OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI
OLIY VА OʼRTА MАXSUS TАЪLIM VАZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“IJTIMOIY FАNLАR” KАFEDRАSI
MUSTAQIL ISH
BAJARDI: SH. MAMARAJABOV
TOSHKENT-2021
Ilmiy tadqiqotni amal qilish mexanizimlari.
Ilmiy tadqiqot xossalari.
1. Ilmiy tadqikotning amal qilish mexanizmlaridan – gipoteza, nazariya, qonun, paradigma, tizimlilik aloxida savollarda tahlil qilinadi.
Ilmiy tadqiqotda gipoteza va nazariyaning o'rni, fan taraqqiyotida paradigmalarning o'zgarib borishi, turli ilmiy tadqiqot dasturlari mavjud bo'lishining mohiyati tushuntiriladi. Ilmiy tadqiqotning bu amal qilish mexanizmlari iqtisodiyot fani misolida ko'rsatiladi va talabalar fan taraqqiyotining mohiyatini chuqurroq tushunib oladilar.
Ilmiy materiallarni to'plash va tahlil etish, nashr qilish ilmiy xodim, ilmiy muassasa va korxona jamoasi tomonidan bajarilgan ilmiy tadqiqot va konstruktor tajriba ishlari natijalariga mualliflik xuquqini oshkora himoya qilish shakllaridan biri bo'lib xisoblanadi. Nashr qilish oshkora yoki yopiq xolda amalga oshiriladi. Ochiq matbuotda muayyan talablarga zid bo'lmagan hamda maxfiy bo'lmagan ilmiy ishlar e'lon qiladi.
Amaliy va nazariy jihatdan muxim xisoblangan va yangi olingan ilmiy natijalar monografiya, ilmiy maqola, ilmiy tadqiqot xisobotlari, ilmiy-texnik anjuman materiallari va tezislari shaklida nashr etiladi.
Monografiya deb – ilmiy dunyoqarashi bir xil bo'lgan bir yoki bir nechta muallif tomonidan muayyan bir muammo yoki mavzuni o'rganishga bag'ishlangan kitob shaklidagi ilmiy nashrga aytiladi. Ilmiy tadqiqot natijalari darsliklar va o'quv qo'llanmalarda ham chop etilishi mumkin.
Darslik deb – mazkur fanning o'quv dasturidagi barcha materiallarni o'zida to'liq saqlagan va rasmiy instantsiya tomonidan tasdiqlangan o'quv nashriga aytiladi. Darslik Davlat ta'lim Standarti va o'quv dasturi aosida yaratilib, fanni to'liq o'zlashtirishga yo'naltiriladi va undan turdosh ta'lim yo'nalishlarida ham foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |