Raqobat - Vikipediya

Sana01.01.1970
Hajmi
#236737
Bog'liq
Raqobat - Vikipediya



Raqobat
Raqobat — bozor subʼektlari iqtisodiy
manfaatlarining toʻqnashuvidan iborat
boʻlib, ular oʻrtasidagi yuqori foyda va
koʻproq naflilikka ega boʻlish uchun
kurashni anglatadi.
Raqobat — mustaqil tovar ishlab
chiqaruvchi (korxona)lar oʻrtasida
tovarlarni qulay sharoitda ishlab
chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan
narxda sotish, umuman iqtisodiyotda oʻz


olishga qaratiladi, yaʼni haridor har bir
sarflangan pul birligi evaziga koʻproq
naflilikka ega boʻlishga harakat qiladi,
arzon va sifatli tovarni tezroq sotib olish
uchun kurashadi. R.da ishlab
chiqaruvchilar oʻrtasida sarflangan
harajatlarga koʻproq foyda olish, shu
foyda orqasidan quvish natijasida
tovarlarni sotish doiralari, yaʼni qulay
bozorlar, arzon xom ashyo, energiya va
arzon ishchi kuchi manbalari uchun
kurash boradi. R. asosida ishlab
chiqaruvchilarning mulk egasi sifatida
alohidalashuvi va mustaqil boʻlishi,
manfaatlar toʻqnashuvi yotadi. Chunki
har bir mulk egasining oʻz manfaati


boʻlib, ular shu manfaatga erishish uchun
intiladi. Mulk egasining tovar ishlab
chiqarish va boshqa barcha sohalardagi
faoliyati shu manfaatga boʻysundirilgan
boʻladi. R. mavjud boʻlishining yana bir
sharti — bu tovarpul munosabatlarining ,
maʼlum darajada rivojlangan bozor
tizimining boʻlishidir. Shu sababli R.ning
asosiy sohasi bozor hisoblanadi.
Yangi texnologiya joriy qilish, talabga
javoban tovar turlarini tez oʻzlashtirish,
malakali ishchi kuchiga ega boʻlish va
zamonaviy marketing xizmatidan
foydalanish kabilar R. kurashidan gʻolib
chiqish shartiga aylanadi. Monopoliya


R.ga zid, chunki u tovar ishlab
chiqaruvchiga tanho hukmronlikni
taʼminlab, oʻzaro bellashuv uchun sharoit
qoldirmaydi. R. kurash yoʻlini tanlash
jihatdan ham halol va gʻirrom R.ga
boʻlinadi. Halol R. bozordagi kurashda
qabul qilingan, hammaga maqbul usullar
bilan olib boriladi, bozor qoidalariga
asoslanadi. Firrom R.da taqiqlangan va
qoralangan usullar, yaʼni qalloblik,
koʻzboʻyamachilik, soʻzida turmaslik,
aldash, iqtisodiy josuslik, qoʻporovchilik
va hatto jismoniy zoʻravonlik kabi
jinoyatkorona usullar qoʻllaniladi. Bozor
iqtisodiyoti aslida faqat halol R.ni tan
oladi. R. iqtisodiyotni sogʻlomlashtirib


turadi. R.dan jamiyat manfaatlari yoʻlida
foydalanish va uni nazorat qilishda davlat
tomonidan qabul qilinadigan
monopoliyaga qarshi qonunlar muhim
ahamiyatga ega.
R. olib borish usuliga koʻra, narx bilan R.
va narxsiz R.ga boʻlinadi. Narx bilan
raqobatlashuv tovarlar yoki xizmatlarni
raqiblarga Karaganda foydani
vaqtinchalik kamaytirish hisobiga arzon
narxda sotishni bildiradi (narxdan
tashlamalar, ulgurji haridorlarga
imtiyozlar va boshqalar), Narxsiz R.ga
haridorlarni egallash va saqlab turishning
narxlarni arzonlashtirish bilan bogʻliq


boʻlmagan har qanday qonuniy usullari
kiradi (sifatini oshirish, xizmat muddatini
uzaytirish, ekologik tozalik, xavfsizlik va
boshqalar) Oʻz miqyosiga koʻra, R. eng
avvalo 2 turga — tarmoq ichidagi va
tarmoqlararo R.ga boʻlinadi. Iqgisodiy
adabiyotlarda tarmoq ichidagi R.ning 4 ta
shakli alohida ajralib koʻrsatiladi. Bular
erkin R., monopolistax R., monopoliya va
oligopoliyatrR.ning amal qilishi uchun
muayyan shartsharoitlar mavjud boʻlishi
shart. Bu shartsharoitlar faqat bozor
munosabatlari qaror topgan muhitda
boʻlishi mumkin. Iqtisodiyotda
monopollashuv tamoyillarining kuchayib
borishi bilan R. cheklanadi. Raqobatchilik


muhitini vujudga keltirish uchun davlat
monopoliyalarga qarshi siyosat olib
boradi, iqtisodiyotni monopoliyadan
chiqarish boʻyicha chora-tadbirlar koʻradi,
monopoliyaga qarshi qonunchiliknn
amalga oshiradi.
Davlatning R.ga nisbatan siyosati uning
maʼrifatli, madaniy koʻrinishlari va
qoidalarini taʼminlashga yoʻnaltiriladi.
Bunday siyosat ishlab chiqarishni
takomillashtirish, mahsulotlarni samarali
taqsimlashga, texnika va iktisodiy
taraqqiyotga yordam beradi,
isteʼmolchilarning manfaatlarini ximoya
qilishga xizmat qiladi.


Oʻzbekistonda bozor iqtisodiyotiga oʻtish
davrida xukumat tomonidan iktisodiyotda
R. muhitini yaratish masalasiga alohida
eʼtibor berildi. Jahondagi barcha
rivojlangan davlatlarda boʻlgani kabi
Oʻzbekistonda ham R. boʻyicha davlat
siyosati amalga oshiriladi. Shu
maqsadda 1996 yil 15 martda Moliya
vazirligi huzurida Monopoliyadan
chiqarish va raqobatni rivojlantirish
qoʻmitasi tashkil etildi. Keyinchalik, u
mustaqil davlat qoʻmitasiga aylantirildi.
Oʻzbekistonda R.chilik muhitini vujudga
keltirishda narx bilan raqobatlashuv usuli
tanlandi va narxlar erkin qoʻyib yuborildi.


"Monopolistik faoliyatni cheklash
toʻgʻrisida"gi (1992 yil 3 avg .) konunga
koʻra, narxlarni monopollashtirish,
bozorda ataylab taqchillik yaratish, R.ning
gʻirrom usullarini qoʻllash man etiladi.
"Isteʼmolchilarning huquqdarini himoya
qilish toʻgʻrisida"gi (1996 yil 26 apr.)
qonuniga asosan, gʻirrom R.ga yoʻl
qoʻymaydigan mexanizmni yaratishga
ham alohida eʼtibor berilgan. "Tovar
bozorlarida monopolistik faoliyatni
cheklash va raqobat toʻgʻrisida" (1996 yil
27 dek.) qonunida ham sogʻlom R.
muhitining huquqiy shartsharoitlari
taʼminlab berilgan.


Ahmadjon Oʻlmasov.
[1]
Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning
quyidagi asosiy vazifalarini ajratib
koʻrsatish mumkin:
1. tartibga solish vazifasi;
2. resurslarni joylashtirish vazifasi;
3. innovatsion vazifa;
4. moslashtirish vazifasi;
5. taqsimlash vazifasi;
. nazorat qilish vazifasi.
Raqobatning tartibga solish vazifasi
ishlab chiqarishni 
talab
(isteʼmol)ga
muvofiqlashtirish maqsadida taklifga


taʼsir oʻtkazishdan iborat. Aynan shu
vazifa yordamida iqtisodiyotda taklifning
talab orqali, ishlab chiqarish tarkibi va
hajmining yakka tartibdagi va ijtimoiy
ehtiyojlar orqali belgilanishiga erishiladi,
yaʼni iqtisodiyot bozor qonunlari asosida
tartibga solinadi.
Raqobatning resurslarni joylashtirish
vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular
eng koʻp samara beradigan korxona,
hudud va mintaqalarga oqilona
joylashtirish imkonini beradi.
Raqobatning innovatsion vazifasi fan-
texnika taraqqiyoti yutuqlariga
asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti


subʼektlarining rivojlanishini taqozo
etuvchi turli koʻrinishdagi yangiliklarning
joriy etilishini anglatadi. Raqobatning
moslashtirish vazifasi korxona
(firma)larning ichki va tashqi muhit
sharoitlariga ratsional tarzda
moslashishiga yoʻnaltirilgan boʻlib,
ularning shunchaki oʻzini-oʻzi saqlab,
iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan
xoʻjalik faoliyati sohalarining
ekspansiyasi (kengayishi)ga oʻtishini
bildiradi. Raqobatning taqsimlash
vazifasi ishlab chiqarilgan neʼmatlar yalpi
hajmi (yalpi ichki mahsulot)ning
isteʼmolchilar oʻrtasida taqsimlanishiga
bevosita va bilvosita taʼsir oʻtkazadi.


Nihoyat, raqobatning nazorat qilish
vazifasi bozordagi baʼzi ishtirokchilarning
boshqa bir ishtirokchilar ustidan
monopolistik
hukmronlik oʻrnatishiga yoʻl
qoʻymaslikka yoʻnaltiriladi. Raqobat
kurashining mazmuni toʻgʻrisida toʻlaroq
tushunchaga ega boʻlish uchun uning
asosiy shakllari va belgilarini koʻrib
chiqish zarur. Iqtisodiy adabiyotlarda bir
tarmoq ichidagi raqobatning toʻrtta shakli
alohida ajratilib koʻrsatiladi. Bular 
erkin
raqobat

monopolistik raqobat
,
monopoliya va oligopoliyadir.
Manbalar


1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-
yil
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Iqtisodiyot va moliyaga oid ushbu
maqola chaladir. Siz uni boyitib,
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.


Soʻnggi tahrir 5 yillar avval 94.141.84.33 tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Raqobat&oldid=1915445
" dan 
olindi 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling