45-maktab 04.03 axborot

Sana01.01.1970
Hajmi
#246324
Bog'liq
45-maktab 04.03 axborot




«4» mart 2021 йил Ma’rifat MFY


Paxtaobod tumanidagi 45-umumiy o’rta ta’lim “Sifatli ta’lim,yuqori natija va o’quvchining taqdiriga befarq bo’lmaslik” shiori ostida 2021-yil 4-mart kuni amalga oshirilgan ishlar yuzasidan
AXBOROTI
45-umumiy o’rta ta’lim maktabida "Sifatli ta'lim, yuqori natija va o’quvchining taqdiriga befarq bo’lmaslik" shiori ostida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Dars mashg’ulotlari dars jadvali va rejimiga qatiy amal qilgan xolda karantin qoidalariga ko’ra o’tkazildi.
Maktabning 11-sinf bitiruvchilaridan repetitsion testlar olindi va maktabning malakali o’qituvchilari tomonidan tekshirilib, o’zlashtirishi past bo’lgan o’q uvchilarga qo’shimcha repetitorlik dars mashg’ulotlari ajratildi.
Maktabda endigina faoliyatini boshlagan yosh kadrlarga mas’ul ustozlar biriktirilib o’zaro bilim ko’nikmalar almashmoqdalar.
Xozirgi kunda Maktabning kimyo va biologiya o’qituvchisi Abdulxafizov Avazbek, matematika fani o’qituvchisi Doniyorbek Xakimov va Rus tili fani o’qituvchisi Sobirova Go’zaloylar tomonidan bepul repetitorlik kurslari tashkil etilgan. Dars mashg’ulotlari o’z ichiga maktabning 11-sinf bitiruvchilari xamda yaqin xududdagi maktab biriruvchilarini ham qamrab olgan.

Maktab direktori: A.Tadjiboyeva
Download

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling