2 5192841457748150808

Sana01.01.1970
Hajmi
#247186
Bog'liq
2 5192841457748150808


Mavzu bo’yicha o’z bilimini mustaхkamlash uchun savоllar

  1. Tijоrat banklari mijоzlari uchun kanday asоsiy оpеratsiyalarni bajaradi?

Тижорат банклари томонидан банк карталарини чиқариш ва уларнинг Ўзбекистон Республикасида муомалада бўлиши тартиби тўғрисидаги
НИЗОМ
Мазкур Низом Ўзбекистон Республикасининг «Ўзбекистон Республикасининг Марказий банки тўғрисида»ги, «Банклар ва банк фаолияти тўғрисида»ги, «Банк сири тўғрисида»ги қонунлари, Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 22 январдаги ПФ-5308-сон «2017 — 2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича ҳаракатлар стратегиясини «Фаол тадбиркорлик, инновацион ғоялар ва технологияларни қўллаб-қувватлаш йили»да амалга оширишга оид давлат дастури тўғрисида»ги Фармони ва Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 14 майдаги ПҚ-3724-сон «Электрон тижоратни жадал ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида»ги қарорига мувофиқ ишлаб чиқилган бўлиб, мамлакат ҳудудида банк карталарини эмиссия қилиш, улар орқали операцияларни амалга ошириш бўйича ҳисоб-китоблар ва хизмат кўрсатиш тартибини белгилайди.
I. Умумий қоидалар
1. Мазкур Низом мақсадида қуйидаги тушунчалардан фойдаланилади:
а) банк картаси — ўз эгасига банк ҳисобварағи орқали бир неча марта операцияларни амалга ошириш, жумладан нақд пулсиз ҳисоб-китобларни амалга ошириш ва ҳисобварағидан нақд пул ҳамда банк кредитини олиш имконини берувчи маҳаллий ва халқаро тўлов картасидир. Банк картаси эгасининг банкдаги ҳисобварағи бўйича амалга ошириш мумкин бўлган операцияларнинг турлари банк карта эгаси ва эмитенти ўртасида тузилган шартномага асосан ўрнатилади;
б) банк карталари орқали нақд пулсиз чакана тўловлар тизими (бундан буён — чакана тўлов тизими) — банк карталари орқали операциялар иштирокчилари ва банк карталарини чиқаришда, уларга хизмат кўрсатишда ҳамда улар орқали операциялар бўйича ҳисоб-китобларни амалга оширишда юзага келадиган муносабатлар мажмуидир;
в) чакана тўлов тизими иштирокчиси — маълум бир тўлов тизимига тегишли бўлган банк карталаридан фойдаланиш бўйича шартномавий муносабатларга кирувчи юридик ёки жисмоний шахс;
г) банклараро чакана тўлов тизими — банк карталарини чиқарувчи банклар, товар (иш, хизмат) сотувчиларига хизмат кўрсатувчи банклар, ҳисоб-китобларни амалга оширувчи банк ва процессинг ташкилотини ягона тизимга бирлаштирувчи нақд пулсиз тўловларни электрон шаклда амалга ошириш учун мўлжалланган, ҳуқуқий меъёрлар, меъёрий ҳужжатлар, дастурий-техник ечимлар, шунингдек, тегишли ташкилий-техник инфратузилма мажмуига асосланган ва асосий унсури банк картаси ҳисобланган ҳудудий тарқоқ тўлов тизими;
д) тўлов ташкилоти — банк картасини маълум бир тўлов тизимига тегишлилигини аниқловчи товар ва (ёки) хизмат кўрсатиш белгиларига нисбатан мулк ҳуқуқига эга бўлган ва банк карталари орқали тўлов ташкилоти аъзолари ўртасида ҳисоб-китобларни ўтказишни таъминловчи ҳамда банк картаси муомаласи қоидаларини бошқа аъзолар билан биргаликда ва (ёки) мустақил ўрнатувчи юридик шахс;
е) тўлов ташкилоти аъзоси — тегишли тўлов ташкилоти билан шартномага асосан банк картаси эмиссияси ва (ёки) эквайрингини амалга оширувчи банк;
ж) банк карталари эмиссияси — банк карталарини муомалага чиқариш ва фойдаланишга тақдим этиш бўйича фаолият;
з) эмитент — банк картаси эмиссиясини амалга оширувчи, ўзи эмиссия қилган банк карталарига нисбатан мулк ҳуқуқига эга бўлган ва уларнинг эгалари ва эквайерлари томонидан банк карталаридан фойдаланилган ҳолда ҳисоб-китобларни амалга ошириш ҳуқуқлари бўйича ўз номидан мажбуриятларни зиммасига олган банк. Банк картасининг эмитенти фақат банк бўлиши мумкин;
2. Bank nizоmida kanday bandlar bulishi lоzim?
O‘zbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi
YO‘RIQNOMA
Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-son “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3270-son “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hududlarda naqd pullarning zaxirasini shakllantirish hamda muomalaga chiqarilmagan naqd pullarni saqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘yicha Bosh boshqarmalarida (bundan buyon matnda Bosh boshqarmalar deb yuritiladi) zaxira jamg‘armalarini tashkil etadi.
2. Tijorat banklari va ularning filiallari (bundan buyon matnda banklar deb yuritiladi) mijozlarning naqd pullarga bo‘lgan talabini o‘z vaqtida qondirish uchun majburiy tartibda aylanma kassalarini, shuningdek naqd pullar zaxirasini tashkil etadilar.
3. Ushbu Yo‘riqnomada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
naqd pullar — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan muomalaga kiritilgan banknotlar va tangalar;
naqd pul muomalasi — tovar va xizmatlar uchun, shuningdek aholi, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va banklar o‘rtasidagi hisob-kitoblarni amalga oshirishda banknot va tanga ko‘rinishida naqd pullarning uzluksiz harakati;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 30-martdagi 6/6-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3003-2, 17.04.2019-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 10/19/3003-2/2955-son)
Oldingi tahrirga qarang.
maksimal limit — Bosh boshqarmalar Hisob-kitob kassa markazlari (bundan buyon matnda HKKM deb yuritiladi) aylanma kassalarida kun oxirida qolishi mumkin bo‘lgan naqd pul qoldig‘ining eng yuqori chegarasini belgilaydigan me’yor;
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3003-3, 15.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2020-y., 10/20/3003-3/0762-son)
naqd pullarning zaxira jamg‘armasi — tegishli hududdagi banklarni yetarli miqdorda naqd pullar bilan ta’minlash maqsadida Bosh boshqarmalarda tashkil etilgan banknotlar va tangalarning zaxirasi;
naqd pul zaxirasi — aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning naqd pulga bo‘lgan talablarini o‘z vaqtida va to‘liq qondirilishini ta’minlash maqsadida banklarda tashkil etilgan banknot va tangalarning zaxirasi;
naqd pullar kirimi — bank kassalariga banknot va tanga ko‘rinishidagi naqd pullarning tegishli hujjatlar asosida qabul qilinishi;
naqd pullar chiqimi — bank kassalaridan banknot va tanga ko‘rinishidagi naqd pullarning tegishli hujjatlar asosida chiqim qilinishi;
madad pullari — banklarning aylanma kassalarini Bosh boshqarmalarning HKKM aylanma kassalaridagi, zarur hollarda zaxira jamg‘armalaridagi naqd pullar hisobidan ta’minlash;
kassa ramzlari — bank kassalari orqali naqd pullarning kirim manbalari va chiqimi maqsadlari bo‘yicha tahlil qilish, shuningdek banklararo naqd pullar harakatini aks ettirishda foydalaniladigan ramzlar to‘plami.

3 Tijоrat banklarining Nizоm (Ustav) fоndi kanday vujudga kеladi?


O’zbеkistоn Rеspublikasida yangitdan tashkil etilgan banklarning ustav sarmоyasi kancha mikdоrda bulishi lоzim?
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
bank — bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish, to‘lovlarni amalga oshirish, omonatlarga (depozitlarga) pul mablag‘larini jalb etish, o‘z nomidan kreditlar berish bo‘yicha bank faoliyati sifatida aniqlangan operatsiyalar majmuini amalga oshiruvchi tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxs;
banklar guruhi — moliya institutlarining yuridik shaxs bo‘lmagan birlashmasi bo‘lib, bunda asosiy bank boshqa moliya institutlarini nazorat qiladi;
bank hisobvarag‘i — bank tomonidan shartnomaga muvofiq mijozga ochilgan hisobvaraq bo‘lib, unga ko‘ra bank mijozning hisobvarag‘iga tushayotgan pul mablag‘larini qabul qilish va hisobga kiritish, mijozning hisobvarag‘idan tegishli pul mablag‘larini o‘tkazish hamda berish va hisobvaraq bo‘yicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish haqidagi topshiriqlarini bajarish majburiyatini zimmasiga oladi;
bankning barqaror moliyaviy holati — bankning moliyaviy oqimlar mutanosibligini, to‘lov qobiliyatini, likvidliligi va rentabelli faoliyatini saqlab turish uchun mablag‘larning yetarliligini, shuningdek barcha prudensial normativlar bank tomonidan bajarilishini ifodalovchi holati;
bilvosita egalik qiluvchi (oluvchi) — bankning aksiyalariga o‘zi nazorat qiladigan boshqa shaxs orqali egalik qiluvchi (aksiyalarni oluvchi) shaxs;
muhim ahamiyatga ega xodimlar — bankning boshqaruv a’zolari bo‘lmagan, lavozimi bank faoliyatiga muhim ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini beradigan xodimlari;
mo‘ljallangan olish — potensial oluvchi tomonidan bank aksiyalarini olish yoki ularga hal qiluvchi egalik qilishni ko‘paytirish yuzasidan qabul qilingan qaror;
oxirgi benefitsiar mulkdor — yuridik shaxs bo‘lgan, bank aksiyalarining potensial oluvchisiga yoki bu aksiyalarga bevosita yoxud bilvosita egalik qiluvchiga bevosita yoki bilvosita egalik qiladigan yoxud uni nazorat qiladigan jismoniy shaxs;
prudensial nazorat — bank faoliyatining o‘ziga xos tavakkalchiliklarining oldini olish va kamaytirish maqsadida banklar faoliyati ustidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki amalga oshiradigan nazorat;
regulyativ kapital — bank faoliyatini tartibga solish va prudensial normativlar hisob-kitobini amalga oshirish maqsadida hisob-kitob qilish yo‘li bilan aniqlanadigan bank kapitali;
tizimli ahamiyatga molik bank — bank tizimining barqarorligi qaysi bankning faoliyatiga bog‘liq bo‘lsa, o‘sha bank;
chet el banki — chet davlatning hududida ro‘yxatga olingan, uning qonun hujjatlariga muvofiq bank deb hisoblanadigan yuridik shaxs;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 67-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 15-avgustdagi 23/3-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning XII bobi.
hal qiluvchi egalik — shaxs tomonidan yoki birgalikda harakat qiluvchi shaxslar tomonidan yuridik shaxs ustav fondining (ustav kapitalining) bir yoxud bir necha bitim natijasida olingan kamida besh foiziga bevosita yoki bilvosita egalik qilish.
Download

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling