2463 31.05.2013

Sana01.01.1970
Hajmi
#239343
Bog'liq
2463 31.05.2013

2463 31.05.2013



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
QARORI
DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TMASDAN TADBIRKORLIK FAOLIYATINI AMALGA OSHIRUVCHI JISMONIY SHAXSLARDAN QAT’IY BELGILANGAN SOLIQNI UNDIRISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 31-mayda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2463]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasining 2018-yil 10-sentabrdagi 127, 2018-71-sonli “Davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslardan qat’iy belgilangan soliqni undirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirishlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2463-2, 21.09.2018-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi PQ–1887-son “O‘zbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-yil, 52-son, 587-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladilar:
1. Davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslardan qat’iy belgilangan soliqni undirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 26-aprel,
41-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 26-aprel,
2013-24-son
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 26-apreldagi 41, 2013-24-son qaroriga
ILOVA
Davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslardan qat’iy belgilangan soliqni undirish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi PQ–1887-son “O‘zbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-yil, 52-son, 587-modda) muvofiq davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslardan qat’iy belgilangan soliqni undirish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi PQ–1887-son “O‘zbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq jismoniy shaxslar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan faoliyat turlarini amalga oshirish holatlari aniqlangan taqdirda, davlat soliq xizmati organlari tegishli faoliyat turi bo‘yicha belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblangan qat’iy belgilangan soliqni yillik hajmda bir yo‘la undiradilar.
2. Jismoniy shaxslar tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish holatlarini aniqlash davlat soliq xizmati organlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Mazkur Nizom yakka tartibdagi tadbirkorlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lmagan faoliyat turlarini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslarga tatbiq etilmaydi.
2-bob. Qat’iy belgilangan soliqning yillik summasini hisoblash va undirish
4. Jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan amalga oshirish holatlari aniqlangan taqdirda, davlat soliq xizmati organi xodimi O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, 3-son, 6-modda) belgilangan tartibda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtiradi.
5. Jismoniy shaxs tomonidan tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan amalga oshirish holatini aniqlagan davlat soliq xizmati organi xodimi ikki ish kuni davomida tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan amalga oshirgan jismoniy shaxsga mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi Qat’iy belgilangan soliqning yillik summasini to‘lash to‘g‘risidagi talabnomani belgilangan tartibda taqdim etadi.
Agar jismoniy shaxsning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish joyi uning doimiy yashash joyidan farq qilsa, u holda ushbu jismoniy shaxsni aniqlagan davlat soliq xizmati organi ikki ish kuni davomida mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda Tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan amalga oshiruvchi jismoniy shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qat’iy belgilangan soliqning yillik summasini hisoblash uchun jismoniy shaxsning doimiy yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga yuboradi.
6. Jismoniy shaxsning doimiy yashash joyidagi davlat soliq xizmati organi Qat’iy belgilangan soliqning yillik summasini to‘lash to‘g‘risidagi talabnomani taqdim etgan yoki boshqa davlat soliq xizmati organidan Davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olgan kundan boshlab uch ish kuni ichida joriy yilning 1-yanvari holatidagi eng kam ish haqi miqdori va jismoniy shaxs tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish holati aniqlangan sanaga qat’iy belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqib hisoblangan qat’iy belgilangan soliqning yillik summasini ushbu soliq to‘lovchining shaxsiy kartochkasida aks ettiradi. Agar qat’iy belgilangan soliqning doimiy yashash joyi bo‘yicha stavkasi tadbirkorlik faoliyatni amalga oshirish joyidagi stavkasidan farq qilsa, u holda yuqorida ko‘rsatilgan stavkalar ichidan eng yuqorisi qo‘llaniladi. Bunda qat’iy belgilangan soliqning yillik summasini hisoblab chiqarishda imtiyozlar qo‘llanilmaydi.
7. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan amalga oshiruvchi sifatida aniqlangan jismoniy shaxs tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan amalga oshirish holati aniqlangan sanadan boshlab o‘ttiz kun ichida qat’iy belgilangan soliqning yillik summasini to‘lashi yoki ushbu muddat davomida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tishi lozim.
Agar davlat soliq xizmati organlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan amalga oshiruvchi sifatida aniqlangan jismoniy shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish holati aniqlangan sanadan boshlab o‘ttiz kun ichida qat’iy belgilangan soliqning yillik summasini to‘lamagan va ushbu muddat davomida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmagan bo‘lsa, u holda qarz summasi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52 (I)-son) belgilangan tartibda undiriladi.
8. Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan jismoniy shaxsga qat’iy belgilangan soliqning hisoblangan yillik summasini o‘n ikki oy davomida ushbu davr uchun qat’iy belgilangan soliq bo‘yicha kelgusi soliq majburiyatlari hisobiga to‘lash huquqi beriladi.
Agar jismoniy shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan amalga oshirgan tadbirkorlik faoliyati turidan farqli ravishda boshqa faoliyat turi bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lsa, u holda amalga oshirayotgan tadbirkorlik faoliyat turi bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq bo‘yicha majburiyatlarini bajarish bilan birga, unga qat’iy belgilangan soliqning hisoblangan yillik summasini o‘n ikki oy davomida teng ulushlarda to‘lash huquqi beriladi.
9. Qat’iy belgilangan soliq bo‘yicha soliq majburiyatlarini uzish har oy teng ulushlarda har oyning 10-sanasidan kechiktirmay amalga oshiriladi. Agar to‘lanishi lozim bo‘lgan qat’iy belgilangan soliq yillik summasining to‘lanmagan qismi kelgusi yilga o‘tadigan bo‘lsa, u holda ushbu to‘lanmagan summa eng kam ish haqining kelgusi yildagi 1-yanvar holatidagi miqdoridan kelib chiqib qayta hisoblanishi lozim. O‘n ikki oy tugagunga qadar yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini to‘xtatganda yoki tugatganda qat’iy belgilangan soliqning to‘lanmagan summasi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda undiriladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2018-yil 7-martdagi 53 va 2018-25-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2463-1, 12.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2018-y., 10/18/2463-1/0888-son)
10. Yakka tartibdagi tadbirkorlar zimmasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga fuqarolarning sug‘urta badallarini to‘lash bo‘yicha majburiyatlari saqlanib qolinadi.
3-bob. Yakuniy qoidalar
11. Qat’iy belgilangan soliqning bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan summasi o‘z vaqtida to‘lanmagan taqdirda unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida nazarda tutilgan tartibda penya hisoblanadi.
12. Davlat soliq xizmati organlari qonun hujjatlariga muvofiq mazkur Nizom bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
Davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslardan qat’iy belgilangan soliqni undirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ro‘yxat raqami ___________-son Taqdim etish sanasi ___________
________________________________________________________________________
(pochta indeksi, shahar (tuman, qishloq),

_______________________________________________________________da yashovchi


ko‘cha nomi va uy (xonadon) raqami

__________________________________________________________ga taqdim etildi.


(jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi)

Pasport yoki istiqomat guvohnomasi ma’lumotlari: seriyasi


raqami

berilgan


__________________

tuman IIB


Telefon: kodi
raqami

Qat’iy belgilangan soliqning yillik summasini to‘lash to‘g‘risidagi


TALABNOMA

__________________________ sanasida o‘tkazilgan soliq tekshiruvi vaqtida


(kk.oo.yyyy*)

Siz tomonidan ___________________________________________ faoliyat turi bilan


(faoliyat turi nomi)

__________________________________________________ hududida yakka tartibdagi


(viloyat, tuman (shahar) ko‘rsatiladi)

tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan amalga oshirganingiz aniqlangan.


___________________________________________________________ Sizdan davlat
(jismoniy shaxs aniqlangan joyi bo‘yicha davlat soliq xizmati organi)

ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish holatini aniqlagan sanadan boshlab o‘ttiz kun ichida qat’iy belgilangan soliqning yillik summasini Sizning doimiy yashash joyingizdagi davlat soliq xizmati organining tegishli raqamiga to‘lashingizni so‘raydi.

Qat’iy belgilangan soliqning yillik summasi
HISOB-KITOBI

Faoliyat turi Faoliyatni amalga oshirish joyi bo‘yicha soliq stavkasi Doimiy yashash joyi bo‘yicha soliq stavkasi Joriy yilning


1-yanvar holatiga belgilangan eng kam ish haqi miqdori (so‘mda) Qat’iy belgilangan soliqning yillik summasi (so‘mda)
Agar qat’iy belgilangan soliqning doimiy yashash joyi bo‘yicha stavkasi faoliyatni amalga oshirish joyidagi stavkasidan farq qilsa, u holda yuqorida ko‘rsatilgan stavkalar ichidan eng yuqorisi qo‘llaniladi.

Davlat soliq xizmati


organi rahbari:
_____________
(imzo)

_____________________(F.I.O.)

M.O‘.
* Jismoniy shaxs tomonidan tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan amalga oshirish holatini aniqlagan sana
-------------------------------------------------------qirqish chizig‘i-------------------------------------------

Talabnomaning ro‘yxat raqami ______________________


Jismoniy shaxsning F.I.O. _____________________________
Men ____ so‘m miqdorida hisoblangan Qat’iy belgilangan soliqning yillik summasini to‘lash to‘g‘risidagi talabnomani olganligimni tasdiqlayman.

Olgan sana


Imzo

___________

(kun/oy/yil)

Talabnma aloqa bo‘limi tomonidan jo‘natish uchun qabul qilindi (pochta orqali jo‘natishda rasmiylashtiriladi).


Aloqa bo‘limi belgisi

(kun/oy/yil)

Orqa tomoni

Eslatma:


1. Tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan amalga oshirish holati aniqlangan sanadan boshlab o‘ttiz kun ichida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganda Sizga qat’iy belgilangan soliqning yillik summasini o‘n ikki oy davomida teng ulushlarda ushbu davr uchun qat’iy belgilangan soliq bo‘yicha kelgusi soliq majburiyatlari hisobiga to‘lash huquqi beriladi.

2. Agar Siz davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan amalga oshirgan faoliyat turidan farqli ravishda boshqa faoliyat turi bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tsangiz, u holda amalga oshirayotgan faoliyat turi bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq bo‘yicha majburiyatlarini bajarish bilan birga, Sizga qat’iy belgilangan soliqning hisoblangan yillik summasini o‘n ikki oy davomida teng ulushlarda to‘lash huquqi beriladi.

3. Qat’iy belgilangan soliq bo‘yicha soliq majburiyatlarini uzish har oy teng ulushlarda har oyning 10-sanasidan kechiktirmay amalga oshiriladi. Agar to‘lanishi lozim bo‘lgan qat’iy belgilangan soliq yillik summasining to‘lanmagan qismi kelgusi yilga o‘tadigan bo‘lsa, u holda ushbu to‘lanmagan summa eng kam ish haqining kelgusi yildagi 1-yanvar holatidagi miqdoridan kelib chiqib qayta hisoblanishi lozim.

4. O‘n ikki oy tugagunga qadar yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini to‘xtatganda yoki tugatganda qat’iy belgilangan soliqning to‘lanmagan summasi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda undiriladi.

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2018-yil 7-martdagi 53 va 2018-25-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2463-1, 12.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2018-y., 10/18/2463-1/0888-son)
Davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslardan qat’iy belgilangan soliqni undirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
_________________________________ga
(Davlat soliq xizmati organining nomi)

Chiqish raqami

___________________
Sanasi

___________________


Tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan
amalga oshiruvchi jismoniy shaxs to‘g‘risidagi
MA’LUMOTLAR

Jismoniy shaxsning F.I.O.

Pasport yoki istiqomat guvohnomasi ma’lumotlari

seriyasi:

raqami:

Doimiy yashash joyi:

Davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan amalga oshirilgan faoliyat turi

Faoliyat amalga oshirilgan joy

viloyat

tuman (shahar)


bozor yoki savdo kompleksi nomi (lozim hollarda to‘ldiriladi)


manzili


Tekshirishni amalga oshirgan davlat soliq xizmati organi xodimlari F.I.O.

Tekshirish amalga oshirilgan sana

Tekshirish dalolatnomasining DSI 2-shakl kitobida ro‘yxatga olingan sanasi

raqami:
Ilova: jismoniy shaxsning pasporti yoki istiqomat guvohnomasi, Qat’iy belgilangan soliqning yillik summasini to‘lash to‘g‘risidagi talabnomani olganligi to‘g‘risidagi ma’lumot va bayonnoma nusxalari_________ varaqda.

Davlat soliq xizmati organi rahbari
__________

_______________

(imzo)

(F.I.O)


M.O‘.

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2018-yil 7-martdagi 53 va 2018-25-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2463-1, 12.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2018-y., 10/18/2463-1/0888-son)



(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 22-son, 299-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2018-y., 10/18/2463-1/0888-son)
ПОСТАНОВЛЕНИЕ
МИНИСТЕРСТВА ФИНАНСОВ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН
ГОСУДАРСТВЕННОГО НАЛОГОВОГО КОМИТЕТА РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН
ОБ УТВЕРЖДЕНИИ ПОЛОЖЕНИЯ О ПОРЯДКЕ ВЗИМАНИЯ ФИКСИРОВАННОГО НАЛОГА С ФИЗИЧЕСКИХ ЛИЦ, ОСУЩЕСТВЛЯЮЩИХ ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСКУЮ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ БЕЗ ГОСУДАРСТВЕННОЙ РЕГИСТРАЦИИ
[Зарегистрировано Министерством юстиции Республики Узбекистан 31 мая 2013 г. Регистрационный № 2463]
Комментарий LexUz
Настоящее постановление утратило силу в соответствии с постановлением Министерства финансов, Государственного налогового комитета Республики Узбекистан от 10 сентября 2018 года №№ 127, 2018-71 «О признании утратившими силу постановления «Об утверждении Положения о порядке взимания фиксированного налога с физических лиц, осуществляющих предпринимательскую деятельность без государственной регистрации», а также изменений к нему» (рег. № 2463-2 от 21.09.2018 г.).
В соответствии с постановлением Президента Республики Узбекистан от 25 декабря 2012 года № ПП-1887 «О прогнозе основных макроэкономических показателей и параметрах Государственного бюджета Республики Узбекистан на 2013 год» (Собрание законодательства Республики Узбекистан, 2012 г., № 52, ст. 587) Министерство финансов и Государственный налоговый комитет Республики Узбекистан постановляют:
1. Утвердить Положение о порядке взимания фиксированного налога с физических лиц, осуществляющих предпринимательскую деятельность без государственной регистрации, согласно приложению.
2. Настоящее постановление вступает в силу со дня его официального опубликования.
Министр финансов Р. АЗИМОВ
г. Ташкент,
26 апреля 2013 г.,
№ 41
Председатель Государственного налогового комитета Б. ПАРПИЕВ
г. Ташкент,
26 апреля 2013 г.,
№ 2013-24
ПРИЛОЖЕНИЕ
к постановлению Министерства финансов и Государственного налогового комитета Республики Узбекистан от 26 апреля 2013 года №№ 41, 2013-24
ПОЛОЖЕНИЕ
о порядке взимания фиксированного налога с физических лиц, осуществляющих предпринимательскую деятельность без государственной регистрации
Настоящее Положение в соответствии с постановлением Президента Республики Узбекистан от 25 декабря 2012 года № ПП-1887 «О прогнозе основных макроэкономических показателей и параметрах Государственного бюджета Республики Узбекистан на 2013 год» (Собрание законодательства Республики Узбекистан, 2012 г., № 52, ст. 587) определяет порядок взимания органами государственной налоговой службы фиксированного налога с физических лиц, осуществляющих предпринимательскую деятельность без государственной регистрации.
Download

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling