Sana01.01.1970
Hajmi
#23

 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA 



MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

 

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 

 

   BUDJET HISOBI VA DAVLAT JAMG‘ARMALARI FAKULTETI 

 

 

“TASDIQLAYMAN” 

Budjet hisobi va davlat 

jamg‘armalari fakulteti  

dekani ________ Sh.Allayarov 

“___”__________ 2014-yil 

 

 



“G‘AZNACHILIK ISHI” KAFEDRASI 

 

NORMURODOV SHERZOD САЪДУЛЛА ЎҒЛИ 

 

 

5341700 -“G‘aznachilik ishi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha   



bakalavr darajasini olish uchun yozilgan  

 

 

BITIRUV MALAKAVIY ISHI

 

 

 

 



“HIMOYAGA RUXSAT ETILDI” 

“G‘aznachilik ishi” kafedrasi mudiri 

__________  i.f.n., dots. A.Botirov 

      

“____”__________________2014 y. 



 

Ilmiy rahbar: 

________k.o’q. B.Nurmuxamedova 

“____”________________ 2014 y. 

 

 

 



 

 

 

 

 

 



 

 

TOSHKENT – 2014 



 

 


 

Men, Normurodov Sherzod, ushbu BMIni mustaqil bajardim, ko‘chirmachilik 



holati yo‘qligiga javob beraman. Ko‘chirmachilikka yo‘l qo‘ygan holatimda 

BMI kafedra mudiri taqdimnomasiga asosan rektor buyrug‘i bilan bekor 

qilinishi va “qoniqarsiz” baho qo‘yilishini bilaman.    

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

MUNDARIJA 


 

 

 

Kirish..................................................................................................... 



I-BOB.  SOG‘LIQNI  SAQLASH  TIZIMINI  MOLIYALASHTIRISH-

NING  NAZARIY VA TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI...................... 

 

1.1. 


Sog‘liqni  saqlash    tizimini  moliyalahtirishning  zarurligi,  mohiyati  va 

ahamiyati.................................................................................................. 

 



1.2. 



Sog‘liqni  saqlash  tizimini    moliyalashtirishning  tashkiliy-huquqiy 

asoslari...................................................................................................... 

 

14 


1.3.  Sog‘liqni saqlash tizimini  moliyalashtirishning xorij tajribalari……….  19 

II-BOB.  SOG‘LIQNI  SAQLASH  TIZIMINI    MOLIYALASHTIRISH-

NING AMALDAGI  HOLATI......................................................................... 

 

25 

2.1. 


Sog‘liqni  saqlash  tizimini  davlat  byudjetidan  moliyalashtirish 

amaliyoti………………………………………………………………... 

 

25 


2.2.  Sog‘liqni saqlash muassasalari xarajatlarini rejalashtirish amaliyoti…...  37 

2.3. 


Sog‘liqni  saqlash  tizimini  moliyaviy  ta’minotida  byudjetdan  tashqari 

manbalardan foydalanish amaliyoti......................................................... 

 

47 


III-BOB.  IQTISODIYOTNI  MODERNIZATSIYALASH  SHAROITIDA 

SOG‘LIQNI  SAQLASH  TIZIMINI  MOLIYALASHTIRISHNI  ISLOH 

QILISH STRATEGIYASI …………………………………………………... 

 

 

54 

3.1. 


Iqtisodiyotni  modernizatsiyalash  sharoitida  sog‘liqni  saqlash  tizimini 

moliyalashtirishdagi islohotlarning asosiy yo‘nalishlari.......................... 

 

54 


3.2. 

Moliyalashtirishning  yangi  usullarini  qo‘llash  orqali  sog‘liqni  saqlash 

xarajatlari samaradorligini oshirish.......................................................... 

 

61 



 

Xulosa......................................................................................................  65 

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati......................................................  68 



 

 

 

 

KIRISH 

 

Mavzuning  dolzarbligi.  Rivojlanishning  hozirgi  bosqichida  har  bir 

jamiyat  farovonligi  uchun  aholinng  sihat-salomatligi  muhim  ahamiyat  ega. 

Shuni  hisobga  olgan  holda  sog‘liqni  saqlash  tizimini  moliyalashtirishning 

holatini  va  amalga  oshirilayotgan  islohotlarni  samarali  amalga  oshirilishini 

ta’minlash  kerak.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov  ushbu 

masala  xususida  to‘xtalib,  “Sog‘liqni  saqlash  tizimini  yanada  isloh  etish  va 

tibbiyot  muassasalarining  moddiy-texnik  bazasini  mustahkamlash  masalalari 

2014 yilda ham doimiy e’tiborimiz markazida bo‘lib qoladi

1

.”  



Amalga  oshirilayotgan  islohotlarning  davomi  sifatida  har  tomonlama 

sog‘lom  avlodni  voyaga  etkazish  borasidagi  ishlarni  izchil  davom  ettirish  va 

yuksak bosqichga ko‘tarish maqsadida 2014 yil mamlakatimizda “Sog‘lom bola 

yili”  deb  e’lon  qilindi.  Jamiyatda  aholining  salomatligi  va  sog‘liqni  saqlash 

tizimini  rivojlantirish    har  doim  ham  kunning  eng  dolzarb  vazifalaridan  bo‘lib 

kelgandir.  Ayniqsa,  ijtimoiy  yo‘naltirilgan  bozor  iqtisodiyotiga  o‘tish  va 

iqtisodiyotni modernizatsiyalash davrida aholini ijtimoiy himoya qilish bevosita 

sog‘liqni  saqlash  tizimiga  jiddiy  yondashishni  talab  etdi.  Shuning  uchun  ham 

davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag‘lar, aholining tibbiy xizmatga o‘sib 

borayotgan  ehtiyojini  to‘la  ravishda  qondirishi  va  millatning  sog‘lig‘i, 

sohasida ijtimoiy va demografik vaziyatni e’tiborga olishi kerakdir.  

Mamlakatimizda davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan sog‘liqni saqlash 

tizimini  shakllantirish,  tibbiyot  sohasida  jahon  darajasidagi  muammolariga 

aylangan  kasalliklarga  davo  topishda  respublikamiz  sog‘liqni  saqlash 

muassasalarining  faol  qatnasha  olishiga  imkoniyat  yaratish  mazkur  sohani 

mablag‘  bilan  ta’minlashni  takomillashtirish  masalasi  kun  tartibida  asosiy 

vazifalardan biri sifatida qo‘yilmoqda.  

Respublikamizda  sog‘liqni  saqlash  tizimini  moliyalashtirish  jarayonining 

umumiy  asoslari  ishlab  chiqilganiga  qaramasdan  bu  sohada  hali  hal  qilinishi 

zarur  bo‘lgan  masalalar  mavjud.

 

Bu  masalalarning  hal  etilishi  o‘z  navbatida, 



                                                           

1

 Karimov I.A. “2014 yil yuqori o‘sish sur’atlari bilan rivojlanish, barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish, 



o‘zini  oqlagan  islohotlar  strategiyasini  izchil  davom  ettirish  yili  bo‘ladi”.  //  Xalq  so‘zi,  2014  yil  18  yanvar, 

№13(5913). – B.2. 



 

sog‘liqni  saqlash  tizimiga  yo‘naltirilayotgan  mablag‘larning  samaradorligini 



oshirishga  xizmat  qiladi.    Shuning  uchun  ham,  jamiyatimiz  rivojida  muhim 

ahamiyat  kasb  etayotgan  sog‘liqni  saqlash  sohasini  moliyalashtirishni  isloh 

etishning  strategiyalarini  puxta  ishlab  chiqilishida  taklif  va  tavsiyalar  zarurligi 

mazkur mavzuning dolzarbligini bildiradi.  



Tadqiqotning  maqsadi  va  vazifalari.  Tadqiqotning  maqsadi  –  sog‘liqni 

saqlash  tizimi  moliyalashtirishning  hozirgi  holatini  va  uni  isloh  qilish 

strategiyasini  o‘rganishdan  hamda  ushbu  tizimga  yo‘naltirilayotgan  mablag‘lar 

samaradorligini  oshirish  borasida    ilmiy  taklif  va  amaliy  tavsiyalar  ishlab 

chiqishdan iborat. Qo‘yilgan maqsadga erishishda quyidagi vazifalar keltiriladi: 

 



O‘zbekistonda  sog‘liqni  saqlash  tizimi  xarajatlarini  moliyalashtirishning 

amaldagi holatini baholash; 

 

sog‘liqni  saqlash  tizimi  xarajatlarini  moliyalashtirishda  byudjetdan 



tashqari mablag‘larning tutgan o‘rnini baholash; 

 



sog‘liqni  saqlash  tizimi  xarajatlarini  moliyalashtirish  amaliyotidagi 

muammolarni  aniqlash  va  uni  hal  etishga  qaratilgan  taklif  va  tavsiyalar  ishlab 

chiqish. 

Tadqiqotning ob’ekti va predmeti. O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni 

saqlash  tizimi  mazkur  ishning  ob’ekti  hisoblanib, predmeti  bo‘lib  esa  sog‘liqni 

saqlash  sohasini  moliyalashtirish  jarayonida  vujudga  keladigan  moliyaviy 

munosabatlar hisoblanadi. 



Mavzuning  nazariy  va  amaliy  ahamiyati.  O‘zbekiston  Respublikasi 

Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasida 

ijtimoiy  yo‘naltirilgan  bozor  iqtisodiyotiga  o‘tishning  o‘ziga  xos  strategiyasi, 

tamoyil  va  ustivorliklari,  xorijiy  va  vatanimiz  olimlarining  olib  borgan  ilmiy 

ishlari,  sog‘liqni  saqlashga  oid  hujjatlar  ilmiy  izlanishning  nazariy-uslubiy 

asoslarini  tashkil  etadi.  Shuningdek,  statistik  tahlil,  tizimli  yondashuv, 

prognozlash, umumlashtirish usullari keng qo‘llaniladi. 

Mavzuning amaliy ahamiyati, ilmiy ishda ishlab chiqilgan ilmiy taklif va 

amaliy tavsiyalarning amaliyotga tadbiq etilishi tibbiyot muassasalarida byudjet 


 

va  byudjetdan  tashqari  mablag‘lar  nisbatini  maqbullashtirish  bo‘yicha 



prognozlarni,  fuqarolarning  jamg‘arib  boriladigan  majburiy  tibbiy  sug‘urtalash 

fondini  shakllantirishni  bosqichma-bosqich  amalga  oshirish  bo‘yicha  ilmiy  va 

amaliy tavsiyalardan foydalanish bilan izohlanadi. 

Bitiruv malakaviy ishining qisqacha tavsifi. Kirish qismi, 8 ta paragrafni 

qamrab olgan 3 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.  

Ishning  I-bobida  Sog‘liqni  saqlash  tizimini  moliyalashtirishning  zarurligi, 

mohiyati  va  ahamiyati,  nazariy  va  tashkiliy-huquqiy  asoslari  hamda  sog‘liqni 

saqlash moliyashtirishning xorij tajribalari bayon qilingan. 

II-bobda  sog‘liqni  saqlash  tizimini  moliyalashtirishning  amaldagi  holati 

yoritilgan.  III-bobda  iqtisodiyotni  modernizatsiyalash  sharoitida  sog‘liqni 

saqlash  tizimini  moliyalashtirishni  isloh  qilish  strategiyasi,  shu  jumladan, 

amalga oshirilgan  qator  “Salomatlik”  loyihalari  va  “Sog‘lom  bola  yili”    Davlat 

dasturlaridagi ustuvor vazifalarga to‘xtalib o‘tilgan. 

Xulosa  qismida  ish  yuzasidan  shakllangan  xulosalar  bayon  qilingan  va 

sog‘liqni  saqlash  tizimini  isloh  qilish  strategiyasi  samaradorligini  oshirishga 

qaratilgan tavsiyalar keltirib o‘tilgan. 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

I- BOB. SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMINI MOLIYLASHTIRISHNING  

NAZARIY VA TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI 

 

1.1.

 

Sog‘liqni saqlash  tizimini moliyalahtirishning zarurligi, mohiyati va 

 

ahamiyati 

 

Ijtimoiy  sohaning  asosiy  bo‘g‘inini  sog‘liqni  saqlash  muassasalari  tizimi 



tashkil  etadi.  Sog‘liqni  saqlash  tizimi  moliyaviy  zahiralar  tarkibi  va  tuzilmasi, 

moliyalashtirish  manbalari  va  ulushi    hamda  sog‘liqni  saqlash  sohasida 

moliyaviy  resurslardan  foydalanish  samaradorligi  masalalarini  o‘ziga  qamrab 

oladi.  


Mamlakatning  istiqboli,  kuch-qudrati,  jahon  hamjamiyati  oldidagi  obro‘  - 

e’tibori va salohiyati fuqarosining, sog‘ligi oilaviy tinch  - totuvligi, moddiy va 

ma’naviy barkomolligiga bog‘liq. Bekorga “xalq sog‘ligi —yurt boyligi”, “Sog‘ 

tanda — sog‘lom aql” deyishmagan. Shu boisdan xukumatimiz, Respublikamiz 

Prezidenti  mustaqillikning  birinchi  kunlaridan  boshlab  aholiga  sifatli  tibbiy 

yordam ko‘rsatish, xalq salomatligini tiklash, onalik va bolalikni muhofazalash, 

sog‘lom  avlod  tarbiyasi,  sanitariya  va  profilaktika  xizmatini  kengaytirishga 

davlat ahamiyatiga molik siyosat sifatida e’tibor berishmoqda. Sog‘liqni saqlash 

borasida  olib  borilayotgan  iqtisodiy  o‘zgarishlar,  tarmoqni  moliyaviy 

ta’minlashni takomillashtirish muvaffaqiyati ko‘p jihatdan moliyaviy masalalar 

qanday  hal etilishiga  bog‘liq  bo‘ladi. Xususan  yurtboshimiz  ta’kidlaganlaridek, 

“...  sog‘liqni  saqlash  tizimini  yanada  isloh  etish  va  takomillashtirish  doimo 

e’tiborimiz  markazida  bo‘lib  kelgan  va  bundan  keyin  ham  shunday  bo‘lib 

qoladi”


2

.  Albatta,  bu  boradagi    ishlarni    amalga    oshirish    mablag‘lar  masalasi   

bilan  uzviy    ravishda    bog‘liqligi    sog‘liqni  saqlash      muassalarini  

moliyalashtirish,  bu jarayonni  tashkil etishdan  boshlab, ijrosini  ta’minlash  va 

nazoratni    samarali  olib    borishgacha    bo‘lgan    jarayonni    o‘zida    aks    ettirgan  

holda  namoyon  bo‘ladi. 

Sog‘liqni  saqlashni  moliyalashtirishni  tashkil  etish  ushbu  tarmoqqa 

mablag‘lar    qo‘yishning  ob’ektiv  shartliligidan  kelib  chiqiladi.  Sog‘liqni 

saqlashga  yo‘naltirilayotgan  mablag‘ning  eng  kam  miqdori  takror  ishlab 

                                                           

2

  Karimov  I.A.  “Amalga  oshirayotgan  islohotlarimizni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyati  qurish  – 



yorug‘ kelajagimizning asosiy omilidir”. //Xalq so‘zi, 2014 yil 18 yanvar, №13(5913). – B.1. 

 

chiqarishning  iqtisodiy  shartlari  bilan  belgilanadi.  Sog‘liqni  saqlash  tizimini 



moliyalashtirishga  davlat  tomonidan  mablag‘  jalb  etishning  zarurati  shu  bilan 

bog‘liqki, jamoat salomatligi jamiyat hayotiy faoliyati va taraqqiyotining muhim 

sharti  sifatida  namoyon  bo‘ladi.  Sog‘liqni  saqlash  tizimini  moliyalashtirish 

mexanizmi  takomillashtirish  va  mazkur  sohaga  yo‘naltirilgan  budjet 

mablag‘larini  ishlatilish  xususiyatlari  o‘rganiladi.  Ushbu  sohani  mablag‘  bilan 

ta’minlash mabalari quyidagi 1.1-rasmda ko‘rsatilgan. 

 

1.1-rasm. Sog‘liqni saqlash tizimini mablag‘ bilan ta’minlash 

manbalari

3

 

Davlatning  sog‘liqni saqlash  tizimi islohotlariga oid ijtimoiy  dasturlarini 

amalga  oshirishning  asosiy  manbasi  sifatida  budjetdan    foydalaniladi.  Davlat 

budjetning  aynan  taqsimlash  funksiyasiga  tayanib,  ixtiyoridagi  markazlashgan 

moliya 

resurslarini 



shakllantiradi 

va 


budjet 

yordamida 

umumdavlat 

iste’mollarini pul resurslari bilan ta’minlaydi. Moliyaviy resurslarni taqsimlash 

va  qayta  taqsimlash  jarayonida  sog‘liqni  saqlash  sohasi  muassasalari  ham 

budjetdan  moliyalashtiriladi.  Sog‘liqni  saqlash  tizimi  muassasalarini  mablag‘ 

bilan ta’minlashda, ular qonunda belgilangan tartibda respublika, viloyat/shahar 

va tuman budjetlaridan moliyalashtiriladi (1.2-rasm).  

                                                           

3

 Vahobov A.V, Qasimova G. Davlat moliyasini boshqarish. O‘quv qo‘llanma. – T.: “Iqtisod-Moliya”, 2008. 



231-b. 

 

 



1.2-rasm. Sog‘liqni saqlash muassasalarini mablag‘ bilan ta‘minlashni 

amalga oshirishining tartibi

4

 



Bundan  kelib  chiqqan  holda  shuni  ta’kidlash  joizki,  mamlakatimizda 

ijtimoiy sohalar rivojlanishi uchun uning moliyaviy ta’minlanish darajasi yuqori 

o‘rin  tutmoqda.  Mamlakat  iqtisodiyotining  barqaror  rivojlanishida  sohani 

moliyalashtirishni  hamda  mablag‘lardan  samarali  foydalanishni  yanada 

takomillashtirish bugungi kun tartibidagi muhim masalalardan bo‘lib qolmoqda. 

Sog‘liqni  saqlashni  rivojlantirishda  davlatga  muhim  ahamiyat  berilishi 

quyidagi  uch  asosiy  sharoit  bilan  asoslanadi:  birinchidan,  kambag‘allikni 

                                                           

4

 

4



 O‘zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksi. 70-71-moddalari. // http://www.lex.uz. 

10 

 

qisqartirish va xizmat uchun esa o‘zi haq to‘lay olmaydiganlarni tibbiy yordam 



bilan  ta’minlashning  zarurati;  ikkinchidan,  tibbiy  xizmatlarning  ba’zi 

ko‘rinishlari  ijtimoiy  ne’mat  hisoblanadi  va  u  tashqi  samaraga  ega.  Masalan, 

kasallik  tarqatuvchilar  bilan  kurashgan,  sog‘lom  turmush  tarzini  targ‘ib  qilish, 

tibbiy  bilimlarni  tarqatish  va  nihoyat,  uchinchidan,  sog‘liqni  saqlashga  hamda 

tibbiy  sug‘urta  bozori  mexanizmi  kamchiliklarni  bartaraf  etish.  Shu    sababdan 

ham  barcha  mamlakatlarda  davlat  sog‘liqni  saqlash  tizimiga  aralashadi. 

Quyidagi  1.3-rasmda  sog‘liqni  saqlash  muassasalarini  moliyalashtirish 

mexanizmi berilgan.   

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



 

1.3-rasm. Sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish mexanizmi

 5

 

 

Ko‘rinib  turidiki,  sohani    moliyalashtirish  manbalari    va  mexanizmi  bir 



necha turga  bo‘linadi. Tizim faoliyatini  samarali tashkil etish, aholiga qulay  va 

sifatli    tibbiy  yordam    ko‘rsatishda    budjet  mablag‘lari  ulushi    asosiy    o‘ringa  

ko‘tarilmoqda.  

                                                           

5

  Vahobov  A.V,  Qasimova  G.  Davlat  moliyasini  boshqarish.  O‘quv  qo‘llanma.  –  T.:  “Iqtisod-Moliya”,  2008. 



231-b. 

Sog’liqni saqlash 

tizimini 

moliyalashtirish 

mexanizmi 

 

Budjet orqali 

moliyalashtirish 

 

O’z-o’zini 

moliyalashtirish 

 

Kredit orqali 

moliyalashtirish 

Homiylar 

mablag’laridan 

moliyalashtirish 



11 

 

Respublikamizda  2013 yil  mobaynida davlat  budjeti  xarajatlarining  qariyb 



60 foizi ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, 2012 yilga nisbatan 

1  trillion  so‘mga  ko‘proqdir

6

,  shu  o‘rinda  sog‘liqni  saqlash  sohasi  jami  davlat 



xarajatlarida  14.5 foizni  tashkil  qilmoqda.  Soha  uchun  zarur  mablag‘larning 

qolgan  qismi  esa    budjetdan  tashqari    manbalar  hisobidan    shakllantirilmoqda.  

Istiqlolning    ilk  kunlaridan  boshlab      tarmoq  mablag‘lari    hajmida    budjet 

ulushini  asta sekinlik bilan  kamaytirib borish  uchun  iqtisodiy  sharoit hamda  

huquqiy-me’yoriy asoslar  ishlab chiqilmoqda. 

Sog‘liqni  saqlash  sohasida  xususiy  sektorni  rivojlantirish  raqobatni  paydo 

bo‘lishiga  olib  keladi,  aholiga  ko‘rsatilayotgan  tibbiy  xizmat  saviyasini 

oshirishga  yordam  beradi.  Birinchidan  budjetga  oz  bo‘lsada  yengillik  beriladi, 

ikkinchidan,  aholi  yuqori  sifatli  tibbiy  yordamni  tanlash  huquqiga  ega  bo‘ladi. 

Quyidagi 1.4-rasmda turli mulkka asoslangan sog‘liqni saqlash muassasalarining 

tavsifi berilgan. 

 

1.4-rasm. Sog‘liqni saqlash muassasalarining tavsifi

7

 

Tibbiy  xizmatlarni  moliyalashtirish  va  ularga  haq  to‘lash  masalalari 

dunyoning  barcha  mamlakatlari  uchun  dolzarbdir,  chunki  yil  sayin  sog‘liqni 

saqlash  katta  xarajatlarni  taqozo  etmoqda.  Hattoki  rivojlangan  mamlakatlarda 

ham  tibbiy  xizmat  ko‘rsatish  bir  vaqtning  o‘zida  ham  rentabelli,  ham  barcha 

aholi  qatlamlari  uchun  bir  xil  bo‘la  olmaydi.  Shu  bois  deyarli  barcha  sog‘liqni 

                                                           

6

  Karimov  I.A.  “Amalga  oshirayotgan  islohotlarimizni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyati  qurish  – 



yorug‘ kelajagimizning asosiy omilidir”.  O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, 2013 yil 6 dekabr. 

7

 Qosimova G. Budjet mablag‘lari  samaradorligini oshirish // Jamiyatva boshqaruv. Toshkent, 2010. №1.–B.70. 



12 

 

saqlash  tizimlarining  asosiy  vazifasi  -  moliya  mablaglarini  samarali  va  adolatli 



taqsimlash hamda qo‘shimcha moliyalashtirish manbalarini izlashdir. 

Tibbiy xizmatlarga haq to‘lashning bir nechta metodlari mavjud

8



1.  Tibbiy  xizmatlarga  kasalxonadagi  bir  kunlik  o‘rin  o‘rtacha  qiymati 



bo‘yicha  haq  to‘lash.  Ushbu  metod  bo‘yicha  kasalxonalar  mijoz  kasalxonada 

bo‘lgan  kunlar  sonining  barcha  mijozlar  uchun  yoki  alohida  mutaxassislikpar 

bo‘yicha o‘rtacha chiqarilgan bir kunlik standart tarifga ko‘paytmasi miqdorida 

haq  oladi.  O‘tgan  asrning  80-chi  yillar  o‘rtalarigacha  bu  usuldan  sog‘liqni 

saqlashni 

ijtimoiy 

sug‘urtalash 

mablag‘laridan 

moliyalashtiradigan 

mamlakatlarda  kasalxonalar  xizmatlariga  haq  to‘lashda  foydalanib  kelingan. 

Bugungi  kunda  u  ko‘proq  ixtiyoriy  tibbiy  sug‘urtadan  foydalanuvchi 

mamlakatlarda  qo‘llaniladi.  Ushbu  usulda  davolanish  narxi  barcha  mijozlar 

uchun o‘rtacha  hisoblab  chiqariladi. Shuning  uchun  ayrim  bemorlarni davolash 

o‘rtacha darajadan qimmatroqqa va aksincha, ayrimlariniki arzonroqqa tushishi 

mumkin,  ammo  shunga  qaramay  ular  umuman  kasalxona  bo‘yicha  o‘rtacha 

narxdan kelib chiqib to‘lanadi. 

 2.Davolangan  mijoz  uchun  o‘rtacha  qiymat  bo‘yicha  tibbiyxizmat  haqini 

to‘lash  metodi.  Bu  usulda  tariflar  o‘rtacha  qiymat  bo‘yicha  hisoblab  chiqiladi. 

Tibbiyot muassasalari har bir davolangan mijoz uchun o‘rtacha qiymat bo‘yicha 

haq  oladi.  Bu  tibbiy  xizmatlarni  qimmatga  ko‘rsatadigan  ta’minotchilar  uchun 

foydali, chunki ular qimmatli tashhisotlar va davolash usullari hisobiga ma’lum 

darajada kasalxonalar budjetini boshqarib turadi. 

 3.Tibbiy xizmatlar haqini muolajalarga ketadigan xarajatlar asosida to‘lash 

metodi.  Ushbu  usulda  tariflar  har  bir  muolaja  bo‘yicha  hisoblab  chiqiladi  va 

to‘lovlar  shu  tariflar  bo‘yicha  amalga  oshiriladi.  O‘zbekistonda  bu  metod 

sinovdan  muvaffaqiyat  bilan  o‘tgan  hamda  Respublika  ixtisoslashtirilgan 

markazlarida  (kardiologiya,  urologiya,  jarrohlik,  ko‘z  mikroxirurgiyasi 

markazlarida) qo‘llanilmoqda. Bu usul mijozga imkon qadar ko‘proq testlar yoki 

                                                           

8

  Asadov  D.A.,  Abduraximov  Z.A.  Pullik  tibbiy  xizmatlarni  ko‘rsatishda  narxni  shakllantirish  masalalari. 



Xalqaro tajriba va istiqbollar // Sog‘liqni saqlashni tashkil etish va boshqarish. Toshkent, 2010. - № 3-4. – B. 48-

52. 


13 

 

jarrohlik  aralashuvlarini  tayinlash  imkoniyatini  istisno  etmaydi.  Ammo  bularni 



O‘zbekiston  Respublikasi  Sog‘liqni  saqlash  vazirligi  tomonidan  tasdiqlangan 

standartlar  yordamida  nazorat  qilish  mumkin.  Mazkur  tizim  tegishli  mijozga 

ko‘rsatilgan  har  bir  muolaja  uchun  xarajatlar  qiymatini  hisoblash  hajmlarining 

kattaligi tufayli muayyan qiyinchiliklarga ega. 

4.  Tibbiy  xizmatlarga  tibbiy-iqtisodiy  standartlar  bo‘yicha  haq  to‘lash 

metodi.  Bu  usulga  ko‘ra  narxlar  kasalxonalar  tomonidan  mustaqil  hisoblab 

chiqilishi mumkin. Shuningdek, tibbiy xizmatlarga milliy yoki mahalliy tariflar 

ham  o‘rnatilishi  mumkin,  davolash-profilaktika  muassasalari  esa  kasallik 

tashhisi  bo‘yicha  haq  oladi.  Har  bir  guruhda  mijozlar  tasdiqlangan  protokol 

bo‘yicha  muayyan  sxemada  davolanishi  kerak,  u  dorilar  bilan  davolash  va 

tashhislash  testlaridan  iborat.  Bu  tizim  xarajatlarni  dastlab  baholashni  talab 

etadi,  har  bir  mijozga  ko‘rsatilgan  davolash  esa  davolash  protokoliga  muvofiq 

olib  borilishi  lozim.  Ammo  bu  usul  ba’zida,  agar  qabul  qilingan  standartlar 

etarlicha  aniq  bo‘lmasa,  jiddiy  mablag‘lar  sarflanishiga  olib  kelishi  mumkin. 

Mazkur  xizmatni  ko‘rsatuvchi  tibbiy  muassasaning  darajasi  ham  standart 

bo‘yicha aniqlanadi. 

5.  Tibbiy  xizmatlarga  maqsadli  haq  to‘lash  metodi.  Bu  usul  ko‘pincha 

dastlabki  darajada,  ya’ni  davolashning  katta,  ammo  nazorat  qilinadigan  hajmi 

talab  etilganda  qo‘llaniladi.  Masalan  tibbiy  muassasalar  emlashni  yuqori 

darajasiga  etishgani  uchun  haq  olishlari  mumkin,  bunda  to‘lovlar  emlangan 

aholi  sonining  ortishiga  proportsional  tarzda  ortib  borishi  mumkin.  Tibbiyot 

muassasalari maqsadli aholining 100 foizdan ortig‘ini emlashni o‘tkaza olmaydi, 

vaktsinalarning  o‘zi  esa  yaroqlilik  muddati  etarli  bo‘lgan  holda  emlash 

muddatlarini hisobga olib tayinlanishi kerak.  

7.  Tibbiy  xizmatlarga  qat’iy  belgilangan  budjet  bo‘yicha  haq  to‘lash 

metodi.  Ushbu  usul  tibbiyot  muassasasigaa  bir  yilda  qat’iy  belgilangan  budjet 

mablag‘larini  to‘lashdan  iborat.  Odatda  u  tarixan  qaror  topgan  qoidaga  yoki 

davolash-profilaktika  muassasasining  infratuzilmaviy  bazasiga  (shtatlar,  aholi 

tarkibi,  daromad  solig‘i  miqdori)  asoslanadi.  Shtat  jadvaliga  asoslangan  qat’iy 


14 

 

belgilangan  budjet  MDH  mamlakatlarida,  shu  jumladan  O‘zbekistondagi 



davolash-profilaktika  muassasalarida  keng  qo‘llaniladi.  Ushbu  usulning 

kamchiligi  shundan  iboratki,  ko‘pincha  sog‘liqni  saqlash  resurslarining  asossiz 

ravishda qisqartirilishiga olib keladi, chunki bunda moliyalashtirish ham, shunga 

mos holda davolash muassasasi shtati ham qisqaradi. 

8.  Mijozlarning  tibbiy  xizmatlarga  to‘gridan-to‘gri  haq  to‘lashi  metodi. 

Tibbiy  sug‘urta  yaxshi  rivojpanmagan  ko‘pchilik  mamlakatlarda  tibbiy 

xizmatlarga 

mijozlarning 

o‘zlari  tomonidan  haq  to‘lanishi  usulidan 

foydalaniladi.  

Bunda  tariflar  har  bir  tibbiy  xizmat  uchun  hisoblab  chiqiladi,  xizmatlarga 

haq to‘lash esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lovlar ko‘rinishida amalga oshiriladi (pullik 

tibbiy  xizmatlar).  Bunda  to‘lovlarning  asosiy  og‘irligi  mijozlarning  o‘zida 

qoladi.  Afzallik  tomoni  shundaki,  mijoz  o‘zini  oqlamaydigan  maslahatlar  va 

davolanishlarni talab qilmaydi.  

Shu  bilan  birga,  mijoz,  tibbiy  xizmatga  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  haq  to‘lar  ekan, 

asosli tarzda, uning yuqori sifatda bo‘lishini talab qiladi. 

Shunday  qilib,  har  bir  haq  to‘lash  metodi  o‘zining  kuchli  va  zaif 

tomonlariga  ega.  Barcha  hollar  uchun  umumiy  tavsiyalar  berib  bo‘lmaydi.  Bu 

erda  sog‘liqni  saqlash  tizimini  rivojlantirish  strategiyasini  tanlaganda  haqiqiy 

imkoniyatlarni  chuqur  anglash,  tibbiy  xizmatlar  tannarxini  samarali  hisoblab 

chiqish hamda munosib haq to‘lash tizimini aniqlash zarur. 

 

 


Download

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling