24-variant 1-topshiriq


Download 13.55 Kb.
Sana19.11.2020
Hajmi13.55 Kb.
#147444
Bog'liq
16151 24-топширик (1)


24-variant

1-topshiriq. Ko`chiring. 1) ot, sifat, son va olmoshlarning ma`no jihatdan turlarini aniqlang, ma`no turini ustiga yozib qo`ying. 2) ajratib ko`rsatilgan so`zlarni matndan so`ng yozib, har birini morfologik jihatdan to`liq tahlil qiling. 3) otlashgan sifat va sonlarni matndan so`ng yozing, gapdagi vazifasini izohlang.

1. Qanaqa haykal qilmoqchisan, men shuni bilmoqchiman... (Mirm.)

2. Aziz o`yladi, bu o`ylarning oxiri shu bo`ldiki, qanchalik qiyin bo`lmasin, uni yurakdan sidirib tashlash kerak, degan xulosaga keldi. (S.Ahm.) 3. Necha kun mendan arazlab, ko`z yoshini oqizgan kim edi? (O.) 4. Qayerda qanday qurilish borki, undan biror illat topmasa, ko`ngli o`rniga tushmaydi. (J.Abd.)

2-topshiriq. Berilgan qoliplar bo’yicha bittadan mazmunli gap tuzing va har bir so’z turkumining ustiga turini yozib qo’ying:

1. Qaratqich kelishigidagi kishilik olmoshi + jamlovchi belgilash olmoshi + fe'l + 3-shaxs egalik qo’shimchasini olgan so’roq olmoshi + 3-shaxs egalik qo’shimchasini olgan, tushum kelishigidagi turdosh ot + fe'l + 3-shaxs egalik qo’shimchasini olgan, tushum kelishigidagi turdosh ot + fe'l.

2. Ko’rsatish olmoshi + ko’plikdagi qaratqich kelishigidagi mavhum ot + 3-shaxs egalik qo’shimchasini olgan turdosh ot + ko’rsatish olmoshi + to’liqsiz fe'l + miqdorga nisbatan so’roq olmoshi + sifat + fe'l + tushum kelishigidagi kishilik olmoshi + chiqish kelishigidagi turdosh ot + fe'l.

3-topshiriq. O`qing va ko`chiring. 1) tuslangan va tuslanmagan fe`llarni aniqlab, tuslangan fe`llar tagiga ikki to`g`ri chiziq, tuslanmagan fe`llar tagiga bir to`g`ri chiziq chizing; 2) tuslangan fe`llarni matndan so`ng alohida-alohida yozib, har birining nisbati, bo`lishli-bo`lishsizligi, mayli, zamoni, shaxs-sonini yozma izohlagn.

1. Men unga nima debman, u qayerdan bilibdi, yuzimga solsin. (O.)

2. Qosimtoy filbonlarni hind tarjimon orqali so`roq qila boshladi. (P.Q.)

3. Tong xo`rozi qichqira boshlagandan keyin mehmon qo`zg`aldi. (G`.G`.)

4. Xizmatdan qaytib bir oz brigadirlik qildim, keyin meni raislikka sayladilar. (I.R.)

4-topshiriq. Berilgan qoliplar bo’yicha bittadan mazmunli gap tuzing va har bir so’z turkumining ustiga turini yozib qo’ying:

1. Tarkibida o`rin-payt kelishigidagi sifatdosh + birgalik nisbat, shart mayli shaklidagi yasama fe’l + kelasi zamon sifatdoshi + tushum kelishigi, 3-shaxs egalik qo`shimchasini olgan harakat nomi bo`lishsiz shakldagi kelasi zamon sifatdoshi + to`liqsiz fe’l qatnashgan mazmunli gap tuzing.



2. Tarkibida aniq nisbat, xabar mayli shaklidagi yasama fe’l + o`tgan zamon sifatdoshi + chiqish kelishigi qo`shimchasini olgan harakat nomi + bo`lishsiz shakldagi kelasi zamon sifatdoshi + to`liqsiz fe’l qatnashgan mazmunli gap tuzing.
Download 13.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling