24-Ma’ruza. Sinxron mashinasini to‘liq modelini qurish


Download 442.14 Kb.
Pdf ko'rish
Sana25.02.2023
Hajmi442.14 Kb.
#1230587
Bog'liq
24-ma`ruza



24-Ma’ruza. Sinxron mashinasini to‘liq modelini qurish 
 
Piktogrammalari:
 
Vazifasi: 
Dempfer cho‘lg‘amiga ega bo‘lgan klassik sinxron mashinaning modeli bo‘lib, 
uch xil variantda bajarilgan: 
1. Synchronous Machine SI Fundamental (mashina parametrlari Si 
birliklar sistemasida beriladi); 
2. Synchronous Machine pu Fundamental (mashina parametrlari nisbiy 
birliklar sistemasida beriladi); 
3. Synchronous Machine pu Standard (mashina almashtirish sxemasining 
nisbiy birliklardagi parametrlaridan foydalaniladi).
Variantga mos holda mashinaning kirish va chiqish o‘zgaruvchilari ham Si 
birliklar sistemasida yoki nisbiy birliklarda o‘lchanadi. 
Modelning A, B i S portlari mashina stator cho‘lg‘amining chiqishlari bo‘lib 
hisoblanadi. Modelning m_SI (yoki m_pu) portida 16 elementdan iborat bo‘lgan 
quyidagi vektor signallar shakllanadi:
1-3: stator cho‘lg‘amidagi toklar - isa, isb va isc; 
4-5: stator toklarining q va d o‘qlariga proyeksiyalari - iq, id; 
6-8: qo‘zg‘atish toki va dempfer cho‘lg‘ami toklarining proyeksiyalari i
fd
, i
kq
, va 
i
kd
;
9-10: magnitlovchi oqimning q va d o‘qlariga proyeksiyalari - φ
mq
, φ
md
;
11-12: stator kuchlanishlarining q va d o‘qlariga proyeksiyalari - vq, vd; 
13: rotor burchagining og‘ishi - ∆θ (δ - yuklama burchagi);
14: rotorning tezligi – ω;
15: elektromagnit quvvat – Pe;
16: rotor tezligining og‘ishi - dw.
Mashina o‘zgaruvchilarini o‘lchanayotgan o‘zgaruvchilarning chiqish 
vektoridan ajratib olishni qulaylashtirish uchun SimPowerSystems bibliotekasida 
Machines Measurement Demux bloki mavjud. 
Mashina validagi mexanik quvvatga teng bo‘lgan quvvat Pm kirish portiga, 
qo‘zg‘atish cho‘lg‘amining kuchlanishini beruvchi signal esa Vf kirish portiga 
uzatiladi. 
Modelni yaratishda foydalanilgan rotor bilan bog‘langan (q-d o‘qlar)
koordinatalar sistemasidagi mashinaning almashtirish sxemasi 24.1-rasmda 
ko‘rsatilgan. 


 
24.1-rasm.Sinxron mashinaning almashtirish sxemasi 
 
Rotorning hamma parametrlari va o‘zgaruvchilari statorga keltirilgan. 
Parametrlar va o‘zgaruvchilarning indekslari quyidagilarni ifodalaydi: 

d, q: o‘zgaruvchilarning d va q o‘qlariga proyeksiyalari;

R, s: rotor va statorning parametrlari;

l, m: sochilish va magnitlash o‘qining induktivliklari; 

f, k: qo‘zg‘atish zanjiri va dempfer cho‘lg‘amning o‘zgaruvchilari.
Sinxron mashinaning 24.1-rasmda keltirilgan almashtirish sxemasi 6-tartibli 
differensial tenglamalar sistemasi bilan ifodalanadi: 
bu yerda 


Sinxron mashina mexanik qismining modeli Simplified Synchronous Machine 
blokdagi singari bajarilgan. 
Parametrlarini o‘rnatish oynasi
Blokning parametrlari
Rotor type: 
[Rotorning turi]. Quyidagi ro‘yxadan tanlanadi: 
Salient-pole – yaqqol qutbli rotor; 
Round – yaqqol bo‘lmagan qutbli rotor. 
Nom. power, volt., freq. and field cur. [ Pn(VA) Vn(Vrms) fn(Hz) ifn(A) ]: 
[Nominal to‘la quvvat Pn (VA), ta’sir qiluvchi liniya kuchlanishi Vn (V), 
chastota fn (Gs), qo‘zg‘atish toki ifn (A)]. 
Stator [ Rs(ohm) Ll,Lmd,Lmq(H) ]: 
[Statorning parametrlari: aktiv qarshilik Rs (Om), sochilish induktivligi 
Ll (Gn), bo‘ylama o‘q bo‘yicha induktivlik Lmd (Gn), ko‘ndalang o‘q bo‘yicha 
induktivlik Lmq (Gn)]. 
|Field [ Rf'(ohm) Llfd'(H) ]: 
[Rotor qo‘zg‘atish cho‘lg‘amining keltirilgan parametrlari: qarshilik Rf'(Om) 
va induktivlik Llfd'(Gn) ]. 
Dampers [ Rkd',Llkd' Rkq1',Llkq1' Rkq2',Llkq2' " ] (R=ohm,L=H): 


[Dempfer cho‘lg‘amning keltirilgan parametrlari: bo‘ylama va ko‘ndalang 
o‘qlar bo‘yicha qarshiligi (Om) va induktivligi (Gn) ]. 
Inertia, friction factor and pole pairs [ J(kg.m^2) F(N.m.s) p() ]: 
[Inersiya momenti J (kg*m^2), ishqalanish koeffisiyenti F (N∙m∙s) va qutblar 
juftliklarining soni p]. 
Init. cond. [ dw(%) th(deg) ia,ib,ic(A) pha,phb,phc(deg) Vf(V) ]: 
[Boshlang‘ich shartlar]. Parametr elementlari quyidagi qiymatlarga ega 
bo‘lgan vektor ko‘rinishida beriladi: 
· dw(%) – tezlikning og‘ishi (v %); 
· th(deg) – rotorning burchak holati (grad.); 
· ia, ib, ic – stator toklarining boshlang‘ich qiymatlari (A); 
· phA, phB, phC - stator toklarining boshlang‘ich fazalari (grad.); 
· Vf – qo‘zg‘atish cho‘lg‘amining kuchlanishi. 
Simulate saturation 
[To‘yinshni modellash]. Bayroqcha o‘rnatilganda qo‘shimcha Saturation 
parameters maydoni hosil bo‘ladi. 
Saturation parameters [ ifd1,ifd2,... (A) ; vt1,vt2,... (VLL rms) ]: 
[To‘yinish xarakteristikasi]. Parametr salt yurish xarakteristikasini ifodalovchi 
matrisa ko‘rinishida beriladi. Matrisaning birinchi satri qo‘zg‘atish tokini (A) va 
ikkinchi satri chiqish kuchlanishini (V) o‘z ichiga oladi. 
Display Vfd which produces nominal Vt 
[Chiqish kuchlanishi Vt(V) nominal bo‘ladigan qo‘zg‘atish cho‘lg‘amidagi 
kuchlanishning Vfd(V) qiymatini aks ettirish].
Sinxron mashina modelining Synchronous Machine pu Standard varianti 
uchun stator, rotor va qo‘zg‘atish cho‘lg‘amlarining parametrlari o‘rniga
mashinaning ko‘ndalang va bo‘ylama o‘qlar bo‘yicha reaktiv qarshiliklari va vaqt 
doimiylari beriladi. 
Sinxron generatordan foydalanishga misol 24.2-rasmda keltirilgan. 


 
24.2-rasm. Sinxron generatordan foydalanishga misol 

Download 442.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling