24-Ma’ruza. Sinxron mashinasini to‘liq modelini qurish
Download 442.14 Kb. Pdf ko'rish
|
24-ma`ruza
24-Ma’ruza. Sinxron mashinasini to‘liq modelini qurish Piktogrammalari: Vazifasi: Dempfer cho‘lg‘amiga ega bo‘lgan klassik sinxron mashinaning modeli bo‘lib, uch xil variantda bajarilgan: 1. Synchronous Machine SI Fundamental (mashina parametrlari Si birliklar sistemasida beriladi); 2. Synchronous Machine pu Fundamental (mashina parametrlari nisbiy birliklar sistemasida beriladi); 3. Synchronous Machine pu Standard (mashina almashtirish sxemasining nisbiy birliklardagi parametrlaridan foydalaniladi). Variantga mos holda mashinaning kirish va chiqish o‘zgaruvchilari ham Si birliklar sistemasida yoki nisbiy birliklarda o‘lchanadi. Modelning A, B i S portlari mashina stator cho‘lg‘amining chiqishlari bo‘lib hisoblanadi. Modelning m_SI (yoki m_pu) portida 16 elementdan iborat bo‘lgan quyidagi vektor signallar shakllanadi: 1-3: stator cho‘lg‘amidagi toklar - isa, isb va isc; 4-5: stator toklarining q va d o‘qlariga proyeksiyalari - iq, id; 6-8: qo‘zg‘atish toki va dempfer cho‘lg‘ami toklarining proyeksiyalari i fd , i kq , va i kd ; 9-10: magnitlovchi oqimning q va d o‘qlariga proyeksiyalari - φ mq , φ md ; 11-12: stator kuchlanishlarining q va d o‘qlariga proyeksiyalari - vq, vd; 13: rotor burchagining og‘ishi - ∆θ (δ - yuklama burchagi); 14: rotorning tezligi – ω; 15: elektromagnit quvvat – Pe; 16: rotor tezligining og‘ishi - dw. Mashina o‘zgaruvchilarini o‘lchanayotgan o‘zgaruvchilarning chiqish vektoridan ajratib olishni qulaylashtirish uchun SimPowerSystems bibliotekasida Machines Measurement Demux bloki mavjud. Mashina validagi mexanik quvvatga teng bo‘lgan quvvat Pm kirish portiga, qo‘zg‘atish cho‘lg‘amining kuchlanishini beruvchi signal esa Vf kirish portiga uzatiladi. Modelni yaratishda foydalanilgan rotor bilan bog‘langan (q-d o‘qlar) koordinatalar sistemasidagi mashinaning almashtirish sxemasi 24.1-rasmda ko‘rsatilgan. 24.1-rasm.Sinxron mashinaning almashtirish sxemasi Rotorning hamma parametrlari va o‘zgaruvchilari statorga keltirilgan. Parametrlar va o‘zgaruvchilarning indekslari quyidagilarni ifodalaydi: d, q: o‘zgaruvchilarning d va q o‘qlariga proyeksiyalari; R, s: rotor va statorning parametrlari; l, m: sochilish va magnitlash o‘qining induktivliklari; f, k: qo‘zg‘atish zanjiri va dempfer cho‘lg‘amning o‘zgaruvchilari. Sinxron mashinaning 24.1-rasmda keltirilgan almashtirish sxemasi 6-tartibli differensial tenglamalar sistemasi bilan ifodalanadi: bu yerda Sinxron mashina mexanik qismining modeli Simplified Synchronous Machine blokdagi singari bajarilgan. Parametrlarini o‘rnatish oynasi: Blokning parametrlari: Rotor type: [Rotorning turi]. Quyidagi ro‘yxadan tanlanadi: Salient-pole – yaqqol qutbli rotor; Round – yaqqol bo‘lmagan qutbli rotor. Nom. power, volt., freq. and field cur. [ Pn(VA) Vn(Vrms) fn(Hz) ifn(A) ]: [Nominal to‘la quvvat Pn (VA), ta’sir qiluvchi liniya kuchlanishi Vn (V), chastota fn (Gs), qo‘zg‘atish toki ifn (A)]. Stator [ Rs(ohm) Ll,Lmd,Lmq(H) ]: [Statorning parametrlari: aktiv qarshilik Rs (Om), sochilish induktivligi Ll (Gn), bo‘ylama o‘q bo‘yicha induktivlik Lmd (Gn), ko‘ndalang o‘q bo‘yicha induktivlik Lmq (Gn)]. |Field [ Rf'(ohm) Llfd'(H) ]: [Rotor qo‘zg‘atish cho‘lg‘amining keltirilgan parametrlari: qarshilik Rf'(Om) va induktivlik Llfd'(Gn) ]. Dampers [ Rkd',Llkd' Rkq1',Llkq1' Rkq2',Llkq2' " ] (R=ohm,L=H): [Dempfer cho‘lg‘amning keltirilgan parametrlari: bo‘ylama va ko‘ndalang o‘qlar bo‘yicha qarshiligi (Om) va induktivligi (Gn) ]. Inertia, friction factor and pole pairs [ J(kg.m^2) F(N.m.s) p() ]: [Inersiya momenti J (kg*m^2), ishqalanish koeffisiyenti F (N∙m∙s) va qutblar juftliklarining soni p]. Init. cond. [ dw(%) th(deg) ia,ib,ic(A) pha,phb,phc(deg) Vf(V) ]: [Boshlang‘ich shartlar]. Parametr elementlari quyidagi qiymatlarga ega bo‘lgan vektor ko‘rinishida beriladi: · dw(%) – tezlikning og‘ishi (v %); · th(deg) – rotorning burchak holati (grad.); · ia, ib, ic – stator toklarining boshlang‘ich qiymatlari (A); · phA, phB, phC - stator toklarining boshlang‘ich fazalari (grad.); · Vf – qo‘zg‘atish cho‘lg‘amining kuchlanishi. Simulate saturation [To‘yinshni modellash]. Bayroqcha o‘rnatilganda qo‘shimcha Saturation parameters maydoni hosil bo‘ladi. Saturation parameters [ ifd1,ifd2,... (A) ; vt1,vt2,... (VLL rms) ]: [To‘yinish xarakteristikasi]. Parametr salt yurish xarakteristikasini ifodalovchi matrisa ko‘rinishida beriladi. Matrisaning birinchi satri qo‘zg‘atish tokini (A) va ikkinchi satri chiqish kuchlanishini (V) o‘z ichiga oladi. Display Vfd which produces nominal Vt [Chiqish kuchlanishi Vt(V) nominal bo‘ladigan qo‘zg‘atish cho‘lg‘amidagi kuchlanishning Vfd(V) qiymatini aks ettirish]. Sinxron mashina modelining Synchronous Machine pu Standard varianti uchun stator, rotor va qo‘zg‘atish cho‘lg‘amlarining parametrlari o‘rniga mashinaning ko‘ndalang va bo‘ylama o‘qlar bo‘yicha reaktiv qarshiliklari va vaqt doimiylari beriladi. Sinxron generatordan foydalanishga misol 24.2-rasmda keltirilgan. 24.2-rasm. Sinxron generatordan foydalanishga misol Download 442.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling