  Bu 

K155IE6, K155IE7, K561IE11, K561IE14, K155IE9 mikrosxemalardir. 

Bunday  hisoblagichlardan  birining  shartli  grafik  belgilanishi  va  uning  ish 




rejimi  keltirilgan  jadval  1  -  rasmda  ko’rsatilgan.  Bu  hisoblagichni  quyidagicha 

tavsiflash mumkin: 

a)  K561IE11  hisoblagich  ikkilik,  chunki  shartli  grafik  belgilanishda  ST2 

timsoli (simvoli) mavjud; 

b) u reversiv, chunki qo’shish / ayirish - + - 1 rejimini tanlash kirish mavjud; 

v) oldindan o’rnatmali, chunki parallel yozish kirishi – 8421 mavjud; 

g) R kirish – hisoblagich barcha razryadlarini 0 ga o’rnatish alohida kirishli; 

d) hisoblagich sinxron, chunki ko’chirish kirishi (R0) va chiqishi (R) mavjud. 

 

1 - rasm


 

1  -  rasmda  keltirilgan  jadval  hisoblagich  ish  rejimini  ta'minlaydi:  1  -  qator  – 

qo’shish  rejimidagi  hisob.  +-1=1,  V=0,  R=0  bo’lganda  taktli  signal  T  fronti 

bo’ylab hisoblagichdagi songa birlik qo’shilishi yuz beradi.  

2  -  Qator  –  ayirish  rejimidagi  hisob.  T  fronti  bo’ylab,  ,  +-1=0,  V=0,  R=0 

bo’lganda, hisoblagichdagi sonning bir birlikka kamayishi yuz beradi. 

3 - Qator – oldindan o’rnatish rejimi. V=1, R=0 va +-1 hamda T kirishlarning 

ixtiyoriy holatida hisoblagich triggerlariga D kirishlaridan sonni qayta yozish yuz 

beradi.  

4  -  Qator  –  tashlab  yuborish  rejimi.  R=1  va  hisoblagichning  qolgan  barcha 

kirishlaridagi ixtiyoriy signallarida hisoblagich barcha razryadlarining nol holatiga 

o’rnatilishi yuz beradi. 



 

 

Download 89.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling