Халкаро ҳуқуқ

Sana01.01.1970
Hajmi
#234191
Bog'liq
Халкаро ҳуқуқ


1-MAVZU: XALQARO HUQUQQA KIRISH
Reja:

  1. Xalqaro huquq tushunchasi, predmeti va funksiyalari

  2. Xalqaro huquq normalari

  3. Xalqaro huquq manbalari

  4. Xalqaro huquqning asosiy prinsiplari

I. Xalqaro huquq tushunchasi, predmeti va funksiyalari

“Xalqaro huquq” tushunchasiga ta’rif berish, ya’ni bu hodisaning mazmunini yoritish huquq fani va huquq nazariyasi, xususan, xalqaro huquq (doktrinasi) fani va uning tarkibiy qismi – xalqaro huquq nazariyasining muhim vazifasi hisoblanadi.


Xalqaro huquq – davlatlar va boshqa xalqaro huquq subyektlari xohish-irodasini muvofiqlashtirish yo‘li bilan vujudga keladigan, ular o‘rtasidagi turli munosabatlarni tartibga soladigan, xalqaro huquq subyektlari tomonidan xalqaro majburiyatlarni vijdonan bajarilishini ta’minlashga xizmat qiladigan xalqaro shartnomalar va odat normalari tizimi, umum tan olingan prinsiplar yig‘indisi.
Xalqaro huquq subyektlari, ya’ni davlatlar, xalqlar, xalqaro tashkilotlar ishtirok etadigan munosabatlarda ularning harakatlari xalqaro huquq bilan tartibga solinadi, individual xarakter kasb etmaydi. Xalqaro huquq nazariy jihatdan xalqaro ommaviy huquq va xalqaro xususiy huquq shaklida o‘rganiladi. Biroq adabiyotlarda “xalqaro ommaviy huquq” tushunchasi o‘rnida “xalqaro huquq” atamasi keng qoʻllaniladi1.
Xalqaro huquq xalqaro munosabatlarning ajalmas qismi hisoblanadi va bir-biriga ta’sir qilib turadi. Bunday ta’sir insoniyat jamiyati rivojining manbalaridan biri hisoblanadi. Shunga muvofiq, xalqaro munosabatlarning rivoji xalqaro huquqni muntazam o‘zgartirib turadi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, xalqaro huquq rivoji bosqichlari xalqaro munosabatlar rivoji bosqichlariga mos keladi.

Xalqaro huquqning predmeti – davlatlar manfaatlarini ifoda qiladigan u yoki bu shakldagi har qanday ommaviy-huquqiy munosabatlar.



Download

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling