1-MARUZA (1)

Sana01.01.1970
Hajmi
#248106
Bog'liq
1-MARUZA (1)

  • FANNING NOMI: KRIPTOGRAFIK USULLAR
  • Ma’ruza –34 soat;
  • Amaliy mashg‘ulotlar –34 soat;
  • Mustaqil ta’lim soati –68 soat;
  • Maqsad: Talabalarda Kriptografik usullar fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Axborot xavfsizligining roli va o‘rni haqidagi tushunchani hosil qilish.
  • MAVZU: Kriptografik usullar fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Axborot xavfsizligining roli va o‘rni.

REJA:

ADABIYOTLAR:

  • Ғаниев С.К., Каримов М.М., Ташев К.А. Ахборот хавфсизлиги. Ахборот- коммуникацион тизимлар хавфсизлиги. Тошкент, 2009,407 б.
  • Гулямов С.С.«Основы информационной безопасности» Ташкент, 2004 г.
  • Арипов М.. Пудовченко Ю. «Основы криптологии», Ташкент. 2003 г.
  • Брюс Шнайер. «Прикладная криптография». Москва. 2012, 610 с.
  • Акбаров Д. Е. Ахборог хавфсизлигини таъминлашнинг криптографик усуллари ва уларнинг қўлланилиши. Тошкент, 2009, 431 бет.
  • Fanni predmeti – kriptografik usullar va algoritmlar
  • Fanni o‘qitishning maqsadi - talabalarga axborotlarni himoyalashda kriptografik usullardan foydalanishni o‘rgatishdan iborat.
  • Fanni o‘qitishning vazifasi - olingan bilimlar yordamida axborotlarni himoyalash sohasida muayyan masalalarni yechishga o‘rgatishdan iborat.
  • Fanni o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
  • olingan bilim va ko‘nikmalar natijasida axborotlarni himoyalash sohasiga tegishli masalalarni yechishda kriptografik usullardan foydalanish bo‘yicha tegishli bilimlarga ega bo‘lishlari kerak.
  • yangi informatsion texnologiyalarga suyangan holda kriptografik usullar uchun dasturiy ta’minot yaratish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
  • axborot tizimlari xavfsizligini ta’minlashda foydalaniladigan kriptografik usullardan kompyuter tarmoqlarida jumladan, internet tarmog‘ida axborotlarni himoyalashda foydalaniladigan kriptografik usullardan xabardor bo‘lish, axborotni shifrlash, shifrni ochish, elektron raqamli imzodan foydalana olish malakalariga ega bo‘lishi kerak.

Axborot xavfsizligini ta’minlash tamoyillari

  • Ma’lumotlar butunligi – axborotni yo‘qotilishiga olib keluvchi buzilishlardan, shuningdek ma’lumotlarni mualliflik huquqi bo‘lmagan holda hosil qilish yoki yo‘q qilishdan himoya qilish.
  • Axborotning konfedensialligi – axborot va uning tashuvchisining holatini belgilaydi va unda axborot bilan ruxsatsiz tanishishning yoki uni ruxsatsiz nusxa ko‘chirishning oldini olish ta’minlangan bo‘ladi.
  • Foydalanish huquqlariga, ya’ni mualliflikka ega barcha foydalanuvchilar axborotdan foydalana olishliklari.
  • Kriptografiya - axborotlarni aslidan o‘zgartirilgan holatga akslantirish uslublarini topish va takomillashtirish bilan shug‘ullanadi. Dastlabki sistemalashgan kriptografik uslublar eramiz boshida, Yuliy Sezarning ish yuritish yozishmalarida uchraydi. U, biror ma’lumotni mahfiy holda, biror kishiga yetkazmoqchi bo‘lsa, alfavitning birinchi harfini alfavitning to‘rtinchi harfi bilan, ikkinchisini beshinchisi bilan va hokazo shu tartibda almashtirib matnning asli holatidan shifrlangan matn holatiga o‘tkazgan.
  • Axborotlarning muhofazasi masalalari bilan kriptologiya (kryptos- mahfiy, logos- ilm) fani shug‘ullanadi.
  • Kriptologiya maqsadlari o‘zaro qarama-qarshi bo‘lgan ikki yo‘nalishga ega: – kriptografiya va kriptoanaliz.
  • Kriptografiya ochiq ma’lumotlarni shifrlash masalalarini matematik uslublari bilan shug‘ullanadi.
  • Kriptoanaliz esa shifrlash uslubini (kalitini yoki algoritmini) bilmagan holda shifrlangan ma’lumotni asli holatini (mos keluvchi ochiq ma’lumotni) topish masalalarini yechish bilan shug‘ullanadi.
  • Hozirgi zamon kriptografiyasi quyidagi to‘rtta bo‘limni o‘z ichiga oladi:
  • Simmetrik kriptotizimlar.
  • Ochiq kalit algoritmiga asoslangan kriptotizimlar.
  • Elektron raqamli imzo kriptotizimlari.
  • Kriptotizimlar uchun kriptobardoshli kalitlarni ishlab chiqish va ulardan foydalanishni boshqarish.
  • Kriptografik uslublardan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari:
  • maxfiy ma’lumotlarni ochiq aloqa kanali bo‘yicha muhofaza qilgan holda uzatish;
  • ularning haqiqiyligini ta’minlash;
  • axborotlarni (elektron hujjatlarni, elektron ma’lumotlar jamg‘armasini) kompyuterlar tizimi xotirasida shifrlangan holda saqlash va shu kabi masalalarning yechimlarini o‘z ichiga oladi.
  • ETIBORINGGIZ UCHUN RAHMAT!

Download

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling