24-mavzu. Ijtimoiy informatika asoslari Asosiy savollar


Download 102.16 Kb.
Sana15.09.2020
Hajmi102.16 Kb.
#129751
Bog'liq
9-maruza

24-mavzu. Ijtimoiy informatika asoslari

Asosiy savollar:


1. Ijtimoiy informatika kursining maqsad va vazifalari.

2. Ijtimoiy informatika kursining asosiy tushunchalari.



1-asosiy savolning bayoni:

Informatikaning fan sifatida vujudga kelishi tarixi juda murakkab kechgan. Biroq, o’tmishda mavjud bo’lgan ziddiyatlarga qaramay, informatikaga nisbatan bugungi qiziqishga ikki muhim hodisa: 1982 yilning yozida akademik V.M. Glushkovning “Qog’ozsiz informatika asoslari” monografiyasining chiqishi va 1983 yilning martida bo’lib o’tgan, olimlarning takliflariga binoan akademiya doirasida yangi bo’linma – informatika, hisoblash texnikasi va avtomatlashtirish bo’linmasini tashkil etish haqida qaror qabul qilingan sobiq SSSR Fanlar akademiyasining yillik umumiy yig’ilishi sabab bo’lgan deb aytish mumkin. Shu paytdan boshlab informatika g’oyalari nafaqat fanda, balki amaliyotchi mutaxassislarning faoliyati, shu jumladan huquq sohasida ham mustahkam o’rin egalladi.

Informatikani fan sifatida bunday tushunish bugungi kunda chet elda, xususan Fransiya, AQSh va Yaponiyada keng tarqalgan. Fanlar akademiyasining yangi bo’linmasi vazifalarini muhokama qilishda 1978 yili Yaponiyada bo’lib o’tgan Xalqaro kongressda qabul qilingan ta’rif keltirib o’tilgani bejiz yemas. Mana, o’sha ta’rif: “Informatika tushunchasi axborotni qayta ishlash tizimlarini ishlab chiqish, yaratish, ulardan foydalanish va ularga moddiy-texnik xizmat ko’rsatish bilan bog’liq sohalar, shu jumladan mashinalar, asbob-uskunalar, matematik ta’minot va tashkiliy jihatlar, shuningdek sanoat, tijorat, ma’muriy, ijtimoiy va siyosiy ta’sir ko’rsatish kompleksini qamrab oladi”.

Olimlarning informatikani fan sifatida ta’riflash muammosiga yondashuvlariga ham aynan shu nuqtai nazardan qarash lozim. Bu o’rinda F.Ye. Temnikov 1963 yilda taklif qilgan “informatika” atamasining varianti ayniqsa e’tiborga molik. Olim boshqa chet ellik mualliflar bilan bir vaqtda “informatika” tushunchasiga ancha keng ma’no yuklashga harakat qildi: jumladan, informatikani uch asosiy qismdan – axborot elementlari nazariyasi, axborot jarayonlari nazariyasi va axborot tizimlari nazariyasidan tashkil topgan axborot haqidagi integral fan deb nomlashni taklif qildi. Bu, bizning nazarimizda, “informatika” tushunchasining taqdiridagi dastlabki muhim burilish edi.

U uzoq vaqtgacha faqat tarixiy fakt bo’lib keldi. Yangi tushunchani asoslash, uning zarurligini isbotlashga bo’lgan urinishlar muvaffaqiyat keltirmadi, umuman, bu muammo muvofiq ravishda baholanmadi, chunki olimning maqolasi uncha mashhur bo’lmagan, maxsus jurnalda e’lon qilingan edi.

Bu orada mazkur atamaning “fransuzcha varianti” sekin-asta mashhur bo’lib bordi. Bunga Fransiya axborot texnologiyalari va texnikasini rivojlantirish sohasidagi yetakchi mamlakatlardan biriga aylanganligi ham sabab bo’ldi.

Vaqt o’tishi bilan sifat jihatidan yangi axborot texnologiyasi vujudga keldi. EHM va boshqa axborot texnikasi paydo bo’lishi bilan vaziyat tubdan o’zgardi. Mexanikada dvigatelning ixtiro qilinishi jismoniy mehnatni mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirish davriga qanday yo’l ochgan bo’lsa, EHMning kashf qilinishi ham aqliy mehnatni mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirishda shunday ahamiyatga ega bo’ldi. EHMdan alohida vazifalarni hal qilishda foydalanishdan ma’lumot va xabarlarning katta massivlarini to’plash, qayta ishlash va ulardan foydalanishni avtomatlashtirish uchun qo’llashga o’tilishi bu sohada tashlangan yangi qadam bo’ldi.

Keyingi inqilobiy qadam – bu EHMdan faqat iqtisodiyot yoki qonunchilikning biron-bir sohasida emas, balki butun jamiyat miqyosida keng foydalanishga o’tilishi bo’ldi. Aynan mana shu qog’ozsiz informatika demakdir. Uning mazmuni iqtisodiy, huquqiy yoki boshqa ma’lumotlarning har qanday parchasini an’anaviy qog’oz shaklidan o’zga shaklda taqdim yetish imkoniyati va, eng muhimi, mazkur axborotni zamonaviy texnika vositalari yordamida boshqarish imkoniyatidan iborat. Bu juda muhim, chunki XXI asrning boshida rivojlangan mamlakatlarda axborotlarning asosiy massivlari EHM xotirasida, ya’ni qog’ozsiz shaklda saqlanishi taxmin qilinmoqda. Bu, tabiiyki, qog’ozli huquqiy axborotlarga ham taalluqli.

Yangi bilim sohasi yoki yosh fan sifatida informatika har xil qarashlar, g’oyalar va yondashuvlarni birlashtiradi. Shuning uchun ham uning predmeti ilmiy adabiyotlarda har xil tushuniladi. Bunda keskin bahs uyg’otadigan holatlar ham uchraydi. Biroq, umuman olganda, u yoki bu jihatdan, oz yoki ko’p darajada u ko’rib chiqilayotgan tushunchaning ontologik jihatlari bilan bog’lanadi. Quyida bu fikrlarimizni umumlashtirishga urinib ko’ramiz, ularning mazmunini quyidagi qoidalarda ifodalash mumkin:

1) informatika – bu axborotni uzatish va qayta ishlash jarayonlarini o’rganuvchi fundamental tabiiy fan;

2) informatika hisoblash mashinalarini yaratish, matematik ta’minlash, ma’lumotlarni hisob-kitob qilishning mukammal usullarini, ishlab chiqarish va ilmiy tadqiqotlarni avtomatlashtirish metodlarini ishlab chiqish muammolarini o’rganadi;

3) informatika – bu barcha axborotlarni qayta ishlash sohalarini qamrab oluvchi fan;

4) informatika – bu ma’lumotlarni mashinada qayta ishlash tizimlarini ishlab chiqish, loyihalash, yaratish va joriy yetishning muhim jihatlarini, shuningdek jamiyat va davlat hayotiga ularning ta’sirini o’rganuvchi ilmiy va texnik kompleks fandir.

Har qanday fan yoki fan sohasi o’z holicha emas, balki jamiyat, davlat va muayyan odamlarning muammolarini hal qilish uchun zarur va muhimdir.

Mana shuning uchun ham “informatika tushunchasining fransuzcha varianti” ning keng e’tirof etilishi bilan juda murakkab va ziddiyatli vaziyat vujudga keldi: bir so’z bilan ko’pincha ilmiy bilimning ikki har xil sohasi nomlanadi. Bunda boshqa informatika – (iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy kibernetika doirasida) iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy informatikaning vujudga kelishi haqida gapiriladi.

Aytilganlarni umumlashtiramiz. informatikaning zarur negizini tabiatshunoslik va jamiyatshunoslikning tegishli axborot jihatlari tashkil etadi, desak, to’g’ri bo’ladi

1) informatika – bu hozirgi zamon axborot nazariyasi, texnikasi va texnologiyasining majmuidir;

2) informatika – bu har xil axborot tizimlarini ishlab chiqish, yaratish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko’rsatish bilan bog’liq muammolar kompleksidir;

3) informatika – har xil axborotlarni to’plash, qayta ishlash va tarqatish jarayonlari hamda ularni avtomatlashtirilgan yo’sinda qayta ishlash vositalarini o’rganuvchi ilmiy bilim sohasi;

4) informatika – bu ilmiy axborot nazariyasi, iqtisodiy informatika, huquqiy informatika va boshqa sohalarni o’z ichiga oluvchi mustaqil amaliy yo’nalishlarning majmui hamdir.

Dastlabki uch ta’rifni shartli ravishda birlamchi, umumiy ta’riflar deb hisoblash mumkin. So’nggi ta’rif bevosita avvalgi uch ta’rifdan kelib chiqadi. “Katta informatika” haqida ham, “amaliy informatika”lar haqida ham aynan shu ma’noda gapirish mumkin

2-asosiy savolning bayoni:

1. Internet ijtimoiy tarmoq xizmatlari:


  • Ijtimoiy tarmoq tushunchasi;
  • Ijtimoiy tarmoqlarning maqsad va vazifalari;
  • Ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumotlardan, shu jumladan shaxsiy ma’lumotlardan foydalanish madaniyati.

Ijtimoiy tarmoq tushunchasi. Tarkibi, faqatgina ishtirokchilardan iborat va ular orasida muloqatni o’rnatuvchi, ko’p foydalanuvchili interaktiv veb saytlar asosida yaratilgan tarmoq ijtimoiy tarmoq deb tushuniladi.

Ijtimoiy tarmoqlarning maqsad va vazifalari. Ijtimoiy tarmoqning maqsadi internetda o’zaro qiziqishlar yoki faoliyatga ega shaxslar bilan muloqot qurishdan iborat. O’zaro aloqa ichki pochta yoki xabar almashish tizimi orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy tarmoqlar ochiq yoki yopiq bo’lishi mumkin. Ijtimoiy tarmoq xususiyatlarining biri – do’stlar va guruxlar tizimi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumotlardan, shu jumladan shaxsiy ma’lumotlardan foydalanish madaniyati. E’tibor berib, keltirilgan veb sahifalar tahlil qilinsa quyidagi salbiy holatlar va kamchiliklar uchrab turadi:

Foydalanuvchilarning ayrimlari o’z nomlari bilan ro’yxatdan o’tishmaydi;

Nomaqbul foto sur’atlar qo’yishadi;

O’zaro muloqatlarda hurmatsizlik qilishadi;

Bema’ni gaplar yozadilar, ba’zan noto’g’ri ma’lumotlardan foydalanadi;

Sahifalar ijtimoiy bo’lishiga qaramasdan siyosiy muloqatlar o’rnatadilar va hakoza.



Demak, Ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumotlardan, shu jumladan shaxsiy ma’lumotlardan foydalanish madaniyati deganda, yuqorida keltirilgan salbiy holatlar va kamchiliklarga yo’l qo’ymaslik tushuniladi.

Unutmaslik kerakki, ma’lum bir shaxs tomonidan Internet tizimiga qo’yiladigan ma’lumotlar boshqa shaxslar yoki ijtimoiy guruhlar tomonidan turli maqsadlarda ham foydalanilishi mumkin. Shu jumladan ma’naviyat va ma’rifatga zid ham bo’lishi mumkin.
Download 102.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling