4-mavzu QO’SHILGAN QIYMAT SOLIG’I

Sana01.01.1970
Hajmi
#247535
Bog'liq
4-mavzu QO’SHILGAN QIYMAT SOLIG’I

QO’SHILGAN QIYMAT SOLIG’I

  • REJA:
  • 1. Qo‘shilgan qiymat solig‘i haqida tushuncha. Soliqning iqtisodiy mohiyati va uning joriy qilinishi.
  • 2. Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq ob‘ekti va soliq stavkalari.
  • 3. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash usullari.
  • 4. Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo’yicha beriladigan imtiyozlar.
  • 5. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini byudjetga to‘lash va hisob-kitoblarni taqdim etish muddatlari.
  • Qo‘shilgan qiymat o‘zining iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra, sotilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning qiymati bilan ishlab chiqarish jarayonida iste‘mol qilingan tovarlar, xom-ashyolar va xizmatlarning qiymati o‘rtasidagi farqdan iboratdir. Tabiiyki, ishlab-chiqarish jarayonida va keyinchalik mehnat taqsimoti natijasida ma‘lum bir tovar bozorga olib chiqilgunga qadar ishlab chiqarish va muomala jarayonidagi bir nechta bosqichlardan o‘tadi, bu bosqichlarning har birida qo‘shilgan qiymat yaratiladi.
  • Qo‘shilgan qiymat solig‘i – har bir ishlab chiqarish bosqichida va realizatsiya jarayonida undiriladigan ko‘p qirrali bilvosita soliqdir. Korxona kundalik xo‘jalik faoliyatida mahsulot etkazib beruvchilardan tovar va xom-ashyo sotib oladi va ulardan mahsulot yoki ish, xizmatlar ishlab chiqaradi. Demak, qayta ishlab chiqarish, ishlab chiqarish va sotishda qo‘shilgan qiymat yaratiladi.
  • O‘zbekiston soliq tizimida qo‘shilgan qiymat solig‘i 1992 yildan amal qilmoqda. Ushbu soliq oborotdan olinadigan soliq va sotuvdan olinadigan soliqlar o‘rniga aktsiz solig‘i bilan birgalikda kiritilgan. Bu soliq oborot solig‘idan farqli ravishda faqat qo‘shilgan qiymatdan undiriladi. Oborot solig‘i esa bir marotaba umumiy oborotdan olinar edi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i esa ishlab chiqarish va muomala jarayonining har bir bosqichidan olinadi.
  • SOLIQ TO‘LOVCHILAR TARKIBI(СК-197-модда) :
  • Умумбелгиланган тартибда солиқ тўловчи юридик шахслар
  • Ўзбекистон Республикаси норезидентларидан иш ва хизматларни олувчи юридик шахслар 
  • Товарларни импорт қилувчи юридик ва жисмоний шахслар 
  • Ягона солиқ тўловини тўловчи юридик шахслар (ихтиёрий асосда)
  • Оддий ширкат шартномаси бўйича ишларини юритиш зиммасига юклатилган юридик шахс
  • Қурилиш ташкилотлари –молиялаштиришнинг марказлаштирилган манбаларини жалб этган ҳолда танлов савдолари асосида амалга оширилаётган объектлар бўйича
  • SOLIQ OB’EKTI :
  • Amaldagi soliq kodeksiga ko‘ra tovar (ish, xizmat)larni realizatsiya qilish oboroti hamda tovarlarning importi hisoblanadi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling